ushbu maqolada raqamli ta’lim muhitida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy hamda amaliy asoslari yoritilgan. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim muassasalari oldida talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni berish, ularning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini oshirish dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Shu nuqtayi nazardan, maqolada interfaol metodlar, virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar, gamifikatsiya elementlari va sun’iy intellekt asosidagi adaptiv ta’lim platformalarining afzalliklari tahlil qilingan. Xususan, interfaol va innovatsion metodik ramkalar talabalarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda metodik asos sifatida ko‘rib chiqilgan. Raqamli muhitda o‘qitishning samaradorligini oshirish uchun baholashning yangi shakllari – elektron testlar, portfoliolar va o‘z-o‘zini baholash tizimlaridan foydalanish zarurligi asoslab berilgan. Maqolada ilgari surilgan ilmiy xulosalar kelgusida raqamli ta’lim tizimini takomillashtirish hamda pedagoglarning raqamli kompetentligini oshirishga xizmat qiladi.
в статье рассматриваются теоретические и практические основы формирования и развития профессиональных компетенций студентов в цифровой образовательной среде. В условиях глобализации и цифровой трансформации перед вузами стоит актуальная задача – обеспечить студентов современными знаниями и навыками, повысить их готовность к профессиональной деятельности. В этом контексте анализируются преимущества интерактивных методов, виртуальных лабораторий, симуляций, элементов геймификации и адаптивных образовательных платформ на основе искусственного интеллекта. Обоснована необходимость использования новых форм оценивания – электронных тестов, портфолио и систем самооценки.