ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

SCIENTIFIC AND THEORETICAL ISSUES OF FORMING SPEECH CULTURE IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Аннотация

This article analyzes the scientific and theoretical foundations, pedagogical, and psychological aspects of developing speech culture among primary school students. The role of mother tongue education in improving speech culture, as well as methods and techniques for enhancing students’ oral and written speech, are discussed. The article also examines the importance of communicative approaches, interactive methods, and national and spiritual values in the process of speech culture formation. Special attention is given to developing students’ free thinking, accurate, and fluent speech skills.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARIDA NUTQ MADANIYATINI

SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY MASALALARI

Boyto‘rayeva Maftuna Musurmonqulovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(boshlang‘ich ta'lim) mutaxassisligi 1-kurs magistranti.

Ilmiy rahbar. p.f.f.d., (PhD). dots. G‘.Y.Salomov

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutq madaniyatini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik va psixologik jihatlari tahlil qilingan. Nutq madaniyatini rivojlantirishda ona tili ta’limining o‘rni, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini takomillashtirishga xizmat qiluvchi metod va usullar yoritilgan. Shuningdek, nutq madaniyatini shakllantirish jarayonida kommunikativ yondashuv, interfaol metodlar hamda milliy va ma’naviy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘quvchilarning erkin fikrlashi, to‘g‘ri va ravon nutq so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, nutq madaniyati, og‘zaki nutq, yozma nutq, kommunikativ yondashuv, interfaol metodlar, pedagogik texnologiyalar, til ta’limi, ma’naviy tarbiya, nutq ko‘nikmalari.

Аннотация. В данной статье анализируются научно-теоретические основы, педагогические и психологические аспекты формирования культуры речи у учащихся начальных классов. Освещается роль обучения родному языку в развитии культуры речи, а также методы и приёмы совершенствования устной и письменной речи учащихся. Кроме того, рассматривается значение коммуникативного подхода, интерактивных методов, а также национальных и духовных ценностей в процессе формирования культуры речи. Особое внимание уделяется развитию навыков свободного мышления, правильной и выразительной речи учащихся.

Ключевые слова: начальное образование, культура речи, устная речь, письменная речь, коммуникативный подход, интерактивные методы, педагогические технологии, языковое образование, духовное воспитание, речевые навыки.

Abstract. This article analyzes the scientific and theoretical foundations, pedagogical, and psychological aspects of developing speech culture among primary school students. The role of mother tongue education in improving speech culture, as well as methods and techniques for enhancing students’ oral and written speech, are discussed. The article also examines the importance of communicative approaches, interactive methods, and national and spiritual values in the process of speech culture formation. Special attention is given to developing students’ free thinking, accurate, and fluent speech skills.

Keywords: primary education, speech culture, oral speech, written speech, communicative approach, interactive methods, pedagogical technologies, language education, spiritual upbringing, speech skills.

Kirish. Jahonda nutq madaniyatini shakllantirish borasida olib borilgan tadqiqotlar asosida lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish texnologiyalari, til ta’limini kasbga yо‘naltirishni tizimli tarzda tashkil etishning metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, muloqot kompetensiyasiyani shakllantirish modellarini samaradorligini oshirish, interfaol ta’limni mediatexnologiyalar asosida tashkil etish, kompyuter lingvodidaktikasini rivojlantirish, til portfoliosi texnologiyasini ta’limga keng tatbiq qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Respublikamiz ta’lim muassasaslarida о‘quvchi-yoshlarning erkin, mustaqil fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bо‘lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini rivojlantirish, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishning moddiy-texnik bazasi yaratildi, meyoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Sog‘lom bolani voyaga yetkazishda ta’lim tizimining rolini kuchaytirish, boshlang‘ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlab, ilg‘or pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari faoliyatiga joriy qilish uchun zamin yaratildi. Bu esa shaxsning intellektual ma’naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga zamin yaratadi.

Natija va muhokamalar. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida nutq madaniyati bо‘yicha kо‘nikmalarni shakllantirishda pedagogik shartlar majmuini aniqlar ekanmiz, biz ona tili ta’limiga zamonaviy jamiyat tomonidan qо‘yilgan talablarga, boshlang‘ich sinf о‘quvchilari uchun til ta’limi mazmuniga asoslanildi.

Ayni paytda muloqotning pedagogik imkoniyatlari tabiatining tahlili uning insonparvarlik tabiatini ochib berishga imkon yaratdi: bevosita odamlar munosabatlashuvida qayd qilinadigan muloqot – sо‘zlashuv – suhbat – muhokama – tortishuv – munozara – bahslashuv – ochiq munozara о‘rtasidagi mavjud aloqalar tortishuvga olib kelishi, tortishuvdan esa muloqotga muhokama, birgalikdagi sayharakatlar va hamkorlik orqali о‘tish mumkin; muhokama turli darajada muloqotlashuvi mumkin, u ichki muloqotlarni hisobga olgan holda quriladi, odamning his-tuyg‘ulariga va psixofiziologik holatiga ta’sir qiladi; muloqot о‘z maqsadlarini ochiq bayon etish, madaniy an’analarni buzmaslik, tо‘plangan madaniy merosni avloddan avlodga yetkazishda kо‘maklashish, vaqt va madaniyat muloqotini qо‘llabquvvatlash hamda rivojlantirish imkonini beradi.

Muloqot odam shaxsi mohiyatini nafaqat ochib beradi, balki unda odam lisoniy shaxs sifatida shakllanadi. Muloqot sharoitida о‘quvchi madaniyatning tayyor mahsullarini, uning natijalarini shunchaki о‘zlashtirib qolmay, ulardan shaxsiy ma’no izlab topish, о‘zi uchun qandaydir yangi narsa kashf etish orqali barchasiga ijodiy qayta ishlov beradi.

Muloqotning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish shaxsiy ma’no chiqarish yо‘li bilan о‘z madaniyat mahsulini hamda ularning natijalarini qayta ishlash imkonini beradi; о‘rganilayotgan milliy qadriyatlar mohiyatini qidirishga yо‘nalganlikni, materialni va о‘zga fikrlar chegarasini subyektiv qabul qilish imkoniyatini о‘z ichiga oladi. О‘quvchining muloqot qobiliyati unga muloqotni ayrim qoidalarga rioya qilish bо‘yicha muvofiq xatti-harakatlarni talab qiluvchi maxsus vaziyat sifatida qabul qilinishini talab etadi, chunki muloqot ta’lim kommunikatsiyasi jarayonida о‘zgalar nutqini qabul qilish va о‘z nutqini idora qilish layoqatini nazarda tutadi.

Eng avvalo, og‘zaki nutq bilan yozma nutq tavsifiga e’tiborni qaratamiz. Nutqning og‘zaki va yozma kо‘rinishlari “bir-biriga minglab о‘tishlar bilan bog‘langan”. Buni og‘zaki nutqning ham, yozma nutqning ham asosida ichki nutq yotishi bilan izohlash mumkin bо‘lib, aynan uning yordamida fikr shakllanadi.

Fikr – arabcha sо‘zidan olingan bо‘lib, tafakkur, g‘oya; aql, о‘ylash, о‘y, xayol, mulohaza degan ma’nolarini bildiradi. О‘zbek tilining izohli lug‘atida fikr biron narsa, hodisa yoki kimsa haqida о‘y, xayol deb ta’riflanadi.

Bundan tashqari, og‘zaki nutq qog‘ozda yoki texnik vositalar yordamida yozilishi mumkin. Og‘zaki va yozma nutq umumiyligiga qaramay, ularning о‘rtasida farqlar ham mavjud. Og‘zaki va yozma nutqlar о‘rtasidagi farqlar quyidagilardan iborat:

– og‘zaki nutq – yangrovchi, talaffuz qilinadigan nutq. U til mavjudligining birlamchi shakli, yozma nutqqa qarama-qarshi qо‘yilgan shakl hisoblanadi. Innovatsion ta’lim sharoitida sharoitida og‘zaki nutq haqiqatda tarqalish imkoniyatlari bо‘yicha yozma nutqni nafaqat ortda qoldirmoqda, balki axborotni uzatish tezligi kabi muhim ustunlikka ega bо‘lmoqda;

– yozma nutq – nutq tovushlarini belgilash uchun mо‘ljallangan grafik belgilar yordamida qog‘ozda (pergamentda, qayin pо‘stlog‘ida, toshda, matoda va hokazolarda) tasvirlangan nutqdir. Yozma nutq ikkilamchi sanalib, og‘zaki nutqqa qarama-qarshi qо‘yiladi va til mavjudligining paydo bо‘lish vaqtiga kо‘ra kechroq shakli hisoblanadi.

Og‘zaki va yozma nutq о‘rtasida bir qator psixologik-vaziyatli xarakterdagi farqlar ham ajratib kо‘rsatiladi:

1.Og‘zaki nutqda sо‘zlovchi va tinglovchi bir-birini kо‘rib turadi, bu esa suhbatdosh reaksiyasiga bog‘liq ravishda suhbat mazmun-mundarijasini о‘zgartirish imkonini beradi. Yozma nutqda bunday imkoniyat mavjud emas: yozayotgan odam ehtimoliy о‘quvchini xayolan tasavvur qila olishi mumkin, xolos.

2. Og‘zaki nutq eshitish orqali, yozma nutq esa – kо‘rish orqali qabul qilishga mо‘ljallangan. Og‘zaki nutqni harflar orqali ifodalash, odatda, maxsus texnik vositalar yordamida amalga oshirilsa, yozma nutqda о‘quvchi yozilgan matnni istalgan marta qayta о‘qish imkoniga ega bо‘ladi. Xuddi shuningdek, yozayotgan odamning о‘zi ham yozilgan matnni takror-takror takomillashtirish imkoniga ega;

3. Yozma nutq muloqotni aniq, qayd qilingan holatga keltiradi. U о‘tmish, hozir va kelajak odamlari muloqotini bog‘lab turadi, ish yuzasidan muloqot va ilmiy faoliyat asosi sifatida namoyon bо‘ladi, og‘zaki nutq esa kо‘pincha noaniqligi, tugal emasligi, umumiy fikrni yetkazib berishi bilan ajratib turadi.

Shunday qilib, og‘zaki va yozma nutqda qator о‘xshashliklar bilan birga birini boshqasidan ajralib turadigan farqlar ham mavjud. Ulardagi о‘xshashliklar aniqlashda nutqning unisi uchun ham, bunisi uchun ham adabiy til asos hisoblanishiga asoslanilsa, ularni ifodalash vositalari о‘ziga xos farqlarni yuzaga keltiradi.

Og‘zaki va yozma nutq madaniyatini shakllantirish jarayonida biz ushbu nutq shakllarining quyidagi xususiyatlarini hisobga olamiz:

– qо‘llanilishi qat’iy tartibga solingan va meyorlashtirilgan adabiy tildan foydalaniladi;

– nutq kо‘rish va eshitish a’zolari orqali qabul qilishga yо‘naltirilgan, buning oqibatida u aniq tuzilish va rasmiy ifodaga ega bо‘ladi;

– uslub hosil qiluvchi funksiyalarga ega, bu esa u yoki bu matnni yaratish uchun til vositalarini tanlashga ta’sir qiladi;

– nutq ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy va badiiy uslublarda ifodalanadi.

Muhokama qilinayotgan masala bо‘yicha kuzatishlar tahlilida dars jarayonining sifat xususiyatlarini aniqlash uchun an’anaviy ta’limning kо‘zga kо‘ringan alomatlarini aniqlagan holda interfaol ta’lim bilan taqqoslash zarur.

An’anaviy ta’lim quyidagi xususiyatlarga ega:

− reproduktiv xususiyat, uning asosida predmetni markazlash yotadi;

– kо‘p miqdordagi keragidan ortiq axborotlarni о‘zlashtirish;

− о‘quv mashg‘ulotlarining ustuvor tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shakllari, hurmat qilish va taqdirlash emas, balki majburlash;

− intizomni ushlab turish;

− о‘qituvchi – boshliq, о‘quvchi – itoatkor.

Ta’lim-tarbiyada interfaol ta’lim quyidagi xususiyatlarga ega:

− hayot uchun, jamiyatda va shaxsiy taraqqiyotda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun;

− axborotni bilish uchun emas, о‘z layoqatlarini taraqqiy ettirish asosida muhim kompetensiya, uslub, fikrlash va faoliyat yо‘llarini о‘zlashtirish;

− о‘quvchining о‘ziga ta’lim-tarbiya natijalariga erishish jarayonini rejalashtirish va doimiy о‘zini-о‘zi baholash jarayonida takomillashtirish imkonini berish;

− natijalarga erishi uchun shaxsiy vaj va javobgarlik asosida о‘quvchilarning mustaqil, о‘quv faoliyatini tashkil etishning turlicha shakllari;

− о‘qituvchi boshliq emas, balki о‘quvchining qiziqishlari va qobiliyatlariga mos ravishda jamiyatda, madaniyatda о‘rin egallashiga yordamchidir;

− о‘qituvchi ishining sifati uning о‘quvchilarni jamiyat talablari doirasida ta’lim-tarbiya natijalariga erishishga yо‘naltirilgan faoliyatini baholashga imkon beruvchi kо‘rsatkichlar tizimi orqali aniqlanadi.

Interfaol ta’lim ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yо‘li sifatida e’tirof etilayotgan ta’lim turi va о‘qitish shakli sanaladi.

Mohiyatiga kо‘ra interfaollik о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarini о‘zlashtirish yо‘lida birgalikda, о‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklarini anglatadi. Interfaollik ijtimoiy subyektlarning suhbat, о‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. An’anaviy ta’lim ham suhbatga asoslangan va bu suhbat “о‘qituvchi-о‘quvchi”, “о‘qituvchi-о‘quvchilar jamoasi” shakllarida tashkil etiladi.

Interfaol ta’limda suhbat quyidagi shaxslar о‘rtasida tashkil etiladi:

‒ о‘quvchi – о‘quvchi (juftlikda ishlash);

‒ о‘quvchi – о‘quvchilar guruhi (kichik guruhlarda ishlash);

‒ о‘quvchi – axborot kommunikatsion texnologiyalar.

Suhbatni “о‘quvchi – axborot kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etish о‘quvchilar tomonidan mustaqil ravishda yoki о‘qituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, kо‘nikma, malakalarning о‘zlashtirilishini anglatadi.

О‘qituvchi interfaol ta’lim yordamida о‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, о‘zini-о‘zi nazorat, о‘zini-о‘zi boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bо‘ladi.

Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuvni ta’minlash uchun о‘qituvchilar bir qator shartlarga rioya etishlari zarur:

‒ ta’lim jarayoniga sinfdagi о‘quvchilarning tо‘la qamrab olinishi;

‒ о‘quvchilarning darslarga ruhan tayyorgarliklarini inobatga olish;

‒ kichik guruhlarda о‘quvchilar sonining kо‘p bо‘lmasligi ishlash samarasini oshirishi;

‒ о‘quv xonasining jihozlanishi;

‒ topshiriqlarni bajarish, materiallarni taqdim etish, guruhlarning ishlarini muhokama qilish uchun vaqtni aniq belgilanishi;

‒ о‘quvchilarning kichik guruhlarga mohirona biriktirilishi (har bir guruhda yaxshi о‘zlashtiruvchi va bо‘sh о‘zlashtiruvchi о‘quvchilarning teng miqdorda bо‘lishi).

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida nutq madaniyatini shakllantirishga imkon beruvchi yozma va og‘zaki nutqni muvaffaqiyatli о‘zlashtirish an’anaviy metodlar bilan interfaol metodlarning uyg‘unligini ta’minlagan holda maxsus mashqlarni bajarish yо‘li bilan amaliy kо‘nikmalar hosil qilishni talab etadi.

1-sinf “Ona tili” darsligining 28-mashqida “Ruxsat sо‘rash odobi” matni berilgan [2]. О‘qituvchi matn bilan tanishtirgach, matn yuzasidan “Nima uchun ruxsat sо‘rash lozim? Ruxsat sо‘rashda qaysi sо‘zlardan foydalanamiz? Qachon va qayerlarda ruxsat sо‘raladi?” kabi savollar asosida suhbat о‘tkazadi.

2-sinfda 275-mashq ertalabki salomlashish haqida bо‘lib, о‘quvchilardan “Hikoya bizni nimaga о‘rgatadi? Tongda oila a’zolaringizdan kattalarga nima deysiz, kichiklarga-chi?” kabi savollarga javob olinadi [3]. 4-sinf 7-mashq matni asosida о‘quvchilar kimga salom berish kerakligini va kim oldin salom berishi lozimligini bilib oladilar [4]. 46-mashqda she’riy parchani bitta gap bilan yozish topshirig‘ini bajarishda ham о‘quvchilar maktabdan qaytgach kattalarga salom berishlari ta’kidlanadi. Berilgan she’riy parcha bilan tuzgan gaplari taqqoslanadi. Qay birida fikr ravon ifodalangani aniqlanadi [4].

3-sinf 56-mashqda “Ustoz va murabbiy” matni berilgan [5]. О‘quvchilar ajratilgan sо‘zlardagi jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni aniqlaydilar hamda matn mazmuni yuzasidan mustaqil ish usulida “Jadvalni tо‘ldiring” asosida topshirig‘i beriladi.

Yuqoridagi interfaol metod asosida о‘quvchilar mustaqil ravishda matn tiliga e’tibor bilan qaraydilar hamda ma’nosi ustida ishlangan sо‘zlarni nutqida qо‘llaydilar. Bir necha о‘quvchining ishlari muhokama qilingan vaqtda qolgan о‘quvchilar о‘zini-о‘zi nazorat qilish va baholash imkoniyatiga ega bо‘ladilar. 4-topshiriq asosida о‘quvchilarning tuzgan matnlari nutq madaniyatining uch sathi: meyoriy, kommunikativ va etik sathlari asosida tekshirib baholanadi.

4-sinf “Ona tili” darsligida 98-mashqda tayanch sо‘zlarni qatnashtirib, hikoya tuzish topshirig‘i berilgan [4]. Hikoya tuzish uchun avtobusda keksa kishiga joy bо‘shatayotgan bola tasvirlangan rasm berilgan. О‘quvchilarni ijodiy izlanishga, ijodkorlikka yо‘llash uchun, о‘qituvchi Olloyorning “Sehrli о‘rindiq” ertagini о‘qib kelishga berishi mumkin. Ertakni о‘qigan bola hikoyani о‘zining tо‘qimalari bilan boyitadi. Ertak matnida “chaqqon, qattiq, sakkiz, attang, izza, katta, patta, hamma” kabi qо‘sh undoshli sо‘zlar ham qatnashgan. О‘quvchi о‘z ishida ulardan foydalanishi ham mumkin.

Mashq – biror faoliyatni puxta о‘rganish, malaka hosil qilish uchun bajariladigan ish, tayyorgarlik mashg‘uloti [6]. Mashq о‘quvchilarni har tomonlama kamol toptirishga, aqlan yetuklikka olib boruvchi manbaa hisoblanadi. Mashq о‘quvchilarni nazariy olgan bilimlarini amalda mustahkamlash maqsadida bajartiriladi. Dars jarayonida mashq sharti umumiy sinfga tegishli, bajarilishi esa о‘quvchining о‘ziga tegishli bо‘ladi.

Xulosa. Hozirgi zamonaviy sharoitda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohot talablaridan kelib chiqib ta’lim tizimidagi dolzarb muammolardan biri о‘sib kelayotgan yosh avlodning tafakkurini rivojlantirish, ularni о‘z fikrini maqsadli aniq ifoda etishga о‘rgatish, til va nutq madaniyati borasidagi bilimlarini mukammallashtirish hisoblanadi. Bu ona tilini namunalar va maxsus mashqlar asosida amaliy, muntazam va izchil о‘rgatish orqali adabiy-badiiy nutq shaklini shakllantirib borishni taqozo qiladi. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarining asosiy vazifasi о‘quvchilarni о‘quv-biluv faoliyatiga tayyorlash, boshqalar bilan muloqotga kirisha oladigan, о‘z fikrini boshqalarga tushunarli tarzda yetkaza oladigan shaxsni shakllantirishdan iborat.

ADABIYOTLAR

1. Mavlonova R., Raxmankulova N. Boshlang‘ich ta’limda pedagogika, innovatsiya, integratsiY. О‘quv qо‘llanma, – T:, G‘.G‘ulom, 2013, 270 b.

2. G‘afforova T., Shodmonov E., G‘ulomova X., Ona tili 1-sinf uchun darslik, -T.: Sharq, 2015, 112 b.

3. Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A., Ona tili 2-sinf uchun darslik, -T.: CHо‘lpon, 2014, 128 b.

4. Ikromova R., G‘ulomova X., Yо‘ldosheva SH., Shodmonqulova D., Ona tili 4-sinf uchun darslik, - T.: О‘qituvchi, 2017, 192 b.

5. Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yо‘ldoshevaSH., Ona tili 3-sinf uchun darslik, - T.: О‘qituvchi, 2016, 152 b.

6. О‘zbek tilining izohli lug‘ati, -T.: "О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2007, 5 jild, 687 b.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.