ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Ta’lim jarayonida o’yin usulidan foydalanishning afzalliklari

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim jarayoniga oid didaktik o’yin usullaridan foydalanilgan va o’yin orqali ta’limning eng samarali  metodlaridan foydalanilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

Ta’lim jarayonida o’yin usulidan foydalanishning afzalliklari

Bo’riyeva Aziza Ne’matovna

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti 1-bosqich magistri

Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim jarayoniga oid didaktik o’yin usullaridan foydalanilgan va o’yin orqali ta’limning eng samarali metodlaridan foydalanilgan.

Аннотация: в данной статье использованы дидактические игровые приемы, связанные с образовательным процессом и использованы наиболее эффективные приемы обучения через игру.

Annotation: this article uses didactic game techniques related to the educational process and uses the most effective teaching techniques through the game.

Kalit so’zlar: O’yin, o’yin texnologiyasi, multimedia, modifikatsiya, immitatsion, operatsion.

Ключевые слова: игра, игровая технология, мультимедиа, модификация, погружение, эксплуатация.

Keywords: game, game technology, multimedia, modification, immersion, operation.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog’lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Har tomonlama barkamol avlod esa porloq kelajakning garovidir. Shu sabab, yoshlarni qo’llab-quvvatlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylangan.

Olimlarning ko’p yillik tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, inson umri davomida o’zlashtirishi mumkin bo’lgan bilimlarning 70 foizini 3-7 yosh oralig’ida egallar ekan. Chunki bu davrda boladagi barcha bilish jarayonlari o’sib, rivojlanadi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda Maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilib, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’limtarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Barchamizga sir emaski maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati o’yindir. Shu o’rinda bir savol tug’iladi. O’yin – bu nima?

O’yin — tarbiyalash va hordiq chiqarish vositalaridan biri. Ma’lumki, inson o’z hayotida o’yin, o’qish, mehnat, dam olish kabi mashg’ulotlar bilan band bo’ladi. Inson hayotining dastlabki davrlarida o’yin asosiy faoliyat hisoblanadi, keyin esa u o’qish bilan baravar davom etadi, undan so’ng esa o’yin kamayib, uning o’rnini o’qish va mehnat egallaydi.

O’yin texnologiyasini qo’llash o’quv jarayonida ishtirok etishni faollashtirishning bir usulidir. O’yin metodlarini tatbiq etish tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi orasidagi munosabatlarning umumiy ijtimoiy jarayonlarida yangiliklarni izlab topishga borib taqaladi. Bola muomalasi madaniylik darajasini didaktik jarayonda ko’tarish zaruriyati tarbiyalanuvchilarning e’tibor darajasini yuksaltirish va ularning atrofga bo’lgan qiziqishlarini ta’minlaydi.

Bolaning ijodiy iste’dodini, xotira va diqqatini, kattalarga ma’lum bo’lgan jihatlarni qayta kashf etadi. Vaqtni bo’sh o’tkazish emas, aksincha, ta’lim olishning eng samarali uslubidir. Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy uyinni bola faoliyatining asosiy shakli ekanligini ta’kidlab, aynan uyin bolaning tabiati va kuzu -qishlariga mos kelishini aytgan edi1.

Bolalar bir-biri bilan muloqatda bo’lishni, ma’lum tartib qoidalarni saqlashni, o’zini boshqara bilishni, hamkorlikda bo’lishni, boshqalarning fikri bilan xisoblashishni, ularning xohish-istaklarini e’tiborga olishni, bir narsani diqqat bilan bajarishni va boshlagan ishini oxiriga yetkazishga o’rganadi.

O’yin - ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va qayta yaratishga yo’naltirilgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o’z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.O’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi.

1.Xarakatli o’yinlar: bolalarda sezgirlik, ildamlik, chaqqonlik, ishora va qoidalarga amal qilish, epchillik, intilish, hamjixatlilik, o’zaro yordam berish, qayg’urish, xushchaqchaqlik, chamalash, mo’ljalga olishga o’rgatadi.

1 Зиёмухаммадов Б., Абдуллаева Ш., Илғор педагогик технологиялар. - Т.: «Абу Али Ибн Сино», 2001. -188-б.

2.Tinch o’yin: bu o’yin turi bolalar harakatli o’yinlardan olgan energiyani pasaytiradi va yurak – qon tomirlarini harakatini me’yor holatiga olib keladi. Harakatli o’yinlardan keyin albatta tinch o’yin berish lozim. Bundan tashqari xotira va nutqlarini rivojlantirish maqsadida ayrim so’z o’yinlari ham tinch o’yinlar sifatiga kiradi.

3.Ta’limiy o’yin: bolalarda eshitish,ko’rish,sezish a’zolari orqali turli narsa va buyumlarni xossalarini bilishga,ularni taqqoslashga, sinchiklab o’rganish,umumlashtirishga, guruxlarga ajratish, kuzatuvchanlik, zukko, bilimdon, mustaqil, dono bo’lishga, narsa va xodisalarni taxlil qila olishga, xulosa chiqarishga o’rgatadi. O’z nomidan kelib chiqib ta’lim beradi.

4.Mazmunli – qoidali o’yinlar: ijtimoiy hayotga tayyorlaydi, muloqotga kirishishni o’rgatadi,kattalar mehnati bilan tanishtiradi, dunyoni anglaydi.

5. Rivojlantiruvchi o’yinlar: Bolalarning aqlini peshlaydi,o’ylashga,ijod va ixtiro qilishga o’rgatadi.

Didaktik o’yinlarga izoh beradigan bo’lsak, bolalar bilan maxsus ta’limiy o’yinlar shaklida mashq qilish usulida bolaning bilim doirasini rivojlantirishdir. Didaktik o’yinlar ham o’yin, ham ta’lim vositasi. Bunday o’yin jarayonida bola barcha aqliy jarayonlarni rivojlantiradi va individual xususiyatlarini shakllantiradi.

Mulьtimedia-didaktika o’yinlaridan foydalangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonini rivojlantirish bugun jahonda e’tirof etilayotgan eng samarali yo’llardan biri. Mulьtimedia — zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanish. U interaktiv dasturiy ta’minot boshqaruvi ostida o’zaro vizual va audio samara ta’siridan iborat bo’lib, u matn, tovush, grafika, foto, videoni raqamli taqdim etish usulida birlashtiradi.

“O’yin faoliyati”ni kuzatishda qo’yiladigan me’zonlar: 1.Guruxlardagi o’yin burchaklarining mavjudligi 2.O’yin burchaklaridagi jihozlarning ahvoli 3.O’yin va o’yinchoqlarning bola yoshiga mosligi 4.Ertalabki soat o’yinlarning rejalashtirilishi 5.O’yinli ta’lim faoliyatlarida o’yinlarning rejalashtirilishi 6.Sayrlarda o’yinlarning rejalashtirilishi 7.Kechki soatlarda o’yinlarning rejalashtirilishi 8.O’yinlarning maqsadga yo’naltirilganligi 9.Ta’limiy faoliyatda o’yinlardan foydalanilishi 10.O’yin faoliyatini tashkil etishda tarbiyachining faolligi va xk.

O’yin faoliyatida tarbiyachining vazifasi. Bolalarning faol qatnashishi tashkil etishi Qo’yilgan maqsadga erishish uchun yordam beruvchi o’yin turlarini o’ylab topishi Faoliyat jarayonida har bir bolaning faol qatnashishi uchun shart-sharoitni yaratishi Passiv bolalar bilan olib boriladigan ishni tashkil qilishi Tarbiyachi bolalar bilan erkin muloqot qilishi shart.

O’yin faoliyat sifatida - maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs sub’ekt sifatida o’z imkoniyatlarini to’la amalga oshiradi. O’yin texnologiyalarning mohiyati: -O’yin jarayon sifatida - o’yin tuzilmasida o’ynash uchun olingan rollar; -Rollarni ijro etish vositasi bo’lgan o’yin xarakatlari; -O’yin tushunchalarni o’zlashtirishda o’qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi. O’yinlarining modifikatsiyalari:

Immitatsion o’yinlar - Bunday o’yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilarnig biror faoliyati (ish bitirish majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o’tkazish va b;),faoliyat holati va shartlari andoza qilib olinishi mumkin. Senariyda bo’nday o’ynash to’la tuzilmasi yozib chiqilgan va immitatsiya qilinadigan ob’ektlar va jarayonlar belgilanadi.

Operatsion o’yinlar - Bunday o’yinlarda aniq o’ziga xos voqea xodisaning bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o’yinlar ish jarayoniga xos modellashtiriladi .

Rol ijro etish o’yinlari -Unda konkret shaxsning hulqi, hatti-harakati, o’z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, maktabgacha ta’limi tizimida pedagogik jarayonni tashkil etishda bolaning va tarbiyachining munosabatiga alohida e’tibor qaratish zarurati jarayonga yangicha yondoshuvni talab etib bormoqda. Yangicha yondoshuvning mohiyati - pedagogik texnologiya mohiyati bilan mazmunan birlikni tashkil etadi. SHuning uchun tarbiyachilar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishning o’yinli texnologiyalaridan unumli foydalanish talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. O’zbekistonda maktabgacha tarbiya kontsepsiyasi. T.,1992 yil 2. Qobilova Q. “O’yining afzalliklari”.pptx. 2020 yil 3. Ziyomuxammadov B., Abdullaeva SH. “Ilg’or pedagogik texnologiyalar”. - T.: «Abu Ali Ibn Sino», 2001yil. 4. SH.Sodiqova. “Maktabgacha pedagogika”. Tafakkur bo’stoni. Toshkent 2013 yil

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.