SUYAK TO‘QIMASI O‘SMALARI
Raxmatov A. S., Zayniddinov S. S.
Respublika Ixtisoslastirilgan Onkologiya va
Radiologiya ilmiy amali tibbiyot markazi Surxondaryo filiali
Kirish: Suyak to‘qimasi o‘smalari zamonaviy onkologiyaning eng murakkab va ko‘p qirrali masalalaridan biri hisoblanadi. Bu patologik jarayonlar suyak to‘qimasining turli strukturalaridan - osteoblastlar, osteoklastlar, xondrotsitlar, suyak iligidan kelib chiqishi mumkin.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, birlamchi suyak o‘smalari barcha xavifli o‘smalarning 0.2% ni tashkil etadi, ammo ularning aggressiv tabiati va davolashdagi qiyinchiliklari tufayli ahamiyati yuqori. Ikkilamchi yoki metastatik suyak o‘smalari esa ancha keng tarqalgan bo‘lib, ko‘plab saraton turlarining kech bosqichlarida kuzatiladi.
Etiopatogenez va xavf omillari
Genetik omillar: p53, Rb, MDM2 genlarining mutatsiyalari, irsiy sindromlar osteogenesis imperfekta va boshqa o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelishi aniqlangan.
Tashqi omillar: Ionlashtiruvchi nurlanish ta'siri, kimyoviy kanserogenlar,oldingi jarrohlik amaliyotlari yoki travmalar, pejet kasalligi fonida rivojlanishlari kuzatiladi.
Yosh va jins omillari:
Osteosarkoma - o‘smirlik davri, xondrosarkoma - o‘rta va katta yosh,Yuing sarkomasi - bolalar va yosh yoshdagilar
Patologik anatomiya va gistologiyasi:
Makroskopik ko‘rinish: O‘sma hajmi va shakli,suyak destruksiyasi, yumshoq to‘qimalarga tarqalishi, nekroz va qon quyilish sohalari ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Mikroskopik ko‘rinish: Hujayra tuzilishi va polimorfizmi, Mitotik aktivlik darajasi, Stroma va vaskularizatsiya, Nekroz va apoptoz belgilarini mavjudligini mikroskopik ko‘rinadi.
Suyak o‘smalarini diferensatsiya qilishda quydagi immunogistokimyoviy markerlardan foydalanamiz:
Osteosarkoma: osteokalsin, osteopontin Xondrosarkoma: S-100, SOX9 Yuing sarkomasi: CD99, FLI-1
Morfologik diagnostika:
Punksiya biopsisi, Aniq gistologik tashxis, immunogistokimyoviy tadqiqotlar va genetik markerlarni aniqlashda, muhum kichik invaziv usul hisoblanadi.
Tripan biopsiya usulida, ko‘proq material olish imkoniyati, gistologik gradatsiyasini va xromosoma buzilishlarini aniqlash maqsadida kerakli to‘qima miqdorini olish hisoblanadi.
Prognoz va bashorat omillari:
ijobiy prognostik omillar: Erta bosqichda aniqlash, yaxshi differentsirlangan o‘sma, to‘liq jarrohlik rezeksiya, kimyoterapiyaga yaxshi javob, yosh bemorlarda yaxshiroq prognoz berishi.
Salbiy prognostik omillar: Kech bosqichda aniqlash, metastazlarning mavjudligi, yuqori gistologik grade, neyrovaskulyar invaziya, yirik o‘sma hajmi (>8 sm).
Xulosa: Suyak to‘qimasi osmalari zamonaviy onkologiyaning eng murakkab va ko‘p qirrali muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu kasalliklarning muvaffaqiyatli davolash natijalariga erishish uchun multidissiplinar yondashuv, erta diagnostika va zamonaviy davolash usullarining kompleks qo‘llanilishi zarur.
So‘nggi yillarda suyak o‘smalarini davolashda sezilarli yutuqlarga erishildi. Limb-sparing jarrohlik, samarali kimyoterapiya protokollari, maqsadli terapiya va immunoterapiya kabi zamonaviy usullar bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshiladi va omon qolish ko‘rsatkichlarini oshirdi.
Kelajakda molekulyar biologiya, genomika, va personalizatsiyalangan tibbiyot sohasidagi tadqiqotlar natijasida yanada samarali va kam toksik davolash usullarining paydo bo‘lishi kutilmoqda. Suyak to‘qimasi osmalari bilan kurashda eng muhim omil - bu kasallikni erta bosqichda aniqlash va kompleks, individual yondashuvga asoslangan davolash strategiyasini qo‘llashdir.
Tibbiy ta'lim tizimida ushbu soha bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish, tadqiqot faoliyatini kuchaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali suyak o‘smalari bilan kurashda yanada yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.