SUBSTITUTSIYA HODISASI VA UNING TURLARI
Abdullayeva Poshshajon Usmon qizi,
“Ma’mun-universiteti” NTM
Ingliz tili o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada substitutsiya hodisa, uning turlari va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Substitutsiya- matndagi jumla yoki gapning leksik-grammatik darajadagi munosabatlarni saqlaydigan birlashma turidir. U ma’lum bir elementni takrorlash o‘rniga ishlatiladigan vosita turi bo‘lib, o‘rnini bosuvchi so‘z yoki gap yordamida amalga oshiriladi. Substitutsiya so‘z yoki gap o‘rnini bosadigan tuzilmaviy funksiyaga ega. Nominal substitutsiyalar asosan olmoshlar yordamida ko’p ifodalanishi ma’lum. Bundan tashqari One/ones, same, here and there, then and at that time va kabi Nominal substitutsiyalar haqida so’z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Substitutsiya hodisasi, almashtirish turlari, nominal substitutsiya, predikativ va jumla substitutsiyasi
Аннотация: В статье говорится о явлении субституции, его видах и значении. Субституция – это вид сочетания фраз или предложения в тексте, сохраняющий отношения на лексико-грамматическом уровне. Это тип устройства, которое используется вместо повторения определенного элемента, используя замещающее слово или предложение. Субституция имеет структурную функцию замены слова или предложения. Известно, что именные субституции часто выражаются местоимениями. Кроме того, обсуждаются номинальные субституции типа One/ones, same, here and there, then and at that time и т.п.
Ключевые слова: Явление субституции, виды субституции, номинальные субституции, фразовая субституция
Abstract: The article talks about the phenomenon of substitution, its types and importance. Substitution is a type of combination of a phrase or sentence in the text that preserves relations at the lexical-grammatical level. It is a type of device that is used instead of repeating a specific element, using a substitute word or sentence. Substitution has the structural function of replacing a word or sentence. It is known that nominal substitutions are often expressed using pronouns. In addition, nominal substitutions such as One/ones, same, here and there, then and at that time and so on are discussed.
Key words: Substitution, types of substitution, nominal substitution, predicative and clausal substitution
Substitutsiya tilshunoshlikda keng tarqalgan hodisalardan bo‘lib, u deyarli barcha tillar lingvistikasida mavjuddir. Almashtirish hodisasi bir tilda boshqa tillardagidan ko‘proq va tez-tez foydalanilganligi sababli, almashtirish usullari ham tillarda farq qilishi mumkin. U koheziyaning (cohesion) bir turi hisoblanib yillar mobaynida ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilgan va ushbu hodisani o‘rganish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Substitutsiya- matndagi jumla yoki gapning leksik-grammatik darajadagi munosabatlarni saqlaydigan birlashma turidir. U ma’lum bir elementni takrorlash o‘rniga ishlatiladigan vosita turi bo‘lib, o‘rnini bosuvchi so‘z yoki gap yordamida amalga oshiriladi. Substitutsiya so‘z yoki gap o‘rnini bosadigan tuzilmaviy funksiyaga ega. U turli xil bosqichlarda - so‘z, so‘z birikmasi, gap va hattoki matnlarda ham bo‘la oladi.Uning asosiy vazifalaridan biri takrordan qochish, xabarni qisqartirish va uni o‘quvchi uchun aniqroq qilishdan iborat. Almashtirishning yana bir vazifasi ma’lumotlarni tartibsiz holda ko‘rsatmasdan gaplarni bog‘lashdir.
“Substitutsiya” so‘zining kelib chiqishi lotincha “substitute” fe’lidan kelib chiqqan bo‘lib, biror elementni yoki vositani boshqasining o‘rniga qo‘yishni anglatadi. U almashtirish deb tarjima qilinadi va so‘z yoki iborani takrorlamaslik uchun ushbu so‘zlar ingliz tilida “so, one, did, do” va o‘zbek tilida “shunday” kabi to‘ldiruvchi so‘z bilan ifodalanadi. Uni quyidagi namuna orqali batafsil o‘rganishimiz mumkin:
E.g. The flower seller cries, “Red flowers, red flowers, come and buy ones and present her”. - Ushbu gapda ones so‘zi red flowers (qizil gullar) so‘zini takrorlamaslik uchun uning vazifasida qo‘llanilgan.
Almashtirish grammatik munosabat bo‘lib so‘z birikmalarida emas, balki ma’noda bo‘lgan munosabat ekanligi tufayli uning har xil turlari semantik jihatdan emas, balki grammatik jihatdan aniqlanadi. Ingliz tilida substitutsiya ot, fe’l, gap vazifasini bajarishi mumkin. Ularga mos ravishda almashtirishning uchta turi mavjud:
1. Nominal substitutsiya
2. Predikativ substitutsiya
3. Jumla substitutsiyasi
Nominal almashtirish ot yoki otli so‘z birikmasini nominal o‘rin bosuvchi so‘z bilan almashtirishni anglatadi. Nominal substitutsiya nominal guruhda bosh so‘z yoki butun nominal guruhdagi so‘zlarni va birikmalarni almashtirish vazifasini bajaradi. Buni quyidagi namunlarda ko‘rishimiz mumkin:
1.Have you any knives? I need a sharp one.
2.He studied the whole text last night. I did the same.
Ushbu namunalarda one so‘zi knives so‘zi o‘rnida bosh so‘z bajarsa, the whole text last night birikmasi same so‘zi bilan ifodalangan.
Nominal almashtirish quyidagi usullarda o‘rganiladi:
1. Nominal Substitutsiya “one/ ones”:
Substitutsiya birligi har doim nominal guruhning bosh bo‘lagi vazifasini bajaradi va faqat o‘zi nominal guruhning asosiy bo‘lagi bo‘lgan elementni almashtirishi mumkin. Buni quyidagi na’munalarda ko‘rish mumkin:
Cherry ripe, cherry ripe, ripe I cry,
Full and fair ones, come and buy.
Ushbu misolda ones so‘zi “Full and fair ones” so‘zlari uchun bosh bo‘lak vazifasini bajargan
One/ ones so‘z o‘rnini bosuvchi grammatik munosabat belgisi bo‘ib, u odatda oldingi matnda topilgan ma’lum bir otni (atoqli ot emas) taklif qiladi va o‘zi ham ot bilan almashtirilgan bir xil hisoblagichdir. Uning o‘rni va ahamiyati namunada ko‘rsatilganidek, bekor qilishning qandaydir shakli mavjudligini bildirish bo‘lganligi sababli, u qandaydir aniqlovchi modifikator bilan birga bo‘lishi kerak va shuning uchun uni bunday aniqlovchi elementlarning tashuvchisi sifatida ko‘rish mumkin.
Nominal Substitutsiya “same”
Substitutsiya same odatda the aniq artikli bilan keladi. Faqat otni bosh bo‘lak qilib oluvchi one dan farqli o‘laroq, the same so‘zi butun nominal guruhni o‘z ichiga oladigan, jumladan, har qanday oʻzgartiruvchi elementlarni bildiradi. Buni quyidagi na’munalarda ko‘rishimiz mumkin:
I’ll have two poached eggs on toast, please.
I’ll do the same.
Substitutsiya the same quyidagi holatlarda qo‘llanilishi mumkin:
Bir xillikni ya’ni o‘xshashlikni ifodalaganda the same dan foydalaniladi
Fakt ishtirok etayotgan jarayon muhitida ko‘pincha fakt o‘rnini bosishi mumkin.
Ushbu holat quyida namunalar yordamida keltirilgan:
John thought it was impossible.
Yes, I thought the same.
Do the same:
Ikkinchidan, bir xil ot o‘rnini bosuvchi ko‘pincha do fe’li bilan qo‘shilib, ayrim turdagi ergash gaplarda jarayon o‘rnini bosadi. Buni quyidagi misollardan tushunish mumkin:
They all started shouting, so I did the same. Be the same:
The same shakli aniqlovchili gaplarda aniqlovchi sifatida yuzaga keladi, bu yerda u ot yoki sifatdoshni, yaʼni bosh bo‘lak vazifasida ot yoki sifatdoshga ega bo‘lgan ot soʻz birikmasini almashtira oladi. Buni quyidagi namunada ko‘rish mumkin:
Charles is now an actor. Given half a chance I would have been the same.
Here and There
Biz joy haqidagi tafsilotlarni almashtirish uchun ingliz grammatikasida here (bu yer) va there (u yerda) kabi so‘zlardan foydalanamiz, ya’ni o‘rin ravishlarini almashtirish uchun:
John asked me to go for dinner at Toni’s Italian, but I didn't want to go there as it’s so busy at the weekend.
I'm so glad I moved to Australia. I hope you’ll visit me here one day.
A new theme park has opened near me but I've never been there
Then and at That Time
Vaqt (vaqt qo‘shimchalari) haqidagi ma’lumotlarni almashtirish uchun biz then (o‘sha paytda) va at that time (o‘sha vaqtda) kabi so‘zlardan foydalanamiz:
He suggested we go at 5pm but I did not want to go then.
I prefer going abroad at Christmas time and my friends like to go at that time of year as well.
Nominal substitutsiya olmoshlar bilan ifodalanishi
Kishilik olmoshlari (I, me, you, him, it, they). Kishilik olmoshlari ot so‘z birikmalari o‘rnida ishlatiladi, odatda odamlar va yuqorida aytib o‘tilgan narsalarga ishora qiladi. Egalik olmoshlari (mine, yours) ham xuddi shunday qo‘llanadi. Masalan: I can speak Japanese quite well. I ‘ve been learning it for several years. To ensure that our sales staff speak to customers in an appropriate way, management has made the decision to send them on a training course next week - Men yapon tilini yaxshi bilaman. Men buni bir necha yildan beri o‘rganyapman. Sotuvchilarimiz mijozlar bilan to‘g‘ri gaplashayotganiga ishonch hosil qilish uchun rahbariyat ularni keyingi haftada o‘quv kurslariga yuborishga qaror qildi.
Substitutsiyaning ko‘p uchraydigan turlaridan yana biri bu predikativ substitutsiyadir. Ingliz tilidagi ushbu tur “do” fe’lidir. Bu leksik fe’l egallagan o‘rinda fe’l guruhida bosh bo‘lak vazifasini bajaradi va uning o‘rni har doim gap oxirida bo‘ladi. Buni quyidagi namunlaradan aniqlashtirish mumkin:
1.…the words did not come the same as they used to do.
2.‘I don’t know the meaning of half those long words, and, what’s more, I don’t believe you do either!’
Ushbu namunalarda 1-gapda qo‘llanilagan do fe’li come fe’lining ma’nosini ifodalash uchun; 2-gapdagi do fe’li esa know the meaning of half those long words birliklarining o‘rnida foydalanilgan.
Birinchi va ikkinchi namunalarda nazarda tutilgan elementlar gapda bir xildir, shuning uchun almashtirishning o‘zi uzviy emasdir. Ammo predikativ almashtirish muntazam ravishda jumla chegarasidan tashqariga chiqadi.
He never really succeeded in his ambitions. He might have done, one felt, had it not been for the restlessness of his nature. - Ushbu namunada done so‘zi succeeded in his ambitions (o‘z maqsadlarida muvaffaqiyat qozonganlarning) o‘rnini bosadi va shu bilan ikkita jumlani nominal almashtirish bilan bir xil tarzda anafora orqali bog‘lash uchun xizmat qiladi.
“Do” substitutsiyasi, “do” fe’lidan funksional darajada farqlanadi, bunda “do” leksik fe’l, umumiy fe’l, (pro- verb) va predikativ operator vazifasini bajaradi.
Do bilan bog‘liq so‘zlar to‘plamini quyidagi parchada tasvirlash mumkin:
What’s John doing these days?
1. John’s doing a full-time job at the works. 2. That’ll do him good.
3. I’m glad he’s doing something.
5. He likes it more than I would ever do.
Ushbu namunada (1) do lug‘aviy fe’li, (2) umumiy fe’l, (3) harakat fe’li, (4) o‘rinbosar.
Jumla substitutsiyasi
Almashtirishning yana bir turi mavjud bo‘lib, unda gap ichidagi bir element emas, balki butun gap ko‘rib chiqiladi. “So” (shunday) va not (yo‘q) so‘zlari bo‘lak o‘rnini bosuvchi vositalar sifatida ishlatiladi. Bo‘lak o‘rnini bosishda butun gap nazarda tutiladi, qarama-qarshi element esa gapdan tashqarida bo‘ladi. Buni quyidagi namunada ko‘rish mumkin:
Is there going to be an earthquake? / It says so.
Bu yerda “so” so‘zi butun gapni anglatadi, zilzila bo‘ladi va qarama-qarshi muhit uning tashqarisidagi “says” (deydi) bilan ifodalanadi.
Bo‘lak o‘rnini bosishda sodir bo‘ladigan uchta muhit mavjud: xabar, shart va modallik. Bu muhitlarning har birida u ikki shakldan birini olishi mumkin: ijobiy yoki salbiy; ijobiy “so (shunday)”, salbiy “no (yo‘q)” so‘zlari orqali ifodalanadi.
Jumla substitutsiyasi almashtirilgan elementning bosh bo‘lagidan ko‘proq kengaytirishilishi mumkin va u butun bir gapning presuppozitsiyasini o‘z ichiga oladi. So va not o‘rinbosar vositalar sifatida jumla substitutsiyasida butun bir gap o‘rnini bosish uchun foydalaniladi. Buni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin:
Are you coming to dinner? I think so. Did he leave on time? I think not
1-gapda so men tushlik qilmoqchiman degan ma’noni anglatadi; 2-namunada not u o‘z vaqtida ketmaganligini ifodalash uchun qo‘llanilgan. Buyuk ingliz grammatik olimlari Hallidey va Hasan (1976: 131) gap almashuvi sodir bo‘ladigan uchta muhitni tasvirlaydi.1 Bular o‘zlashtirma gaplar [1], shart ergash gaplar [2], va modallik [3].
[1] Mary thinks that there is another planet beyond Pluto. But no one else thinks so2
[2] Would the girls miss the package she had put down? If so, would she remember that Erica had been close by?3
[3] “I dare say you never even spoke to Time!” “Perhaps not.” 4 1 Halliday, M.A.K. and Hasan, R. 1976. Cohesion in English. London: Longman 2 Salkie, R. (1995). Text and discourse analysis. London & NewYork: Routlege p.56 3 Hailey, A. (1971). Wheels. New York: Doubleday & Company, Ltd p.120 4 Halliday, M.A.K (1985). An introduction to functional grammar. London: Edward Arnold p.297
References
1. Cohesion in English: Halliday, M.A.K. and Hasan, Longman, London, 1976.
2.Introduction to Text Linguistics: De Beaugrand and Dressler, Ilham Abu Ghazaleh, and Ali Khalil Muhammad, Nablus Computer Center, Dar Al-Kitab Press,
1, 1413 AH – 1992 AD.
3.Linguistics of the Text: An Introduction to the Harmony of Discourse: Muhammad Al-Khattabi, The Arab Cultural Center, Casablanca - Morocco, 2nd Edition, 2006 AD.
4. Querol M. 2012.Substitution as a Device of Grammatical Cohesion in English Narrative and its Translation into Spanish. Retrieved January, 30
5. Quirk, Randolph. (et. al.) 2000. A Comprehensive Grammar of the English Language.Harlow: Longman Group Ltd.
6. Halliday, M.A.K (1985). An introduction to functional grammar. London: Edward Arnold.
7.Hailey, A. (1971). Wheels. New York: Doubleday & Company, Ltd
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.