ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

RAQAMLI O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASINING IQTISODIY SAMARADORLIKLARI

Аннотация

Mazkur maqolada “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari va uning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Strategiya doirasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu orqali davlat boshqaruvining shaffofligi ortmoqda, tadbirkorlik muhitiga qulaylik yaratilmoqda, xizmatlar sifati oshmoqda va yangi ish o‘rinlari yuzaga kelmoqda. 


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

SAMARADORLIKLARI

Sanakulova Iroda Abrorovna

Samarqand davlat universitetining

Kattaqo‘rg‘on filiali Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) yo'nalishi

2-kurs talabasi

irodasanakulova06@gmail.com

+99877-404-47-22

Annotatsiya. Mazkur maqolada “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari va uning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Strategiya doirasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu orqali davlat boshqaruvining shaffofligi ortmoqda, tadbirkorlik muhitiga qulaylik yaratilmoqda, xizmatlar sifati oshmoqda va yangi ish o‘rinlari yuzaga kelmoqda. Maqolada, shuningdek, raqamli transformatsiyaning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga – masalan, soliq tushumlarining oshishi, vaqt va xarajatlarning qisqarishi, ish unumdorligining ortishi kabi jihatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Xulosa sifatida, strategiyaning amaliy natijalari va uzoq muddatli istiqbollari iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil ekanligi ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar: Raqamli O‘zbekiston – 2030, raqamli iqtisodiyot, iqtisodiy samaradorlik, elektron xizmatlar, transformatsiya, davlat boshqaruvi, texnologiyalar, infratuzilma, innovatsiyalar, samarali boshqaruv.

Globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot dunyo davlatlari oldida ustuvor vazifa sifatida maydonga chiqmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi, sun’iy intellektdan foydalanish, “aqlli” texnologiyalar, katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlash, elektron hukumat va raqamli to‘lov tizimlari hozirgi zamonaviy jamiyatda asosiy vositalar sifatida xizmat qilmoqda.

“O‘zbekiston-2030” strategiyasining ikkinchi ustuvor yo‘nalishi mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan. U 17 ta maqsadni o‘z ichiga oladi.

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlab, yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Bu mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi, bank tizimidagi islohotlar va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish kabi jabhalarda muhim o‘zgarishlarni talab qiladi. Shuningdek, monopol sohalarni bozor tamoyillariga o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadlari ham belgilangan. Ushbu islohotlar, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan.

O‘z navbatida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023 yilda amalga oshirilishi

Strategiyaning 2023 yilda amalga oshirilishi doirasida tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar va siyosiy qarorlar mamlakat iqtisodiyotining turli sohalarida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, rag‘batlantirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Bularning barchasi mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi va “O‘zbekiston-2030” strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, 2023 yilda tadbirkorlik sub’ektlariga miqdori 10 million so‘mdan ortiq bo‘lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalarni faqat sud tartibida qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani, bu sohadagi tadbirkorlar uchun muhim adolatli qadamdir.

Mazkur o‘zgarish, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes uchun muhim, chunki ular eng ko‘p duch keladigan muammolardan biri byurokratik to‘siqlar va noaniq qonunchilik sharoitlaridir. Sud tartibi orqali sanksiyalarni qo‘llash, tadbirkorlarga adolatli va shaffof muhitda o‘z muammolarini hal qilish imkonini beradi.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi ham zamon talablari asosida iqtisodiyotning raqamlashtirilishiga alohida e’tibor qaratmoqda. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini raqamli texnologiyalar asosida isloh qilish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish, davlat xizmatlarini elektronlashtirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay muhit yaratishni nazarda tutadi.

Mazkur maqolada ushbu strategiyaning mazmun-mohiyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning iqtisodiyotga ta’siri, erishilgan yutuqlar hamda istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinadi.

Strategiya 2020-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilib, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonni raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Ushbu hujjatda quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilanadi:

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish (internet tarmog‘ining qamrovini kengaytirish, mobil aloqani yaxshilash);

Elektron hukumat tizimlarini chuqurlashtirish;

Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash;

Raqamli savodxonlikni oshirish, IT kadrlar tayyorlash;

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini raqamlashtirish;

Texnoparklar va IT-inkubatorlarni rivojlantirish;

Startaplarni qo‘llab-quvvatlash, IT eksportini oshirish.

Strategiya real sektor, moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

2020–2024-yillar davomida internet qamrovi deyarli ikki baravar oshdi. Qishloq joylarda mobil internet tezligining ko‘payishi, 4G va 5G texnologiyalarining joriy etilishi orqali:

Aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari oshdi;

Raqamli xizmatlarga bo‘lgan talab o‘sdi;

Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari masofadan boshqarish va nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bugungi kunda 300 dan ortiq davlat xizmati my.gov.uz va boshqa elektron platformalar orqali taqdim etilmoqda. Bu orqali:

Byurokratik to‘siqlar kamaydi;

Ma’muriy xarajatlar va vaqt tejaldi;

Davlat-xususiy sektor o‘rtasidagi ishonch mustahkamlandi;

Davlat byudjetiga tushumlar oshdi.

Misol: 2023-yilda elektron hukumat tizimlari orqali 50 milliondan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi, bu avvalgi yillarga nisbatan 40% ko‘proq.

Elektron hisob-fakturalar, onlayn kassa apparatlari va soliq to‘lovlarining elektron shaklda amalga oshirilishi orqali:

Yashirin iqtisodiyot hajmi qisqardi;

Soliq bazasi kengaydi;

Davlat byudjetiga tushumlar oshdi;

Soliq intizomi mustahkamlandi.

Natija: 2024-yil yakuniga qadar, raqamli soliq tizimlari orqali tushgan soliqlar umumiy byudjet tushumlarining 45 foizini tashkil etdi.

Raqamli to‘lov tizimlari (Click, Payme, Apelsin, Anor, Uzum Pay) orqali:

➢ Naqd pul aylanmasi kamaydi;

➢ Pul operatsiyalari shaffoflashdi;

➢ Kichik biznes uchun kredit olish imkoniyatlari kengaydi;

➢ Fintech startaplar rivojlanmoqda.

Statistika: 2023-yilda onlayn to‘lovlar hajmi 150 trillion so‘mdan oshdi, bu 2020- yildagi ko‘rsatkichdan 3 baravar yuqori.

Qishloq xo‘jaligida “Agroplatforma”, “Smart Agriculture”, GPS monitoring, dron texnologiyalari joriy qilinmoqda. Bu hosildorlikni oshirish, suv va resurslarni tejash imkonini beradi.

Sanoatda esa avtomatlashtirish va robotlashtirish ishlab chiqarish samaradorligini 20–30% oshirishga yordam bermoqda.

“Online maktab”, “UzEdu”, “Kundalik.uz” tizimlari orqali ta’lim sifati oshmoqda;

“EMIS”, “E-Poliklinika” kabi sog‘liqni saqlash tizimlari orqali tibbiy xizmatlar elektronlashtirildi;

Tibbiy xarajatlar qisqardi, aholining xizmatlardan foydalanish qulayligi oshdi.

Raqamli iqtisodiyot yangi turdagi kasblar — dasturchi, kiberxavfsizlik mutaxassisi, data-analitik, sun’iy intellekt muhandisi kabi sohalarda ish o‘rinlarini yaratmoqda.

2024-yil oxiriga kelib, IT Park rezidentlari soni 1500 taga yetib, 20 mingdan ortiq ish joyi yaratilgan. Rejaga ko‘ra, 2030-yilga qadar bu ko‘rsatkich 100 mingga yetkazilishi kutilmoqda.

IT mahsulotlar eksporti 2020-yildagi 12 million dollardan 2024-yilda 300 million dollarga yetdi. Bu:

• Xorijiy investitsiyalar oqimini oshirmoqda;

• Milliy mahsulotlar xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini oshirmoqda;

• Valyuta tushumlari orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlamoqda.

Toshkent, Samarqand, Namangan va boshqa shaharlarda “aqlli shahar” loyihalari yo‘lga qo‘yilgan. Bu orqali transport, ekologiya, energiya sarfi va xavfsizlik tizimlari raqamlashtirilmoqda.

O‘zbekiston 2023-yilda “Sun’iy intellektni rivojlantirish konsepsiyasi”ni tasdiqladi. Unga ko‘ra, sog‘liqni saqlash, ta’lim va iqtisodiy sohalarga AI texnologiyalar joriy qilinmoqda. Shu bilan birga, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat darajasida kompleks chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu strategiya nafaqat xizmatlar sifatini oshirish, balki iqtisodiy o‘sish, byudjet barqarorligi, resurslarni tejash, bandlikni ta’minlash va xalqaro raqobatbardoshlikni mustahkamlashda muhim vositaga aylanmoqda.

Ammo bu yo‘lda hali ko‘plab muammolar mavjud: texnik infratuzilma yetishmovchiligi, kadrlar tanqisligi, axborot xavfsizligi tahdidlari, raqamli savodxonlik darajasining pastligi. Shu sababli, strategiyaning to‘liq natijadorligini ta’minlash uchun davlat, xususiy sektor va xalqaro hamkorlik asosida tizimli yondashuv zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

2. “O‘ZBEKISTON — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 11.09.2023 yildagi PQ-300-son

3. https://president.uz/

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.