ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

SAMARQAND VILOYATIDAGI NOGIRONLIGI BO’LGAN BOLALARNI NOGIRONLIGI BO’YICHA YOSHI VA JINSINING TAXLILI. YIL KO’RSATKICHI VA HUDUDLAR KESMIDA TAQQOSLASH.

Аннотация

JSST malumotlariga ko’ra dunyo aholasining qariyb 15% ini nogironligi bo’lgan shaxslar tashkil etar ekan. Shuningdek nogironlikni keng ko‘lamli tibbiy, ijtimoiy va atrof-muhit omillarining o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan muammo sifatida ko‘riladi. Bunda nogironlik faqatgina insonning salomatligi bilan bog‘liq emas, balki jamiyatning ushbu shaxs uchun yaratgan imkoniyatlari va to‘siqlari bilan ham bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazining 2022-yil 3dekabrda e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda jami 760 727 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. Shulardan 100 mingdan ortig‘i 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalardir. Reabilitatsiya markazlarini ko‘paytirish, xalqaro tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. 


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

KO’RSATKICHI VA HUDUDLAR KESMIDA TAQQOSLASH.

Ilmiy tadqiqotchi: Ismatova Umida Foziljon qizi

Samarqand Zarmed Universiteti

Klinik oldi fanlar kafedrasi

Davolash ishi fakulteti 2-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: Shaykulov Hamza Shodievich

Klinik oldi fanlar katta o’qituvchisi Kirish: JSST malumotlariga ko’ra dunyo aholasining qariyb 15% ini nogironligi bo’lgan shaxslar tashkil etar ekan. Shuningdek nogironlikni keng ko‘lamli tibbiy, ijtimoiy va atrof-muhit omillarining o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan muammo sifatida ko‘riladi. Bunda nogironlik faqatgina insonning salomatligi bilan bog‘liq emas, balki jamiyatning ushbu shaxs uchun yaratgan imkoniyatlari va to‘siqlari bilan ham bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazining 2022-yil 3- dekabrda e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda jami 760 727 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. Shulardan 100 mingdan ortig‘i 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalardir. Reabilitatsiya markazlarini ko‘paytirish, xalqaro tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqod maqsadi: Nogiron bolalarning tug’ilishini oldini olish, bunday hollargaga qarshi chora tadbirlar ishlab chiqish, mavjud masalalarning yechimini topish. Material va uslublar: Samarqand viloyati Sog’liqni Saqlash Boshqarmasi nogironlar va ularga ko’rsatilgan yordam to’g’risidagi 2 yillik hisoboti ma’lumotlari Microsoft , Exel darsturida statistik taxlil qilindi. Bunda nogironligi bo’lgan, davlat ro’yxatiga olingan Jami bolalar 5078 tani tashkil etgan. Shundan 0- 6 yoshgacha bo’lgan bolalar soni 1662 ta, 7-17 yoshgacha bo’lgan bolalar soni esa 3416 taga yetganligi qamrovining taxlili keltirildi. Natijalar: Samarqand viloyatida jami 4291,5 ming aholi bor. Shundan nogiron deb ro’yxatdan o’tganlar soni 2025-yil 1-yanvar ko’rsatkichiga ko’ra 109084 taga yetgan. Bu ko’rsatkich Samarqand viloyati aholisining 2,54% ni, Samarqand viloyatidagi nogironligi bor fuqorolarning 4,65% ni esa bolalar tashkil etadi. Urgut tumanida 0-6 yoshgacha bo’lgan bolalar soni 360 nafar , 7-17 yoshgacha bo’lgan bolalar soni 214 nafar , Pasdarg’om tumanida 0-6 yoshgacha bo’lgan bolalar soni 204 nafar , 7-17 yoshgacha bo’lgan bolalar soni 116 nafar , Samarqand shahrida esa 0-6 yoshgacha bo’lgan bolalar soni 169 nafar , 7-17 yoshgacha bo’lgan bolalar soni 118 nafarni tashkil etadi.Yuqoridagi ko’rsatkichlar Samarqand viloyatidagi umumiy nogiron bolalrning jami ko’rsatgichlar ulushidagi taxlili quyidagicha taqsimlamdi: Urgut tumani 15% , Samarqand 11% , Pasdarg’om tumani 9% , Payariq , Ishtixon , Kattaqo’rg’on tumanlari esa 7% va hokozolar. Xulosa va Tavsiyalar: Yurtimizda nogironlikning oldini olish va nogiron yoshlarga tibbiy xizmatni takomillashtirish sifatli tibbiy aralashuv va inson huquqlariga asoslangan yondashuvni talab qiladi. Ushbu sohada quyidagi choralarni amalga oshirish tavsiya etgan bo’lardik.Yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohning oldini olish,aholi o’rtasida shu mavzudagi davra suhbatlari va tashviqot ishlarini olib borish.Nikoh arafasidagi yoshlar o’rtasidagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko’riklarni muntazam tashkil qilish. Homilador ayollar o’rtasida tug’ma anomaliyalarni erta aniqlab oldini olish chora tadbirlarini tadbiq qilish. Sifatli reabilitatsiya xizmatlarini tashkil qilish. Tibbiy xizmatlarni nogiron yoshlarning ehtiyojlariga moslashtirish. Innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.