ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

TALABALARNI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHDA KREATIV YONDASHUV

Аннотация

Mazkur maqola talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda kreativ yondashuvga bag’ishlangan. Kreativlik-bu yangi, original g’oyalarni yaratish, fikrlashning nostandart shakli, berilgan muammolarga omadli yechimlar toppish hisoblanib, talabalarning to’laqonli o’z ongi, aql zakovati, zukkoligi bilan bilim olishga va ijod qilishga kreativlik xususiyatlarini rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni ishlab chiqish hamda dars jarayonida unga amal qilish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.


This article is devoted to a creative approach to preparing students for innovative activities. Creativity is the creation of new, original ideas, a non-standard form of thinking, finding successful solutions to given problems, and developing goals and tasks that develop the characteristics of creativity to acquire knowledge and creativity of students with their full consciousness, intelligence, and creativity, and following it during the lesson is one of the important tasks of today.

Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

KREATIV YONDASHUV

Yerlepesova Xadisha Xudaybergenovna

Nukus davlat pedagogika instituti Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi

o‘qituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqola talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda kreativ yondashuvga bag’ishlangan. Kreativlik-bu yangi, original g’oyalarni yaratish, fikrlashning nostandart shakli, berilgan muammolarga omadli yechimlar toppish hisoblanib, talabalarning to’laqonli o’z ongi, aql zakovati, zukkoligi bilan bilim muhim vazifalaridan biridir.

Kalit so’zlar: Innovatsiya, innovatsion faoliyat, kreativ, kreativlik, akmeologiya, ijodiy individuallik, innovatsion pedagogika, ijodkorlik.

CREATIVE APPROACH IN PREPARING STUDENTS FOR

INNOVATIVE ACTIVITY

Abstract: This article is devoted to a creative approach to preparing students for innovative activities. Creativity is the creation of new, original ideas, a nonstandard form of thinking, finding successful solutions to given problems, and developing goals and tasks that develop the characteristics of creativity to acquire knowledge and creativity of students with their full consciousness, intelligence, and creativity, and following it during the lesson is one of the important tasks of today.

Key words: Innovation, innovative activity, creative, creativity, acmeology, creative individuality, innovative pedagogy, creativity.

ТВОРЧЕСКИЙ ПОДХОД В ПОДГОТОВКЕ СТУДЕНТОВ К

ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Аннотация: Данная статья посвящена творческому подходу к подготовке студентов к инновационной деятельности. Творчество – это создание новых, оригинальных идей, нестандартной формы мышления, нахождение успешных решений поставленных задач, а также разработка целей и задач, развивающих свойства творчества для овладения знаниями и творчеством учащихся при их полном сознании, интеллекте, и творчества, и следить за ним на уроке – одна из важных задач сегодняшнего дня.

Ключевые слова: Инновация, инновационная деятельность, творчество, творчество, акмеология, творческая индивидуальность, инновационная педагогика, творчество.

O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini jahon hamjamiyati maydonida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli ko’p jihatdan bugungi yosh avlodning bilimdon, ma’naviy barkamol, intellektual salohiyatli insonlar bo’lib yetishishiga bog’liqdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli don ova albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi”-deb ta’kidlaganlar. Zero, ta’lim-tarbiya –insonlarning ijtimoiy ong mahsuli bo’lsa-da, biroq ayni paytda ong darasi va uning rivojini belgilovchi mezon bo’lib, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilmasdan ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Jahon ta’lim tizimida 60-70 yillarda komptentlik va kreativlik tushunchasi paydo bo’lib, ta’lim tizimiga joriy etilgan.

Kreativlik talaba yoshlarning ma’lum bir sohadagi bilimdonli va maqsad sari qilinayotgan ijodkorligi bo’lib, bu bevosita ijodkor yoshlarni tarbiyalashdek muhim vazifani amalga oshiradi. Umuman olganda, kreativlik-bu yangi, original g’oyalarni yaratish, fikrlashning nostandart shakli, berilgan muammolarga omadli yechimlar topishdir. Talabalarning to’laqonli o’z ongi, aql zakovati, zukkoligi bilan bilim muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko’plab ilmiy bilimlar , tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu bir tomondan, fan-texnikaning yangi soha bo’limlarining tarqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Bunday sharoitda, yuqori malakali pedagoglarga bo’lgan talablar ortib borib, barkamol avlodni asrlar davomida shakllanib kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega, fanning fundamental asoslarini, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuksak darajada bo’lgan hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo’llash ko’nikma va malakasiga ega ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi.

Innovatsion pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o’z-o’zini boshqarishi va o’zini- o’zi safarbar qila olishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo’nalishlaridan bilan talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish bo’lib, bunday yo’nalish talabalarning o’quv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o’z ichiga oladi. Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o’zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar jamuljamini anglatadi. O’qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi. V.A.Slastenin o’qituvchining innovatsion faoliyatini tuzishda unga akmeologik jihatdan yondashadi. Akmeologiya (akte) - yunoncha oliy nuqta, o’tkir, gullagan, yetuk, eng yaxshi davr degan ma’nolarni bildiradi. V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning uzoq ijodiy umr ko’rishiga olib keladigan sub’ektiv va ob’ektiv omillarini asoslab berdi. Ob’ektiv omillarga olingan ta’limning sifatini, sub’ektiv omillarga esa insonning iste’dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila olishidagi ma’suliyatini, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi. Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi:

-ijodiy individuallik;

-o’zining o’sish va takomillashish jarayoni;

-o’z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.

Talabaning ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:

- intellektual - ijodiy tashabbus;

-bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliyati;

- ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati;

-axborotlarga tashnalik, muammolardagi g’ayri odatiylikka va yangilikka bo’lgan his-tuyg’u, professionalizm, bilishga bo’lgan chanqoqlik.

Ijodiy individuallikni xarakterlaydigan samarali o’z-o’zini anglash quyidagilarni qamrab oladi: o’zini boshqalarga qiyos qilish asosida o’z shaxsining betakror ekanligini anglay olishi; o’zi to’g’risidagi kreativ ko’rinishlar va tasavvurlari to’plami; individual kreativ o’ziga xosliklarning bir butunligi va uyg’unligi, ichki birligi; shaxsning o’z rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning ijodkor sifatida shakllanishi; shaxs o’zini namoyon qila olishi va o’zining muayyan ishlarni amalga oshirishga hozir turganligi; ijodkor sifatida o’zini baxsh qila olishi va shaxsiy hamda ijtimoiy vaziyatlarda o’zini o’rni anglay olishi.

Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o’qituvchining kasbiy mahorati cho’qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi. O’qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir. J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko’rsatadi:

-fikrning ravonligi;

-fikrni maqsadga muvofiq yo’llay olishi;

-o’ziga xoslik (originallik); qiziquvchanlik;

-farazlar yaratish qobiliyati; xayol qila olish (fantaziya.)

Demak, o’qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi motivasion, kreativ, texnologik va reflektiv komponentlardan iboratdir. Innovatsion faoliyat tuzilmasi haqidagi muhim tizimli tasavvurlar, ularning vazifalarini asoslash, ularning shakllanganlik me’yorlari va sathlari ularni oliy maktab amaliyotiga tatbiq etishning zarur omili hisoblanadi.

O’qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shartsharoitlarga bog’liq. Unga o’qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg’araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o’qituvchi o’z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo’ladi.

O’qituvchi faoliyatida o’z-o’zini faollashtirish, o’z ijodkorligi, o’z-o’zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. O’qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o’zgartirishga, uning muammolari va usularini yechishni aniqlashga qaratilgandir. O’qituvchi va talaba o’rtasidagi muloqot namunasining o’zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:

kasbiy faoliyatning ongli tahlili;

me’ yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;

kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;

dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo’lish;

Bo’lajak o’qituvchilar o’zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to’la namoyon qilishlari mumkin. Agar bo’lajak o’qituvchilarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash va qo’rquv hissi mavjud bo’lsa yoki tanqidga uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko’nikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo’lmaydi. Bo’lajak pedagoglarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko’nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va kreativ fikrlash ko’nikmalarini baholashda qo’llaniladigan metod va vositalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda “pedagogning roli auditoriyada kreativlik muhitini yaratishdan iborat. Vaholanki, pedagog guruhda bo’lajak o’qituvchilar o’zini erkin seza oladigan va o’z fikrlari, g’oyalari bilan bo’lisha oladigan muhit yaratishi lozim. Inson ongida yuz berayotgan jarayonlarni yanada faollashtirish uchun o’rnatilgan qonun qoidalar, standartlardan chetga chiqib, turli savollar berishda erkin harakat qilishlari kerak.

Kreativ muhitda ta’lim olayotgan bo’lajak o’qituvchilarda asta-sekin kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi, shuningdek, kreativ tafakkurga ega pedagogni kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil bo’ladi. Xulosa o’rnida ta’kidlab o’tish lozimki, bugun barcha davlatlat ta’limga imkon qadar ko’p yangilik kiritishga intilmoqda. Bugungi yangiliklar ularga uyushgan, rejali, ommaviy yondashuvni talab etadi. Yangiliklar kelajak uchun uzoq muddatli investitsiyalar hisoblanadi. Oliy pedagog ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish va uni rivojlantirish, mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleks yondashuvni taqozo etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Qosimova Z.H. “Ta’lim texnologiyalari” - Toshkent : 2014yil

2. Ro’ziyeva.D.I. “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida milliy iftixor tuyg’usini rivojlantirishning ilmiy pedagogok asoslari” - Toshkent: 2007yil

3. Ilin Ye.P “Psixologiya tvorchestva , kreativnosti” - Moskva 1998yil

4. M.Usmonboyeva, A.To’rayev “Kreativ pedagogika” – Toshkent 2006yil

5. Ishmuhammedov R, Abduqodirov A, Pardayev A “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”.

6. Kalbaevna, K. Z. (2021). Social and Pedagogical Competenity as an Important Component of Professional Training of Future Teachers. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 1241-1245.

7. 7.Kurbaniyazova, Z. (2021). PREPARATION OF FUTURE

TEACHERS FOR SOCIAL AND PEDAGOGICAL ACTIVITIES. Central Asian

Problems of Modern Science and Education, 2021(3), 92-105.8.Kurbaniyazova, Z. K. (2021). The role of social pedagogy in the professional training of future teachers. World Bulletin of Social Sciences, 4(11), 23-26.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.