BUYICHA QIYOSIY TAQSIMOTINI BAXOLASH
Musulmonkulova Nodira Baxtiyorovna, Sultonov Ravshan Komiljonovich.
Termiz iqtisodiyot va servis unverstiteti,
Tibbiyot fanlar kafedrasi, PhD dotsent v/b.
Davolash ishi 22-01 guruh talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Surhondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limidagi bemorlarni kasalliklar buyicha qiyosiy taqsimotini baxolashdan iborat. Tekshiruvmizdagi rejali xirurgiya bulimiga 2022- 2023 yillarda murojat qilgan 617 nafar bemor bolalarni kasallik tarixlari asosida retrospektik taxlillar olib borildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida rejali xirurgiya bo‘limida davolangan bemorlardan 65% ni qishloq aholisi tashkil qildi. Ayniqsa, churralar bilan murojat qilganlar kop bulib, 376 nafar 61% bemor bolalar tashkil qildi. Kasallanish qizlarga nisbatan ug‘il bolalarda 1,3 marta ko‘proq uchraganligi aniqlandi.
Kalit so‘zlar: Bolalar, rejali xirurgiya bulimi, Siydik tosh kasalligi, churra, Oshqozon ichak kasalliklari tug‘ma nuqsoni
Muammoning dolzarbligi: Qadimiy boy madaniyati va taraqqiy topgan tibbiyoti bo'lgan O'zbekistonda xirurgiya fani o'zining ko'p asrlik tarixiga ega. Buxorolik ulug' hakim, buyuk qomuschi olim, yirik faylasuf «Tib qonunlari», «Kitob ash-shifo» singari olamshumul asarlar muallifi Abu Ali ibn Sinoning (Ovro'pada Avitsenna nomi bilan mashhur, 980-1037-y.y.) boy ilmiy merosi fikrimizning yorqin dalilidir [1].
XX-asrning o‘rtalarida qizilungach, o‘pka, yurak, tayanch-harakat, apparatida, shuningdek, miya va nervlarida operatsiyalar o‘tkazish muvaffaqiatli ravishda ishlab chiqildi va xirurgiya amaliyotiga joriy qilindi [2].
Aholiga jarrohlik yordamini ko‘rsatish sifatini oshirish, hududlarda kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini keng joriy qilish, xirurgiya yo‘nalishidagi tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shartsharoitlar yaratish, sohada ilm-fanni rivojlantirish uchun keng kulamda ishlar olib borilmoqda. Jumladan Prezdentimiz Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida chiqargan qonun va qarorlari: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori, 28.04.2022 yildagi SQ-515-IV-son- “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 24.03.2010 yildagi PQ-1309- son; va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.10.2017 yildagi 867-son; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.10.2021 yildagi PQ5254-son qaror va farmonlari xirurgik kasalliklarni kamaytirish va yaxshilashga qaratilgandir [5]
Dunyoda onalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va yosh bolalarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish yaxshilanganiga qaramay, bolalar o‘limi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda bolalar o‘limi darajasi 1000 ta tirik tug‘ilgan bolalarda 15,6% to‘g‘ri kelishiga qaramasdan bolalar tug‘ilishi ko‘rsatkichi juda past, yani 9,1% ni tashkil qilmoqda [3-4].
Tadqiqot maqsadi: Surhondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi rejali xirurgiya bo‘limidagi bemorlarni kasalliklar buyicha qiyosiy taqsimotini baxolash.
Tadqiqot materiallari va usullari: Tadqiqot ishi Surhondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi rejali xirugiya bulimida yotib davolanib ketgan 300 nafar 1-18 yosh orasidagi o‘g’il va qiz bolalar o‘rtasida qamrab olingan. Tekshiruvmizdagi rejali xirurgiya bulimiga 2022-2023 yillarda murojat qilgan 617 nafar bemor bolalarni kasallik tarixlari asosida retrospektik taxlillar olib borildi. Bu shifoxonaga tushgan jami bemorlarning 35 % ini tashkil etadi. Ushbu ish jarayonida anamnez ma`lumotlari, epidemiologik, klinik, laborator (bakteriologik, serologik), instrumental (EKG, UTT, Rentgenografiya) diagnostika usullari qo‘llanilgan.
Tadqiqot natijalari: Kuzatuv ostiga 1-18 yoshdagi bemor bolalar olindi. Bemorlar yoshi xalqaro tasnifga asosan quyidagicha taqsimlandi: Go‘daklik davr-0-1 yosh (11,5%), erta bolalik davr -1-3 yosh (18,3%), bolalikni birinchi davr 3-7 yosh (37%), bolalikni ikkinchi davr 8-12 yosh (27,2%), o‘smirlik davri 13-16 yosh (6%). Ushbu bemorlardan shahar aholisi –35%, qishloq fuqarolari – 65% ni tashkil etadi.
Surhondaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xirurgiya bulimiga Siydik tosh kasalligi bilan murojat qilganlar 1 yoshgacha- 5 nafar, 1-3 yosh – 22 nafar, 3-7 yosh – 11 nafar, 8-12 yosh 9 nafar, 13-16 yosh esa 1 nafar tashkil qildi. Churralar (Chov yorg’oq churrasi, kindik churrasi, qorin oq chiziq churrasi, qorin ventral churrasi) uchrab: 1 yoshgacha- 47 nafar, 1-3 yosh – 113 nafar, 3-7 yosh – 100 nafar, 8-12 yosh 111 nafar, 13-16 yosh esa 5 nafar tashkil qildi.
Siydik tanosil a`zolari tug‘ma nuqsoni (Gidronefroz, gipospadiya, epispadiya, moyak kistasi va uretra kistasi) uchrab: 1 yoshgacha- 2 nafar, 1-3 yosh – 16 nafar, 3-7 yosh – 10 nafar, 8-12 yosh 12 nafar, 13-16 yosh esa 1 nafar tashkil qildi.
Siydik yo‘llari infeksiyasi (Kalkulyoz pielonefrit, surunkali piyelonefrit, utkir piyelonefrit, buyrak sanchig’i): 1 yoshgacha- 2 nafar, 1-3 yosh – 26 nafar, 3-7 yosh – 37 nafar, 8-12 yosh 40 nafar, 13-16 yosh esa 12 nafar tashkil qildi.
Oshqozon ichak kasalliklari tug‘ma nuqsoni (girshpurung, megakalon, dolixosigma, pilorostenoz, kardioaxalaziya) 1 yoshgacha- 2 nafar, 1-3 yosh – 11 nafar, 3-7 yosh – 15 nafar, 8-12 yosh 7 nafar, 13-16 yoshlilarda esa uchramadi.
Xulosa: Shundan xulosa qilib aytamizki, olib borilgan tadqiqotlar natijasida rejali xirurgiya bo‘limida davolangan bemorlardan 65% ni qishloq aholisi tashkil etgan. Ayniqsa, churralar bilan murojar etganlar kop bulib, 376 nafar 61% bemorlarda aniqlandi. Siydik yo‘llari infeksiya kasalliklari bilan murojat esa 117 nafar 19% bemorlarda aniqlandi. Kasallanish qizlarga nisbatan ug‘il bolalarda 1,3 marta ko‘proq uchraganligi aniqlandi. Shu sababli, aholi orasida ayniqsa bolalar orasida kasallanishning oldini olish uchun birlamchi tibbiy- sanitar yordam muassasalarida sanitariya targ‘ibot ishlarini (sog‘lom turmush tarzini) olib borishni yanada takomillashtirish nazarda tutiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Алимова.Х,П. Шарипова.В.Х. Принципы организatsiи экстеренной медицинской помощи детям с сочетаннными травми. Вестник экстеренной медицины. 2017 г. 5-11.
2. Ахундов.А.А, Зейналов.Ф.А. Мамедов.А.А. Лечебная тактика при множественных и сочетанных переломах длинных трубчатых костей. Ортопедтравматология 1987 г. 9-11.
3. Sultanov, Ravshan Komiljanov, et al."Dynamics of development of tissue structures of the trachea and bronchial wall in the period of six months of childhood." European journal of modern medicine and practice 2.4 (2022): 24-29.
4. Sultanov, Ravshan Komiljonovich, Zumrat Shavkatovna Sodikova, and Boboyorov Sardor Uchkun oglu. "Dynamics of Fat Cells of the Bronchial Tree Mucosa in Postnatal Ontogenesis." Central Asian Journal of Medical and Natural Science 2.4 (2021): 182-184.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi Lex.uz.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.