TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING AFZALLIKLARI
Barotov Avazbek Hamzayevich, Buxoro davlat pedagogika instituti “Biologiya” kafedrasi dotsenti, b.f.f.d Umarbekova Niginabonu Utkurbek qizi, Buxoro davlat pedagogika instituti “Biologiya”kafedrasi 2-bosqich magistranti
Annotatsiya
KIRISH
ushbu maqolada biologiya darslarida, xususan, zoologiya kursida o‘qitiladigan “sudralib yuruvchilar ” sinfini o‘rganishda zamonaviy va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari va samaradorligi yoritilgan. Maqolada “Tchizma”, “Venn diagrammasi”, “Ierarxik klaster”, “Keys study”, “Baliq skeleti” kabi metodlarni qo‘llash orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari ko‘rsatib o ‘tilgan. Maqola biologiya fani o‘qituvchilari uchun dars mashg‘ulotlarini interaktiv shaklda tashkil etish uchun metodik tavsiya bo‘lib xizmat qiladi.
MAQSAD
ushbu maqolaning maqsadi sudralib yuruvchilar mavzusini o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning metodik asoslarini ko‘rsatib berish, shuningdek o‘qituvchilarga metodik tavsiyalar berish.
MATERIAL VA METODLAR
maqolada biologiyaning zoologiya kursida o‘qitiladigan “sudralib yuruvchilar ” sinfini, qolaversa boshqa mavzularni ham o‘qitishda keng foydalanish mumkin bo‘lgan “T-chizma”, “Venn diagrammasi”, “Ierarxik klaster”, “Keys study”, “Baliq skeleti” kabi interaktiv metodlardan foydalanilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra biologiya darslarida “sudralib yuruvchilar” sinfini an’anaviy o‘qitish usuli ko‘pincha ham ijobiy natija bermaydi, ya’ni ta’lim samaradorligi yuqori bo‘lmaydi. Aksincha ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llaganda esa ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi. Bunda o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ldi.
XULOSA
natijalar shuni ko‘rsatadiki, interaktiv metodlar faqatgina bilim berish bilan cheklanib qolmay, o‘quvchining kognitiv (bilish) qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Sudralib yuruvchilarning murakkab ichki tuzilishini vizuallashtirish orqali o‘quvchilarda biologik jarayonlarning yaxlitligi haqida ilmiy dunyoqarash kengaydi. Tajribalar shuni tasdiqladiki, vizual sxemalar (klaster, baliq skeleti) matnli ma’lumotga qaraganda miyada 6 barobar tezroq qayta ishlanadi va mustahkam saqlanadi.
KALIT SO‘ZLAR: ilg‘or pedagogik texnologiyalar, sudralib yuruvchilar, interaktiv metodlar, “T-chizma”, “Venn diagrammasi”, “Ierarxik klaster”, “Keys study”, “Baliq skeleti”, ta’lim samaradorligi.
ПРЕИМУЩЕСТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПЕРЕДОВЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ
ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ПРЕПОДАВАНИИ КУРСА "РЕПТИЛИИ".
Баротов Авазбек Хамзаевич, доцент кафедры «Биология» Бухарского государственного педагогического института, доктор философии по биологическим наукам (PhD). Умарбекова Нигинабону Уткурбек кызы, студентка 2 курса магистратуры Бухарского государственного педагогического института.
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
в данной статье рассматриваются преимущества и эффективность использования современных и передовых педагогических технологий на уроках биологии, в частности, при изучении темы «рептилии» в рамках курса зоологии. В статье показаны пути повышения качества обучения с использованием таких методов, как «Т-диаграмма», «диаграмма Венна», «иерархическая кластеризация», «тематическое исследование», «скелет рыбы». Статья служит методической рекомендацией для учителей биологии по организации уроков в интерактивной форме.
ЦЕЛЬ
цель данной статьи – продемонстрировать методические основы использования передовых педагогических технологий в преподавании темы «рептилии», а также предоставить методические рекомендации учителям.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
в статье используются интерактивные методы, такие как «Т-диаграмма», «диаграмма Венна», «иерархическая кластеризация», «тематическое исследование», «скелет рыбы», которые могут широко применяться при преподавании темы «рептилии» в рамках курса зоологии биологии, а также других тем.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ
согласно результатам анализа, традиционный метод преподавания темы «рептилии» на уроках биологии часто не дает положительных результатов, то есть образовательная эффективность невысока. Напротив, при использовании передовых педагогических технологий в учебном процессе были достигнуты положительные показатели. В этом случае показатели усвоения материала студентами были высокими.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ
результаты показывают, что интерактивные методы не ограничиваются только передачей знаний, но также развивают познавательные способности студента. Визуализация сложной внутренней структуры рептилий расширила научное понимание студентами целостности биологических процессов. Эксперименты показали, что визуальные схемы (кластеры, скелеты рыб) обрабатываются и сохраняются в мозге в 6 раз быстрее, чем текстовая информация.
В данной статье освещаются преимущества и эффективность использования современных и передовых педагогических технологий на уроках биологии, в частности, при изучении класса «Пресмыкающиеся» в рамках курса зоологии. В работе демонстрируются пути повышения качества образования через применение таких интерактивных методов, как «Т-таблица», «Диаграмма Венна», «Иерархический кластер» и «Рыбий скелет» (Исикава). Статья служит методической рекомендацией для учителей биологии по организации учебных занятий в интерактивной форме, способствующей глубокому усвоению материала и развитию критического мышления учащихся.
Ключевые слова: передовые педагогические технологии, рептилии, интерактивные методы, «Т-таблица», «диаграмма Венна», «кейс стади», «иерархическая кластер», «скелет рыбы», эффективность обучения.
ADVANTAGES OF USING ADVANCED PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
TEACHING THE "REPTILES" CLASS
Barotov Avazbek Khamzayevich, Associate Professor of the "Biology" Department at Bukhara State Pedagogical Institute, Doctor of Philosophy (PhD) in Biological Sciences. Umarbekova Niginabonu Utkurbek qizi, 2nd year master's student of Bukhara State Pedagogical Institute
Annotation
INTRODUCTION
this article discusses the advantages and effectiveness of using modern and advanced pedagogical technologies in biology lessons, in particular, in the study of the “reptiles” class taught in the zoology course. The article shows ways to improve the quality of education by using such methods as “T-chart”, “Venn diagram”, “Hierarchical cluster”, “Case study”, “Fish skeleton”. The article serves as a methodological recommendation for biology teachers to organize lessons in an interactive form.
AIM
the purpose of this article is to demonstrate the methodological foundations of using advanced pedagogical technologies in teaching the subject of reptiles, as well as to provide methodological recommendations to teachers.
MATERIAL AND METHODS
the article uses interactive methods such as “Tchart”, “Venn diagram”, “Hierarchical cluster”, “Case study”, “Fish skeleton”, which can be widely used in teaching the “reptiles” class taught in the zoology course of biology, as well as other topics.
DISCUSSION AND RESULTS
according to the results of the analysis, the traditional method of teaching the “reptiles” class in biology lessons often does not give positive results, that is, educational efficiency is not high. On the contrary, when using advanced pedagogical technologies in the educational process, positive indicators were achieved. In this case, students' mastery indicators were high.
CONCLUSION
the results show that interactive methods are not limited only to imparting knowledge, but also develop the cognitive (cognitive) abilities of the student. Visualizing the complex internal structure of reptiles broadened students' scientific understanding of the integrity of biological processes. Experiments have shown that visual schemas (clusters, fish skeletons) are processed and stored in the brain 6 times faster than textual information.
This article highlights the advantages and effectiveness of using modern and advanced pedagogical technologies in biology lessons, specifically in studying the class of "Reptiles" within the zoology curriculum. It demonstrates ways to improve the quality of education by implementing interactive methods such as "T-chart," "Venn diagram," "Hierarchical cluster," and the "Fishbon diagram. The article serves as a methodical recommendation for biology teachers to organize classroom activities in an interactive format, fostering deeper understanding and critical thinking among students.
KEYWORDS
advanced pedagogical technology, reptile es, interactive methods, "T-chart", "Venn diagram", "Case study", "Hierarchical cluster", "Fish skeleton", educational effectiveness.
Hozirgi rivojlanib borayotgan zamonda ta’lim sohasida yuz berayotgan tub islohotlar, jamiyat ehtiyojlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining optimallashuvi va raqamli tafakkurning shakllanishi o‘qitish metodlarining yangilanishini talab qilmoqda. An’anaviy yondashuvlar bilan zamonaviy o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish mushkul bo‘lib bormoqda. Shu sababli, ta’lim tizimiga yangi, samaradorligi yuqori ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga bo‘lgan zarurat kun tartibiga chiqmoqda. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar nafaqat o‘qituvchini pedagogik mahoratini oshiradi, balki o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muommoli vaziyatlarni tahlil qila olish, tanqidiy fikrlash hamda ijodiy yondashuv kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirish, ularning faolligini rag‘batlantirish, shuningdek, individual yondashuvni ta’minlash bugungi kun ta’limini oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Biologiya fani tirik organizmlar bir so‘z bilan aytganda, tiriklik haqida fan bo‘lib, uni o‘rganish va qonuniyatlari anglash, chuqur tahlil qilish uchun faqatgina an’anaviy yondashuvlarning o‘zi kamlik qiladi.
Zamonaviy ta‘lim tizimida axborot oqimining tezlashishi va raqamli texnologiyalarning kirib kelishi biologiya fanini o‘qitish metodikasini tubdan yangilashni taqazo etmoqda. Sudralib yuruvchilar (reptilia) mavzusi biologiya fanining zoologiya kursida o‘qitiladi. Bu mavzu turlar xilma-xilligi va murakkabligi, rivojlanish darajasiga ko‘ra o‘rganish biroz qiyinchiliklar tug‘diradi. Shunday ekan ushbu mavzuni o‘qitishda an’anaviy ma’ruza metodidan uzoqlashgan holda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash birmuncha afzalliklarga ega. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning yana bir afzal tamoni darsning qiziqarli o‘tishini, balki fanni chuqur o‘zlashtirishni ta’minlaydi, qolaversa, dars samaradorligini bir necha barobarga oshiradi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar, xususan, multimedia vositalari va muammoli ta’lim metodlari o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini orttiradi. Masalan, sudralib yuruvchilarning ichki tuzilishini 3D modellar yordamida ko‘rsatish, ularning muhitga moslashish mexanizmlarini virtual laboratoriyalar orqali namoyish etish fanni o‘zlashtirish koeffitsiyentini sezilarli darajada ko‘taradi[1]. Quyida “sudralib yuruvchilar” mavzusini o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklarini birma-bir ko‘rib chiqamiz.
Vizualizatsiya va reallik darajasinig yuqoriligi: sudralib yuruvchilar sinfi suvdan quruqlikka chiqqan dastlabki umurtqalilar bo‘lib, ularning ichki va tashqi tuzilishida, evolyutsion moslanishlarida bir qancha o‘zgarishlar yuz bergan. 3D modellashtirish orqali yuragining uch kamerali tuzilishi va chala to‘sig‘ining borligini, skelet tuzilishidagi o‘zgarishlarni, masalan, yelka va chanoq kamarlarining rivojlanishi, oyoqlarining tanasining ikki yonida joylashishi kabi murakkab jarayonlarni bevosita tasavvur qilib o‘rganish imkonini beradi. Bundan tashqari sudralib yuruvchilar quruqlikka chiqishi bilab ularning tuxumlarida ham bir qator o‘zgarishlar ro‘y bergan. Tuxumi qattiq qobiq bilan qoplangan, bu uni ichidagi murtakni qurib qolishdan saqlashga mo‘ljallangan moslanishdir. Animatsiyalar va infografikalar orqali tuxumining ichki tuzilishini tasavvur qilib ko‘rib o‘rganish mumkin.
Tabaqalashtirilgan holda (individual) yondashuv: barcha o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyati individualdir, ya’ni turlicha. Bunda barcha o‘quvchilarni diqqatini bir xilda mavzuga qaratish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamli texnologiyalar masalan, QR-kodli topshiriqlar yoki online test topshiriqlari orqali qiziqtirish mumkin. Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi va ularning tabiatdagi ahamiyatini o‘rgatishda "Keysstadi" (vaziyatli tahlil) texnologiyasidan foydalanish o‘quvchilarda ekologik tafakkurni shakllantiradi. Masalan, "Nima uchun ilonlar ekotizimda muhim?" kabi muammoli vaziyatlar ustida ishlash o‘quvchini mustaqil tadqiqot qilishga yo‘naltiradi[3]. O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga “Keys-study” metodini qo‘llash orqali masalan “nima uchun sovuq iqlimli mintaqalarda sudralib yuruvchilar sinfi vakillari kam uchraydi ” yoki “ nima uchun sudralib yuruvchilar sinfi vakillari qishda muzlab qolmaydi” kabi muommoli hamda qiziqarli savollar berish orqali o‘quvchini izlanishga, mustaqil fikrlashga, qolaversa fikrlash “T-chizma” metodi orqali “timsohlar va tangachalilar turkumlarini taqqoslash” yoki “Venn diagramasi” metodini qo‘llash “suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi bilan sudralib yuruvchilar sinfi vakillarini solishtirgan holda” o‘rganishga imkon beradi. Bundan tashqari “Klasster” metodidan foydalangan holda tur va turkumlar sonini tahlil qilib o‘rganish ham bilimlarni mustahkamlashga, uzoq vaqt xotirada qolishiga xizmat qiladi. Shuningdek, AKT vositalari orqali sudralib yuruvchilarning embrional rivojlanish bosqichlarini (tuxum qo‘yishi, embrionning parda bilan o‘ralishi) animatsion ko‘rinishda namoyish etish, nazariy bilimlarning xotirada uzoq vaqt saqlanib qolishini ta’minlaydi[4]. Tizimli fikrlashni shakllantirish: sudralib yuruvchilar sinfini o‘rganishda bilimlarni alohida alohida emas, balki bir-biriga uzviy bog‘liq holda o‘rganishda ta‘lim samaradorligi yuqori bo‘ladi. Bunda bir nechta metod va ularni qo‘llashning afzalliklarini ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, klaster va "Sinkveyn" kabi grafik organayzerlar o‘quvchilarga olingan nazariy bilimlarni tizimlashtirishga yordam beradi[2]. “Ierarxik klasster” metodida o‘quvchi sudralib yuruvchilar sinfini umumiy ekotizmning bir qismi sifatida tahlil qiladi. Masalan bo‘g‘ma ilon turini o‘rganishda quyidagicha tahlil qilinadi:
Hujayra darajasi: zaharsiz ilon ya’ni ularda zahar bezi mavjud emas, ularda zahar bezlari bo‘lmaganligi tufayli hech qanday oqsil ishlab chiqarilmaydi.
Organ darajasi: jag‘ suyaklarining harakatchan birikishi (katta o‘ljani yutishga imkon beradi).
Organizm darajasi: oyoqlarning yo‘qolishi va umurtqa pag‘onasining elastikligi.
Populyatsiya darajasi: kemiruvchilar sonini cheklsh orqali tabiat muvozanatini saqlaydi.
“Baliq skeleti” metodi- bu muommoning sabab va natijalarini vizual tarzda tahlil qilish imkonini beruvchi eng samarali metodlardan biri hisiblanadi. Bunda:
Baliqning boshi: asosiy savol- sudralib yuruvchilarning quruqlikka moslashuv belgilari.
Yuqori suyaklariga: moslanish belgilari ya’ni fiziologik sabablar keltiriladi.
Pastki suyaklar: shunga mos dalillar ya’ni biologik belgilar keltiriladi.
Dumi: yakuniy xulosa qilinadi.
Bu metodning afzalligi o‘quvchilar diqqatini jamlash, fikrlashga undash, xotirani mustahkamlashdir. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda zamonaviy biologiya ta’limi shunchaki ma’lumotlarni yodlash emas, balki o‘quvchida tirik tabiatga nisbatab ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamdir. Sudralib yuruvchilar sinfini o‘qitishda innovatsion yondashuvlarning tizimli joriy etilishi ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqingina qolmay, kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassislarini tarbiyalashda muhim poydevor bo ‘lib xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Barotov A.H. Biologiya o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
metodikasi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Buxoro, 2023.
2. Tolipova J.O. Biologiyani o‘qitishda innovatsion texnologiyalar. – T.:
"O‘qituvchi", 2011.
3. Mavlonov O., Etiborova S. Biologiya (Zoologiya) o‘qitishning zamonaviy
usullari. – Toshkent: "Nisoro", 2018.
4. Azimov A., To‘xtayev A. Zoologiya kursida innovatsion texnologiyalar.
Metodik qo‘llanma. – Samarqand, 2021.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.