KIRISH: hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri — bu talabalarda mustaqil, tanqidiy va falsafiy tafakkurni shakllantirishdan iborat. Zamonaviy jamiyatda shaxsning muvaffaqiyati uning nafaqat bilim darajasi, balki ushbu bilimlarni turli vaziyatlarda qo‘llay olish, tahlil qilish va umumlashtirish qobiliyatiga ham bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, fanlararo integratsiya asosida ta’limni tashkil etish muhim pedagogik muammo sifatida qaraladi. Fanlararo integratsiya turli fanlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash orqali talabalar tafakkurini kengaytiradi, ularda yaxlit dunyoqarashni shakllantiradi. Ayniqsa, falsafiy tafakkur — bu voqelikni chuqur anglash, sabab-oqibat bog‘liqliklarini tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish jarayonidir. Shu sababli, ushbu tadqiqotda talabalarining falsafiy tafakkurini fanlararo integratsiya asosida rivojlantirish masalasi dolzarb hisoblanadi. MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi — talabalarining falsafiy tafakkurini fanlararo integratsiya asosida shakllantirishning samaradorligini aniqlash va uni pedagogik jihatdan asoslashdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, tajribasinov ishlari, suhbat, anketa, test va tahlil metodlaridan foydalanildi. Tajriba ishlari Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy san’at” yo‘nalishi magistrantlari ishtirokida olib borildi. Tadqiqot davomida talabalar ikki guruhga — tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Tajriba guruhida fanlararo integratsiyaga asoslangan o‘qitish metodlari qo‘llanildi. Bunda falsafa, pedagogika, psixologiya, san’atshunoslik kabi fanlar o‘zaro bog‘liq holda o‘qitildi. Muammoli ta’lim, interaktiv metodlar, “aqliy hujum”, klaster, konseptual xaritalar kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llanildi. Nazorat guruhida esa an’anaviy o‘qitish metodlari asosida mashg‘ulotlar olib borildi. Tajriba natijalari boshlang‘ich va yakuniy bosqichlarda taqqoslab tahlil qilindi. NATIJA VA MUHOKAMA: tajriba-sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, fanlararo integratsiya asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarining falsafiy tafakkurini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega. Tajriba guruhidagi talabalar muammoli vaziyatlarni chuqur tahlil qilish, fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash, mustaqil fikr yuritish va o‘z nuqtai nazarini asoslashda sezilarli yutuqlarga erishdilar.Ularning mantiqiy fikrlash, umumlashtirish, tahlil qilish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalari rivojlandi. Ayniqsa, san’at asarlarini falsafiy jihatdan tahlil qilish, ularni ijtimoiy va madaniy kontekstda baholash qobiliyatlari oshgani kuzatildi.Nazorat guruhida esa bunday ko‘rsatkichlar nisbatan past bo‘lib, talabalar ko‘proq tayyor bilimlarni o‘zlashtirish bilan cheklanib qoldilar. Bu esa an’anaviy ta’lim usullarining cheklanganligini ko‘rsatadi. Natijalar shuni tasdiqladiki, fanlararo integratsiya talabalarni tizimli fikrlashga o‘rgatadi, ularda kompleks yondashuvni shakllantiradi va bilimlarni turli sohalarda qo‘llay olish imkonini beradi. XULOSA: o‘tkazilgan tadqiqot natijalari fanlararo integratsiya asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarining falsafiy tafakkurini rivojlantirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu yondashuv talabalarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish, umumlashtirish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu sababli, oliy ta’lim tizimida fanlararo integratsiyani keng joriy etish, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini oshirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish zarur.
INTRODUCTION: in the context of modern globalization and digital transformation, one of the main tasks of the education system is the formation of independent, critical, and philosophical thinking in students. In contemporary society, a person’s success depends not only on the level of knowledge but also on the ability to apply this knowledge in various situations, analyze it, and generalize it. From this perspective, organizing the educational process based on interdisciplinary integration is considered an important pedagogical issue. Interdisciplinary integration ensures the interconnection between different academic disciplines, expands students’ thinking, and forms a holistic worldview in them. In particular, philosophical thinking is a process of deep understanding of reality, analysis of cause-and-effect relationships, and drawing independent conclusions. Therefore, the development of students’ philosophical thinking based on interdisciplinary integration is considered a relevant scientific problem. AIM: the main objective of the study is to determine the effectiveness of forming students’ philosophical thinking based on interdisciplinary integration and to provide its pedagogical justification. MATERIALS AND METHODS: during the research, methods such as pedagogical observation, experimental work, interviews, questionnaires, testing, and analysis were used. The experimental study was conducted with the participation of master’s students of the “Fine Arts” program at the Faculty of Art Studies of Chirchik State Pedagogical University. During the research process, students were divided into two groups — experimental and control groups. In the experimental group, teaching methods based on interdisciplinary integration were applied. In this approach, subjects such as philosophy, pedagogy, psychology, and art studies were taught in an interconnected manner. Modern pedagogical technologies such as problem-based learning, interactive methods, brainstorming, clustering, and concept mapping were widely used. In the control group, classes were conducted based on traditional teaching methods. The results of the experiment were analyzed by comparing the initial and final stages. RESULTS AND DISCUSSION: the results of the experimental study showed that the educational process organized on the basis of interdisciplinary integration is highly effective in developing students’ philosophical thinking. Students in the experimental group demonstrated significant achievements in analyzing problem situations, understanding the interconnections between disciplines, independent thinking, and justifying their viewpoints. Their skills in logical thinking, generalization, analysis, and creative approach improved noticeably. In particular, an increase was observed in their ability to philosophically analyze works of art and evaluate them within social and cultural contexts. In the control group, these indicators were relatively lower, as students mainly relied on reproducing ready-made knowledge. This indicates the limited effectiveness of traditional teaching methods. The results confirmed that interdisciplinary integration develops systemic thinking in students, forms a comprehensive approach, and enhances their ability to apply knowledge in various fields. CONCLUSION: the results of the conducted research demonstrated that the educational process organized on the basis of interdisciplinary integration is effective in developing students’ philosophical thinking. This approach contributes to the formation of independent thinking, analytical skills, generalization, and creative abilities in students. Therefore, it is necessary to widely implement interdisciplinary integration in higher education, improve teachers’ methodological training, and enhance the use of modern pedagogical technologies.