ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

SURXONDARYO VILOYATINING AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI

Аннотация

Mazkur maqolada O`zbekiston respublikasining eng janubida joylashgan, hususan Surxondaryo viloyatining aholisi va mehnat resurslari haqida so’z boradi. Aholi va mehnat resurslarning bugungi kundagi holati, aholining ko`payishi kamayishi tug`ilish o`lim diniy tarkibi, aholining qaysi sohalarda ko`proq bandligi yoritilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

RESURSLARI

Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim

yo`nalishi talabasi Olimqulov Yashnar Maxmadamin o`g`li, Samadov

Jamoliddin Esan o`gli,

Annotatsiya: Mazkur maqolada O`zbekiston respublikasining eng janubida joylashgan, hususan Surxondaryo viloyatining aholisi va mehnat resurslari haqida so’z boradi. Aholi va mehnat resurslarning bugungi kundagi holati, aholining ko`payishi kamayishi tug`ilish o`lim diniy tarkibi, aholining qaysi sohalarda ko`proq bandligi yoritilgan.

Kalit so`zlar: Aholisi, diniy tarkibi, tug`ilish, o`lim, migratsiya, mehnat resurslari, jinsiy tarkibi, aholining o`sish suratlari.

Aholisi va mehnat resurslari. Uning soni, shakllanishi, zichligi va uni takror barpo qilish viloyat tumanlariaro farqlanadi. Shuningdek mehnat resursining shakllanishga ijtimoi holatlar, aholining yoshi va jinsiy tarkibi ham taʼsir ko‘rsatadi.

Mehnat resurslari tarkibi (ming kishi)

Mehnat resurslari 2010 2015 2020 2022*)

Mehnat resurslari 1174,1 1379,2 1452,2 1469,0

shu jumladan:

mehnatga layoqatli yoshdagi

mehnatga layoqatli aholi 1169,4 1374,4 1450,2 1466,6

foizda 99,6 99,7 99,9 99,8

mehnatga layoqatli yoshdan

kichik va katta yoshdagi

ishlovchilar

8,2 8,9 2,0 2,4

foizda 0,7 0,6 0,1 0,2

Aholi ro`yxati maʼlumotlariga ko`ra urush (1941-1945) yillarida erkaklar soni kamayib ketdi. Bu tengsizlik 1950 - yillarning ohirigacha saqlanib qoldi. 1950 - yilda erkaklar viloyat, aholisining 48,9 foizini tashkil qildi. Keyinchalik aholining jinsiy tarkibi asta sekin tenglasha bordi. 1989 - yil aholi ro`yxati maʼlumotlariga ko`ra esa viloyat aholisining deyarli teng yarmi (49,9) foizini erkaklar tashkil qilganligi fikrimizning isbotidir. 01.01.2019 yilda esa erkaklar 1297893 kishi, ayoollar esa 1271455 kishini tashkil qildi.

Surxondaryo viloyati aholisining o`sish surʼati so‘nggi yillarda, Qashqadaryo bilan birgalikda, mamlakatimizda eng yuqori. Hozirgi kunda viloyat o‘zining demografik saloxiyati bo‘yicha respublikamizda yuqori o‘rinda turadi. 1989-yilda, yaʼni so‘nggi marta o‘tkazilgan aholi ro‘yxati bo‘yicha, u 1253,8 ming kishiga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2019-yilda bu raqamlar nisbati 1,7 martaga ko‘paygan.Garchi demografik rivojlanish surʼati so‘nggi yillarda biroz pasaygan bo‘lsa-da, u respublikamizda eng yuqori. Aholi sonining bunday o`sishi yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, xalq isteʼmol mollarini ko‘proq ishlab chiqarishni zarur qilib qo‘yadi. Tumanlar miqyosida eng ko‘p aholi Denov tumanida 385378 (01.01.2019 y) kishi yashaydi. U mamlakatimizning Asaka, Urgut, Shaxrisabz, Yakkabog‘ tumanlari singari eng ko‘p aholi soniga ega bo‘lgan birlamchi maʼmuriy birliklardan hisoblanadi. Umuman olganda, 1989-2019-yillarda aholi sonining o‘rtacha yillik ko‘payish surʼati yuqori bo‘lgan qishloq tumanlariga Sho‘rchi, Sherobod, Termiz, Oltinsoy, Muzrabot, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on va Denov, o‘rtacha ko`rsatkichlarga Qiziriq hamda Sariosiyo va past ko`rsatkichli hududlarga Angor, Boysun va Uzun tumanlari kiradi. Axoli zichligi viloyat bo‘yicha 1 kv km maydonga o‘rtacha 114,8 kishi bo‘lib, aholi geografiyasini asosan Surxon daryosi (viloyat nomi xam Surxondaryo) va o`nga parallel o`tgan temir hamda avtomobil yo`llari belgilab beradi. Aholi joylashuvi, eng avvalo, yangi o`zlashtirilgan Surxon - Sherobod massivida, qadimdan qishloq xo‘jaligi rivojlangan hududlarda zich, tog‘ va tog‘oldi hududlarida esa u nisbatan siyrak (masalan, Boysun yoki Sariosiyo tumanlari). Bunday tez surʼatlarda aholining o`sishiga tabiiy kupayish hal qiluvchi taʼsir ko‘rsatadi. Surxon vodiysi Qashqadaryo viloyati bilan birgalikda respublikamizda so‘nggi yillarda kuzatilayotgan tug‘ilish va tabiiy ko‘payish ko`rsatkichlarining pasayib borish jarayoni bilan bog‘lik demografik to`lqinning eng so`nggi pallasida turadi. Boshqacha kilib aytganda, respublikamiz poytaxti Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshlangan bu jarayon asta-sekinlik bilan ayni shu mintaqada poyoniga etadi, so`nib boradi. Binobarin, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari O‘zbekiston Respublikasi demografik rivojlanishining hozirgi holatini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Surxondaryo viloyati va uning barcha qishloq tumanlarida aholining tug‘ilish koeffitsiyenti yuqori. Bir yilda tug‘ilganlar soni 50-55 ming kishiga barobar. Taʼkidlash joizki, bu yerda ham tug‘ilish va tabiiy ko‘payish tobora pasayib bormokda. Mazkur jarayon respublikamizning barcha mintakalariga xos demografik vaziyatdir.Birok, Surxondaryoda tug‘ilish kursatkichlari kamayib borayotgan bulsa-da,u xamon mamlakat miqyosida eng yuqori. 2008 - yilda viloyatda tug`ilish 25,8 promille bo‘lgan holda, u 2013-yilda 24,6, 2019 yilda 25,9 promilleni tashkil qilgan; o‘lganlar, mos ravishda, 3,9 va 4,1 %, tabiiy ko‘payish - 21,9 va 20,5 % bo‘lgan, Boysun, Uzun, Qiziriq,Termiz, Sho‘rchi va Sariosiyo tumanlarida yuqori, qolgan tumanlarda esa o‘rtacha yoki undan pastroq.

Tug‘ilishning yuqori bo‘lishiga qator sabablar taʼsir qiladi. Ular jumlasiga aholining milliy tarkibida demografik ko‘p bolalikka moyilligi yo`qori bo‘lgan mahalliy millat vakillarining (o‘zbeklar, tojiklar) ko‘pligi, urbanizatsiya va aholi bandligi darajalarining pastligi, ayrim urf-odatlar va boshqa omillar kiradi. Viloyat axolisining 84,2 % o‘zbeklar, 12,4 % tojiklardan iborat (2019 y.). Boshqa millat vakillari orasida turkman va ruslar ko`proq. Mamlakatimizning qator mintaqalarida bo‘lganidek, Surxondaryoda ham tashqi migratsiya natijasi o`z salbiylik xususiyatini yo‘qotmoqda. 2019-yil yakunlariga ko‘ra, u Termiz shahrida eng katta manfiy qoldiqqa ega bo‘lgan holda, ko‘pchilik qishloq, tumanlarida ijobiydir.

2019-yil 1.01.holatiga, ko`ra viloyatda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 1316 ming kishi, iqtisodiy faol aholi - 919 ming, iqtisodiyotda band bo‘lgan aholi 871 ming kishini tashkil qilgan. 2019-yilda jami yaratilgan ish o‘rinlari 66,5 ming ta, ularning asosiy qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda xizmat ko‘rsatish va servis sohalariga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiyotda band bo‘lganlarning asosiy qismi moddiy ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladi. Sanoatda 4,0 %, qishloq va o‘rmon xo‘jaligida 46,3 %, transport va aloqada 1,8 %, qurilishda 9,3 %, savdo, umumiy ovqatlanish, moddiytexnik taʼminotda 12,7 % mehnatga layoqatli aholi band. Nomoddiy sohalar tarkibida bu borada taʼlim, madaniyat, sanʼat, fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish hamda sog‘likni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot yetakchilik qiladi. Yuqoridagi raqamlarda mintaqa xo‘jaligining tarkibi va urbanizatsiya darajasi ham o‘z aksini topgan. Xususan, sanoatda bandlik koeffitsiyentining pastligi viloyat iqtisodiyotini ko‘proq agrar xususiyatga egaligidan dalolat beradi.

Surxondaryo viloyatida, 2019-yil maʼlumotlari bo‘yicha, 8 ta shahar va 114 ta shaharchalar qayd etilgan. Ularda jami aholining 35,5 foizi yashaydi. Bu jihatdan u mamlakatimizda faqat Xorazm viloyatidan oldinda turadi, xolos (35,5 %). Hozirgi mavjud 114 ta shaharchalarning 107 tasi 2009-yilda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” Davlat dasturini amalga oshirilishi bilan ushbu maqomni olgan (respublika yangi shaharchalarining 10,7 %). Bunday shaharchalar, aniqrog‘i – agroshaharchalar viloyatning barcha qishloq tumanlarida bor. Ularning eng ko‘pi Oltinsoyda (14 ta), Denovda va Angorda (11 tadan), Qumqo‘rg`on va Muzrabotda (10 tadan) kuzatiladi. Eng kami esa Bandixon tumaniga to‘g‘ri kelib, bu yerda birgina tuman markazi - Bandixon shaharcha maqomiga muyassar bo‘lgan.

Viloyat urbanistik tarkibi ham iqtisodiyotning tarmoqlar va xududiy tarkibiga mos xolda yaxshi rivojlanmagan. Termizda 145169 (01.01.2019 y) aholi bor, ikkinchi shahar - Denovda 87929 dan ziyodroq- Sherobod, Boysun, Jarqo‘rg`on, va Sho‘rchining har birida 20-30 ming kishidan aholi yashaydi.

Qolgan yuzdan ortiq shahar joylar kichik va mayda sinflarga mansub. Qishloq aholi punktlari 865 ta, o‘rtacha har bir qishloqqa 1750 kishidan to‘g‘ri keladi. Bu raqam cho‘l hududida joylashgan Navoiy va Buxoro viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan katta, intensiv dehqonchilik rivojlangan voha va vodiylardan (masalan, Farg‘ona vodiysi viloyatlari) ozroq. Demak, Surxondaryoda o‘rtacha kattalikdagi qishloqlar ko‘p.

Tog‘li hudud hisoblangan Surxondaryo viloyatida qishloq aholi punktlari balandlik mintakalari bo‘yicha turlicha taqsimlangan. Jumladan, Angor, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Termiz va Qiziriq tumanlari qishloqlarining barchasi dengiz sathidan 500 metrgacha bo‘lgan balandlikda joylashgan. Boysun, Sariosiyo va Uzun tumanlarida esa bunday gipsometrik masofada birorta qishloqlar yo‘q, ularning aksariyati tog‘oldi hududlarida o‘rnashgan. Faqat Oltinsoy tumanining qishloq aholi manzilgohlari turli balandlik mintaqalaridan o‘rin olgan.

Viloyatda tabiiy o`sishning eng yuqoriligi aholining yosh tarkibiga katta taʼsir kursatib turadi. Bu yerda umumiy aholining mehnatga qobiliyatli qismi 50 foizdan ortiq. Bu esa kelajakda nikohlanish darajasining yuqori bo‘lishini, mehnat resurslari sonining muntazam oshib borishini taʼminlaydi.

Viloyat aholisi yosh va jinsiy tizimi holatining hozirgi ko‘rsatkichi kelajakda aholini takror barpo qilish va mehnat resurslari safini to‘ldirib borishning keng imkoniyatlarini yaratib beradi.

Surxondaryo mamlakatimizda shahar aholisi eng kam bo‘lgan viloyatdir. Bu yerda umumiy aholining atigi 35,5 (01.01.2019 y) foizi shaharlarda yashaydi. Bu narsa tabiiy ravishda regionda sanoat ishlab chiqarishining sust rivojlanganligini bildiradi.

Aholining milliy tarkibi. Yaqin o`tmishda olib borilgan «millatlar birlashib ketadi» siyosati Surxondaryoni ham chetlab o`tmadi. Tashqaridan o‘zluksiz ko‘chib kelgan rus zabon millatlari evaziga Surxondaryo ham g‘oyat ko‘p millatli hududga aylanib qolgan edi.

O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi ayrim millat vakillarini davlat siyosati yo‘llari bilan zo`rlab ko‘chirib keltirishga va rahbarlik lavozimlariga qo`yishga nuqta qo`ydi. Rus zabon millatlari asl ona-Vatanlari sari otlandilar. Natijada viloyat aholisining tarkibida 1990 - yillardan boshlab tub aholining soni ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda viloyat, aholisi asosan besh millat vakillaridan iborat. Shundan o‘zbeklar umumiy aholining 84,2 foizini, tojiklar-12,4, ruslar-1,5, turkmanlar-1,5, qozoqlar-0,2 foizini tashkil qiladi.

Mehnat resursidan to`g‘ri va to`la foydalanish bozor iqtisodiyoti sharoitida viloyat aholisining ongli qatlami oldiga yangi vazifalar yuklamoqda. Ishlab chiqarish tizimining o‘zgarishi, horijiy davlatlar bilan bevosita aloqalarning kuchayishi xalq xo‘jaligining yangidan tashkil qilinayotgan o‘nlab yangi sohalari uchun yetuk malakali kadrlar tayyorlashni taqozo qilmoqda. Shuning uchun viloyatda yagona bo‘lgan Termiz davlat universitetida sanoat, qurilish va qishloq xo‘jalik iqtisodiyotini boshqarish, moliya, bank menejmentlik sohalari uchun yetuk malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

Surxondaryo mehnat resurslariga boy viloyat. Uning mehnat qobiliyatidan chiqib borayotgan qatlamini to‘ldirishning moddiy asosi yoshlar va oilalarning ko‘p bolaliklaridir. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan mehnatga layoqatli aholining salmog‘i nisbatan past. Bu ko‘rsatkich ayniqsa sanoat ishlab chiqarishi sohasida yomon.

Kelajakda sanoatning qishloqga kirib kelishi, moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirishni tezlashtirish, shaharlarda yirik sanoat obʼektlarini qurish, viloyat mehnat resurslaridan foydalanish tizimini yaxshilaydi, yashirin ishchi kuchidan to‘la foydalanishni taʼminlaydi. Shuningdek yaqin kelajakda viloyat mehnat resursining katta qismidan nomoddiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda ham keng foydalaniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ro’ziev A. Surxondaryo viloyati. – T., 1996.

2. Soliev A.S., Qarshiboeva L., Qishloq yoki qishloq aholi punkitlarimarkaz, qishloq asosi.-T., 1990 y.

3. UBAYDULLAEVA R., ATA-MIRZAEV O., UMAROVA N. DEMOGRAFIK

JARAYONLAR VA O`ZBEKISTON BANDLIK. -T.;UNIVERSITETI, 2006 YIL.

4. QISHLOQLARNING DEMOGRAFIYASI. PROF.A.S.SOLIYEV TAHRIRI

OSTIDA. -T.,6.2005 YIL.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.