ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

RAHBARGA XOS XUSUSIYATLAR YUSUF XOS HOJIB TALQINIDA

Аннотация

Mazkur maqolada Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridagi axloqiy-falsafiy, xususan, kasb etikasiga oid g‘oyalarning metodologik tahlili bayon etiladi. Shuningdek, maqolada rahbarga xos xislatlarni bayon etishda ratsional yondashuvning ilmiy ahamiyati yoritib beriladi


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

RAHBARGA XOS XUSUSIYATLAR YUSUF XOS HOJIB TALQINIDA

Abduraxmonov Is’hoq Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali “Pedagogika

va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchisi

Toshtemirova Rayxona

Oriyental Universiteti magistranti

Annotatsiya. Mazkur maqolada Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridagi axloqiy-falsafiy, xususan, kasb etikasiga oid g‘oyalarning metodologik tahlili bayon etiladi. Shuningdek, maqolada rahbarga xos xislatlarni bayon etishda ratsional yondashuvning ilmiy ahamiyati yoritib beriladi.

Kalit so‘zlar: Yusuf Xos Hojib, “Qutadg‘u bilig”, axloq, odob, bilim, idrok, aql, tafakkur, mantiqiy fikrlash, rahbar, ratsionallik.

Аннотация. В данной статье представлен методологический анализ морально-философских идей, в частности, профессиональной этики, из произведения Юсуфа Хас Хаджиба "Кутадгу билиг." Также в статье освещается научная значимость рационального подхода в описании качеств, присущих руководителю.

Ключевые слова: Юсуф Хас Хаджиб, "Кутадгу билиг," мораль, этикет, знание, восприятие, интеллект, мышление,

Abstract. This article presents a methodological analysis of the moral and philosophical ideas, particularly those related to professional ethics, in Yusuf Khass Hajib's work "Kutadgu Bilig." The article also highlights the scientific significance of a rational approach in describing the qualities of a leader.

Key words: Yusuf Khass Hajib, "Kutadgu Bilig," morality, etiquette, knowledge, perception, intellect, thinking, logical thinking, leader, rationality.

Kishilik sivilizatsiyasi va madaniyatining ilk o‘choqlaridan hisoblangan Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlarning o‘lmas asarlari ming yillar davomida bashariyat ma’naviy taraqiyotida mayoq vazifasini bajarib kelmoqda. Ular tomonidan yaratilgan tabiiy, ilmiy fanlarga oid kashfiyotlar zamonaviy ilmfanning poydevorini tashkil etgan boʻlsa, sharqona axloq-odobga doir ishlab chiqilgan ta’limotlar komil insonni tarbiyalashda hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ming yillardan buyon sharqona tarbiyaning nazariy asosi bo‘lgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asari ham shunday ma’naviy meros sifatida turkiy xalqlar tafakkuri xazinasining noyob durdonasi, odob-axloq falsafasining qomusi hisoblanadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Turkiy xalqlarning ulug‘ shoiri Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida ham insonning bilim quvvati va aqliy salohiyati behad ulug‘lanadi”[1.133].

Axloq-odob falsafasining qomusi hisoblangan mazkur asar insoniylikning go‘zal xislatlari: halollik, diyonatlilik, oqilonalik tarannum etiladi. Bizningcha, asarning ilmiy ahamiyati uni ratsional mantiqiylik tamoyiliga asoslanganligidadir.

Alloma o‘zining axloqiy-falsafiy qarashlarida kasb etikasiga alohida e’tibor qaratar ekan, rahbarning xarizmatik xislatlarini batafsil yoritib beradi. Avvalo, Yusuf Xos Hojib rahbarlik ilmi mavjudligini hamda uning talablarini ratsional o‘zlashtirib olish lozimligini quyidagicha bayon etadi:

Rahbarlik rahbarga erur kasb-u kor. Rahbarlik bilimin bilsin kim sardor[2.170].

Alloma nafaqat rahbarlar, balki barcha insonlarningg ulug‘ligi bilim bilan belgilanishini ta’kidlar ekan, idrok va ma’rifat har qanday jumboq, tugunlarni hal qilish vositasi ekanligini uqtiradi.

U idrok, bilimli boʻlmog‘i lozim

Xushxulqlik, ahillik qilmog‘i lozim[2.171].

Bilim-la qoʻzg‘atur ish boshin kishi

Uquv-la ish tutsa, boʻlmas tashvishi[2.172].

Kimda-kim boʻlsa gar oqil tadbirkor,

Inson bil, sen uning orqasidan bor[2.173].

Rahbarlar obroʻsiga putur yetkazadigan salbiy illatlar: besabrlik, shoshqaloqlik - bilimsizlikning oqibati ekanligini quyidagicha bayon etadi:

Besabrlik har ish dushmanidir bil

Bek bo‘lsa besabr, boq yuzi zahil

Shoshqaloq yengil ta’b badfe’l, jahldor

Bari bu belgilar bilimsizda bor.

Toʻg‘ri yur koʻzi toʻq yat-orli boʻl

Soʻz amalda, ochiq, nur yuzli boʻl[2.173].

Darhaqiqat, Yusuf Xos Hojib ta’kidlaganidek, vazminlik, bosiqlik, sermulohazalik, vaziyatni dastlab toʻg‘ri baholash va qaror qabul qilishda mantiqiytanqidiy ratsional yondashish rahbar xarizmasiga xos bo‘lgan asosiy xislatdir.

Andisha kabi axloqiy fazilatlarni rahbar uchun ahamiyatini alohida ta’kidlar ekan, shunday deydi:

Kim boʻlsa andisha, orli, xulqli, xush,

Qoʻlidan kelmas hech nojoʻya yumush.

Har kimga andisha, fazilat bergay,

U Haqdan baxt- davlat e’zoz ham ko‘rgay.

Yomondan tiyguvchi andisha bilsang,

Andisha yoʻl boshlar, yaxshilik qilsang.

Ko‘ngil, til, fe’lda rost bo‘lmasa rahbar

U eldan baxt qochar, har qancha qaytar[2.176].

Yusuf Xos Hojib rahbarga xos bo‘lgan fazilatlarni alohida bayon etar ekan, qat’iyatlilik, ziyraklik, irodalilik va bir soʻzli bo‘lish rahbarning asosiy fazilatlaridan biri ekanligini quyidagicha bayon etadi:

So‘zdan qaytgan bekni rahbar deb yursa,

Hayoting ishonib, so‘ng afsus ko‘rma.

Rahbarga hushyorlik, ziyraklik lozim

G‘ofil bek el-yurt g‘amga mulozim[2.177].

G‘ofillik va zulmni rahbar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan illatlarni bayon etar ekan, shunday deydi:

Ikki ish-la rahbar el xalqni buzar,

Egri yoʻl tortib, pok, chin yo‘ldan ozar.

Bu ishning biri- zulm, biri - g‘ofillik,

El uchun ikkisi yomon - johillik[2.177].

G‘ofil rahbarning hech ishi bitganmas,

Rahbarligi uzoq zamon ketganmas[2.178].

Rahbar xarizmasiga xos fazilatlarni bayon etar ekan, jismonan sog‘lomlik, jasurlik hamda muruvvatlilik, saxovat va himmat kabi axloqiy fazilatlar muhim ahamiyat kasb etishini quyidagicha tushuntiradi:

Uzoq rahbar bo‘lay desang, ey dono,

To‘g‘ri siyosat qil, elga bo‘l oshno[2.178].

Rahbar bo‘lsin dono, jasur, salomat,

Jasurlar dushmanga solar qiyomat.

El boshlar rahbarga muruvvat lozim,

Himmatli bo‘lsin kim topsa lavozim.

Rahbarga himmat-la siyosat kerak,

Siyosatga puxta rayosat kerak[2.185].

Rahbarlik mas’uliyatli va mashaqqatli, har doim tashvishli ekanligini, kishidan

Shodligi kam uning, tashvishlari mo‘l,

Rahmat oz, ko‘prog‘i la’natdir butkul.

Rahbarni sevar kam, yomon ko‘rar ko‘p,

Rohati oz, g‘iybat, g‘avg‘osi to‘p-to‘p.

Hech yerda xotirjam bo‘lmaydi sira,

Koʻp g‘amdan hamisha dilvayron, xira[2.187].

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarini zamonaviy o‘zbek tiliga o‘girgan Fazliddin Ravshanov “Milliy rahbarshunoslik: tarix va tajriba “nomli asarini yozdi[3]. Darhaqiqat, alloma asaridagi asosiy g‘oyalardan biri rahbar va unga xos boʻlgan xislat va fazilatlar mantiqiy ratsionallik tamoyilida bayon etiladi. Asarda alohida maxsus bob “Rahbarlikka loyiq bek qandoq bo‘lmog‘i haqida” deb nomlanadi. Bundan tashqari asarda rahbar qanday kishilarni vazir etib tayinlashi, shuningdek, mas’ul lavozimlarga nomzod tayinlashda qaysi jihatlarga e’tibor berish lozimligi haqida bayon etiladi. Xususan, eshik og‘asi, tayinlanadigan elchi, kotib, xazinachi, xonsolor(dasturxonchi) sharobdor va hokazo saroy amaldorlarini tayinlashda ularni qanday fazilatlarga ega boʻlishlariga e’tibor qaratish lozimligini batafsil bayon etadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Yusuf Xos Hojibning boy axloqiy-falsafiy merosi musulmon sharq xalqlari ma’naviyatining nodir namunalaridan biridir.

Ikkinchidan, alloma ilmiy merosining tarbiyaviy ahamiyati uning rastionallik tamoyiliga asoslanganligi bilan belgilanadi.

Uchinchidan, alloma bayon etgan kasb etikasiga oid tamoyillar zamonaviy rahbar kadrlarni tayyorlashda hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

To‘rtinchidan, informatsion globallashuv sharoitida yosh avlodni milliy ma’naviy ruhda tarbiyalashda alloma ilmiy merosi muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Мирзиёев, Шавкат Миромонович Ҳозирги замон ва Янги Ўзбекистон – Тошкент: “Oʻzbekiston” нашриёти, 2024й.-560 б. 2. Юсуф Хос Ҳожиб. “Қутадғу билиг” (“Саодатга элтувчи билим”). – Т, “Академнашр”., 2015. 3. Равшанов Ф. “Саодатга элтувчи билим”га қизиқиб.../Юсуф Хос Ҳожиб. “Қутадғу билиг”. Akademnashr. 2015. 4. Равшанов, Фазлиддин. Давлат фуқаролик хизматчисининг маънавий қиёфаси (Рисола) [Матн] / Ф.Равшанов. – Тошкент: «Маънавият» нашриёти, 2023. – 296 б.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.