ULARNING TURIZMDAGI O’RNI”
Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Tarix yoʻnalishi talabasi.
Fayzullayev Sayfiddin O’tkir o’g’li
Annotatsiya: Dunyo bo‘yicha, jumladan, O‘zbekistonda jadal suratlarda rivojlanib borayotgan turizm industriyasini Sirdaryo viloyatida rivojlantirishning geografik jihatlariga bag‘ishlanadi. Unda turizmning ayrim ilmiy asoslari va geografik xususiyatlari ochib berilgan. Sirdaryo viloyatini o‘ziga xos turistik obyekt sifatida qarash kerakligi yoritilgan. Viloyatda turizmni rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda Guliston Davlat universitetida turizmga doir ta`lim holati tahlil qilingan va uni takomillashtirishning metodik jihatlari taklif etilgan.
Kalit so’zlar: Turizm, turizmni rivojlantirish, rekreatsion turizm, sayyohlar, sport sarguzashtlari, ekzotik, ekologik
Аннотация: Географические аспекты развития туристической отрасли Сырдарьинской области, стремительно развивающейся во всем мире, в том числе и в Узбекистане, будут посвящены географическим аспектам. В ней раскрываются некоторые научные основы и географические особенности туризма. Было разъяснено, что Сырдарьинскую область следует рассматривать как уникальный туристический объект. При подготовке высококвалифицированных кадров для развития туризма в регионе проанализировано состояние туристического образования в Гулистанском государственном университете и предложены методические аспекты его совершенствования.
Ключевые слова: Туризм, развитие туризма, рекреационный туризм, туристы, спортивные приключения, экзотика, экология
Annotation: The geographical aspects of the development of the tourism industry in the Syrdarya region, which is rapidly developing around the world, including in Uzbekistan, will be devoted to the geographical aspects. Some scientific bases and geographical features of tourism are revealed in it. It was explained that the Syrdarya region should be considered as a unique tourist object. In the training of highly qualified personnel for the development of tourism in the region, the state of tourism education at Gulistan State University was analyzed and methodical aspects of its improvement were proposed.
Keywords: Tourism, tourism development, recreational tourism, tourists, sports adventures, exotic, ecological
Bugungi kunda, turizimning hayotimizda naqadar muhim oʻrin tutib, davlat miqyosida ustuvor yoʻnalishlardan biriga aylanayotganini, sohada olib borilayotgan oʻzgarishlar, qabul qilinayotgan qonunlar, turizimni rivojlantirish davlat qoʻmitasining tashkil etilishi kabi islohotlarda yaqqol koʻrish mumkin. Hozirgi kunda, Sirdaryo viloyati hududida 78 ta turistik obyekt roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 18 tasi arxeologik, 15 tasi arxitektura va41 tasi monumental sanʼat yodgorliklari hamda 4 tasi diqqatga sazovor joylardir.
Yuqoridagi turistik obyektlarni Sirdaryo viloyati maʼmuriy-hududiy birliklari boʻyicha taxlil qilganda, quyidagilarni koʻrish mumkin («Koʻxna Xovos» tepaligi ziyoratgohi.Viloyat hududidagi eng qadimiy shaharlardan biri – Xovos. Bu shahar qadimda zilzilalar orqali buzilib, vayronaga aylangan va koʻmilib ketgan. Endilikda uning oʻrnida Xovos tumani markazi yaqinida joylashgan mahobatli Xovostepa yodgorligi qad rostlab turibdi. Shahar qadimda katta hududni egallagan.
Hozirgi kunda uning 1 gektardan ziyod arka qismi, 11 gektarlik tepalik ostida vayron holda saqlanib qolgan. Shahristonning baʼzi joylari va rabotlari yoʻq boʻlib ketgan. Xovos nihoyatda qadimiy shaharlardan biri boʻlib, u kamida 2400-2500-yillik tarixga ega. Shuning uchun u nafaqat Sirdaryo viloyatidagi, balki mamlakatimizdagi koʻhna shaharlardan biri, deb eʼtirof etiladi.
Tarixchi olimlarning maʼlumotlariga koʻra Xovosda 28 ta tabarruk qadamjoy boʻlgan. Endilikda ulardan 12 tasi saqlanib qolgan. Shulardan biri»Xasti buzurgon» ziyoratgohi sanaladi. Ziyoratgohda «Xasti buzurg» laqabi bilan ulugʻlangan Jobir boboning qabri joylashgan. Rivoyat qilishlaricha, Jobir bobo Xovos mintaqasiga Islom dinini targʻib qilish uchun kelgan. Bu inson Xovosni obod qilishda qatnashgan va xalq oʻrtasida ilm-maʼrifat tarqatgan. Shu sababli «Xasti buzurg» deya ulugʻlangan.
«Bibi ocha» ziyoratgohi Jobir boboning turmush oʻrtogʻi Bibi Xadicha dafn etilgan. Bu yerda ona yoki buviga ocha deya murojaat qilishgani sababli u kishi Bibi ocha nomini olgan.
«Yusufbobo» ziyoratgohi qadimdan temirchilik bilan shugʻullangan va tabiblik qilgan, keyinchalik temirchilar piri deb ulugʻlangan Yusufbobo maqbarasi mavjud. «Sherbobo» maqbarasi olis oʻtmishda Xovosni dushmanlardan himoya qilgan, himoyachilarga bosh boʻlgan Ibrohim ismli sheryurak inson dafn etilgan.
Qadimiy «Namozgoh» masjidini xovosliklar Jobir boboning yetuk va donishmand farzandlaridanbiri «Saʼdu Saʼid»(Sayyidlarning ulugʻi) sharafiga nomlangan. Bu ziyoratgohlarning aksariyati bugungi kunda obod maskanlarga aylantirilgan.
«Yogʻochli Sardoba» gumbazi Sardoba tumanidagi «Toshkent-SamarqandBuxoro» shaharlarini bogʻlovchi avtomagistral yoʻl yoqasida joylashganligi uchun ham yoʻlovchilar uchun juda qiziqarlidir. Sardoba haqidagi ilk maʼlumotlar Hofiz Tanish alBuxoriyning «Abdullanoma»asarida keltirilgan. Buxoro xoni Abdullaxon II Toshkentga yurishi chogʻida shu hududda hordiq chiqarish uchun toʻxtab, suvsizlikdan qiynalgan askarlari uchun sardoba va karvonsaroy qurishni buyuradi.
Inshootning gʻishtlari kvadrat shaklda boʻlib, gumbazning ichki diametri 15 va balandligi esa 12 metrni tashkil qiladi. Sardobaning ichki qismida yerdan 2 metr balandlikda yopiq, uyasimon tuynuklar joylashgan. Devorining qalinligi pastki qismida 1,5 metrni, yuqoriga koʻtarilgan sari yupqalashib boradi va eng yuqori qismida uning qalinligi bir gʻisht koʻrinishiga ega.Unga faqatgina shimol tarafdan, qolgan uch tarafida ark koʻrinishidagi tuynuklar mavjud. Kirish arkasimon shakldagi gʻishtli zinapoyalar orqali sardoba ichkarisiga oʻtilgan.
Xovos tumani hokimligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda «Koʻhna Xovos» arxeologik yodgorligi hududiga yaqin hududda xorijiy va mahalliy sayyohlarni uzoq muddat olib qolish maqsadida oʻzbekona urf-odatlar asosida barpo etilgan oilaviy mehmon uylari, suvenir doʻkonlar, milliy azaliy va yoʻqolib borayotgan taomlarni tayyorlaydigan «Oʻzbek oshxonasi»ni tashkil etish. Respublikadagi barcha faol turoperatorlar bilan aloqalar oʻrnatib, «Ko’hna Xovos» arxeologik yodgorligini turmarshrutlarga kiritish. Respublikadagi faol turoperatorlar bilan ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.Shu bilan birga, infratuzilma, jumladan mehmonxona xizmati, ovqatlanish shohobchalari, koʻngilochar maskanlar tashkil etish va yodgorlik M-34 avtomagistral yoʻl boʻyida joylashganligini hisobga olib, katta yoʻl boʻyiga katta hajmdagi LED ekranini oʻrnatish va muntazam ravishda arxeologik yodgorlik toʻgʻrisidagi videoroliklarni qoʻyib borish.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 5- yanvardagi PF-5611 Farmoni.
2.O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyundagi Turizm to‘g‘risidagi qonuni.
3.Birjakov M. B. Vvedenie v turizm: izd. 9-e, pererab. i dop. SPb.: Izdatelskiy dom «Gerda», 2007. – 576 s.
4.Bogdanov YU.V. Razvitie industrii turizma kak faktor sotsialnoekonomicheskogo rosta regiona (na primere Sankt-Peterburga i Leningradskoy oblasti) Avtoreferat diss. .. kan.ekon.n. Cankt-peterburg – 2004.
5.Bыstrov S.A., Voronsova M.G. Turizm: makroekonomika i mikroekonomika. SPb.: Izdatelskiy dom Gerda, 2008.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.