TOZALASH USULLARI
Xolboyeva Muyassar Boboyorovna,
Abduvaliyeva Muqaddam Jumanazarovna,
Xaitmurodova Ozoda Panji qizi
Termiz muhandislik texnologiya instituti
Annotatsiya
Sanoat oqova suvlarini tozalashning usullari xilma-xil va odatda texnologiyaga asoslangan tozalash standartlariga javob berish uchun suvdagi zaharli komponentlarni kamaytirish texnologiyalarini o'z ichiga oladi. Ushbu maqolada sanoat oqova suvlarini og'ir metallardan tozalash uchun turli xil tozalash usullarining so'nggi ishlanmalari va texnik qo'llanilishi so’nggi yillardagi ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilib chiqiladi. Oqova suvlarni fizik-kimyoviy usullar bilan tozalash jarayonlariga alohida e'tibor beriladi, masalan; yangi adsorbentlarda adsorbsiya, membranali filtrlash, elektrodializ va fotokataliz. Qo'llashda ularning afzalliklari va cheklovlari baholanadi. Tahlillar natijasida yangi adsorbentlar va membranali filtrlash eng tez rivojlanayotganligi va metall bilan ifloslangan oqova suvlarni tozalash uchun keng qo'llanilishi tasdiqlandi.
Kalit so’zlar. Oqova suv, tozalash, adsorbent, sorbtsiya, membrana, filtr, dializ, elektroforez, suvning sifati.
Kirish. O’zbekiston Respublikasi yirik metallurgiya va kimyo sanoati korxonalariga ega davlat hisoblanadi. Bu korxonalarda tog’-kon rudalarini qayta ishlash jarayonida ko’plab metallar tuproq va usul tufayli tabiiy va oqova suvlarni ifloslantirmoqda. Og’ir metallar bilan ifloslangan oqova suvlar tarkibida Cd, Cr, Cu, Ni, As, Pb, Zn kabi og'ir metallar belgilangan me’yyordan ortib ketsa, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Suv muhitida yuqori eruvchanligi tufayli og'ir metallar tirik organizmlar tomonidan so'riliadi va oziq zanjiri orqali insonlar organizmiga tushib, turli kassaliklar keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun atrof-muhitga oqizishdan oldin metall bilan ifloslangan oqova suvlarni tozalash muhim ekologik masala hisoblanadi. Noorganik oqova suvlarin og'ir metallardan tozalashga kimyoviy va elektrokimyoviy tozalash kabi an'anaviy tozalash jarayonlari qo’llanilmoqda. Ushbu tozalash jarayonlarning sezilarli kamchiligi to'liq tozalamaslik, yuqori energiya talablari va zaharli loy hosil bo’lishidir [1].
Oqova suvlarning kimyoviy tavsifi va zaharliligi
Oqova suvlardagi og'ir metallarga zichligi 5 g/sm3 dan yuqori bo’lgan metallar kiradi. Ulardan eng asosiylari, ya’ni eng kuchli xararli ta’sirga ega bo’lganlari 1- jadvalda keltirilgan [2]. Mishyak aslida metallmas bo'lsada, me’yyordan ortig’i o’ta xavfli hisoblanadi. Og'ir metallar tirik organizmlar faoliyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi, jumladan o’simliklarning o'sish va rivojlanishini pasaytiradi, hayvonlar va insonlar organizmida saraton, ovqat hazm qilish tizimida turli toshma va toshlar, asab tizimining shikastlanishi va yakunda o'limga olib kelishi mumkin. Simob va qo'rg'oshin immunitetning pasayishiga artrit, buyraklar, qon aylanish tizimi, asab tizimi kasalliklari, homilaning nobud bo’lishi, miyaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Oqova suvlarda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan og’ir metallardanng turlari va kontsentratsiyasiga cheklovlarni qat’iy qo’yishni talab qiladi. 1-jadvalda Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan oqova suvlar tarkibidagi og’ir metallardanng minimal me’yyorlari keltirilgan [3].
1-jadval
Oqova suvlar tarkibidagi og’ir metallardanng zaharlilik tavsifi va
ruxsat etilgan minimal miqdori
№ Og’ir
metallar
Zaharlilik tavsifi Belgilangan
minimal miqdori,
mg/l
1 Mishyak Teri ko'rinishlari, ichki organlar
saratoni, qon tomir kasalliklari
0,05
2 Kadmiy Buyrak shikastlanishi, buyrak
buzilishi, inson kanserogeni
0,01
3 Xrom Bosh og'rig'i, diareya, ko'ngil
aynishi, qusish, kanserogen
0,05
4 Mis Jigar shikastlanishi, Uilson
kasalligi, uyqusizlik
0,25
5 Nikel Dermatit, ko'ngil aynishi,
surunkali astma, yo'tal, inson
kanserogeni
0,2
6 Rux Depressiya, letargiya, nevrologik
belgilar va tashnalikning
kuchayishi
0,8
7 Qo’rg’oshin Damage the fetal brain, diseases
of the kidneys, circulatory
system, and nervous system
0,006
Sanoat oqova suvlari manbalari
Og’ir metallardan o'z ichiga olgan metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va boshqa sanoat korxonalari oqova suvlari tozalashning eng asosiy ob’ekti hisoblanadi. Metall sirtini qoplash va tozalash jarayonlari turli xil og'ir metallar (kadmiy, rux, qo'rg'oshin, xrom, nikel, mis, vanadiy, platina, kumush va titan) katta miqdordagi oqova suvlarni ifloslaydi. Bularga elektroqoplama, metall yotqizish, ruxlash, anodlash, frezalash va qirqish kabi jarayonlar ham kiradi. Qalay, qo'rg'oshin va nikel metall listlari eng ko'p ishlatiladigan chidamli qoplamalardir. Metall chiqindilarining boshqa manbalariga quyidagilar kiradi; xromlangan mis-mishyakli yog'ochni qayta ishlash sanoati; xrom birikmalari va kadmiy sulfidini o'z ichiga olgan bo’yoq pigmentlarni ishlab chiqarish; nikel, vanadiy va xrom bilan ifloslangan katalizatorlarni hosil qiluvchi neftni qayta ishlash; kumush va ferrosiyanidning yuqori konsentratsiyasi bo'lgan plyonkalarni ishlab chiqarish va hokazo [4].
Oqova suvlarni tozalashning an’anaviy usullari
Oqova suvlarni og’ir metallardan tozalashning an'anaviy usullari biologik, kimyoviy, flotatsiya, adsorbsiya, ion almashinuvi va elektrokimyoviy cho'kma usullarni o'z ichiga oladi. Kimyoviy usul noorganik oqova suvlarni og’ir metallardan tozalash uchun eng ko'p qo'llaniladi. Kimyoviy usul bilan oqova suvlarni og’ir metallardan tozalashning mexanizmi quyidagi tenglamada keltirilgan:
M2+ +2(OH-)↔M(OH)2↓
Bu erda M2+ va OH- mos ravishda erigan metall ionlari va cho'kmani ifodalaydi, M (OH) 2 esa erimaydigan metall gidroksiddir. pH ni (9-11) oraliqda ushlash oqrali kimyoviy usul bilan og’ir metallardan tozalashni sezilarli darajada yaxshilaydigan asosiy usuldir (1-rasm).
1-rasm. Koagulyatsiya va sedimentatsiya usuli bilan oqova suvlarni
tozalash sxemasi
Ohak ko'pchilik davlatlarda arzonligi tufayli eng ko'p ishlatiladigan cho'ktiruvchi moddadir. Metall konsentratsiyasi 1000 mg/l dan yuqori bo'lgan noorganik oqova suvlarni samarali tozalash uchun ohakdan foydalaniladi. Ohakdan foydalanishning boshqa afzalliklari ham bor: texnologik jarayonning soddaligi, arzon uskunalar, qulay va xavfsiz jarayonlar. Lekin, kimyoviy usul bilan metallarni tozalashga to’liq erishib bo’lmaydi va tozalangan suvda tozalash uchun ishlatilgan kimyoviy moddalar kam miqdorda bo’lsada qoladi. Shuningdek, bu uslda ortiqcha miqdorda loy hosil bo'ladi, metall sekin cho'kadi, ba’zi metallar yomon cho'kadi, metall cho'kmalarining to'planishi va loyni utilizatsiya qilish muammosi [5].
Yangi adsorbentlar asosida adsorbsiya
Sorbsiya - bu ionlarning suvdan tuproqqa, ya'ni eritma fazasidan qattiq fazaga o'tishi. Sorbtsiya aslida adsorbsiya va kimyoviy reaktsiyalarini o'z ichiga olgan jarayonlar guruhini tavsiflaydi. So'nggi paytlarda adsorbsiya og'ir metallar bilan to'ldirilgan oqova suvlarni tozalashning muqobil usullaridan biriga aylandi. Qishloq xo'jaligi chiqindilari, sanoat qo'shimcha mahsuloti, tabiiy materiallar yoki modifikatsiyalangan biopolimerlardan olingan turli xil arzon adsorbentlar metall bilan ifloslangan oqova suvlarni og'ir metallardan tozalash uchun qo'llanilgan. Umuman olganda, ifloslantiruvchi moddalarni qattiq sorbentga singdirishda uchta asosiy bosqich mavjud:
1. Ifloslantiruvchi moddalarni eritmadan sorbent yuzasiga o’tkazish;
2. Sorbent yuzasida adsorbsiya;
3. Sorbent ichida yig’ish va tashish.
Texnik qo'llanilishi va iqtisodiy samaradorligi noorganik oqova suvlarni tozalash uchun eng mos adsorbentni tanlashda asosiy rol o'ynaydigan asosiy omillardir.
Xulosa. Sanoat oqova suvlarni tozalashda adsorbtsiya usuli boshqa usullardan afzal ekan. Bunda polimer tuzilishli yangi sorbentlarni sintez qilish va amaliyotda qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Removal of heavy metals from wastewater by membrane processes: a
comparative study. Desalination, 164 (2004), pp. 105-110
2. Removal of Zn, Cd, and Pb ions from water by Sarooj clay. Appl. Clay
Sci., 42 (1–2) (2008), pp. 201-205
3. Microbial and plant derived biomass for removal of heavy metals from
wastewater
4. Bioresour. Technol., 98 (12) (2006), pp. 2243-2257
5. Kh. R. Tillaev, S.Ch. Eshkaraev, B.E. Babamuratov. Spectrophotometric
analysis of the waters of the Surkhandarya river of the Republic of Uzbekistan
for determination of heavy toxic metals. Theoretical & applied science. 471-475.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.