SHAXMAT SPORTINI YOSHLARNI TARBIYALASHDAGI ROLI
Ochilov F.A.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi katta o‘qituvchisi, dotsent
Annotatsiya: Tariximizda juda katta iz qoldirdingiz va o‘zbek millati nimalarga qodir ekanligini yana bir bor namoyon etdingizlar. Men juda xursandman, kayfiyatimga kayfiyat qo‘shildi. Butun xalqimiz sizlarni olqishlamoqda. O‘zbekistonda bugun katta bayram”
Kalit so‘zlar:arablar, yevropa, Amir temur,
Shavkat Mirziyoev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi
g‘oliblariga yo‘llagan tabrigidan
Shaxmat tarixi bir yarim ming yillik tarixga ega. Farazlarga ko‘ra shaxmat hindlarning “chaturanga” o‘yini bo‘lib bu forslar tomonidan o‘zlashtirilib o‘zgartirishlar kiritilib shatranj deb atalgan. VII-asrda arablar Eronni egallagandan so‘ng, shatranj Arab xalifaligiga tarqaladi. Arablar esa shatranjni Yevropaga tarqatishdi. XII-asr oxirlarigacha shaxmatdagi “farzin” va “fil”ning o‘yindagi harakatlari cheklangan edi, shu paytdan boshlab esa zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi. O‘yin sezilarli darajada o‘zgardi, tezlashdi, oqlar o‘yinni boshlab bergani uchun o‘yinning ilk bosqichi (debyuti)da hujumda va joylarni egallashda ustunlikga ega bo‘lishdi. O‘sha davrlardan boshlab shaxmat butun dunyoga asta-sekin tarqalib butun jahonni qamrab oldi. Bizning ajdodlarimiz ham o‘z vaqtida shatranjda katta yutuqlarga erishgan. Buyuk jahongir bobomiz Amir Temur ham shatranjni juda yaxshi o‘ynagan va muntazam ravishda o‘z saroyida shatranj bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib turgan. Mamalakatimiz mustaqillikka erishgandan beri shaxmat maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablar, kasb xunar kollejlari, akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlaridagi sport musobaqalariga kirib bordi. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi islohatlar, yangi sport inshootlari barpo etish, ta’lim tarbiya jarayonlariga yangi pedagogik texnalogiyalar va zamonaviy ta’lim uslublari bilan birga shaxmat mashg‘ulotlarini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Shaxmatni yosh avlodni tarbiyalashdagi roli, umuman shaxmatni bola tarbiyasidagi ijobiy roli bo‘yicha dunyoda yangi ilmiy tadqiqot ishlari, izlanishlar olib borilmoqda. Shaxmatni mamlakatimizda yanada ommalashtirish borasida yurtboshimiz tomonidan bir qancha farmon va qarorlar imzolandi. Shaxmat sport turi bo‘yicha zamonaviy uslubiy o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yaratilmoqda. Respublikamizda sportning ko‘plab turlarini rivojlantirish natijasida keiyngi yillarda ajoyib yutuqlarga erishilmoqda. Mamlakatimizni dunyoga tanitishda ham sportni o‘rni juda katta ahamiyatga egadir. Hurmatli marhum birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning o‘z vaqtida quyidagi aytgan gaplari bejiz emas. "Hech bir narsa mamlakatni sport kabi dunyoga tez mashhur qila olmaydi". Jamiyatni jismoniy tarbiyalash, ularni sport bilan shug‘ullantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish tufayli sog‘lom avlod vujudga keladi va mamlakat shuxrati jaxonga tarqaladi. Shundan ko‘rinib turibdiki yurtboshimizni O‘zbekistonda sportni, ayniqsa shaxmatni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibori juda ham salmoqlidur. O‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom va barkamol, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga katta e’tibor berilayotganligi sababli bugungi kunda yoshlarimiz, masalan O‘zbekiston shaxmat bo‘yicha erkaklar terma jamoasi 2022 yilning avgust oyida Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida eng yosh terma jamoa bo‘lishiga qaramasdan musobaqaning favorit jamoalari bo‘lgan AQSh, Hindiston va Armaniston jamoalarini ortda qoldirishib tarixiy g‘alabaga erishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning maqsadi, vazifalari va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi, jumladan:
2025 yilga kelib mamlakat aholisining salomatlik darajasini yaxshilashga erishish;
bolalar-o‘smirlar sport maktablari sonini va sport ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularni moliyaviy ta’minlashning samaradorligini oshirish;
jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning, o‘quvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish;
davlat organlari, korxona va tashkilotlar xodimlari hamda aholi o‘rtasida turli ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish orqali aholining haftalik harakat faoliyatini oshirishga erishish;
O‘zbekiston sport terma jamoalarining Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, xalqaro sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash;
sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibini, xususan oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich oshirish;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda «ta’lim muassasalari — sport maktabi — oliy sport» tamoyilida uzviylik tizimini hamda mashg‘ulot va iqtidorli sportchi-yoshlarni saralash jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish;
sport sohasida boshqa zamonaviy usullar va yo‘nalishlarni joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga jismoniy tarbiya va sport tizimida raqobat muhitini yaratish;
sport turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilar yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida sport pasportini joriy etish va muntazam ravishda yuritib borish tizimini qo‘llash;
yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida sport ta’limi muassasalari mutaxassis va xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish uchun zarur shartsharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan: birinchidan, ayniqsa, joylarda jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining samarali yaxlit tizimi mavjud emasligi ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini lozim darajada muvofiqlashtirishni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va targ‘ib qilishni ta’minlamayapti;
ikkinchidan, mamlakatimizda ham ommaviy sport, ham oliy sport yutuqlari sohasida aniq vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilagan holda, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmagan;
uchinchidan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida sportning zamonaviy moddiytexnika bazasi va infratuzilmasini yaratish bo‘yicha nodavlat sektor bilan o‘zaro munosabatlarning past darajada ekanligi ushbu sohada mavjud muammolarni samarali hal etishga imkon bermayapti;
to‘rtinchidan, joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimi mavjud emasligi terma jamoalar tarkibini sifatli to‘ldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashni ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda;
beshinchidan, sport kadrlarini, ayniqsa, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi sohasida malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkonini bermayapti;
oltinchidan, jismoniy tarbiya va sport sohasini qo‘llab-quvvatlashning faqat alohida sport turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, nooqilona tizimi boshqa ommaviy olimpiya sport turlarini, eng avvalo, sport o‘yinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilmasligiga olib kelgan;
yettinchidan, sportchilarni tayyorlash va ular tibbiy ta’minotining innovatsion tadqiqotlari va uslubiy ishlanmalari, zamonaviy talablarga javob beradigan standartlarining mavjud emasligi sifatli o‘quv-mashq jarayonining yo‘lga qo‘yilishini ta’minlamayapti;
sakkizinchidan, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘lar sarflanishining asosliligi va haqqoniyligi ustidan nazoratning, eng avvalo, ichki nazoratning moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan va ushbu sohada suiiste’molchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmi shakllantirilmagan;
to‘qqizinchidan, xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahalliy sport asbob-uskunalari va inventarlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan mexanizmi nazarda tutilmagan.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish uchun yuqoridagi rahbariy hujjatlarda ko‘zda tutilgan barcha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishi shaxmat sport turini boshqarish tizimida innovatsion usullardan foydalanishni talab etadi.
Shaxmat sport turi sifatida – XV asrlik tarixga ega. Farazlarga ko‘ra shaxmat hindlarning “chaturanga” o‘yinidan kelib chiqib, forslar tomonidan o‘zlashtirilgan va o‘ziga xos o‘zgartirishlar kiritilib “shatranj” deb nom berilgan. VII asrga kelib arablar Eronni egallagandan so‘ng shatranjni Yevropaga tarqalishiga sabab bo‘lishdi. XV asrgacha “shatranj” o‘yinidagi “Farzin” va “Fil”ning harakatlari cheklangan edi, shu davrdan boshlab hozirgi ko‘rinishdagi shaxmat o‘yini shakllana boshladi, o‘yin tezlashdi. Oqlar o‘yinni boshlab berganligi sababli ular hujumga o‘tish va shaxmat taxtasida eng muhim kataklarni egallash bo‘yicha ustunlikka ega bo‘ldilar.
Shaxmat o‘zining zamonaviy ko‘rinishiga taxminan 1475 yilga borib taqaladigan qoidalarga kiritilgan ikkita o‘zgarishlar tufayli keldi, bu o‘zgarishlar farzinni shaxmat taxtasining istalgan katagiga xoxlagan yo‘nalishda yura olishi bo‘lib bu o‘zgarish shaxmat taxtasida farzinni eng kuchli shaxmat donasiga aylantirdi. Shu bilan birga fil ham shaxmat taxtasida diagonal yo‘nalishda istalgan katakka harakatlanishi mumkin bo‘ldi. Ushbu o‘zgartirishlar shaxmat o‘yinini tubdan o‘zgartirib uni jozibadorligini oshirdi.
XIX asr o‘rtalariga kelib shahar va davlatlarning eng kuchli shaxmatchilari o‘rtasida, asrning ikkinchi yarmiga kelib esa, xalqaro turnirlar ko‘rinishida musobaqalar paydo bo‘ldi. 1886 yili avstriyalik shaxmatchi Vilgelm Steynis nemis shaxmatchisi Iogann sukertortni mag‘lub etib shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni deb e’lon qilindi. Shu davrdan boshlab jahon birinchiliklari tarixi boshlandi, 1924 yilga kelib Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tashkil etildi. 1946 yil to‘rtinchi jahon chempioni Aleksandr Alyoxin vafotidan keyin jahon chempionatlari Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ta’sis etgan qoida va tartiblarga ko‘ra o‘tkazila boshlandi. XX asr oxirida shaxmatda bo‘linish yuz berdi. Jahoning o‘n uchinchi chempioni Garri Kasparov va uning raqibi shaxmat tojiga davogar angliyalik shaxmatchi Naydjel Short Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tasnifiga kiritilmagan musobaqa o‘tkazishdi va 1993-2006 yillargacha shaxmatda ikkita chempion biri Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan tasdiqlangan qoidalar bo‘yicha o‘tkazilgan jahon birinchiligi g‘oliblari va professional yo‘nalishdagi jahon chempioni. Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezidenti Kirsan Ilyumjinov tomonidan 2006 yilda bu ikkala yo‘nalish birlashtirildi va shu davrdan boshlab shaxmat tarixida faqat bitta yagona jahon chempioni shaxmatning klassik yo‘nalishida yuritila boshlandi. Shu bilan birga 2008 yildan boshlab shaxmatning rapid va 2012 yildan boshlab blis yo‘nalishlari bo‘yicha ham jahon birinchiliklari o‘tkazila boshlandi. Shuningdek, o‘n birinchi jahon chempioni amerikalik shaxmatchi Robert Fisher tomonidan kashf etilgan va uni nomi bilan Fisher shaxmati deb ataluvchi yo‘nalishda ham 2016 yildan boshlab jahon birinchiligi o‘tkazila boshlandi.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib dunyoda kompyuter shaxmati ham rivojlana boshladi, 1979 yilda kompyuter shaxmat dasturlari juda zaif bo‘lgan bo‘lsa, 1997 yilga kelib IBM tomonidan ishlab chiqilgan “Deep Blue” kompyuteri o‘sha davrning amaldagi jahon chempioni Garri Kasparovni mag‘lub etdi. XXI asr boshlariga kelib insoniyat tomonidan kompyuter shaxmat dasturlarining kuchliligi tan olina boshlandi. 2020 yildagi “Covid 19” koronavirusi pandemiyasi davrida butun dunyoda onlayn shaxmati bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazilishi shaxmatni butun dunyoda yanada keng ommalashishiga sabab bo‘ldi.
Shu bilan birga Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan ayollar o‘rtasida ham jahon birinchiligi bahslari o‘tkazila boshlandi va shu paytgacha bu yo‘nalishda sobiq SSSR, Xitoy, Rossiya, Vengriya, Gruziya va Ukraina shaxmatchi ayollari yetakchilik qilishmoqda.
20-asrning 90-yillaridan O’zbekiston shaxmatida yuksalish boshlandi. erkaklar terma jamoasi jahon shaxmat olimpiadasida 2-o’rinni egalladi (1992), Osiyo chempionatida g’alaba qozondi (1999). Ibrohim Hamroqulov o’smirlar o’rtasida jahon birinchiligida g’olib chiqdi (1998). Rustam Qosimjonov Osiyoning birinchi (1998), jahonning 17-chempioni (2004) bo’ldi.
XX asrning 20-yillaridan O‘zbekistonda shaxmatning zamonaviy qoidalarini keng targ‘ib qilinishi mamlakatimizda shaxmatni sport turi sifatida rivojlanishiga turtki berdi. Toshkent, Samarqand, Qo‘qon va boshqa yirik shaharlarda shaxmat to‘garaklari ochildi va ayniqsa yoshlar o‘rtasida tez ommalasha boshladi. Mamlakatimiz mutaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab O‘zbekistonda shaxmat sport turida katta yuksalish kuzatildi. 1992 yili O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Filipinning Manila shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida ikkinchi o‘rinni egalladi, shuningdek 1996 yili Samarqandlik Ibrohim Hamraqulov 1996 yili 16 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan bo‘lsa, 2004 yili FIDEning nokaut tizimi bo‘yicha Liviyaning Tripoli shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida hamyurtimiz Rustam Qosimjonov g‘alaba qozonib O‘zbekistonda shaxmatni yoshlarimiz o‘rtasida juda keng ommalashishiga sababchi bo‘ldi. 2018 yil O‘zbekiston shaxmat terma jamoasining Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan shaxmat olimpiadasida g‘alaba qozonishi, 2021 yilning 25-30 dekabr kunlari Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan rapid va blis bo‘yicha jahon chempionatida 17 yoshli xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattarovning tezkor shaxmat (rapid) yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritishi va nihoyat 2022 yilning avgust oyida Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44 – Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining biror marotaba mag‘lubiyatga uchramasdan g‘alaba qozonishi nafaqat yoshlarimiz, balki butun o‘zbek xalqida shaxmat sport turiga bo‘lgan qiziqishni ortishiga sabab bo‘ldi.
Yoshlarni sportga, ayniqsa shaxmat sport turiga qiziqishini yanada oshirish maqsadida hududlarda “Yoshlar haftaligi” va “Ta’lim muassasalari haftaligi” doirasida sport va ommaviy jismoniy tarbiya ta dbirlari, shu jumladan shaxmat bo‘yicha viloyat, respublika va xalqaro musobaqalar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Oliy o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida ularni shaxmat to‘garaklariga jalb etish, aholi o‘rtasida shaxmatni keng ko‘lamda targ‘ib etish, ul arni sog‘lom shaxs sifatida tarbiyalash uchun quyidagi mexanizmlardan foydalanish maqsadga muvofiq:
birinchidan, barcha oliy o‘quv yurtlarida shaxmat sport turining ommaviyligini ta’minlash uchun shaxmat bo‘yicha ichki chempionatlarning doimiy o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish (rektor kubogi, oilaviy spartakiadalar –shaxmat sport aksiyalarini tashkil etish;
ikkinchidan, oliy ta’lim o‘quv muassasalari bilan viloyat shaxmat federatsiyalari, shaxmat maktablari, to‘garaklari, shuningdek, O‘zbekiston Xalqaro Shaxmat akademiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish. Har bir sport muassasalarini hududiy birliklarda oliy ta’lim muassasalariga biriktirgan holda o‘quv yurtlarida shaxmat to‘garaklari, musobaqalartashkil eti sh;
uchinchidan, oliy o‘quv yurtlaridagi shaxmatchilarni, shu jumladan yoshlarni va shaxmat jamoalari umumiy bazasini shakllantirish;
to‘rtinchi, oliy o‘quv yurtlaridagi mavjud shaxmat to‘garaklari inshootlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, shaxmat inshootlariga bo‘lgan eh tiyojni aniqlash;
beshinchidan, mavjud shaxmat inshootlarida tashkil etish imkoniyati bo‘lgan to‘garaklar soni o‘rganilib, shaxmat bo‘yicha murabbiylarga va qo‘shimcha shaxmat anjomlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
oltinchidan, yoshlar uchun tuman (shahar)larda yoshlarning shaxmat sport turiga bo‘lgan talablaridan kelib chiqqan holda shaxmat to‘garagi va maktablari inshootlarini xususiy tadbirkorlar va homiylar ko‘magida barpo etilishini monitoring qilish. Bunda, mahalliy tashabbuskor tadbirkorlar bilan muzokaralar oli b borib, ulardan kelib tushgan takliflarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mutassaddi rahbar xodimlarining tavsiyalariga muvofiq alohida sport liniyasi orqali ularga imtiyozli k reditlar ajratilishi hisobiga yangi shaxmat maktablari va to‘garaklari inshootlarini bunyod etish bo‘yicha asoslangan takliflarni tayyorlash. Mazkur vazifa o‘z vaqtida sifatli bajarilsa, 30- 35 % yoshlarni shaxmat to‘garak va maktablariga jalb etishga erishish mumkin bo‘ladi.
Shaxmat bo‘yicha xalqaro musobaqalar soni oshirildi, shu jumladan onlayn tarzda o‘tkaziladigan musobaqalar ham tashkilashtirildi. Bu ayniqsa butun jahonda Covid-19 koronavirusi tarqalib pandemiya darajasiga yetgan davrda ham shaxmat bo‘yicha xalqaro musobaqalar internet orqali onlayn ravishda muntazam o‘tkazib kelindi. Bu tajriba kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Shu kunlarda shaxmat bo‘yicha musobaqalardan tashqari shaxmat darslari, dunyoning yetakchi top murabbiylari bilan ham shaxmat mashg‘ulotlari o‘tkazish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Shu bilan birga harakatlanish imkoniyati cheklangan nogiron shaxmatchilar uchun ham onlayn musobaqalar tashkil qilinmoqda. Bu esa o‘z navbatida shaxmatni yoshlar, qolaversa aholi o‘rtasida keng ommalashishiga xizmat qilmoqda. Shaxmat sport turini boshqaruvi ham internet orqali mamlakatimizni chekka-chekka hudulariga ham yetib bormoqda. Natijada yoshlarimiz orasidan ko‘plab chempionlar yetishib chiqib Vatanimiz bayrog‘ini xalqaro musobaqalarda baland ko‘tarishmoqda. Shaxmat sport turini boshqaruvini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish mamlakatimizda 2026 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasini tashkiliy va ma’naviy-madaniy jihatdan har tomonlama havas qiladigan darajada o‘tkazilishiga zamin yaratadi.
Foydalanilgan adabiyot va manbalar
1. “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun. 2015 yil 4 sentabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 3 iyunda PQ-3031-sonli Qarori.
3. Axmatov M.S. Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy srort-sog’lomlashtirish ishlarini samarali boshqarish. Toshkent.
4. Yarashev K.D. O`z-o`zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy madaniyatni tashkil etish. Toshkent.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 9 avgustdagi PQ-3906-sonli Qarori.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.