ZIYORATGOHLAR
Nazarova Shahnoza
Termiz Davlat Universiteti
Khurshidovna123@gmail.com
Ashurov Jaloliddin
TERDU oʻqituvchisi
Annotatsiya: Maqolada Surxondaryo viloyatida joylashgan diqqatga sazovor ziyoratgohlarning siz bilmaga beshtasi haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: Murchbobo maqbarasi, Zulkifl maqbarasi, Said Vaqqos maqbarasi, Said Otaliq madrasasi, Xo’ja Xasan Ilg’or maqbarasi.
O‘zbekistonning qoq markazida joylashgan Surxondaryo viloyati boy tarix, jo‘shqin madaniyat va hayratlanarli manzaralarga boy hududdir. O'tmishga kirish eshigi bo'lib xizmat qiladigan ko'plab diqqatni tortuvchi ob'ektlarning uyi bo'lgan bu mintaqa tashrif buyuruvchilar va mahalliy aholi uchun boy tajribalar xazinasiga ega. Surxondaryo viloyati qadimiy meʼmoriy moʻjizalardan tortib, zamon sinovidan oʻtgan anʼanaviy urf-odatlargacha boʻlgan meros va innovatsiyalarning erish qozonidir. Ushbu maqolada biz ushbu diqqatni tortadigan ob'ektlarning ahamiyatini, tarixini o’rganamiz. Surxondaryo viloyatini chinakam maftunkor manzilga aylantiruvchi yashirin marvaridlar va aytilmagan hikoyalarni kashf qilish uchun biz bilan sayohatga qo‘shiling. Keling, Surxondaryoning eng diqqatga sazovor joylarining hayajonli olami bilan tanishaylik.
Murchbobo Maqbarasi – Asl ismlari shayx Said Vali bo’lgan Samarqandlik savdogar 1874- yilda haj amalini ado etib, kichik yoshli o’g’li bilan Afg’oniston ( Balx shahri ) orqali o’z vataniga qaytayotib termizga keladi. O’shanda Termiz atrofi qumzor bo’lgan Pattakesar degan joyda bo’lgan. Pattakesar qaroqchi-o’g’rilari savdogar Said Valining qarshisidan chiqadi. Uning belbog’iga boylangan hamyonida pul bor deb o’ylab uni o’dirishadi. Qo’rquvdan daxshatga tushgan baqirib qocha boshlaydi. O’g’rilar uni ham tutib olib o’dirishadi. Belbog’dagi hamyonga qarashsa pul emas, qora murch bo’adi. O’g’rilar murch urug’ini tashlab yuborib, savdogar va uning o’g’lini o’sha yerga ko’mishadi va yerni tekislab qo’yishadi. Faqat belgi sifatida qabr ustiga tayoq qoyib oq mato boylab qo’yishadi. Keyinchalik qabr ustiga murch daraxtlari o’sib chiqadi. Karvonlarga yo’l ko’rsatuvchi, o’sha zamonlarda shubxali yo’l bilan boyib ketgan, keyinchalik katta savdogarga aylangan Termizlik Imom Aliboy 1916-yilda o’z mollariga omborxona qurdirish uchun Said Vali va O’g’li shaxid bo’gan joyni tanlaydi va murch daraxtini kestirib qurilishni boshlaydi. Imom Aliboyga bu shaxid joyligi haqida aytishsa ham, bunga etibor bermaydi. Qurilish vaqtida Imom Aliboyga ishchilari odam suyagi qoldiqlari chiqayotganligi haqida xabar berishadi. Bu holatni ko’rgan Aliboy qo’rquvdan falaj oladi. Imomali boy kasalini davolasg uchun bir qancha muvolaja oladi, biroq bu kasallikdan turib ketish og’ir kechadi. Oxir oqibat Imom Aliboy o’z hisobidan ustalarni chorlab shayx qabri ustida maqbara qurdiradi, shayx qabrlari ustiga yana murch daraxti o’sib chiqadi va bu daraxt hozirda ham mavjud. Keyin shayx hazratlari o’zining kim ekanligini boyning tushida ayon qiladi, bu voqealardan keyin Imom Aliboy ko’p o’tmay olamdan o’tadi. 1980-yillarda maqbara Surxondaryo ulug’ siymolardan biri diniy arbob Naqshbandiya tariqatining bilimdoni minglab odamlarning piru raxnamosi bo’lan el-yurt ardoqlagan inson Shayx Toshbolta Abdulxafiz xoji xazratlari tomonidan qayta tamirlangan. Ushbu maqbara Termiz shahridan 4,0 km uzoqlikda joylashgan.
Zulkifl Maqbarasi – Termiz yaqinidagi me’moriy yodgorliklar (XI-XII asrlar) Rivoyat qilinishicha, bu yerga Qur’oni karimda tilga olingan 25 payg’ambarlardan biri Zulkifl payg’ambar dafn etilgan. Zulkifl miloddan avvalgi VII-IV asrlarda yashab o’tgan tarixiy shaxs hisoblanadi. Uning qabri Iroqning Kifl shahrida joylashgan, G’aznaviylar davrida Zulkifl qabri orolga ko’chirib keltirilgan va maqbara hamda masjid barpo etilgan. Tarixiy manbalarda 992-993-yillarda vafot etgan abbosiylarning atoqli lashkarboshilaridan biri Is’hoq Ibn Qunaja ham shu yerda dafn etilgani qayd etilgan. Amudaryodagi payg’ambar orolinig janubiy qismida joylashgan masjid go’rxoha va ularga tutash ikki xonadan iborat. Binolar turli davlarda bunyod etilgan. Masjid murabba tarxli, gumbazli, oldi peshtoqli bo’lib mehrobiga ganchkor girih naqshlar ishlangan. Go’rxona masjid sathidan 1m gacha baland qilib qurilgan, unda sag’ana saqlangan. Go’rxonaning ikki eshigi orqali tutash qurilgan ikki xonaga o’tiladi. Xonalar devoriga g’ishtlar mavjli shaklda terilgan. Ushbu maqbara Eski Termiz shahrida joylashgan bo’lib, Termiz shahridan 16,1 km uzoqlikda joylashgan.
Rivoyatga ko’ra, Amudaryoning narigi sohilida yashagan payg’ambarsifat bir kishi vafoti oldidan o’z muridlariga vasiyat qiladi. Vasiyatda “o’lsam tobutimni Amudaryoga oqizinglar. Tobutim qayrda to’xtasa, o’sha yerga dafn qilinglar” deydi. U shayx vafotidan so’ng, uning shogirdlari vasiyatini bajarib, tobutni daryoga oqizadi. Allohning inoyati ila Amudaryoning suvi qanchalar sersuv va tez oqishiga qaramay, tobut suvga qarama-qarshi oqa boshlaydi. Bundan hayratlangan muridlar tobutni daryo yoqalab kuzatib borishadi. Amudaryo daryosi ikkiga bo’linib, hosil bo’lgan orolchaga yaqinlashgach tobut shu joyda to’xtaydi va vahiy keladi “yuqorida ul zot yotibdiki, hatto tobutim ham ul zotdan xatlab o’tolmaydi”. Bu Hakim at-Termiziyga nisbatan kelgan vahiy edi. Tobut o’sha orolchaga dafn etilgach, mahalliy aholi tomonidan ushbu orol “Payg’ambar o’roli” deb yuritila boshlanadi.
Said Baqqos maqbarasi – Maqbara Sherobod Tumanida joylashgan bo’lib Termiz shahridan 61,4 km uzoqlikda joylashgan. Said Vaqqos asl ismlari Axmad ibn Abu Said Vaqqos Termiziy. Bu olimning tug’ilish va vafot etish yillari hamda ijodiy faoliyati haqida malumotlar mavjud emas. U kishi xazrat Imom Abu Iso at -Termiziy yashagan Bug’ qishlog’i yaqinida dafn etilgan. Imom termiziy kabi termizlik sayyidlar xonadonidan bo’lgani taxmin etiladi. Olimlar fikricha, Sheroboddagi Abdulloh Said Vaqqos maqbarasi XI-XII asrlarda barpo etilgan. Demak, Abdulloh Said Vaqqos Termiziy bundan ancha oldinroq yashagan. U kishining “Taqdir ul-bashar “ nomli asari bo’lgan.
Said otaliq madrasasi – Denov tumanida joylashgan bo’lib termiz shahridan 143,2 km uzoqlikda joylashgan. Madrasa XVI asrning eng katta madrasalaridan biridir. Qur’on suralariga monand 114 ta hujradan iborat qilib qurilgan ikki qavatli inshoot. XVII asr geografi Maxmud ibn Valining yozishicha Denov o’sha davrda katta shahar bo’lganligi uning mustaxkam qal’asi, juda yaxshi bozori, katta madrasa va xonaqohi bo’lganligini yozib qoldirgan. Mahalliy aholi madrasani bundan 200-300 yil avval Said Otaliq nomli inson buyurtmasi asosida bunyod etilganligini aytishadi. Bazi xabarlarga ko’ra madrasa Naqshbandiya tariqatining arboblaridan biri Xoja Alouddin Attorga atab u kishining avlodlari tomonidan 26 yil davomida qurilgan. Qurilishda usta Ahmad Mamat Buxoriy rahbarlik qilgan. Aytilishicha, Naqshbandning kuyovlari bo’lib u kishining ikki xalifalaridan biri bo’lgan. Bu kishi dafn qabrlari hozir “ Shayx Attor Baliy “ yoki “Ostona buva “ deyiladi. Madrasa qurilishi buyurtmachisi Said Otaliq ham Alouddin Attor avlodidan bo’lgan. Me’moriy tadqiqotlarga ko’ra poydevorning chuqurligi 5,5 metr. Madrasa shimoldan janubga tomon cho’zilgan, to’g’ri to’rtburchak tarhli (46x64 m), burchaklariga guldastalar ishlangan. Peshtog’ining ikki yon tomonida ikki qavatli uch ravoqli peshayvoni bor. Peshtoq orqali kiraverishda miyonsaroy gumbazi qalqonsimon qanotlarga, masjid va madrasaxona gumbazlari toqilarga tayangan. Hovli ( 40x29,5 m) atrofida oldi chuqur ravoqli, ikki qavatli hujralar joylashgan. Pastki qavatdagi hujralar hajmi 4,75x2,75 m. Va yuqoridagi hujralar jami 2,75x2,25 m., tomi va yuqoridagi hujralar hajmi 2,75x2,25 m., tomi balxi gumbazli. Peshtoqi va ichki xonalarida miyonsaroy ravoqlarida ganchkori bezaklar va ichki bo’rtma qobirg’asimon, muqarnas naqshlar saqlangan. Madrasa 1956-1960 va 1972- 1973- yillarda ilmiy o’rganilib, loyiha asosida tamirlanmoqda.
Xo’ja Xasan Ilg’or – 582-650 yillarda yashab o’tgan payg’ambar saxobalaridan biri. Ul zot Islomni targ’ib qilishda katta kuch sarflagan. Islom ilmining bilimdonlaridan biri sifatida bir qancha janglarda Muhammad (s.a.v.) payg’ambarimizga yordam bergan, o’ta dovyurakligi va botirligi tufayli u janglarda jasorat ko’rsatgan. Xotirasi kuchli bo’lib, har qanday malumotni yodida saqlab qola olgan. Islomga oid risolalar ham bitgan. Shuning uchun unga Xo’ja Xasan yoniga Ilg’oriy degan tahallus berilgan.
Rivoyatga ko’ra, Xazrati Ali Ibn Abu Tolib O’rta Osiyo xalqlarini zabt etish va uni islom diniga kiritish uchun qattiq janglar olib borgan kezlarda, oradan 1 yil o’tsa ham Alidan darak bo’lmagan. Shunda payg’ambarimiz ko’zlariga yosh olib, uni o’lik tirikligini ham bilmadik deb saxobalariga gapirganlar. Shunda Xo’ja Xasan Ilg’oriy payg’ambarimizga ta’zimqilib, xazrati Alidan xabar olib kelish uchun yo’lga chiqishga ruxsat so’raydi. U Alini qidirib topib, u bilan birga jang qiladi. Ammo u og’ir yaralanib, ziyoratgohda yotib qoladi. Qaytib ketishga ko’zi yetmagach bir kabutarni ushlab, unga noma bitib, Alining tirikligi haqida malumot beradi. Payg’ambarimiz nomani olib: “Biz uchun begona yurtlarda hoking qoldi. Iloho ziyoratgohga aylansin” deb duo qiladilar. Ana shundan keyin bu manzil ziyoratgoxning asl nomi Xo’ja Xasan Ilg’oriy bo’lsada xalq xabar etkazgan kabutar nomini ham qo’shib aytadigan bo’lishgan. Keyinchalik bu joy kaptarxona ziyoratgohi deb atalib ketgan. Bu yeda ikki qabr bor bo’lib birinchisi Xo’ja Xasan Ilg’oriyga tegishli, uning uzunligi 3-4 metr, eni 2 metr, balandligi 1,5 metrni tashkil etadi. Qabrning tepasida tog’ echkisi yoki kiyik shoxi qo’yilgan. Ikki shox o’rtasida o’sha qora tosh joylashtirilgan. Qabr oldiga kichkina eshikcha bo’lib, ostiga tuproq colingan. Ziyorchilar o’sha tuproqdan olib yaralariga malham qiladilar. Ikkinchi qabr Xalifaga tegishli bo’lib, birinchi qabrdek o’rnatilgan. Hajm jihatdan birinchi qabrdan ancha kichik. Ziyoratchilarning aytishicha, shu loy qurib bitguncha yara ham tuzalib ketadi. Ziyoratgoh boshiga 2ta tut daraxti bor. Ikkisi ham ikki tomonga shoxlagan. Kimki qo’rqqan bo’lsa yoki chilla tushgan bo’lsa, mana shu tutni uch marta ziyorat qilib uch marta orasini aylanib, Qur’on oyatlaridan tilovat qilib o’ziga najot izlasa topadi. Bu tutlarning ekilgani 1100-1200 yil deb taxmin qilinadi. Ziyoratgoh tuprog’i asosan turli yaralar, teri kasalliklari, pes va boshqa yaralarga davodir. Chin ixlos qilib, har qanday yaraga tuproq loylaridan surtsalar u tuzalmay qolmaydi va albatta shifo bo’ladi. Kimda-kim surunkali yara, qo’tir, so’gal, chipqon, toshma teri kasalligi bilan og’risa chilla tushgan bo’lsa, shu yerda davo topadi.
Surxondaryodagi har bir tajriba hayrat va kashfiyotlarga boy unutilmas sarguzasht bo‘lishini va’da qiladi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Surxondaryo viloyati har qanday sayohatchida unutilmas taassurot qoldirishi shubhasiz, o'ziga jalb etuvchi va diqqatni tortuvchi ob'ektlarga boy hududdir. Qadimgi megalitlardan tortib go'zal tog'largacha, bu hudud o'z mo''jizalarini kashf qilishni xohlaydiganlar uchun boy tajribalarni taqdim etadi. Shunday ekan, sumkalaringizni yig‘ing, kashfiyotlar safariga chiqing va Surxondaryoning yashirin xazinalaridan hayratlanishga tayyorlaning.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Surxondaryo viloyat Turiz Boshqarmasi malumotlaridan foydalanildi.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.