ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

RAQAMLI TEXNLOGIYALARNING INKLYUZIV TAʼLIM RIVOJIGA TAʼSIRI

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning  inklyuziv taʼlim rivojiga taʼsiri, shu jumladan,  inklyuziv taʼlimning ochiq, adolatli, moslashuvchan va samarali  bоʼlishida raqamli texnologiyalarning оʼrniga  oid tahliliy  mulohazalar  оʼrin olgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 625 ⊰⊰--

RIVOJIGA TAʼSIRI

Toʻychiyeva Zohida Abdumoʻmin qizi

Nizomiy nomidagi OʻzMPU tayanch

doktoranti (1-guruh nogironi)

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning inklyuziv taʼlim rivojiga taʼsiri, shu jumladan, inklyuziv taʼlimning ochiq, adolatli, moslashuvchan va samarali bоʼlishida raqamli texnologiyalarning оʼrniga oid tahliliy mulohazalar оʼrin olgan.

Kalit soʻzlar: inklyuziv taʼlim, inklyuziv taʼlim tizimi, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi, inklyuziv taʼlim, inklyuziv taʼlim tizimi, raqamli texnologiyalarning inklyuziv taʼlimga taʼsiri.

Аннотация: В данной статье представлены аналитические соображения о влиянии цифровых технологий на развитие инклюзивного образования, включая роль цифровых технологий в обеспечении открытости, справедливости, гибкости и эффективности инклюзивного образования.

Ключевые слова: инклюзивное образование, инклюзивная система образования, цифровые технологии, цифровая экономика, стратегия «Цифровой Узбекистан – 2030», инклюзивное образование, инклюзивная система образования, влияние цифровых технологий на инклюзивное образование.

Abstract: This article presents analytical considerations on the impact of digital technologies on the development of inclusive education, including the role of digital technologies in ensuring openness, fairness, flexibility and effectiveness of inclusive education.

Key words: inclusive education, inclusive education system, digital technologies, digital economy, Digital Uzbekistan 2030 strategy, inclusive education, inclusive education system, impact of digital technologies on inclusive education.

Bugun tobora globallashayotgan dunyoda raqamli transformatsiya jarayonlari, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayni paytda jamiyat turli soha va tarmoqlarining oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri ham raqamli texnologiyalarni samarali tashkil etish va amalga oshirish hisoblanadi. Zero, raqamli texnologiyalar – bu shiddatkor davrning talabidir. Shu bois keyingi yillarda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot va raqamli texnologiyalarga ustuvorlik berilmoqda.Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2020-yil 5- oktabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son farmonida qayd etilganidek, “mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, taʼlim, sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda” [2]. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 fevral PF-5349- son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, 2018

--⊱⊱ 626 ⊰⊰-- yil 3 iyul PQ3832-son “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, 2018 yil 2 sentabr PQ-3927-son “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori va shu kabi boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda mamlakatda raqamli iqtisodiy tizimga oʻtishni ragʻbatlantirish va jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratilganligi ham fikrimizning yorqin dalilidir.

Har bir davlat va jamiyat taraqqiyotining eng istiqbolli yoʻnalishi – bu taʼlim-tarbiya tizimidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek: “Sharq donishmandlari aytganidek, eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir! Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak” [3]. Demak, bugun boshqa sohalar kabi taʼlim-tarbiya tizimida ham raqamli transformatsiya jarayonlarini tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, raqamli texnologiyalar bolalarni oʻqitish sifatini tubdan yaxshilashga, ularning barcha zarur qobiliyatlarini shakllantirishga, muammoni hal qilish uchun mavjud boʻlgan barcha raqamli vositalar, materiallar va xizmatlardan faol (ongli va ijodiy) foydalanish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.

Taʼlim va tarbiyaga innovatsiyalar va zamonaviy raqamli texnologiyalarni tadbiq etish faqat davr talabigina boʻlib qolmasdan, taʼlimning amaliyot, ishlab chiqarish bilan integratsiyasini taʼminlashga ham yordam beradi. Shuningdek, zamon talablari mos salohiyatli kadrlarni yetishtirishda muhim omillardan biri boʻlib xizmat qiladi.

MDH olimlari N.P. Petrova va G.A. Bondarevalarning yozishlaricha, taʼlim muassasalarining raqamli transformatsiyasining asosi raqamli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish eng samarali boʻlgan oʻquv jarayonini shaxsiylashtirilgan tashkil etishga oʻtishdir [5].

Hozirgi vaqtda taʼlimni raqamli transformatsiyasi vazifasi – taʼlim tizimini axborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotning vazifalari, muammolari va imkoniyatlariga moslashtirish juda dolzarbdir.

Oʻz oʻrnida raqamli texnologiyalar inklyuziv taʼlim rivojiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatadi.

Bizga maʼlumki, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan yordamga muhtoj bolalar davlatimizning teng huquqli aʼzolari. Ularni uzluksiz taʼlim tizimidagi barcha muassasalarda hamma qatori taʼlim olishi va tarbiyalanishini taʼminlash – davlat va jamiyat oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. Aynan raqamli texnologiyalarning taʼlim tizimiga joriy etilishi ana shu vazifalarning ijrosini taʼminlash borasidagi muhim qadamlardan biridir.

Inklyuziv taʼlim, bu – uygʻunlashish, hamkorlikdagi taʼlim, hammaga teng imkoniyat yaratish degani. Inklyuziv taʼlim shunday taʼlim jarayoniki jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishda va boshqa muammolardan qatʼiy nazar barcha bolalar oʻz uyi va hududiga yaqin joylashgan maktablarda oʻz tengdoshlari bilan taʼlim-tarbiya olishlari mumkin. Inklyuziv taʼlimdan koʻzlangan maqsadlar alohida taʼlim ehtiyojiga ega boʻlgan bolalarni imkoniyatdan kelib chiqib umumtaʼlim maktablarida toʻlaqonli bilim olishini taʼminlash, taʼlim muassasalarida ularga zarur imkoniyat yaratishdan iborat. Bu har hil ehtiyojli bolalarning umumiy, oʻrta va oliy taʼlim muassaslarida taʼlim olishlari uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, ular uchun taʼlim muassasalarida qoʻshimcha moslamalarni yaratilishini talab etuvchi taʼlim tizimidir.

Inklyuziv taʼlimda raqamli texnologiyalarni qoʻllash bir qator muhim afzalliklarni beradi. Jumladan, raqamli platformalar nogironligi bor bolalarga darslarga masofadan turib qatnashish

--⊱⊱ 627 ⊰⊰-- imkonini beradi. Mobil ilovalar, onlayn kurslar va interaktiv platformalar joy va vaqtdan qatʼiy nazar oʻqish imkoniyati yaratadi.

Ayniqsa, oʻquvchi yoki tarbiyalanuvchilarning qobiliyati, surʼati va ehtiyojiga qarab individual mashqlar, topshiriqlar va kontent berilishi mumkin. Aniqlashtirilgan maʼlumotlar asosida oʻquvchining rivojlanishini kuzatish va toʻgʻri resurslar tavsiya qilish osonlashadi.

Raqamli texnologiyalar inklyuziv taʼlimda multimodal oʻqitish imkoniyatini beradi. Yaʼni, video, audio, animatsiya, infografika va interaktiv mashqlar – har xil taʼlim uslubiga ega va aynan nogironligi bor bolalar uchun bu juda qulay. Bunda koʻrish, eshitish, harakat qilishda qiyinchiliklari boʻlgan bolalar uchun maxsus interfeyslar mavjudligini ham alohida qayd etib oʻtish oʻrinli. Ayniqsa, onlayn forumlar, chatlar va virtual sinfxonalar nogironligi mavjud oʻquvchilar uchun ayni muddao boʻlib, ularning yordamida oʻquvchilarning oʻzaro muloqot qila olishi uchun yaxshi imkoniyatlar yaratiladi. Bunda ayniqsa, ijtimoiylashuvda qiynaladigan bolalar uchun bu qulay muhit yaratiladi.

Inklyuziv taʼlimda raqamli texnologiyalar imkoniyatlari cheklangan оʼquvchilar uchun teng va qulay sharoit yaratib, taʼlim jarayonini samarali va qamrovli qiladi. Ular individual dasturlar, multimodal resurslar, masofaviy darslar va maxsus assistiv funksiyalar orqali har bir bolaning ehtiyojiga mos taʼlim olishini taʼminlaydi. Shu bilan birga, оʼqituvchilarga monitoring va tahlilni yengillashtirib, оʼquv jarayonining sifatini oshiradi. Raqamli texnologiyalar barcha oʻquvchilar, jumladan imkoniyati cheklangan bolalar uchun teng taʼlim imkoniyatlarini yaratishda muhim vosita hisoblanadi. Ular taʼlimni shaxsiylashtirish, oʻquvchining individual ehtiyoj va qobiliyatiga mos resurslarni taqdim etish, masofadan turib oʻqish imkonini berish orqali oʻquv jarayonini ancha osonlashtiradi. Multimodal kontent – video, audio, interaktiv mashqlar va assistiv texnologiyalar (ekran oʻquvchilar, ovozli komandalar, subtitrlar) taʼlimni barcha uchun tushunarli va qolay qiladi. Shu bilan birga, raqamli platformalar oʻqituvchilarga oʻquvchilarning rivojlanishini tezkor monitoring qilish, tahlil qilish va individual qoʻllab-quvvatlash strategiyasini ishlab chiqishga yordam beradi.

Qisqacha aytganda, raqamli texnologiyalar inklyuziv taʼlimda bilim olishdagi toʻsiqlarni kamaytiradi, ishtirokni oshiradi va barcha bolalar uchun haqiqiy aralashgan, qulay va samarali taʼlim muhitini shakllantiradi. Raqamli vositalar jismoniy, eshitish, koʻrish yoki oʻqishdagi cheklovlari boʻlgan bolalar uchun ham boshqa tengdoshlaridek sifatli taʼlim olish imkonini beradi. Bu inklyuziv taʼlimning eng asosiy tamoyilidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni. Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida//Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son.

2. 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son farmoni//Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2020-y., 06/20/6079/1349-son.

3. Mirziyoyev SH.M. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – Toshkent.: “Tasvir”, 2020. –B.12-13.

4. Абдуллаев М. Қ., Ризаева Ф.Х. Таълим тизимида рақамли трансформацияни амалга ошириш тенденциялари//Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali, 3/2022, may-iyun (№ 00059).

5. Петрова Н.П., Бондарева Г.А. Цифровизация и цифровые технологии в образовании // Мир науки, культуры, образования. 2019. № 5 (78). С. 353–355. 6. Меняйся или уходи. Цифровое образование бросает вызов преподавателям вузов [Электронный ресурс]. Режим доступа: http://www.poisknews.ru/theme/edu/31969/ (дата обращения: 30.03.2020).

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.