ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

TARIX FANINI O’QITISHNING INNOVATSION METODLARI

Аннотация

Mazkur maqolada tarix darslarini tashkil etishda fanlararo aloqadorlikni yo’lga qo’yish hamda darslarni mavzulardan kelib chiqqan holda ma’lum bir guruhlarga ajratish va ushbu fanni o’qitishning zamonaviy integratsion usullari ilmiy asosda jamlangan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

TARIX FANINI O’QITISHNING INNOVATSION METODLARI

Qobilova Zilola Mansurovna

Toshkent shahar Yunusobod tumani

105-umumta'lim maktabi tarix fani òqituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqolada tarix darslarini tashkil etishda fanlararo aloqadorlikni yo’lga qo’yish hamda darslarni mavzulardan kelib chiqqan holda ma’lum bir guruhlarga ajratish va ushbu fanni o’qitishning zamonaviy integratsion usullari ilmiy asosda jamlangan.

Kalit so’zlar: didaktik shartlar, xarita, fanlararo aloqadorlik, integratsiya, innovatsion usullar, tarix, raqamli tarix.

Umumiy o’rta ta'lim maktablarida tarix fanining muhim maqsadi eng qadimgi davrdan to bugungi vaqtgacha bo’lgan Vatanimiz va jahon tarixiga doir eng asosiy hodisalar bilan o’quvchilarni tanishtirish, ularni O’zbekiston va jahon xalqlarining madaniy va ma'naviy merosiga, ilg’or qadriyatlarga, milliy va umumbashariy an'analarga hurmat ruhida o'stirish, buyuk merosimizning keyingi davomchilari,shuningdek uni boyituvchilari bo’lmish munosib vorislarni voyaga yetkazishdan iborat.

Tarix fanini o’qitish metodikasi ilmiy pedagogik fan hisoblanib, u maktab o’quvchilarga tarixdan chuqur bilim berish, ularni milliy istiqbol ruhida o'stirish va tarbiyalashda o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida o'qitiladigan tarix kursining maqsadini, ta'lim-tarbiya ishlari, ma'nosi,uslublarini, hamda tarix o’qitishning eng muhim metodlarini aniq belgilab beradi.

Bugungi kunda mamlakatimizning ta’lim tizimida tub o’zgarishlarning amalga oshirilayotgani va uchinchi renesans tomon dadil qadam tashlanayotganini sohaning har bir bo’g’inidagi tashkiliy darslar misolida kuzatish mumkin. Jumladan o‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘qituvchilar tajribalarini umumlashtirib, fanlararo aloqadorlikda tashkil etiladigan darslarni uch guruhga bo‘lish mumkin:

1. Ko‘rgazmalilik asosida tashkil etiladigan darsda o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan alohida topshiriqlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan o‘quv fanlariaro aloqador elementlarning turli jadval va modellarda ifodalanganligi asosida.Chunonchi, tarix darslarida O’zbekiston tarixiu va Jahon tarixi darslarida mazmunan o‘xshash bo‘lgan “Osiyo mamlakatlari madaniyati”, “Yevropada o’rta asr shaharlari”, “Osiyo mamlakatlarining o’rta asr shaharlari” kabi mavzularni o‘rganish bo‘yicha.

2. Mavzularning bir-biriga o‘xshashligi: o‘quv jarayonining uzviy tarkibiy qismida o‘quv fanlariaro aloqadorlikdan foydalanish asosida darsning samaradorligini oshirish.

3. Umumlashtirish - o‘quv fanlarining umumiy qonuniyatlari va tamoyillarini mukammal o‘rgatish maqsadida turli o‘quv fanlari bo‘yicha maxsustashkil etiladigan takrorlash-umumlashtirish darslarida o‘quvchilarning egallagan bilimlarini takrorlashga imkon yaratish.

Agarda, dars jarayonida quyidagi didaktik shartlarga amal qilinsa, o‘qitishga mujassam yondashishda samaradorlikka erishiladi: o‘rganilayotgan o‘quv fanlari bo‘yicha mavzularni mazmunan uyg‘unlashtirish orqali o‘quv rejalariga fanlararo aloqadorlik asosida tashkil topgan dars soatlarini kiritish; o‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida tashkil etilgan darslarning ta’lim sifatini ta’minlash va uning tarbiyaviy jihatlarini kuchaytirish; darslarda mazmunan bir-biriga yaqin yoki aralash o‘quv fanlari tarkibidagi tushunchalar yordamida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi hamda muayyan ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashda o‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini jadallashtirishning turli vositalaridan unumli foydalanish. Chunonchi,aralash o‘quv kurslari bo‘yicha, muammolilik, ko‘rgazmalilik, mustaqil ishlar, individual topshiriqlar tashkil etish yordamida bunday maqsadga erishish mumkin.O‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida o‘tiladigan darslarga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi:

1. Fanlararo aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan darsda yangi mavzuni o‘zlashtirish uchun boshqa fanlardan olgan bilimlarni jalb etilishi hamda ularni tatbiq qilish malakalariga ega bo‘lish.

2. Fanlararo aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan darsda boshqa fanlardan bilimlarni qo‘llash bo‘yicha o‘quvchilarning bilish faoliyatlari samaradorligini ta’minlash. O‘qituvchi dars o‘tayotganda boshqa o‘quv fanining materialini takrorlamasligi lozim. Fanlararo aloqadorlikni ta’minlashdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarda yangi savollar va masalalarni yechishda turli fanlardan olgan bilimlarini mustaqil qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat bo‘ladi. Buning uchun dars boshida yoki yangi materialni tushuntirish jarayonida boshqa o‘quv fanlari mazmuniga kiritilgan bilimlarni aniqlab beruvchi takrorlash suhbatlari o‘tkaziladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi, bunda bir-biriga yaqin fanlardan o‘zlashtirilgan bilimlarni qo‘llash talab etiladi; o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun esa muntazamuy vazifalari beriladi; guruhda jamoali o‘quv ishlari bilan birga yakka holda topshiriqlar (qiziqishi yuzasidan, tanlab olish, majburiy) berilishi ta’minlanadi.

3. Dars jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlash asosida o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyati, sabab-oqibatli bog‘liqliklarini tushuntirishga qaratilgan bo‘lishi.

4. Fanlararo aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan dars mavzulari turli fanlardan bilimlarning bog‘liqligiga tayanuvchi dunyoqarash, umumlashtirilgan xususiyatga ega bo‘lgan xulosalardan tashkil topishi lozim. O‘quvchilar bunday xulosalarning obyektivligini faqat o‘zaro yaqin fanlardan bilimlarni jalb etish zarurligiga ishonch hosil qilgandagina anglashlari mumkin.

5. O‘quv fanlariaro aloqadorlikni qo‘llash asosida o‘tilgan dars o‘quvchilarda ijobiy taassurotlar uyg‘otishi, ularda turli fanlardan olgan bilimlari o‘rtasidagi tafovutlar, bog‘liqliklarni bilib olishga qiziqish hosil qilishi lozim.

6. Fanlararo aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan o‘quv materiallari umumlashtirilishi lozim. Shuning uchun, o‘quv fanlariaro aloqadorlikning vazifalarini umumlashtirishni ta’minlovchi ta’limning turli shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir: mujassamlashtirilgan uy vazifalari, umumlashtiruvchi takrorlash darslari, sayohat darslar va boshqalar.

Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishda shaxsga moslangan yo‘nalish faqatgina sinf yoki guruhga emas, har bir bolaga ahamiyat berishni nazarda tutadi. Bunda uning shaxsiy fazilatlari, qobiliyatlari alohida ko‘rsatiladi, uning qiziqishlari hisobga olinadi. Shu maqsadda “Atamalar izohi ” , «Juftini top », «Aql charxpalagi», kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin. O‘yin davomida diqqat - e’tibor birgina bolaga qaratiladi. (Masalan, har bir bola o’z ismining bosh harfiga atab biror bir atamani aytadi. ” Didora-Doro I . qadimgi Fors shoxi”). “Juftini top” o’yinida o’quvchilarga savollar va ularning javoblari yozilgan tarqatmalardan 5 tadan tarqatiladi. 10 nafar o’quvchi tarqatmalar asosida savollarning to’g’ri javoblari bilan juftlashishlari kerak.

Bilim olish, badiiy hayotiy masalalarni hal qilishda o‘ziga xoslikni uddaburonlikni, epchillikni rag‘batlantirish nazarda tutiladi. Shu munosabat bilan bolalarning mustaqil fikrlashi, o’z ustida ishlashi va turli davrlarni qiyoslash qobiliyatini shakllantirish lozim. Shunday ekan ta’lim integratsiyasi hozirgi zamon talabi.

O'quvchilar o'rganish jarayonida ilmiy tadqiqotlar tarixini tekshirish va ko'rib chiqilgan faktlar hamda ilmiy tadqiqotlarga asoslanishi bilan ba'zi ko'rilgan faktlar bilan birga, tarixiy faktlardan umumiy ishlab chiqarishlar chiqarish, umumiy ishlab chiqarish jarayonida yangicha faktlarni o'rganish uchun olib borishlari mumkin. Ammo, o'quvchilarning tarixni o'rganishi ilmiy tadqiqotidan butkul farq qiladi. O’quv jarayonida o’quvchilar tarix fanini va uning ba’zi tadqiqot metodlaridan bilib oladila.

Xulosa qilib aytganda har bir faning samarali o’qitilishi uchun alohida yondashuv va metodologik ta’minot talab etiladi va ushbu jarayonlarda pedagoglardan innovatsion dunyoqarash va o’ziga xos malaka, talab etiladi. Tarix fani tarix shunday o’qitish metodikasi o’zining alohida o’b’ekti, hamda tushunish va tadqiqot metodiga ega. Tarix fani kishilik jamiyatining taraqqiyoti jarayonini o‘rganadi. Kishilik jamiyatining taraqqiyot qonunlarini bilish tarix va zamonni yanada anglab olish, kelajakni oldindan ko'rishga sharoit. energiyali aloqalarni ochib bilan birga o'qitishni kuchaytirishni oshirishni oshirish niyatida tarix o'qitish jarayonini tadqiq etish metodi bilan ham qurollantiradi. Metodika fani asoslarini ochib berish tarixiy manbalar, faktlar va umumiy boshqaruvlardan saqlanadi. O'qitish metodikasi tarix fanining bir tekshrish metodlaridan foydalanar ekan, o'quvchilarning bilimlarini yaxshi o'zlashtirishlarini va ularning tarixi bilan fanining ayrim tadqiqot metodlari bilan tanishtirishni ko'zda tutadi. o'z bilimlarini juda ham mustahkam va ishonchli bo'ladi.

ADABIYOTLAR

1.Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. «Ta’lim taraqqiyoti», 3-maxsus son.-T.: «Sharq», 2009 y.

2.Tarix o’qitish metodikasi . Toshkent, 2015 yil

3.A. Harris, Teaching and Learning in the Effective School. Aldershot: Ashgate, 1999. –P.401.

4. Toshtemirova Saodat Abdurashidovna. Ta'lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida //Uzluksiz ta'lim.-2020.- № 1 (86). — S.5

5. Шадриков В.Д. Философия образования и образовательные политики. - М.: Издательская фирма «Логос», 1993.

6.Nematov, R. A., & Almanov’s, Q. O. (2022). THE ROLE OF HISTORICAL

SOURCES IN THE STUDY OF THE HISTORY OF THE TURKISH

EMPIRE. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 2(10), 25- 31.

7.Iskandar, O. (2023). The Organization of the Khorazm Soviet Republic. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(4), 794-798.

,8..Ochilov, I. (2023). IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

FORMING THINKING AND SKILLS IN HISTORY LESSONS. Science and

innovation, 2(B4), 481-484. 9.Бобомуротов Т. М. Репрессивные органы как инструмент колониальной политики Советской власти Дисс. на соиск. уч. степ. канд. ист. наук. Т. 2016

10.Неъматов, Р. (2023). Илк ўрта асрлар Хоразм тарихшунослигининг бугунги ҳолати. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 122-125. 11.Nazarov, OR, va Nematov, RAO (2020). O'ZBEKISTONNING YUNESKO BILAN HAMKORLIK TARIXIDAN. Guliston davlat universiteti axborotnomasi , 2020 (4), 45-49.

12.Omongaldi o’g’li, O. I. (2023). QADIMGI DAVRLARDAGI

KO’CHMANCHI SAK, MASSAGET QABILALARI HAQIDA

MUSHOHADALAR. IQRO JURNALI, 2(2), 597-600.

13.Omongaldi o’g’li, O. I. (2022). QADIMGI XORAZM SIRLI QAL’ALARI.

PEDAGOGS jurnali, 10(4), 182-185.

14. Sabirova, N. E. (2022). Xorazm vohasida baxshi ijrochiligi genezisi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 656- 663.

15.Iskandar, O. (2022). XIVA TARIXI VA RIVOJLANISHIDA TURIZMNING

AHAMIYATI. PEDAGOG, 1(3), 327-329.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.