ResearcherUz LogoResearcherUz
Ко всем изданиям

TABIIY FANLAR NAZARIYASI VA METODIKASI

Аннотация

Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning 60110400 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tabiiy-ilmiy kompetensiyalarini shakllantirish, ularni boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitishga metodik jihatdan tayyorlash, zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish masalalari yoritilgan. Qo‘llanmada tabiiy fanlarni o‘qitishning nazariy asoslari, metodlari, vositalari, geografik, biologik va fizik tushunchalarni shakllantirish, kuzatish, tajriba, amaliy ishlar, tabiat burchagi, o‘quv-tajriba maydonchasi, ekskursiyalarni tashkil etish, ekologik tarbiya, sog‘lom turmush tarzi, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rgatish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi interfaol metodlar, didaktik vositalar, multimedia texnologiyalari hamda mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar keltirilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma 60110400 – “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi bakalavriatura o‘quv rejasidagi “Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi” fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.


Полный PDF документ

Похожие статьи