ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

RAQAMLI VA INNOVATSION IQTISODIYOTNING NAZARIY VA USLUBIY MUAMMOLARI VA ULARNI HAL ETISHDA XITOY TAJRIBASI VA STRATEGIK YO‘NALISHLARI

Аннотация

Globallashuv sharoitida har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining jadal o‘sishi, avvalambor, milliy iqtisodiyotni raqamlashtirish, xalqaro savdo, xorijiy investitsiyalar va moliyaviy xizmatlarni yaxshilash kabi omillar natijasida yuzaga keladi. Prezidentimiz iqtisodiyotni raqamlashtirish bo‘yicha ta’kidlaganidek, “Biz raqamli texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini modernizatsiya qilishni nazarda tutuvchi raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz va shu asosda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini amalga oshirishimiz kerak”ligini ko’zda tutadi. Ushbu maqolada raqamli va innovatsion iqtisodiyotni tashkil etishning nazariy muammolarini, ularni hal etishda Xitoy tajribasi hamda strategik yo’nalishlari yoritib berilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

YO‘NALISHLARI

Sa’dullayeva Gulnoza Usmanovna

teacher of Tashkent institute of finance

Annotatsiya

Globallashuv sharoitida har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining jadal o‘sishi, avvalambor, milliy iqtisodiyotni raqamlashtirish, xalqaro savdo, xorijiy investitsiyalar va moliyaviy xizmatlarni yaxshilash kabi omillar natijasida yuzaga keladi. Prezidentimiz iqtisodiyotni raqamlashtirish bo‘yicha ta’kidlaganidek, “Biz raqamli texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini modernizatsiya qilishni nazarda tutuvchi raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz va shu asosda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini amalga oshirishimiz kerak”ligini ko’zda tutadi. Ushbu maqolada raqamli va innovatsion iqtisodiyotni tashkil etishning nazariy muammolarini, ularni hal etishda Xitoy tajribasi hamda strategik yo’nalishlari yoritib berilgan.

Tayanch so’zlar: Raqamli iqtisodiyot, iqtisod, bozor iqtisodiyoti, raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish, innovatsion strategiya, raqamlashtirish, robototexnika, IT, raqamli dividendlar, internet-banking.

Annotation

In the context of globalization, the rapid growth of the national economy of each country occurs primarily as a result of factors such as the digitization of the national economy, international trade, foreign investment and the improvement of financial services. As noted by the President on the digitization of the economy, “We need to develop a national concept of digital economy, which provides for the modernization of all sectors of the economy on the basis of digital technologies and on this basis, we need to implement the "Digital Uzbekistan - 2030" program". This article describes the theoretical and methodological problems of organizing a digital and innovative economy, the Chinese experience and strategic directions of solving them.

Keywords: Digital Economy, Economics, market economy, digital technology, digitization, robotics, IT, Digital Dividends, internet banking.

Аннотация

В условиях глобализации быстрый рост национальной экономики каждой страны происходит в первую очередь в результате таких факторов, как цифровизация национальной экономики, международная торговля, иностранные инвестиции, улучшение финансовых услуг. Как заявил Президент относительно цифровизации экономики, он предусматривает, что «Нам следует разработать национальную концепцию цифровой экономики, предусматривающую модернизацию всех секторов экономики на основе цифровых технологий, и реализовать программу «Цифровой Узбекистан». - 2030" на этой основе." В данной статье описаны теоретические проблемы организации цифровой и инновационной экономики, опыт Китая в их решении и стратегические направления.

Ключевые слова: цифровая экономика, экономика, рыночная экономика, цифровые технологии, цифровизация, инновационная стратегия, цифровизация, робототехника, ИТ, цифровые дивиденды, интернет-банкинг.

Butun dunyoda raqamli transformatsiya jarayonlari davom etar ekan, zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston ham raqamli iqtisodiyotga oʻtishni boshladi desak adashmaymiz. 2020- 2022- yillarda “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasi va uni amalga oshirish uchun “strategic yo’nalishlar”ning qabul qilinishi, birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyotga oʻtishning iqtisodiy va moliyaviy asoslarini yaratadi. Bugungi kunda O‘zbekiston 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqib, uning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, innovatsiyalarni keng joriy etish va mavjud resurslardan samarali foydalanishga asoslangan yo’nalishlar bilan izchil qadam tashlamoqda . Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning bu boradagi quyidagi so‘zlarini keltirish mumkin: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar, zamonaviy axborot texnologiyalari zarur va ularni jahon tajribasi asosida kiritish lozim. Bu rivojlanish uchun eng qisqa yo'lni tanlash imkonini beradi. Zero, bugungi kunda dunyoda axborot texnologiyalari barcha sohalarga chuqur kirib bormoqda va raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilaydi, balki keraksiz xarajatlarni kamaytiradi ".

Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga olimlar tomonidan turli xil ta’riflar berilgan. Xususan, raqamli iqtisodiyot tushunchasi ilk bor 1990-yillarda Yaponiya inqirozi davrida yapon professori tomonidan qo‘llanilgan. 1995-yil Yevropada Don Tapskotning “Цифровая экономика: oбeщaние и oпaснoсть в эпоху сeтeвoй рaзвeдки” asari va 1995-yil Nikolas Negroponte (Masachusets, AQSh) ning tadqiqot ishida qo‘llanilgan.

Raqamli iqtisodiyotda jarayonlar tahlili natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, texnologiyalar, uskunalar, tovarlar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin bo’lgan ishlab chiqarish omili sifatida qaraladigan iqtisodiy faoliyat sifatida belgilanadi. Raqamli iqtisodiyot - bu ijodiy mehnat va axborotning afzalliklari va ustuvorliklari bilan tavsiflangan rivojlanishning zamonaviy bosqichidir. Raqamli iqtisodiyot o'ziga xos tushuncha bo'lib, uni o'rganish ob'ekti axborot hisoblanadi. Ma'lumotlari, hisoblash tartibi va aloqaning o'zgaruvchan tabiati bilan ajralib turadigan raqamli iqtisodiyot bugungi kunda iqtisodiy o'sish va ijtimoiy o'zgarishlarni harakatlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. So‘nggi paytlarda bozor munosabatlaridagi rivojlanish va moliya tizimidagi o‘zgarishlar natijasida korxonalarning moliyaviy resurslarni taqsimlash va raqobat muhitida ishlash, potentsial mijozlarni jalb qilish va moliyaviy natijalarning yuqoriligini o’stirish, narx siyosati va mavjud debitorlik qarzlarini hisobga olish, korxonalarning moliyaviy resurslarni taqsimlash va raqobatbardosh sharoitlarda ishlash imkoniyatlari kengaydi, ammo bunga qaramasdan, debitorlik qarzlarini minimallashtirish, kerakli asbob-uskunalarni topish va etkazib beruvchilarni sotib olishga jalb qilish masalasini hal qilishda ko'plab muammolar mavjud. Shu nuqtai nazardan, mahalliy korxonalar faoliyati uchun zarur bo‘lgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘larni modernizatsiya qilish va mavjud aktivlarni sotish, fan-texnika taraqqiyoti natijalarini xaridorlarga taklif etish qiyinligicha qolmoqda. Shu sababli, qo'shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun korxonalar moliya institutlariga murojaat qilishni va qarz mablag'laridan foydalanishni afzal ko'radilar. Ammo bu har doim ham ijobiy natija bermaydi. Korxona uchun kredit resurslarini jalb qilish qiyin bo‘lgan bir paytda muqobil sifatida lizing xizmatlaridan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, lizing xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb etish imkonini beradi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiyotimizda raqamli iqtisodiyot elementlari qo‘llanilsa-da, lizing xizmatlari bozorida undan foydalanish imkoniyatlari yetarlicha shakllanmagan. Bugungi kunda xorijiy davlatlarning moliya-kredit sektori (lizing kompaniyalari) va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida raqamlashtirish jarayoni keng qo‘llanilayotgan davrda O‘zbekistondagi kredit va lizing bozori haqida bunday xulosaga kela olmaymiz.

Xorijiy mamlakatlar amaliyotiga xususan Xitoy tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, raqamli texnologiyalardan foydalanishda katta ma’lumotlar tarmoqlari qo‘llanilishini ko‘rishimiz mumkin. Xitoylik olimlarning fikricha, katta ma’lumotlar koinotda foydasiz, uning potentsial ahamiyati qaror qabul qilishda foydalanilganda yaqqol namoyon bo'ladi. Buning uchun esa tashkilotlar katta ma'lumotlarni tezda o'zgartira oladigan samarali tizimlarga ega bo'lishi lozim.

Xitoy o‘zining “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning 14-besh yillik rejasi”ni 2022 yilning yanvari oyida e’lon qildi. Bunda Xitoy oʻzining umumiy rivojlanish maqsadlari uchun raqamli iqtisodiyotni yetakchi omil deb hisoblaydi va uning “asosiy tarmoqlari” 2020 yilda jami yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizidan 2025 yilga kelib 10 foizgacha oʻsishi to’g’risida strategik yo’nalishlarni ishlab chiqqan. Unda, asosan raqamli infratuzilmani takomillashtirish va yangilash masalan, 5G tarmog'ini ishlab chiqish, asosiy "ishlab chiqarish omili" sifatida ma'lumotlardan to'liq foydalanish, barcha sohalarda raqamli transformatsiyani amalga oshirish, sensorlar, kvant hisoblashlar, sun'iy intellekt kabi asosiy tarmoqlarda innovatsion imkoniyatlarni oshirish hamda raqamli iqtisodiyotni boshqarish tizimini takomillashtirish kabi yo’nalishlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, re’jaga asosan, Xitoyning 2021-yildan boshlab maʼlumotlarni tartibga solish boʻyicha olib borayotgan saʼy-harakatlari kiberxavfsizlik va maʼlumotlar xavfsizligini oshirish muhimligini yaqqol namunasi bo’la oladi. Xalqaro jabhada Xitoy raqamli iqtisodiyot siyosati bo’yicha Yevropa Ittifoqi,OECD, ASEAN va Afrika davlatlari bilan faol hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga OECD tomonidan raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bo’yicha Xitoy ning xalqaro miqyosda taqqoslanadigan ko’rsatkichlarini ko’rib chiqishimiz mumkin. Bunda Xitoyning yetakchi kuchi axborot kommunikatsion texnologiyalar bo’yicha tovarlar yalpi eksporti ekanligini ko‘rsatadi. Jahon tiklanish vataraqqiyot bankining so'nggi savdo ma'lumotlaridan foydalangan holda ko'rsatkichlar ma'lumotlar bazasi Xitoy tomonidan eksport qilinadigan axborot kommunikatsion texnologiyalar tovarlari 2021- yilda taxminan 600 dollarni tashkil etganligi hamda bu Xitoyning jami eksportining 26 foiziga teng qiymatiga yetganligini tasdiqladi.

Xitoyning axborot kommunikatsion texnologiyalarning yalpi eksportidagi ulushi Xitoyda raqamli iqtisodiyot hajmini baholash uchun raqamli iqtisodiyot ma'lumotlaridan foydalanish muhimligiga ishora qiladi.

Axborot kommunikatsion texnologiyalari eksporti qoʻshilgan qiymati, jahon umumiy hajmidan % qiymatida (2021)

Shuni aytish joizki, raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotning barqarorligiga va yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atiga ta’siri kattaligini ushbu diagrammadan ham ko’rishimiz mumkin.

Xitoyda YaIM o'sishiga nisbatan raqamli iqtisodiyotning o'sish sur'ati (2021-yil)

yuqoridagi ma’lumotlardan shuni ko’rishimiz mumkinki, raqamli iqtisodiyotning eng faol harakatlantiruvchi bu davlatdir. U raqamli iqtisodiyotning asosiy mijozi va iste’molchisi hisoblanadi. Bunda Xitoy ushbu maqsadlar uchun o’tgan yilning o’zida 9 milliard dollarga yaqin mablag' sarfladi. buning natijasida esa, bozor kapitallashuvi 210 milliard dollardan oshgan, Alibaba internet-resursi ushbu investitsiyalar to'g'ri yo'naltirilganligini isbotladi. Agar mamlakat raqamlashtirishdan maksimal foyda olishni istasa kerakli ilg’or texnologiyalar bozorini yaratishi va qo‘llab-quvvatlashi zarur. Bu bilan esa, mamlakatni tez suratlarda rivojlanishi bilan bir qatorda, muhim tarmoqlar uchun xususiy ilovalar hamda nazorat uslubining mukammallashuvi, aniq iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilish imkoniyatiga erishiladi.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish bo‘yicha kompleks choratadbirlar amalga oshirilmoqda,barcha tarmoqlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va ayniqsa, sanoat, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligi tarmoqlarida joriy etilmoqda.

Xususan, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish bo‘yicha 220 dan ortiq ustuvor loyihalar amalga oshirildi. Shu jumladanmahalliy dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari bozorini yanada rivojlantirish, mamlakatimizning barcha hududlarida IT-parklar tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshirilmoqda, bunga 40 dan ortiq axborot tizimlariga ega integratsiyalashgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimi, uni raqamlashtirish ijtimoiy soha va bu amaliyotni keyinchalik boshqa hududlarda ham joriy etish chora-tadbirlarini alohida ko’rsatish mumkin.

Raqamli iqtisodiyot YaIM o’sish surati

Xitoy tajribasidan kelib chiqqan holda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasini amalga uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

* mamlakatimizda sifatli va yuqori talabga ega boʻlgan elektron davlat xizmatlarini yanada kengaytirish, barcha davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, shu jumladan avtomatlashtirilgan xizmatlar ulushini 60 foizga oshirish ;

* elektron hukumat axborot tizimlarini rivojlantirishga yagona texnologik yondashuvni ta'minlash; shu jumladan ochiq manbalardan foydalangan holda davlat organlarining ofis tizimlarini rivojlantirish xarajatlarini kamaytirish hamda dasturiy ta'minot;

* ochiq hukumat ma'lumotlarini ishlab chiqish, shakllantirish va ulardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish ya’ni iste'molchilar talabi bo'yicha "ochiq ma'lumotlar" asosida davlat mobil ilova va dasturlari ulushini oshirish;

* davlat ma'lumotlarini boshqarishning yagona tizimini yaratish orqali boshqaruvida ma'lumotlarni to'plash va raqamlashtirish uchun zarur resurslar jamlangan yagona portal tashkil etish;

* davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini optimallashtirish, shu jumladan ularning sonini qisqartirish, ma'muriy tartib-taomillarni avtomatlashtirish orqali kerakli ma'lumotlar va hujjatlar majmuini yaratish;

* litsenziyalar va ruxsatnomalarni berish va ularni topshirish bilan bog'liq barcha tartiblarni optimallashtirish, real vaqtda elektron shaklni o’zida jamlagan saytlar yaratish;

* aholi va korxonalarni yuridik ahamiyatga ega bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etish va xabardor qilish imkoniyatiga ega elektron hukumat tizimlarini joriy etish;

* fuqarolar va tadbirkorlarning onlayn rejimda ishtirok etish mexanizmini yanada takomillashtirish uchun ilovalar yaratish kabi elekron resurslar nafaqat iqtisodiyot balki, mamlakatning boshqaruv tizimida ham o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.

Texnologiyalar rivojlanishi va elektron iqtisodiyot tomonidan taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar assortimenti o‘sishda davom etar ekan, raqamli iqtisodiyot kengayishda davom etadi. Raqamli iqtisodiyotni ilm-ma’rifatsiz rivojlantirib bo‘lmaydi. Butun dunyo olg‘a intilayotgan davrda raqobatbardosh bo‘lishimiz uchun integratsiya zarur buning uchun esa, ta’limni kuchaytirmasdan turib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirib bo‘lmasligini ko‘rish mumkin.Chunki iqtisodiyotning asosi chuqur bilim va tajribaga asoslanadi. Ma’lumki, raqamli iqtisodiyot elektron hukumat tizimining asosiy, ajralmas qismi bo‘lib, mamlakat rivojiga katta hissa qo‘shmoqda. Chunki jadal rivojlanayotgan dunyodan ortda qolmaslik uchun jahon tajribasida mavjud amaliyotlardan foydalanish, jahon reytingida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish zarur. Buning uchun yoshlarimizning asosiy maqsadi bilimni oshirish va shu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘lishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Strategiyani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori Raqamli O‘zbekiston – 2030 “va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari”, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni. Toshkent shahri, PF-5099-son 30.06.2020 y

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori. Toshkent shahri

4. OECD (2021a), The Next Production Revolution: Implications for Governments and Business, available at http://dx.doi.org/10.1787/9789264271036-en, 10 May

5. OECD (2021b), Digital Economy Outlook 2017, available at October

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.