TAVSIFIY STATISTIKASI.
Mamatkulova Xurshida Nasrullayevna
Termiz davlat Universiteti
Mamatkulovaxurshida078@gmail.com Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxandaryo viloyatidagi ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’yektlarining tavsifiy statistikasi tahlil qilinadi. Tadqiqot Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida kichik biznes sub’yektlari sonining yillar kesimidagi o‘zgarishlari, o‘rtacha qiymatlar, eng yuqori qiymati va eng pastki ko‘rsatkichlar, yillik o‘sish sur’atlari va umumiy dinamikasi o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: kichik biznes, moda, mediana, standart xatolik, standart og’ish.
Kirish. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ular yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish, hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish hamda bozor infratuzilmasini kengaytirishga muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan so‘ngi yillarda qabul qilingan farmon va qarorlari kichik biznesni qo‘llabquvvatlash, ro‘yxatga olish tartiblarini soddalashtirish, soliq imtiyozlari va kredit imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Surxandaryo viloyati geografik joylashuvi, tabiiy resusrslari va transport logistika salohiyati bilan kichik biznes rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega.
Viloyat iqtisodiyotida savdo, xizmat ko‘rsatish, qurilish va sanoat sohalarida kichik biznes subyektlarining ulushi yil sayin ortib bormoqda. Shu bilan birga, mazkur sohada yuz berayotgan o‘zgarishlarni statistik tahlil qilish, mavjud tendensiyalarni aniqlash va kelgusida rivojlanish strategiyalarini belgilash dolzarb masalalardan biridir.Ushbu tadqiqotda 2014–2024-yillar davomida Surxondaryo viloyatida ro‘yxatga olingan kichik biznes subyektlarining (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) soni tavsifiy statistika usullari yordamida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — hududdagi kichik biznes rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarini baholash, o‘sish sur’atlarini aniqlash hamda mavjud muammolar va imkoniyatlarni ilmiy asosda yoritishdan iborat.
1-Jadval O‘zbekiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’yektlari soni ( dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz)1.
Yillar Surxondaryo viloyatida
O 'zbekiston Respublikasi
hududidagi kichik biznes
sub'yektlari soni (dehqon va
fermer xo'jaliklarsiz) Ro'yxatga
2014 10700 213643
2015 11344 221140
2016 10292 225998
2017 10159 225560
2018 10897 242379
2019 11670 276237
2020 15783 353921
2021 22670 436981
2022 25772 488936
2023 28925 555971
2024 31945 614897
Yuqoridagi jadvalda Surxondaryo viloyati va O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’yeklari sonining 2014 va 2024-yillar oralig’idagi ko‘rsatkichlari berilgan. Bu statistik ma’lumotlardan foydalangan holda kichik biznes sub’yektlari sonining tavsifiy statistikasini ko‘rib chiqamiz. Tavsifiy statistika bu statistik tahlillarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ma’lumotlarni jamlash, tartibga solish, tasniflash va ularni sodda shaklda ifodalsh usullarini o‘z ichiga oladi. Bu 1 O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika Qo’mitasi Surxandaryo viloyati statistika boshqarmasi. orqali ma’lumotlarning murakkab ko‘rinishini yengil tushinarli ko‘rinishga kelishiga xizmat qiladi. Tavsifiy statistikaning asosiy ko‘rsatkichlari:
• O‘rtacha arifmetik (mean) – Barcha qiymatlari yig’indisi soniga bo‘linadi.
• Median – O‘sish tartibida joylashgan ma’lumotlarning o‘rtasida joylashgan
qiymat.
• Moda – eng ko‘p tarqalgan qiymat.
• Oraliq (range) – eng katta va eng kichik qiymatlari farqi
• Assimetriya (skewness) – taqsimotning chap yoki o‘ng tomon og’ish darajasi.
• Tanlanma dispersiya – statistikada tanlanmadagi qiymatlarning o’z o’rtachasidan
qanchalik uzoqlashganini o’lchaydigan ko’rsatkich
• Eksess ( kurtosis) – taqsimotning cho’ziqligi yoki tekisligi.
• Dispersiya – ma’lumotlarning o‘rtachadan kvadrat farqlari o‘rtachasi.
• Standart og’ish (standart deviation) – dispersiyaning kvadrat ildizi.
• Vriatsiya koeffitsenti – tarqalishning nisbiy o‘lchovi.
2-Jadval O‘zbekiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida ro‘yxatga olingan kichik biznes subyektlari sonining (dexqon va fermer xo‘jaliklarisiz) tavsifiy statistikasi2. Yuqoridagi jadvaldagi qiymatlardan quyidagilarni xulosa qilamiz. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, Surxondaryo viloyatida ro‘yxatga olingan kichik biznes subyektlari soni (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) O‘zbekiston Respublikasi miqyosidagi 2 O’zbekiston Respublikasi Milliy Statistika Qo’mitasi Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida Mikrosoft excel dasturi orqali tayyorlangan muallif ishlanmasi. Surxondaryo viloyatida
O'zbekiston
Respublikasi
hududidagi kichik
biznes sub'yektlari
soni (dehqon va
fermer
xo'jaliklarsiz)
Ro'yxatga O'rtacha qiymat 17287 O'rtacha qiymat 350514,8 Standart xatolik 2530,474181 Standart xatolik 44980,71 Mediana 11670 Mediana 276237 Moda - Moda - Standart og’ish 8392,633401 Standart og'ish 149184,1 Tanlanma dispersiya 70436295,4
Tanlanma
dispersiya 2,23E+10 Eksses -1,162220218 Eksess -1,06756 Assimetriya 0,796181513 Assimetriya 0,742331 Interval 21786 Interval 401254 Minimum 10159 Minimum 213643 Maksimum 31945 Maksimum 614897 Yig'indi 190157 Yig'indi 3855663 ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada pastdir. O‘rtacha qiymatlar viloyat bo‘yicha 17 287 ta, respublika bo‘yicha esa 350 515 tani tashkil etadi. Ma’lumotlarning tarqoqligi standart og‘ish ko‘rsatkichlari orqali ifodalanib, Surxondaryoda 8 393 bo‘lsa, respublika kesimida 149 184ni tashkil qilmoqda. Bu esa hududiy darajada kichik biznes subyektlarining son jihatidan nisbatan barqarorroq ekanligini bildiradi. Taqsimotning assimetriya koeffitsienti (0,79 va 0,74) musbat qiymatga ega bo‘lib, ma’lumotlarning o‘ngga og‘ishini ko‘rsatadi. Eksessning manfiy qiymatlari esa taqsimotning normal taqsimotga nisbatan tekisroq ekanligini anglatadi. Umuman olganda, Surxondaryo viloyati misolida kichik biznes subyektlari soni respublika darajasidan ancha kam bo‘lsa-da, statistik tahlil natijalari hududda muayyan barqarorlik mavjudligini tasdiqlaydi.
Adabiyotlar ro‘yxati. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – Toshkent, 2023. 2. X.Shadiyev, I. Xabibullayev, “Statistika” darslik, “Tafakkur Bo‘stoni”, Toshkent 2013. 3. Gujarati, D. Basic Econometrics. – New York: McGraw-Hill, 2020. 4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika Qo’mitasi Surxondaryo viloyati Statistika boshqarmasi rasmiy sayti surxonstat.uz
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.