QURILISHDA YOG’OCH KONSTRUKSIYADAN FOYDALANISH.
Davlatov Diyor Dilshodovich
Termiz muhandislik va texnologiya instituti
Arxitektura(turlari bo’yicha) 1-kurs talabasi
Qurbonov Feruzbek Abdulla o’g‘li
Termiz muhandislik va texnologiya instituti
Arxitektura(turlari bo’yicha) 1-kurs talabasi
Annotatsiya: Bino va inshootlar faqatgina beton yoki temit beton konstruksiyalardan tashkil topgina qolmaydi. Yer sharining ayrim davlatlar xalqlarida hozirgi kunda beton konstruksiyaga nisbatan yog’och konstruksiyali uylar qurish ommalashgan. Maqolaning asosiy mamzuni shu kabi yog’och konstruksiyalar haqida ma’lumot berishdan iborat.
Kalit so’zlar: Yog’och, konstruksiya, bino, qurilish.
Qurilishda g’isht-tosh, beton, po’lat va boshqa aralash holda quriladigan konstruksiyalardan tashqari yog’och konstruksiyalardan foydalanish ham amalda o’zini oqlagan. Bunga sabab, ularning qurilish mavsumini tanlamasligi, kimyoviy va elektr ta’sirlarga bardoshliligi, kam zichligi ega bo’la turib, yuqori fizik-mexanik ko’rsatkichlarga ega ekanligidir. Qurilish konstruksiyalarida yog‘ochning ratsional ishlatilishi konstruktiv yechimlarning mukammalashuvida, materiallarning umrboqiyligini ta’minlashda, detal va konstruksiyalar ishlab chiqarishini industrlashtirishda, ekspluatatsiya sharoitlarini hisobga olgan holda undan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va hokazolarda o’z aksini topadi.
O‘rmon sanoati chiqindilaridan kompleks foydalanishni, shuningdek, yog‘och konstruksiyalarini ishlab chiqarish chiqindilarini kimyoviy yoki kimyoviy mexanik qayta ishlash yog‘ochdan foydalanish samarasini keskin oshiradi. Yog'och xususiyatli ishlab chiqarish materiallar (turli xildagi yog'och qoplamali plastiklar (DSP), fanerlar, presslangan yog'och, yog'och qipiqli materiallar (DVP)dan to'g'ri foydalanish va yog'ochni himoyalash yog'och konstruksiyalarning umrboqiyligini sezilarli darajada oshiradi va undan samarali foydalanishni kengaytiradi.
Qurilishda qo’llaniladigan yog’och knstruksiyalar uchun yaxlit yog’och, yelimlangan yog’och taxtalar to’plami va boshqa materiallar ishlatiladi. Yaxlit yog’och boshqa yog’och materiallarga qaraganda arzonroq hisoblanadi, shuning uchun tashqi ko’rinishi ahamiyatsiz joylarda, yoriqlar aahamiyatsiz joylarda, bog’lash va mahkamlanishning oddiy usullari qo’llangan joylarda yog’och to’sinlar, taxtalar va g’o’la ko’rinishidagi yog’och materiallar keng ishlatiladi. Yog'och materialini tanlashda (fanera, DSP va DVP lar) ularning texnik xususiyatlari, narxi va yuk ko'tarish qobiliyatidan kelib chiqiladi.
Yog'ochdan ko’proq konstruktiv maqsadlarda foydalanish bilan bir qatorda, undan yuk ko’taruvchi konstruksiya sifatida ham keng foydalaniladi. Alohida, yog’och to’sin, ustun, sarrov kabi eng sodda konstruksiyalar va, ayniqsa, tizim sifatida sinch — karkas, tom yopma, so’ri, murrakkab ko’rinishga ega fazoviy qobiq, ustyopma va boshqa turli yog’och konstruksiyalar sifatida qo’llanilib kelinadi. Masalan, temir-beton elementda kerak bo'lgan paytda, uning shakli va o'lchamlarini o'zgartirmay turib, qo'shimcha sterjenlar kiritish mumkin. Yog'och haqida gap ketganda esa, aksincha, biror detalning ozgina o'zgarishi ham yaqqol ko'zga tashlanadi va barcha o‘lchamlarni o'zgartirishni talab qiladi. Yog'och qurilish materiali sifatida me’morga turli shakllar va fikrlarni amalga oshirishga imkon bersada, ishni murakkablashtiradi. oshmaydigan, bundan tashqari suv ostida va doimiy muzliklar qoplagan joylarda yog’och umrboqiy qurilish ashyosi hisoblanadi. Biroq, chirishga moyil bo’lgan yog’och konstruksiyalari bir necha oydan so’ng ishlatishga mutlaqo yaroqsiz bo’lib qolishi mumkin.
Yog'och, asosan, uning tarkibini kemiradigan qo‘ziqorinlar ta’sirida chiriydi. Chirish jarayoni yog'ochda namlik kamida 20%, havo yetarlicha bo‘lganda va harorat 5° dan 45°C gacha bo‘lgan hollarda davom etadi. Ushbu omillarning birortasi bo'lmaganda chirishning davom etishi mumkin emas. Bu holatdan himoya sifatida yog‘ochni quritish va uni imkoni boricha namlikdan saqlash lozim bo‘ladi.
Namlikdan saqlashning konstruktiv usullariga tomni ishonchli qilib yopish, yerosti suvlaridan himoya sifatida gidroizolatsiya ishlarini sifatli bajarish, istiladigan xonalarni va yerto’lalarni shamollatishni tashkil etish ishlari kiradi.
Ekspluatatsiya jarayonida yog'ochning namligini 20% kamaytirishning iloji bo'lmasa, unda kimyoviy ishlov - antiseptlash ishlari amalga oshiriladi. Shu maqsadda turli kimyoviy tarkibga ega bo'lgan moddalar bilan yog‘ochni sirtini bo‘yash yoki uni shimdirish yo'li bilan yog'ochni kemiruvchi qo‘ziqorinlarni rivojlanishiga yo‘l qo'yilmaydi. Antiseptik moddalarning quyidagilaridan foydalanishga ruxsat beriladi: qo‘ziqorinlar rivojlanishini oldini oladigan noorganik, suvda va organik erituvchilarda eriydigan moddalar. Bu moddalar inson va hayvonlarga zararsiz bo‘lishi, konstruksiyaning mexanik mustahkamligiga zarar yetkazmaydigan, uning zichligini, elektr o’tkazuvchanligiga salbiy ta’sir qilmaydigan bo’lishi lozim.
Xulosa. Yog’och konstruksiyalrdan qurilgan uylar chiroyi va insonlarni o’ziga jalb etishi bilan qolgan binolardan ustunroq turadi. Lekin ularda tashqi muhit ta’siri boshqa usulda qurilgan binolardagidan ko’proq. Ya’ni yog’och chirish, tez yonuvchanlik kabi muammolarga duch kelishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. M.M.Vaxitov, Sh.R.Mirzaev Me’morchilik 1, 2, 3, qismlar. Toshkent, ”Tafakkur”,2010 2. Зингир Б.И Встроенное оборудования для жилых зданий М.Строиздат 3. Nozilov D. Markaziy Osiyo me’morchiligida intryer T.,2005 4. Penny Drue Baird, The New French Interior.Monacelli Press,2011 5. Miralimov M.M “Turar-joy va jamoat binolarining loyihalash asoslari”. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2010 y.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.