ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINING KASBIY FAOLIYATGA OID KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Аннотация

Ushbu maqolada kompetensiya tushunchasining mazmuni ochib beriladi. Ta’lim oluvchilarda kasbiy kompetentlikni pedagogik jihatdan rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Texnologiya o‘qituvchilar uchun egallanishi mumkin bo‘lgan pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan kompetensiyalar majmuasi mazmuni yoritilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

OID KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Xayrullayeva Nozima Boboqulovna

Buxoro davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kompetensiya tushunchasining mazmuni ochib beriladi. Ta’lim oluvchilarda kasbiy kompetentlikni pedagogik jihatdan rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Texnologiya o‘qituvchilar uchun egallanishi mumkin bo‘lgan pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan kompetensiyalar majmuasi mazmuni yoritilgan.

Kalit so‘zlar: kompetentlik, kasbiy kompetentlik, texnologiyalar, amaliy faoliyat, rivojlantirish.

KIRISH

Mamlakatimizda intiluvchan, iqtidorli va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan - bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlarni voyaga yetkazish uchun barcha shartsharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Bugungi kunda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda. Shunga asosan, yangi avlod standartlarini yaratish pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘yilmoqda. Hozirgi vaqtgacha yaratilgan davlat ta’lim standartlari tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan, ya’ni ta’lim maskanlarining maqsadini bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish tarzida aniqlashtirishdan iborat edi. Shu bois yangi davlat ta’lim standartlarini o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgankompetent-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki oliy ta’limda tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati tinglovchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda.

Bunday reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar tinglovchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda, talabalar juda ko‘p axborotni behuda jamg‘arilishi, ta’limning samarasi past ekani va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog‘i, o‘quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi.

ASOSIY QISM

Yuqoridagi dolzarb muammolarni bartaraf etish maqsadida, ta’lim jarayonlarini turli yangicha yondashuvlar asosida tashkil qilish maqsadga muvofiq sanaladi. Muxtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqiyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, degan fikrlari ham mustaqil O‘zbekistonimiz yoshlarini erkin fikrlashni tarkib toptirishga qaratilayotgani ham e’tibordan holi emas. Shunday ekan biz o‘qituvchilar hozirgi yangi davr talabi asosida darslarni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil qilishimiz oldimizdagi yuksak vazifalardan biridir. Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li - oliy ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Kompetent yondashuv talabadan bilim va ko‘nikmalarni alohida-alohida emas, balki yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda, o‘z navbatida, o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi.

Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li - oliy ta’limda yangicha,ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Kompetent yondashuv tinglovchidan bilim va ko‘nikmalarni alohida-alohida emas, balki yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda, o‘z navbatida, o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi. Kompetent yondashuv oliy ta’limni modernizatsiyalash nuqtayi nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - “bilim - ko‘nikma - malaka”ni oltita birlik (sekstet) - “bilim - ko‘nikma - malaka - amaliy faoliyat tajribasi – kompetensiya - kompetentlik” tarzida tahlil qilish talab etiladi. Dastlab “kompetensiya” tushunchasining mohiyatini aniqlashtirib olish zarur.

Kompetensiya (lotincha so‘z bo‘lib, erishaman, to‘g‘ri kelaman ma’nolarini bildiradi) - sub’yektning maqsadni qo‘yish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan faoliyat obyekti bilan bog‘liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “kompetensiya” tushunchasiga berilgan aksariyat ta’riflar kasbiy ta’lim, kasbiy faoliyat bilan bog‘liqlikda bayon etilgan. Biroq umumiy o‘rta ta’lim bilan bog‘liqlikda mazkur tushuncha innovatsiya tavsifiga ega bo‘lganligi sababli, uning mohiyatini aniqlashtirishga alohida ehtiyoj mavjud.

Kompetensiya - lotincha «Competentia» so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi lug‘aviy ma’nosi «inson yaxshi biladigan», «tajribaga ega bo‘lgan» kabi ma’nolarni bildiradi.

Kompetentlik - biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ishni bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati, aniq ishchi funksiyalarni bajarishda talablarni qondira olish qobiliyati .

Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir .

L.M.Mitina pedagogik kompetentlik - deganda predmet haqidagi bilimlar, o‘qitish metodikasi va didaktikasi, pedagogik muloqot ko‘nikma va malakasi, shuningdek o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘zo‘zini amalga oshirish usullari va vositalarining uyg‘un birlashishini tushungan.

U pedagogik kompetentlik tuzilmasida quyidagi uchta tashkil etuvchini ajratgan: faoliyatli, kommunikativ va shaxsiy. L.M.Mitina tomonidan taklif etilgan pedagogik kompetentlikni tuzilmalashtirishdan kelib chiqqan holda, biz, bo‘lajak mutaxassislar uchun egallanish darajasi pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan quyidagi kompetensiyalar majmuasi yetarli va zarur deb hisoblaymiz:

- faoliyatli yoki maxsus kompetensiya (bilim, ko‘nikma, malaka va pedagogik faoliyatni amalga oshirishning individual usullari);

- shaxsiy yoki kasbiy kompetensiya (kasbiy o‘z-o‘zini takomillashtirish va o‘zo‘zini amalga oshirishga oid bilim, ko‘nikma va malakalar);

- kommunikativ kompetensiya (pedagogik faoliyatni ijodiy amalga oshirishga oid bilim, ko‘nikma va malaka)

Professionallik va kompetentlik tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, har doim ham belgilangan talablar va standartlarga to‘liq mos keladigan odamlar chinakam professionallar bo‘lavermaydi, sabab, ba’zilaribilimlarni amalda qanday qo‘llashni bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo‘lib qolaveradi.

Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish maqsadga muvoqdir:

- maxsus pedagogik kompetensiya;

- pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga ega bo‘lish. Bundan tashqari, pedagogning o‘z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis sifatida o‘z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bog‘liq;

- ijtimoiy pedagogik kompetensiya;

- ijtimoiy vakolat darajasi pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi.

Samarali aloqa ko‘nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik;

- bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan;

- shaxsiy pedagogik kompetensiya;

- bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo‘lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o‘sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir.

Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasi ega bo‘lgan ishchilar charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir.

Xulosa qilib aytish lozimki shaxsga ta’lim va tarbiya berishda nafaqat ta’lim oluvchiga ta’limning yo‘naltirilishi, balki o‘qituvchining pedagogik faoliyatga psixologik tayyorligi muhimdir. Bunday hollarda o‘qituvchining kasbiy kompetentlik darajasiga alohida e’tibor qaratishni talab etadi. Ta’lim tizimida kompetentli yondoshuv ta’lim islohatlarining konseptual asoslari sifatida qabul qilinishi, ta’lim tizimiga kompetentli yondoshuvning joriy etilishi ta’lim maqsadi, mazmuni, o‘qitish shakli, o‘qitish usullari, pedagogik va axborot texnologiyalari, nazorat usullarini hamda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi rolida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. O‘qituvchining kasbiy kompetentligini tarkib toptirish uchun pedagogik oliy ta’limda tub o‘zgarishlarni amalga oshirish kerak. Oliy ta’lim Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi va darsliklarni takomillashtirish yo‘nalishida muayyan ishlar olib borilayotgan bir paytda, mavjud an’anaviy mazmundan voz kechish qiyin kechsa-da, ta’lim mazmunini yanada aniqlashtirish lozim bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Семина Е.А. (2010). Компетентностная модель выпускника педагогического вуза - будущего учителя математики. Альманах современной науки и образования. - № 5 (36). - С. 133-135.

2. Muslimov N.A., Urazova M.B., Eshpulatov Sh.N. (2013). Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. - T.: Fan va texnologiya nashriyoti.

3. Azamat Sunnatula Murtazoev by son, & Oybek daughter Zarina Latipova.

(2022). FROM THE USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF

DIDACTIC EDUCATION OPTIONS . World Scientific Research Journal, 4(2), 34– 40.

4. Муртазоев А. С. ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ

ПРОЦЕССЕ //INTERNATIONAL CONFERENCES. – 2022. – Т. 1. – №. 2. – С. 54-

58.

5. Xayrulla D., Saidjon U., Azamat M. DEVELOPMENT OF LIGHTING CONTROL SOFTWARE FOR “SMART CLASS” //Universum: технические науки. – 2021. – №. 5-6 (86). – С. 18-21.

6. Sunnatula o‘gli M. A. et al. TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

//World scientific research journal. – 2022. – Т. 4. – №. 2. – С. 28-33.

7. Yuldoshev, S., Savriev, S., Мurtazoyev, A., & Khojiev, S. (2022).

NUMERICAL SIMULATION OF THREE-DIMENSIONAL TURBULENT JETS OF

REACTING GASES. Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences, 2(6), 73-82.

8.Djurayev X., Uvayzov S., Murtazoyev A. DEVELOPMENT OF LIGHTING CONTROL SOFTWARE FOR “SMART CLASS” //Universum: технические науки. – 2021. – №. 5-6. – С. 18-21.

9.Каххоров С. К., Жураев Х. О., Хамдамова Н. М. Использование учебных материалов по источникам альтернативной энергии в интеграции на уроках физике //Инновации в науке. – 2019. – №. 5 (93). – С. 17-24.

10.Khamdamova N. USING OF ALTERNATIVE ENERGY SOURCES IN

THE DEVELOPMENT OF STUDENTS'CREATIVITY.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.