Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) ta’lim
yo‘nalishi 2-bosqich magistri
Xo‘jamberdieva Sayyora Eshmurodovna
Raqamli transformatsiya davrida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari
Annotatsiya Maqolada bugungi kunda zamon talabi hisoblangan raqamlashtirish iqtisodiyotining muhim ahamiyatlari va uning insoniyat hamda davlat hayot tarziga qanchalik samarali ekani va bu mamlakat turmush darajasini dunyo rivojlangan mamlakatlariga tenglashtirish haqida boradi.
Tayanch so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, sanoat korxonalari, raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar.
Annotatsiya
V etoy state obsujdaetsya vopros o tom, chto vajno dlya ekonomiki, a takje dlya chelovechestva. V state obsujdaetsya vajnost sifrovoy ekonomiki, kotoraya yavlyaetsya sovremennыm trebovaniem, i naskolko ona effektivna dlya jizni chelovechestva i gosudarstva, i kak priravnyat uroven jizni etoy stranы k razvitыm stranam mira.
Klyuchevыe slova: sifrovaya ekonomika, promыshlennыe predpriyatiya, sifrovыe texnologii, innovatsii.
Annotation
The article discusses the importance of the digital economy, which is a modern requirement, and how effective it is for the way of life of humanity and the state, and how to equate the standard of living of this country with the developed countries of the world.
Keywords: digital economy, industrial enterprises, digital technologies, innovations.
Mamlakatimizda aholi sonining o‘sishi, ularning daromadlarining oshib borishi ist’emol tovarlarga talabning oshishiga olib keladi. Hususan, so‘nggi 20 yil ichida O‘zbekiston doimiy aholisining soni 44 foizga ko‘payib chakana savdo aylanmasi 139,6 barobar oshdi. Aholining ist’emol tovarlarga o‘sib boruvchi
talabini qondirish uchun iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, uning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda innovatsion yechemlardan keng foydalanishni taqoza etadi. Bundan tashqari ochiq iqtisodiyot sharoitida milliy korxonlar nafafat ichki bozorda, balki tashqi bozorlarda raqobatbardoshligi yuqori bo‘lishi va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishi talab etiladi. Iqtisodiy va texnologik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida namoyon bo‘layotgan raqamli inqilob insoniyat hayotini shiddat bilan o‘zgartirib, keng imkoniyatlar yaratish bilan birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv davrini boshlab berdi. Bu ham o‘z navbatida korxonalar o‘z faoliyatida mahsulot tannarhini pasaytirish, uning sifatini oshirish bo‘yicha zamonaviy innovatsion yechimlar topishi va amaliyotda qo‘llashini talab etadi. Innovatsion faoliyat ulushining o‘sishi shunga olib keldiki innovatsiyalar xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha, mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlari raqamli texnologiyalardan keng foydalanish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda korxonlar raqobatbardoshligini ta’minlashga erishilmoqda.
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirishi, va aholi turmush darajasini yaxshilash imkonini beradi [1].
Turli tadqiqotlar natijalari ko‘rsatishicha raqamli iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi salmogg‘i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborotkommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymatning deyarli 40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq patentlarning 75 foizi Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to‘g‘ri keladi [2].
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020 yil 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirda keltirgan statistik ma’lumotlariga muvofiq AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi [3].
Raqamlashtirishning ahamiyati va ta’sirini qanchalik ortib borayotganligini baholash uchun so‘nggi o‘n yillikdagi bir nechta yirik texnologik kompaniyalar va raqamli platformalarning jahon bozoridagi kapitallarining ulushini ko‘rish kifoya. Axborot asri deya e’tirof etilayotgan bugungi kunimizda axborot kommunikatsiya tizimi izchil rivojlanishda davom etmoqda. Bugun zamonaviy axborot texnologiyalarisiz hayotimizni tasavvur etib bo‘lmaydi. Mamlakat darajasida ushbu soha rivoji muhim omillardan biriga aylangan. Shu bois ham mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa sohani xalqaro andozalarda mexanizasiyalashtirish va rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilab olingan. Zamonaviy sharoitda turli mamlakatlar hukumatlari ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarga katta miqdorda mablag‘ sarflamoqda. Ushbu xarajatlarni (YaIMga nisbatan%). Shu munosabat bilan biz iqtisodiy samaradorlik tushunchasiga duch kelamiz. Ushbu maqsadlar uchun har yili Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida Yevropa innovatsion ko‘rsatkichlari (YIK) nashr etiladi. Shuningdek, 2007 yilda Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlari uchun ish muhitini tahlil qilish usuli asosida texnik samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilgan. Faoliyat muhitini tahlil qilish usuli asosida Belorusiya iqtisodiyotining raqobatbardoshligi va ushbu ko‘rsatkichga innovatsiyalarning ta'siri tahlili o‘tkazildi. Ushbu tadqiqotda muallif 43ta mamlakatdan, 3 ta kirish parametrlaridan (YalMning intensivligi, million kishiga to‘g‘ri keladigan olimlarning soni, ta'lim xarajatlari YalMga nisbatan%), shuningdek, 3 ta o‘zgaruvchidan foydalangan (milliy patentga talabnomalar soni, yuqori texnologiyalar) eksport sanoat eksportining% sifatida, AKT eksportining umumiy eksport hajmida%).Natija shuni ko‘rsatadiki, bu holatda foyda moddiy ishlab chiqarish (sanoat iqtisodiyoti) emas, balki moliya (kapital) emas, balki yangilik sohalari va olimlarning intellekti tomonidan yaratiladi. Tadqiqotchilar E. Toffler, F. Fukuyama, D. Bell, J. Naysbitt va boshqalar zamonaviy dunyodagi aksariyat rivojlangan mamlakatlar uchun aynan innovatsion iqtisodiyot jahon iqtisodiy ustunligini ta'minlaydi, deb hisoblashadi. Hozirgi kunda AQSh, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Shvetsiya, Finlyandiya, Singapur, Isroil va boshqa mamlakatlar innovatsion iqtisodiyotning rivojlangan venchur biznesi bo‘lgan innovatsion iqtisodiyotga ega mamlakatlar qatoriga kiradi.Biz Karl Shvabning quyidagi fikrlariga e'tibor qaratsak texnologiyalar hayotimizni qanday tarzda o zgartirib boraytganligini va kelajak avlod hayotini qanday o‘zgartirajagini tushunib olishimiz kerak, zero ushbu texnologiyalar biz yashayotgan hayotning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va madaniy sharoitlarini butkul o‘zgartirib bormoqda.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va ustuvor yo'nalishlarini sanab o‘tish maqsadga muvofiq:
• raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun institutsional muhit va raqamli infratuzilmani yaratish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog‘liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;
• kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish va bu yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilimga ega malakali dasturchilar va injener-texnik xodimlarni yetishtirish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘qitish, shu jumladan, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda natijasi yuqori bo‘lgan loyihalarni sinovdan O‘zbekiston hududida amalga oshirish;
• raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-nazariy bazani mustahkamlash va bu sohada "Raqamli ishonch" jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalangan holda ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash; Aholining keng qatlamlari o‘rtasida "raqamli savodxonlik"ni targ‘ib kilish va kengaytirish, ularni axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga jalb qilishmaqsadida o‘quv yurtlarida seminar, kurslar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish.
Adabiyotlar;
1. "Raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida . PF-6079-son Farmoni.
2 .O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 12 fevraldagi PQ-2126-son birinchi bu emasku qaysidir nutqi edi prezidentning
3. Maxkamova M.A. Razvitie innovatsionnogo predprinimatelstva na sele. Dostijenie nauki i texniki APK. №7 2002, Moskva . S.37-40. 3.Maxkamova M.A. Teoriya innovatsionnogo menedjmenta. Monografiya. T.: «Nauka i texnologiya» », 2020.
4 . O‘zbekiston Respublikasi statistika Qo‘mitasi rasmiy vebsayti (.
5. "Uztelekom"AT rasmiy vebsayti
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.