TEXNOLOGIYASI
Azimov Baxtiyor Alim oʻgʻli
abaxtiyor940@gmail.com
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti talabasi. Anotatsiya. Anorning o‘sish davri 180-225 kundan iborat. U issiqsevar o‘simlik. Janubiy hududlarda anor dengiz sathidan 1200 m balandlikda, qariyb 700 mm yog‘ingarchilik bo‘ladigan lalmikor yerlarda yetishtiriladi. Anor bog‘lari bir yillik ko‘chatlardan barpo etiladi. Anor bog‘ini barpo etish uchun yer odatdagi usulda tayyorlanadi. Anor sovuq shamollardan himoyalangan va quyosh qizdirib turadigan unumdor qumoq bo‘z tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Kalit so’zlar. Issiqsevar o‘simlik, qumoq bo‘z tuproqlar, lalmikor yerlar, sifatli qalamchalar. Annotation. The growth period of pomegranate is 180-225 days. It is a heat-loving plant. In the southern regions, pomegranates are grown in dry lands at an altitude of 1200 m above sea level, with about 700 mm of precipitation. Pomegranate orchards are established from one-year seedlings. The land for building a pomegranate orchard is prepared in the usual way. Pomegranate grows well in fertile sandy loam soils protected from cold winds and warmed by the sun. Key words. Heat-loving plant, sandy soils, dry soils, high-quality cuttings. Аннотация. Период роста граната составляет 180-225 дней. Это теплолюбивое растение. В южных регионах гранат выращивают в засушливых землях на высоте 1200 м над уровнем моря, при выпадении около 700 мм осадков. Гранатовые сады закладывают из однолетних саженцев. Землю для строительства гранатового сада готовят обычным способом. Гранат хорошо растет на плодородных супесчаных почвах, защищенных от холодных ветров и прогреваемых солнцем. Ключевые слова. Теплолюбивое растение, песчаные почвы, сухие почвы, качественные черенки. O‘zbekistonda anor uncha baland o‘smaydigan butasimon, sovuqga chidamsiz, asosan, mevalari uchun ekib o‘stiriladi. Bog‘larni yoshi hamda navlariga qarab, har gektar bog‘dan 15-35 tonna hosil olish mumkin. Mevalari tarkibida juda ko‘p biokimyoviy moddalar mavjudligi tufayli, oddiy iste’mol uchun va tibbiyotda keng ishlatiladi. Anor Respublikaning ko‘pgina viloyatlarida keng tarqalgan. Janubiy hududlardan tashqari, nisbatan shimoliy bo‘lgan Xorazm va Qoraqalpog‘istonda ham ekishadi. Ammo eng sifatli meva Surxondaryoda Sariosiyo tumanining Dashnobod xo‘jaligida va Sherobod tumanida yetishtiriladi. Tadqiqot uslublari. Tajriba maydoni Surxondaryo viloyati Bandixon, Termiz va Sherobod tumanlarida o‘rtacha bo‘z tuproqli yerlarda olib borilmoqda . Anor ko‘chati yetishtirishning oddiy va eng arzon usuli ildiz bachkisidan va novdalaridan qalamcha, ko‘chat tayyorlash hisoblanadi. Anor ko‘chatlari, asosan, qalamchalardan yetishtiriladi. Qalamchalar hosilga kirgan novdalardan olinganda ular sifatli bo‘ladi. Shuning uchun har xil ko‘chatlar yetishtirishda xo‘jaliklar, maxsus ona anorzorlar tashkil etilgan. Ona anorzor sog‘lom va sifatli qalamchalar tayyorlashga mo‘ljallangan alohida anorzorlardir. Buning uchun ko‘chat ekilganidan so‘ng suv bilan yaxshi ta’minlanganligi, tuproqning unumdor, o‘g‘itlanadi va ko‘chatlarning qator va tup oralig‘i 3-2,5 m ekiladi. Anor qalamchalarini tayyorlash. Anor qalamchalari, asosan, kuzda, olinadi ba’zan bahorda anorzor uyg‘onmasdan oldin ham tayyorlash mumkin. Anorzorlardan ko‘chatlarni tayyorlash uchun qish mavsumida ko‘miladigan yerlarda, kuz oylarida anor kesish bilan bir vaqtda, erta bahorda ko‘milmaydigan yerlarda tayyorlanadi. Qalamchalar aprobatsiya qilinganda yuqori hosildor ona tuplardan kuz oylarida hosillarni yig‘ib olingandan kiyin tayyorlanadi. Bir yillik novdalardan olingan qalamchalarning ildiz olishi va o‘sishi 2 va 3 yillik novdalardan olingan qalamchalarga qaraganda 30 kun oldin boshlanadi. Qalamchalarning diametri kamida 7-9 mm va uzunligi 25-30 sm bo‘lishi kerak. Аnor qalamchalari tez ildiz olishi 12-14°C da sodir bo‘ladi. Qalamcha uchun qirqilgan novdalarning uchki qismi, yani 7 mm dan ingichka bo‘lsa qirqib tashlanadi, yon shoxlaridan tozalanadi. Tayyorlangan qalamchalarni ochiqda yoki quyosh nuri tegadigan joylarda qoldirmaslik lozim, Buning oldini olish uchun xandaqli chuqurchalardan foydalanganimizda namlik darajasi mo‘tadil, harorat esa 3-5 °S dan oshmasligi kerak bo‘ladi. Qalamchalarni ekish va parvarishlash. Qalamchalar odatda mart oyining boshlarida, ob-havo iliq kelganda esa febral oyining ikkinchi o‘n kunligida Ekish chuqurligi 30-35 sm bo‘ladi. Anor qlamchalar, asosan 70-80-90 x10-15 sm sxemada ekiladi; 1 ga maydonga o‘rtacha 125 ming qalamcha sarflanadi. Ekilgan qalamchalarning tutib ketishi uchun ularni darhol sug‘orish lozim bo‘ladim. Qalamchalarning yaxshi rivojlanishi uchun, ular o‘sish davrida 2-3 marta oziqlantiriladi. Gektariga sof holda 25-30 kg azot, 40-45 kg fosfor, 20-25 kg kaliy beriladi. Jadal o‘sish davrida esa, o‘g‘itlar miqdori birinchi oziqlantirishga nisbatan ikki marta oziqlantirishda (novdalarning pishishi davri boshlarida) faqat fosfor va kaliy beriladi (azot o‘sish davrining cho‘zilishi, novdalarning yaxshi pishib yetilmasligiga sabab bo‘ladi). Odatda 1 ga maydondan ko‘chatzordan o‘rtacha 60 mingtagacha, ayrim hollarda 70-75 mingtagacha ko‘chat olish mumkin. Xulosa. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, anor ko‘chati yetishtirishning eng oddiy va arzon usuli novdalaridan qalamcha, ko‘chat tayyorlash. – qalamchalar hosilga kirgan navlardan olingan qalamchalar sifatli bo‘ladi. – bir yillik qalamchalar ildiz olishi va o‘sishi 2 va 3 yillik novdalardan olingan qalamchalar tutib ketishi, tuproqqa moslashishi yaxshi bo‘ldi. Foydalanilgan adabiyotlar.
• Haydarov, Hojimatovlar 1976 ,, O’zbekiston o’simliklari”
• Xalmatov, Xarlamovlar 1981 Lechevnie svoystva pishevix rasteniy-T
• Yusupov 1981 ,,Anor qalamchalaridan ko’paytirish” Maqola
• O’zbekiston milliy ensiklopediya 2000-2005
• Qizi, Hamidova Dilrabo Chori, et al. "JASMIN (JASMINUM) TURKUMI." Innovation: The
journal of Social Sciences and Researches 1.6 (2023): 53-56.
• Qizi, Jo‘Rayeva Go‘Zal Davlat, Shaymanov Sherzod Kamol O‘G‘Li, and Mamarajabov
Samandarbek Faxriddinovich. "GO ‘ZAL KATALPANING MARFOLOGIYASI VA
MANZARAVIYLIK XUSUSIYATLARI." Innovation: The journal of Social Sciences and
Researches 1.6 (2023): 46-49.
• Jumageldiyevna, Gulshan Nurmatova, Abdurayimova Mujgona Abdujalilovna, and
Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich. "PISTA (PISTACIA) TURKUMI." Innovation:
The journal of Social Sciences and Researches 1.6 (2023): 36-38.
"KIVI O’SIMLIGI HAQIDA." Innovation: The journal of Social Sciences and Researches 1.6
(2023): 12-17.
• Jumageldiyevna, Gulshan Nurmatova, Abdurayimova Mujgona Abdujalilovna, and
Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich. "QAYRAG ‘OCH (ULMUS)
TURKUMI." Innovation: The journal of Social Sciences and Researches 1.6 (2023): 32-35.
• Abdullayev, Muxtorjon, and Samandarbek Mamarajabov. "VARIETIES AND
ACHIEVEMENTS OF WHEAT PLANT SELECTION IN UZBEKISTAN." Eurasian
Journal of Academic Research 2.11 (2022): 100-104.
• Xayitovna, Pirimqulova Muxabbat, and Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich.
"Cauliflower Growing Technology." Texas Journal of Multidisciplinary Studies 6 (2022): 8-
10.
• Xayitovna, Pirimqulova Muxabbat, and Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich.
"KARTOSHKANING TARQALISH HUDUDLARI." O'ZBEKISTONDA FANLARARO
INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 2.18 (2023): 209-212.
• Abdukarimovna, Abdukarimova Mamlakat, Kulmurotova Aziza Muhiddinovna, and
Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich. "TOMATO PESTS." Finland International
Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities 11.2 (2023): 427-430.
• Xayitovna, Pirimqulova Muhabbat, and Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich. "Types
of corn grown in Uzbekistan and their peculiarities." Texas Journal of Agriculture and
Biological Sciences 3 (2022): 59-63.
• Qizi, Xushvaqtova Muhlisa Nuriddin, and Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich.
"ACHCHIQ BODOM TURKUMI." Innovation: The journal of Social Sciences and
Researches 1.6 (2023): 141-149.
• Faxriddinovich, Mamarajabov Samandarbek. "ZIRK (BERBERIS)
TURKUMI." O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI 2.16 (2023): 690-694.
"ZARANG (ACER) TURKUMI." Innovation: The journal of Social Sciences and
Researches 1.6 (2023): 6-11.
• Xudaynazarovna, Ashurova Muxlisa, Muxammadiyeva Gulchiroy Raxmonovna, and
Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich. "OʻG ‘ITLARNING TURLARI-
XUSUSIYATLARI, TUPROQ STRUKTURASIGA VA O’SIMLIK HOSILIGA
TA’SIRI." O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR
JURNALI 2.18 (2023): 204-208.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.