ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Tabiat bilan tanishtirish bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositasi sifatida

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat bilan tanishtirishning dolzarbligi,ahamiyati hamda, tabiatga to‘gri munosabatni tarbiyalash va hissiy tajribaga asoslangan, atrof-muhit haqidagi real bilimlarni anglashning ta’limiy vositasi ekanligi haqida ma’lumot berilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

Tabiat bilan tanishtirish bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositasi

sifatida

Jizzax davlat pedagogika Universiteti

maktabgacha ta’lim yo’nalishi

2-kurs talabasi Mansurova Zebo

Annotatsiya; Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat bilan tanishtirishning dolzarbligi,ahamiyati hamda, tabiatga to‘gri munosabatni tarbiyalash va hissiy tajribaga asoslangan, atrof-muhit haqidagi real bilimlarni anglashning ta’limiy vositasi ekanligi haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar: tabiat, makatabgacha ta’lim, metod, usul bolalar,atrof muhit, estetik tarbiya,ta’lim,bilim,mashg’ulot,ahloq,aqliy,

Maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bolalarni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashdir.Maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari aqlan rivojlanishida tabiat bo’gliq savollarga javob berish, tabiat hodisalarini to‘gri idrok etishlari uchun ularning tabiatni idrok etish jarayonini yo‘naltirish zarur.Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarini amalga oshirish muhim hisoblanadi. Ya.A.Komenskiy shunday degan1: "Avval sezgilarda bo‘lmagan narsa, intellektda ham bulmaydi".Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarni egallashlari ularning bilish qobiliyatlari - sensor apparati, mantiqiy fikrlashi, diqqat, nutq, kuzatuv-chanlik, bilishga qiziqishi kabilar bilan mustahkam bog‘langan bo‘lishi kerak. Fikrlashni rivojlantirish va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun bolalarning tabiat predmethodisalari bilan tanishtirish, ularni kuzatilayotgan predmet-hodisalarni tushunishga o‘rgatish va ular orasidagi aloka va munosabatlarni anglashlariga olib kelish kerak. Anglash jarayonidagi tabiat hodisalari orasidagi sababiy aloqalar va munosabatlar fikrlashni rivojlantiradi.

Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarni egallashlari ularning bilish qobiliyatlari - sensor apparati, mantiqiy fikrlashi, diqqat, nutq, kuzatuvchanlik, bilishga qiziqishi kabilar bilan mustahkam bog‘langan bo‘lishi kerak. Fikrlashni rivojlantirish va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun bolalarning tabiat predmet-hodisalari bilan tanishtirish, ularni kuzatilayotgan predmet-hodisalarni tushunishga o‘rgatish va ular orasidagi aloqa va munosabatlarni anglashlariga olib kelish kerak. Anglash 1 Ya.A.Komenskiy ‘Oddiydan - murakkabga, yaqindan- uzoqqa, jarayonidagi tabiat hodisalari orasidagi sababiy aloqalar va munosabatlar fikrlashni rivojlantiradi.Kuzatishlarning tasdiqlashicha, bolalarning atrof-muhitdagi faoliyati asosan o‘z-o‘zidan, kutilmagan tarzda kechadi va buni ulardagi tabiatga bo‘lgan bunday munosabatning asosiy sababi deb hisoblash to‘gri bo‘ladi.

Bola o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit va tabiatning muayyan xossalarini: havoning issiq-sovuqligini terisi bilan, suyuqliklarning ta’mini tili bilan, havodagi hidni burni bilan, tabiatdagi xilma-xil ob’ektlarning rangini ko‘zi bilan, tovushlarni qulog‘i bilan sezib, ya’ni mazkur xossalar bolaning besh turli sezgisiga ta’sir etib, shu a’zolarda joylashgan asab hujayralari 2orqali bosh miyasiga borib yetib, natijada miyada tabiatning ayrim xossalari to‘g‘risida bilim paydo bo‘ladi, ularning ko‘rinishlari, qiyofalari, tasvirlari, manzaralari vujudga keladi..

Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida ahloqiy, jismoniy, mehnat va estetik tarbiyani amalga oshirish zarur.

Bolaning ahloqiy rivojlanishida unda Ona tabiatga muhabbat va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish asosiy o‘rin tutadi. Bolalarga bu borada eng yaqin yo‘l ular o‘sib ulg‘ayotgan joydir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi bolalar bilan hayvon va o‘simliklarni kuzatadilar va parvarishlaydilar. Natijada ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabat, mehnatni sevish va mehnat qilishga odatlanish, topshirilgan ishga mas’uliyat o‘z-o‘zidan shakllanadi.

Bolalarda mehnatsevarlik, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash uchun ularni o‘simliklarni sug‘orish va hayvonlarni ovqatlantirishning oddiy usullarini o‘rgatish zarur. Eng muhimi, bolalarning o‘zlari bajarayotgan ish jarayoni va natijalaridan zavq olishlariga erishish lozim. Mehnatsevarlik sifatini shakllantirish uchun bolalarni kattalarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirish, ularning faoliyatiga hurmatni tarbiyalash zarur.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ma’naviy yetuk, axloqli, pok insonlar qilib voyaga yetkazishda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani muhim ahamiyat kasb etadi. Uning maqsadi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga extiyotkorona munosabatda bo‘lish, Vatanga mehrli bo‘lish, ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirish, tabiat haqida mukammal bilimga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdir.

Bolalarning jonsiz tabiat hodisalari, o‘simliklar va hayvonlar, inson mehnati haqidagi tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish haqida boyitish, shuningdek, 2 M. Umarova /Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish. - T.: 2008 o‘simliklar o‘stirish, hayvonlarni parvarish qilishda bolalarda oddiy ko‘nikmalar hosil qilish ta’lim berishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bunda bolalarda kuzatuvchanlik, bilimga qiziqish, tafakkur va mantiqiy nutq rivojlanadi, so‘z boyligi ortadi, yangi tushunchalar hosil bo‘ladi.

Xulosa qil aytganda tarbiyachi raxbarligida o‘tadigan mashg‘ulotlarda guruxlarning barcha bolalarida dastur talablariga muvofiq oddiy ilmiy bilimlar shakllanadi, asosiy bilishiy bilimlari qo‘yib boriladi. Mashg‘ulotdar ularni aniqlash, tizimga solish imkonini beradi. Bolalarni mashg‘ulotlarda o‘qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Uslub mashg‘ulotning turiga, uning maqsadiga ko‘ra aniklanadi. Ayrim mashg‘ulotlarda boshlang‘ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rsatish, badiiy asarlarni o‘qish, diafilm, kinofilmlarni kursatishdan foydalanadi

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Nig‘matov A.N. Ekologiya / Asosiy atama va iboralarning izoxli lugati. - T.: «Bioekosan» nashriyoti, 2001. 2. Ziyomuhamedov B. /Ekologiya va ma’naviyat.- T.: «Mehnat» nashriyoti,1997. 3. To‘xtaev A.S. Ekologiya / Pedagogika institutlarining talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. - T.: «O‘qituvchi» nashriyoti, 2001. 4. O.Xasanboeva va boshqalar/ Pedagogika tarixi. Qo‘llanma-T:. “O‘qituvchi” 1997. 5. M. Umarova /Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish. - T.: 2008. 6. Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo‘jaeva /Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi.-T:. “Fan va texnologiyalar” 2013.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.