Texnologiya fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish hamda
samaradoligini oshirishda grafik organayzer texnologiyasidan foydalanish
Chortoq tuman Maktabgacha va maktab
ta'limi bo'limi tasarrufidagi 32-umumta'lim
maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor
o'rinbosari
Ziyamova Gulbaxor To'laboyevna
Annotatsiya: Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda interaktiv usullarning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Maqolada fanlarni o’zlashtirish, ko’nikmalar, kasbiy mahoratni oshirish hamda o’tilgan mavzuni mustahkamlashda grafikli organayzer texnologiyasidan foydalanish yo’nalishlari tavsiya etilgan.
Kalit so’zlar: texnologiya, Grafikli organayzer, Klaster, Nima uchun, Po’lat, Chuyan, rangli metal, mashg’ulotlar, yangilik, mavzu, materiallar,
Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari. Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro)– ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarini shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.
Ta’lim innovatsiyalari–ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Zamonaviy sharoitda o’quvchilarning o’quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o’qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o’yinlar, muammoli o’qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o’qitish, blended learning (aralash o’qitish) va mahorat darslarita’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda.
Bugungi kunda Respublika ta’lim muassasalarida grafik organayzerlardan keng foydalanilmoqda.
So’nggi vaqtlarda grafik organayzerlar xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda va bugungi kunda respublika ta’limida ham tobora ommalashib bormoqda. SHu sababli ayni o’rinda ushbu grafik organayzerlar mohiyati haqida so’z yuritiladi.
Texnologiya fani mashg’ulotlarni tashkil etishda grafikli organayzerlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’quvchilarni texnologiya fani darslarida faol ishtirok etishini, texnologiya fani mazmuniga oid o’rganilayotgan tushunchalarni, murakkablik darajalari turlicha bo’lgan mavzularni, fanlararo amalga oshirilayotgan aloqadorlik va o’zaro bog’liqlik o’rnatishni, tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash, topshiriqli muammolarni aniqlash, ularni xal etish va berilgan amaliy topshiriqlarni rejalashtirish, tafakkur qilish va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Pedagogik texnologiya muhitida og’zaki ravishda materiallarni o’zlashtirish ko’rsatgichi 10% bulgan sharoitda mashg’ulot olib borish samarasi mashg’ulotlarni ko’rgazmali shakilda tashkil etilsa o’zlashtirish ko’rsatgichi yuqoriroq bo’ladi.
SHunday ekan, yuqorida keltirilgan grafikli organayzerlardan texnologiya fani darslarida foydalanishga doir tavsiyalarni “Texnologiya va dizayn” va “Servis xizmati” yo’nalishlaridagi turli xil mavzular kesimida ko’rib chiqamiz.
Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) - fikriy jarayonlarni ko’rgazmiali taqdim etish vositasi.
Grafik organayzer quydagi turlarga bo`linadi:
Mavzuga oid ma`lumotlarni tarkiblash va tarkibiy bo`lib chiqish, o’rganilayotgan tushunchlar (voqea va hodisalar, mavzular) o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liqlikni o’rnatish usul va vositalari: Klaster, Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvali.
Mavzuga oid ma`lumotlarni taxlil qilish, solishtirish va taqqoslash usuli va vositalari.T-jadvali, venn diagrammasi.
Mavzuga oid muammolarni aniqlash, uni hal etish, taxlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: ” Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “ Piramida”, “ Nilufar guli” sxemalari, “ Qanday?”, “Kaskad” tarkibiy – mantiqiy sxema kabi turlari mavjud.
«Klaster» metodi
Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, uta’lim oluvchilarga ixti yoriy muammolar (mavzu) xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga hizmat qiladi.
«Klaster» metodidan foydalanish tavsifi:
1- bosqich. Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz,shuni qog‘ozga yozing. Fikringizni sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
2-bosqich. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror-bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ilgunga qadar davom ettiring.
4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang.
“Venn diagrammasi” metodi:
Venn diagrammasi ikki va uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi. Talabalarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Undan foydalanish bosqichlari:
-Talabalar ikki guruhga bo’linadi;
-plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qo’yiladi;
-har bir to’g’ri fikrga qo’yiladigan ball oldindan kelishib olinadi;
-qo’yilgan topshiriq bo’yicha guruhlarning har qanday to’g’ri yoki noto’g’ri fikrlari bir talaba tomonidan ikki xil rangdagi flomasterda diagrammaning tegishli joylariga yozib boriladi;
Materiallar
Qora metall
Rangli metall
Mis
Po’lat
-kichik guruh ichidan biror talaba sheriklarining ismi-shariflari to’g’risiga ular aytgan fikrlarni qayd qilib boradi;
-fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach, o’qituvchi va talabalar hamkorligida to’g’ri va noto’g’ri javoblar aniqlanadi;
-to’g’ri javobga uch ball qo’yiladigan bo’lsa, har bir noto’g’ri fikr uchun guruhning umumiy balidan uch ball olib tashlanadi;
-eng ko’p ball to’plagan guruh g’olib hisoblanib ular rag’batlantiriladi;
-bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning noto’g’rilari o’chirib chiqiladi va natijalar e’tiborga olingan holda talabalarga tabaqalashtirilgan ball qo’yiladi.
Venn diagrammasi metodini barcha talabalar bir-biriga bog’liq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. Quyida ushbu metodni Texnologiya mashg’ulotlarida qo’llash mumkin: Qora metallar yani “Po’lat va Chuyan” larni umumiy va farqli tomonlarini aniqlashga doir quyidagi diagrammani misol tariqasida keltirish mumkin mavzularni umumlashtiris maqsadida “Venn diagrammasi” qo`llanilsa dars samaradorligi oshadi.
Po’lat Chuyan
umumiylik
"Nima uchun" metodi 1. Yakka tartibda (juftlikda) muammo shakllantiriladi. 2. “Nima uchun?” so’rog’i bilan strelka chiziladi va ushbu savolga javob yoziladi. Ushbu jarayon muammoni keltirib chiqargan ildiz yashiringan sababi o’rnatilmaguncha davom ettiriladi. 3. Strelka sizning qidiruv yo’nalishinigizni belgilaydi.
\
O’quvchi Metallarning fizik,
mexanik va texnologiya
xossalari bilish kerak?
Metallarning
texnologik xossalarini
bilish kerak?
Metallarning fizik
xossalarini bilish
kerak?
Metallarning mexanik xossalarini bilish kerak?
Metallar va qotishmalarning xossalarini oʻrganish kerak?
-//-
-//- -//-
-//-
Nima uchun
Nima uchun
Nima uchun
Texnologiya fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil qilish modeli
Texnologiya fani darslarining asosini amaliy mashg’ulotlar tashkil qiladi. SHu jihatdan ham bu fan boshqa fanlardan o’ziga xos ravishda tashkil qilinishi bilan ham ajralib turadi. SHunday ekan, tashkil etiladigan amaliy mashg’ulotlarda nazariy mashg’ulotlarda olingan bilimlarni amalda, hayotiy tajribalar asosida mustahkamlanadi. Bu jarayon bevosita o’quvchilar ishtirokida amalga oshirilishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, tashkil etiladigan amaliy mashg’ulotlar o’quvchilarga bilim berishning asosiy tashkiliy shakllaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda turli interfaol metodlardan foydalanib amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish samarali hisoblanadi. Bunda o’quvchilarning alohida va o’ziga xos xususiyatlari to’liq namoyon bo’ladi. Ular ijodiy
Ta’limiy
Ishning maqsadi
Rivojlantiruvchi Kasbga yo’naltiruvchiTarbiyaviy
Metodlar Amaliy mashg’ulot Jihozlar
Ishning mazmuni
Yakka tartibda ishlashKichik guruxlarda ishlash Jamoa bilan ishlash
I N T E R F A O L M E T O D L A R
Samaradorlik
Yangi g’oyalar va xulosalar
Natija (Shakillangan kometensiya) ishlaydilar, berilgan muammo ustida qo’shimcha manbaalar hamda o’z kuzatishlari asosida xulosalar chiqaradilar, yangi g’oya va fikrlar asosida o’zlariga ishonch, do’stlari fikriga xurmat bilan qarash sifatlari tarkib topadi. Bunday amaliy mashg’ulotlarda belgilangan maqsad va vazifalar amalga oshiriladi va yakuniy natija kafolatlanadi.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiya – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, amaliy mashg’ulotlarni olib borish yoki boshqa fan texnika yutuqlaridan foydalangan holda o’quvchilarga yangi bilim berishdan iboratdir. Amaliy mashg’ulotlarini tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanishga doir ushbu maqola bilan darslarni samarali tashkil etish haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin hamda yuqorida aytib o’tilgan metod va o’yinlar orqali o’quvchilarni dars jarayoniga jalb qilish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. A. Abduqodirov, R. Ishmuhammedov. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” T.: 2008. – 128 b. 2. A. Mavlonov va boshqalar. O’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda ta’lim texnologiyalari. O’quv qo’llanma. «Tafakkur bo’stoni» nashriyoti, Toshkent, 2013. - 142 bet. 3. B.X.Raximov., A.Mavlyanov., V.CHoriev. va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar sxemalarda. O’quv qo’llanma.–T.: Fan va texnologiyalar., 2009-124 b.
4. Худайкулов Ш. и др. ОБУЧЕНИЕ СТУДЕНТОВ ИЗГОТОВЛЕНИЮ КАРТИН
ГРАФИЧЕСКИМ СПОСОБОМ ИЗОНИТОВЫХ НИТЕЙ //International Journal of Formal Education. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 295-300. 5. N.N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma.Toshkent 2006 y. 159 b. 6. Mirboboyev V.A. Konstruksion materiallar texnologiyasi. Toshkent, "O’qituvci", 1991y-408 b. 7. Po’latov S.,RaxmonaliyevI., Qosimov Q. Materialshunoslik va konstruksion material lar texnologiyasidan amaliy mashg’ulotlar ─ T.“Mehnat”,1992 y. 136 b. 8. Xomidova, R., & Xudayqulov, S. S. (2024, May). STEAM TEXNOLOGIYALARI
ASOSIDA TEXNOLOGIYA FANINI O'QITISH SAMARADORLIGI. In Past and
Future of Medicine: International Scientific and Practical Conference (Vol. 5, pp. 14-16).
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.