YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK QADRIYATLARNING O’RNI
Jumayeva Gulnara Tursunpulatovna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Pedagogika va texnologik ta’lim kafedrasi
pedаgоgikа fаnlаri bо’yichа fаlsаfа dоktоri (PhD) v/b professor.
gulnara_jumayeva@tues.uz Annotatsiya. Maqolada pedagogik qadriyatlar tushunchasi, turlari, shakllari hamda pedagogik qadriyatlar tizimining o‘ziga xos qarashlari haqida so‘z yuritilgan. Muallif pedagogik qadriyatlarning qadriyatlar tizimi bilan aloqadorligi va pedagogik aksiyologiyaga sohasidagi tadqiqotlarni ilmiynazariy jihatdan tahlil qilib bergan.
Tayanch tushunchalar: Qadriyat, pedagogik qadriyatlar, ta’limiy qadriyatlar, tarbiyaviy qadriyatlar, qadriyatlar tizimi.
Аннотация. В статье рассматриваются понятие, виды и формы педагогических ценностей, а также специфические подходы к их системе. Автор проанализировал с научнотеоретической точки зрения взаимосвязь педагогических ценностей с общей системой ценностей и исследования в области педагогической аксиологии.
Ключевые понятия: ценность, педагогические ценности, образовательные ценности, воспитательные ценности, система ценностей.
The article is devoted to the concept, types, forms and features of pedagogical values. The author analyzed researches in the field of pedagogical axiology from the scientific and theoretical point of view and pointed to the connection of pedagogical values with the general value system.
Supporting concepts: Values, pedagogical values, educational values, educational values, value system.
KIRISH. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohani modernizatsiya qilish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish asosiy strategik vazifalar” sifatida belgilangan.
Xususan, mustaqilligimizning birinchi kunidan boshlab, hayotimizning barcha jabhalarida qadriyatlar, milliy tiklanish, milliy ong, milliy g‘urur, milliy iftixor kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas. Zotan, mustaqillik ayni paytda milliy tiklanish hamdir. Uni esa mazkur tushunchalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o‘ziga xos mezon vazifasini o‘taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo‘layotgan faoliyat turlariga baho beriladi. Yosh avlodning hayotiy mo‘ljallari, “zamon qahramoni” haqidagi tasavvurlari ham ma’naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. Milliy g‘oyani obyektiv anglashda qadriyatlar va ma’naviyat olamini bilish va uni amaliy o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotga ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi.
Pedagogik qadriyatlar – bu pedagogik faoliyatga xos bo‘lib, ular nafaqat pedagogik ehtiyojlarni qondirishga imkon beradi, balki uning ijtimoiy va kasbiy faolligini o‘zida ifoda etadi. Pedagogik qadriyatlar hayotda o‘z-o‘zidan tasdig‘ini topmaydi. Ular jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy aloqalarga bog‘liq. O‘qituvchining ongida mustahkamlangan pedagogik qadriyatlar uning shaxslararo muloqotida, ijodiy faoliyatida, o‘quvchi shaxsining rivojlanishida, kasbiy hamkorlikda, ma’naviy qadriyatlar almashinuvidagi kasbiy yo‘nalishlari tizimini hosil qiladi.
NATIJALAR. Pedagogik aksiologiyaga oid adabiyotlarda pedagogik qadriyatlarning xilma-xil tasniflari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar: ta’limning hamma uchun ochiqligi va bepulligi, millatidan qat’i nazar barcha fuqarolarning bilim olishdagi teng huquqliligi, talabalarni va ota-onalarning ta’lim muassasasini tanlash erkinligi;
2) intellektual qadriyatlar: bilishga ehtiyoj, qiziqish va faollik, o‘quvchitalabalarning ijodiy faoliyati, fikrning go‘zalligi va so‘z bilish faoliyati vositasi sifatida;
3) axloqiy qadriyatlar: talabaning burch va shaxsiy majburiyatlari, uning pedagogik jarayonning subyekti bo‘lish huquqi, bilimlarni egallashdagi axloqiy rag‘batlar va motivlar, vatanparvarlik va fuqarolik, mehnat va boshqa kishilarning mehnatini hurmat qilish;
4) kasbiy-pedagogik faoliyatga doir qadriyatlar: o‘qituvchi-tarbiyachini mehnat qilishga chorlash, tanlagan kasbiga mas’uliyat bilan yondashuv, pedagogning mahorati, uning izlanishlitadqiqotchilik, innovatsion faoliyati, kommunikativ qobiliyati, talabalar bilan muloqotdagi ijobiylik, pedagogik mahorat.
MUHOKAMA. Kasbiy yo‘nalganlik tizimiga asoslangan holda, pedagogik qadriyatlar quyidagicha tasnif etiladi:
1. Maqsadli qadriyatlar: shaxsiy Men va kasbiy Men yig‘indisidagi bo‘lajak o‘qituvchining shaxsiy konsepsiyasi. o‘qituvchi pedagogik faoliyat maqsadlarini amalga oshirish yo‘llarini qidirar ekan, o‘zini va o‘zgalarni rivojlantirish yo‘lidagi o‘z kasbiy strategiyasini tanlab oladi. Binobarin, maqsadli qadriyatlar davlatning ta’lim siyosatini va pedagogika ilmining rivojlanish darajasini aks ettiradi. Bu qadriyatlar subyektlashgan holda pedagogik faoliyatning ahamiyatli omillariga aylanadi va vositali qadriyatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ular nazariya, metodologiya, pedagogik texnologiyalarni egallash natijasida shakllanib, pedagogning kasbiy ta’limi asosini tashkil etadi. Shaxs uchun zaruriy qadriyatlar quyidagi maqsadli qadriyatlarni o‘zida aks ettiradi: o‘qituvchi mehnatining ijodiy va serqirralilik tavsifi, uning nufuzi va ahamiyatliligi, jamiyat oldidagi yuksak mas’uliyat, o‘zini namoyon qilish, bolalarga mehr va boshqalar. Bunday qadriyatlar ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi shaxsining, talabalar jamoasi va pedagogik jamoaning rivojlanishi bilan bog‘liq pedagogik faoliyatda o‘z ifodasini topadi.
2. Vositali qadriyatlar: pedagogik muloqot, texnika va texnologiya, monitoring, innovatika, intuitsiya tizimi. vositali qadriyatlar maqsadli qadriyatlarga erishishda vosita bo‘lib xizmat qiladi (mehnat natijalarining jamiyatda tan olinishi, shaxsning qiziqishlari va qobiliyatlarini pedagogik faoliyat tavsifiga muvofiqligi, kasbiy o‘sish va b.).
3. Munosabatli qadriyatlar: pedagogik jarayon ishtirokchilarining munosabati, kasbiypedagogik faoliyatga munosabat.
4. Sifat qadriyatlari: shaxsning xulq-atvor, faoliyatga doir xilma-xil sifatlari.
5. Bilishga oid qadriyatlar: o‘qituvchilik kasbining bilishga doir qadriyatlari nazariy darajada talabalarning o‘qituvchilik kasbiga doir qadriyatlarni e’tirof etishi va qabul qilishi bilan bog‘liq .
Talabalarni shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish nuqtayi nazaridan pedagogik qadriyatlarni ikkita katta guruhga tasnif etish mumkin: ijtimoiy-pedagogik va shaxsiypedagogik qadriyatlar.
Ijtimoiy-pedagogik qadriyatlar turli ijtimoiy tizimlarda ish olib boruvchi va ijtimoiy ongda namoyon bo‘luvchi qadriyatlarning tavsifi va mazmunini aks ettiradi. Bu ta’lim sohasidagi jamiyat faoliyatini tartibga soluvchi g‘oyalar, tushunchalar, me’yorlar, qoidalar, an’analar majmuidir.
Shaxsiy-pedagogik qadriyatlar ijtimoiy-psixologik ta’lim sifatida yuzaga chiqib, ularda o‘qituvchi shaxsining maqsadlari, motivlari, ideallari va boshqa dunyoqarashga oid xususiyatlari aks etadi. Bu xususiyatlar majmui uning qadriyatlar yo‘nalishi tizimini tashkil etadi. Qadriyatlar yo‘nalishi sifatidagi aksiologik “Men” nafaqat kognitiv (bilishga doir) tarkibiy qismlarni, balki insonning ichki yo‘nalganligida muhim o‘rin tutuvchi hissiy-irodaviy tarkibiy qismlarni ham o‘z ichiga oladi. Unda ham ijtimoiypedagogik, ham pedagogik qadriyatlarning individual-shaxsiy tizimiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi kasbiy-jamoaviy qadriyatlar o‘rin olgan .
Shuningdek, o‘z navbatida pedagogik qadriyatlarni bunday xilma-xilligi ularni umumiy tarzda ta’limiy va tarbiyaviy qadriyatlarga ajratishga imkon beradi.
Ta’limiy qadriyatlar shaxsga ilmiy-nazariy bilimlarni berish, unda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash, uning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishida muhim ijtimoiypedagogik ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi obyektiv va subyektiv omillar majmuasidir.
Tarbiyaviy qadriyatlar ijtimoiy hayot va inson ongida xilma-xil muddatlarda mavjud bo‘lishi; mazkur qadriyatlarning barcha jamiyatlar uchun bir xil ahamiyatga ega bo‘lmasligi; tarbiyaviy tizimlarda mavjud bo‘la olishi va pedagogik samaradorlikni belgilashga xizmat qiladi. Ana shu bilan bog‘liqlikda tarbiyaviy qadriyatlar absolyut – shu jumladan, genetik manbadan yuzaga keluvchi umuminsoniy qadriyatlar; vaqt bilan bog‘liq (vaqtinchalik) – aniq-tarixiy; barqaror – mental, etnik; individual-shaxsiy kabi turlarga bo‘linadi.
Agar qadriyat din, mafkura, san’at kabi ijtimoiy ong shaklidan alohida ajratib qaralsa, u holda uning mustaqil ma’no-mohiyatiga nisbatan shubha uyg‘onadi. Chunki inson yoki jamiyatning biror-bir ehtiyojlarining qondirilishi nafaqat moddiy, balki ideallik bilan aloqadorlikni aks ettiradi. Ehtiyojning o‘zi ham ijtimoiy hayotning qator shart-sharoitlari va o‘ziga xosliklarini aniqlab beradi. Demak, qadriyat inson va jamiyatning tashqi olamga munosabatining, ularning ichki ehtiyojlari va voqelikka munosabatlari bilan uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keladi. Mazkur munosabatning barqaror xususiyat kasb etishi inson faoliyatining maqsadi va motivlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi “qadriyatli yo‘nalganlik” atamasi bilan ifoda etiladi. “Ijtimoiy harakatlarning tuzilishi haqida” deb nomlangan asarda qadriyat va qadriyatga yo‘nalganlik tushunchalari o‘rtasidagi aloqadorlik ajratib ko‘rsatilgan. ya’ni sosium madaniyatida etalonlarga intilishning namoyon bo‘lishi asosida jamiyatning funksional ehtiyojlari yuzaga chiqadi .
Pedagogik aksiologiyaga doir adabiyotlarda “qadriyatli ustanovka” tushunchasi ham uchraydi. Garchi ko‘pchilik mualliflar “qadriyatli yo‘nalganlik” va “qadriyatli ustanovka” tushunchalarini sinonim sifatida qo‘llashsa ham, birinchilardan bo‘lib M.Rokich ular orasidagi farqni alohida ajratib ko‘rsatgan. Uning fikricha, ustanovkani ma’lum bir obyekt (aniq yoki abstrakt, shaxsiy yoki ijtimoiy)ga yoki vaziyatga nisbatan subyekt munosabatida aks etuvchi uzoq vaqt davomida shakllangan bir qancha ishonch, e’tiqodlar majmui deb qarash mumkin . Demak, yo‘nalganlikda shaxsning jamiyatdagi me’yorlar bilan inson ehtiyojlari uyg‘unlashuvi aks etsa, qadriyatli ustanovkada shaxsning amaliy faoliyatda mazkur munosabatlari tizimini ro‘yobga chiqarishga tayyorligi aks etadi.
“Qadriyatlar tizimi” muayyan ijtimoiy subyektlarga (shaxs, millat, jamiyat va boshqalar), biron bir davr, tarixiy bosqich yoki soha bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyat shakllarining o‘zaro aloqadorligi va chambarchas bog‘liqligini ifodalaydigan tushunchadir.
Tizim, tuzilish, tizimni tashkil etuvchi qismlar, tizimlilik asosida yondashish usuli kabi muammolar, ularning mohiyati, mazmuni va ahamiyatiga doir falsafiy fikrlar pedagogik-psixologik adabiyotlarda nihoyatda misollar ko‘p. tizimlilik prinsipi esa ilmiy bilish va tadqiqotlarning asosiy usullaridan biriga aylangan. Eng muhimi, ana shu prinsip va uni ilmiy bilishda namoyon bo‘lish qonuniyatlarining aksiologik tadqiqotlar, qadriyatlar va qadriyat tizimlarining amaliyotini tahlil qilishda kashf etadigan o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish muhimdir. Bu borada tarixiylik mezonining qo‘shilishi hamda masala tizimlilik va tarixiy usul qoidalaridan aksiologik tizimlarga tatbiqan foydalanish tarzida qo‘yilayotgan muammoni yanada dolzarblashtiradi.
Qadriyatlar tizimi madaniyatning asosini tashkil etib, jamiyat a’zolarining ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlari, qiziqishlari, ularning ijtimoiy harakatlari va xulqatvorini boshqarishni o‘zida aks ettiradi. Qadriyatlarning uchta asosiy tizimini ajratib ko‘rsatish mumkin: transsendental (diniy mohiyat nuqtayi nazaridan qandaydir mutlaqlikka ega), ijtimoiy yo‘naltirilgan – sotsiosentrik (guruhiy, umuminsoniy, kasbiy, milliy va h.k.) va antropotsentrik (individual).
Hayot mazmunini belgilab beruvchi (yaxshilik, yomonlik, baxt, farovonlik), universal (hayotiy (vital), demokratik, ijtimoiy obro‘-e’tibor, shaxsiy rivojlanish, shaxslararo munosabat), norasmiy (an’anaviy, diniy va urbanizatsiyaga oid) va jamoaviy (o‘zaro bir-biriga yordam berish va birdamlik). Hayotiy (vital) qadriyatlar deganda, inson hayotini muhofaza qilish va uzaytirishga yo‘naltirilgan birlamchi va oddiy ehtiyojlar tushuniladi. Hayot mazmunini belgilab beruvchi qadriyatlar esa murakkab tuzilishga ega bo‘lib, butun inson hayotini murakkabliklari va g‘aroyibotlarga boyligini ifoda etadi .
XULOSA. Xulosa qilib aytganda, tizimli, subyektiv va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlar va qadriyatga yo‘naltirilgan faoliyatning o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda “qadriyat” tushunchasi o‘quvchi-talabaning kasbning ijtimoiy ahamiyatini to‘liq anglab yetilganligi tavsifida bo‘lg‘usi pedagogik faoliyatga subyektiv munosabati va bahosini ifoda etishini anglatadi.
Mazkur asosga tayangan holda “qadriyatlar tizimi” tushunchasiga barqaror doimiy va dinamikfunksional aloqadorlikka ega qadriyatga yo‘naltirilgan (baholashga doir) faoliyat asosida kasbiy tayyorgarlik jarayonida shakllanadigan komponentlar (qadriyatning turlari va shakllari) majmuidir, degan xulosaga kelish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Beruniy A. Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar.-T. 1968.
2.Jumayeva G.T. Maktab o'qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. Termiz2022 45 b.
3.Xodjayev B. Pedagogik aksiologiya. – T.: Fan va texnologiya, 2012. 49-50-b.
4. Kaldibekova A., Xodjayev B. Pedagogik aksiologiya. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 50-b
5. Tursunpolatovna J. G. Methods of Formation and Improvement on the Basis of an Innovative Approach to Improving the Pedagogical Skills of School Teachers //JournalNX. 2020 – p. 50-52.
6..Jabborov I.M. O'zbeklar: Turmush tarzi va madaniyati.-T.O'qituvchi, 2003.
7.Tursunpolatovna J. G. Methods of Formation and Improvement on the Basis of an Innovative Approach to Improving the Pedagogical Skills of School Teachers //JournalNX. 2020 – p. 50-52.
8.Tursunpolatovna J. G. Factors of Innovative Approach in Improving the Pedagogical Skills of School Teachers //International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology. 2020. – p. 52-54.
10.Жумаева Г. Т. Современные технологии обучения учащихся //Евразийский научный журнал. – 2016. – №. 6. – c. 456-458.
11.Tursunov I., Jumayeva G., Ostanov K. Features of innovation development of the economy Uzbekistan //International conference on scientific development in North America. – 2017. – p. 43-49.
12.Жумаева Г.Т. Основные тенденции развития педагогического мастерства учителя //Педагогическое образование и наука.–2019.–№. 5.– c. 9-11.
13.Tursunpolatovna J. G. The use of innovative approach techniques in improving the pedagogical skills of teachers//World Bulletin of Social Sciences.– 2021.–Т. 1.– №.1.–p.18-20.
14. А.Ш.Нурмаматов, Понятие направленности личности в современной психологии. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, 2016 .
15.A.SH.Nurmamatov. Bolaning shaxs sifatida shakllanishidagi ayrim psixologik muammolar, Современное образование (Узбекистан), 2015.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.