ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Theoretical and Practical Foundations of Using Collaborative Learning Technologies in Primary Grades

Аннотация

This article examines the theoretical and practical foundations of collaborative learning in primary school settings. The study explores how students acquire knowledge through cooperative interaction, the effectiveness of small-group work, the teacher’s role as a facilitator, the use of open-ended tasks, and comprehensive process-based assessment. The effectiveness of the approach is supported by findings from international PISA and PIRLS studies. The article concludes that collaborative learning plays a vital role in developing independent thinking, communicative, and social competencies among primary school students.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KOLLABORATIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Xolboyeva Mahzuna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi

2-bosqich magistranti

xolboevamahzuna@gmail.com

Ilmiy rahbar: Boshlang‘ich ta’lim metodikasi

kafedrasi dotsenti, p.f.f.d (PhD) S.Q.Eshboyeva

Annotatsiya. Mazkur maqola boshlang‘ich ta’lim jarayonida kollaborativ (hamkorlikka asoslangan) yondashuvning nazariy va amaliy asoslarini tahlil etishga bag‘ishlangan. Maqolada o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlik asosida bilim egallash jarayoni, kichik guruhlarda ishlash samaradorligi, o‘qituvchining fasilitatorlik roli, ochiq turdagi topshiriqlardan foydalanish va jarayonni kompleks baholash masalalari ko‘rib chiqilgan. Xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlari natijalari asosida yondashuvning samaradorligi asoslangan. Maqola xulosasi sifatida kollaborativ ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash, kommunikativ va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi muhim roli ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar: kollaborativ ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, mustaqil fikrlash, kichik guruhlar, fasilitator, hamkorlikka asoslangan faoliyat, kommunikativ kompetensiya.

Аннотация. Данная статья посвящена анализу теоретических и практических основ коллаборативного (совместного) подхода в процессе начального образования. В работе рассматриваются вопросы совместного освоения знаний учащимися, эффективности работы в малых группах, роли учителя как фасилитатора, использования открытых заданий и комплексного оценивания учебного процесса. Эффективность подхода обоснована на основе результатов международных исследований PISA и PIRLS. В заключении подчёркивается ключевая роль коллаборативного обучения в развитии самостоятельного мышления, коммуникативной и социальной компетентности учащихся начальных классов.

Ключевые слова: коллаборативное обучение, начальное образование, самостоятельное мышление, малые группы, фасилитатор, совместная деятельность, коммуникативная компетентность.

Abstract. This article examines the theoretical and practical foundations of collaborative learning in primary school settings. The study explores how students acquire knowledge through cooperative interaction, the effectiveness of small-group work, the teacher’s role as a facilitator, the use of open-ended tasks, and comprehensive process-based assessment. The effectiveness of the approach is supported by findings from international PISA and PIRLS studies. The article concludes that collaborative learning plays a vital role in developing independent thinking, communicative, and social competencies among primary school students.

Keywords:collaborative learning, primary education, independent thinking, small groups, facilitator, cooperative activity, communicative competence.

Kirish. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida hamkorlikka asoslangan faoliyatni yo‘lga qo‘yish o‘quvchilarning mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday yondashuv orqali o‘quvchilarda o‘zaro muloqot qilish, jamoa bilan ishlash, fikr almashish hamda ijtimoiy munosabatlarda faol ishtirok etish ko‘nikmalari rivojlanadi. Shu bilan birga, kollaborativ faoliyat ta’lim jarayonining samaradorligini oshirib, o‘quvchilarning kommunikativ va ijtimoiy kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Xalqaro va milliy ta’lim tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar bilimlarni birgalikda o‘zlashtirgan sharoitda ularning o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasi oshadi, o‘zlashtirish darajasi barqarorlashadi hamda bilimlarni amaliy vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalari shakllanadi1.

Kollaboratsion yondashuvning asosiy xususiyati o‘quvchilarning o‘quv jarayonida passiv tinglovchi emas, balki faol ishtirokchi sifatida qatnashishidir. Bu yondashuvda bilim olish jarayoni o‘qituvchi tomonidan biryoqlama beriladigan axborotga emas, balki o‘quvchilarning o‘zaro muloqoti, fikr almashuvi va birgalikda muammolarni hal etish faoliyatiga asoslanadi. Shu bois hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayonida o‘quvchilar o‘z bilimlari va amaliy tajribalarini tengdoshlari bilan 1 Выготский Л.С. Педагогическая психология. – Москва: Педагогика, 1991. – 480 с. almashadilar, fikrlarini dalillar orqali ifodalashga intiladilar hamda boshqalarning qarashlarini tahlil qilish orqali o‘z dunyoqarashini kengaytiradilar.

Asosiy qism. Ilmiy manbalarda kollaboratsion ta’limning samaradorligi bir nechta muhim didaktik tamoyillarga tayanishi qayd etiladi. Mazkur jarayonda o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlik, har bir ishtirokchining shaxsiy mas’uliyati, bevosita muloqot olib borish, ijtimoiy munosabat ko‘nikmalarini shakllantirish hamda guruh faoliyatini baholab borish kabi jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tamoyillar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonida har bir o‘quvchi umumiy natijaga hissa qo‘shishga intiladi, shu bilan birga shaxsiy javobgarlikni ham his etadi2.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga xos hamda psixologik jihatlarini inobatga olgan holda, hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etishda kichik tarkibli guruhlar bilan ishlash samarali usullardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, 3–5 nafar o‘quvchidan iborat guruhlarda olib borilgan ishlar bolalarning dars jarayonida faol qatnashishi, erkin muloqot qilishi va o‘zaro fikr almashishini ta’minlaydi. Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bunday guruhlar o‘quvchilarning faolligini saqlab qolishga, har bir ishtirokchining fikr bildirish imkoniyatini ta’minlashga va muloqot jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Kollaborativ faoliyatni yo‘lga qo‘yishda o‘qituvchining roli ham o‘zgaradi. U an’anaviy bilim beruvchi subyekt sifatidan ko‘ra, jarayonni boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi va maslahat beruvchi fasilitator vazifasini bajaradi. O‘qituvchi guruhlar faoliyatini kuzatadi, muammoli vaziyatlar yuzaga kelganda yo‘naltiruvchi savollar beradi, o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtiradi va natijalarni umumlashtiradi3.

Kollaboratsion ishlashga yo‘naltirishda topshiriqlarning mazmuni muhim ahamiyat kasb etadi. Topshiriqlar ochiq turdagi, bir nechta yechimga ega, tahlil va muhokamani talab qiladigan bo‘lishi zarur. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarni faktlarni solishtirishga, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlashga va xulosalar chiqarishga undaydi. Natijada mustaqil fikrlash ko‘nikmalari tabiiy ravishda shakllanadi. 2 Nishonova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik asoslari: psixol. fan. dokt. ... diss. – Toshkent, 2005. – 391 b. 3 Жумаев Р. Бошланғич таълимда мустақил фикрлашни ривожлантириш методикаси. – Тошкент: Tafakkur, 2022. – 174 б.

Boshlang‘ich ta’lim amaliyotida kollaborativ yondashuv ko‘pincha “Think–Pair–Share” (o‘yla – juftlikda muhokama qil – sinf bilan baham ko‘r), kichik guruhlarda muammoli vazifalarni bajarish, rolli o‘yinlar, loyiha asosida o‘qitish va munozara elementlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu metodlar o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash bilan birga, ularning muloqot, tinglash va fikrini asoslash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi4.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kollaboratsion ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvi va emotsional holati ham ijobiy tomonga o‘zgaradi. Guruhli faoliyat davomida o‘quvchilar o‘zaro yordam ko‘rsatish, tengdoshlarini qo‘llab-quvvatlash va umumiy natija uchun mas’uliyatni bo‘lishish tajribasiga ega bo‘ladi. Bu esa sinf jamoasida ijobiy psixologik muhitni shakllantiradi. Shu bilan birga, kollaboratsion ishlashni tashkil etishda muayyan muammolar ham mavjud. Amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi hollarda faol o‘quvchilar guruh ishida yetakchi bo‘lib, kamroq faol o‘quvchilar esa passiv ishtirokchi sifatida qolib ketadi. Bu holat individual mas’uliyat tamoyilining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi topshiriqlarni taqsimlashda har bir o‘quvchining ishtirokini ta’minlovchi mexanizmlarni ishlab chiqishi zarur5.

Kollaboratsion yondashuv samaradorligini oshirishda baholash tizimi ham muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy baholash amaliyotida faqat yakuniy natijani emas, balki jarayonni, o‘quvchining guruhdagi faolligini, muloqot madaniyatini va mustaqil fikrlash darajasini ham inobatga olish tavsiya etiladi. Bunday yondashuv o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi. Kollaboratsion faoliyatni tashkil etish jarayonida o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotning sifat jihatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Kollaborativ yondashuvning yana bir muhim xususiyati — unda ijtimoiy rollarning shakllanishidir. Guruhli faoliyat davomida o‘quvchilar yetakchi, muhokamachi, yozib boruvchi, nazoratchi kabi turli rollarni bajaradi. Ushbu rollar o‘quvchilarda mas’uliyatni his qilish, vazifalarni taqsimlash va jamoaviy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, bunday rolli taqsimot o‘quvchilarning faolligini tenglashtiradi hamda passiv 4 Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006. – 260 b. 5 Ибрагимов Х.И., Юлдашев У.А. Педагогик психология. – Тошкент: Fan va texnologiya, 2019. – 320 б. ishtirokchilarning jarayonga jalb etilishiga xizmat qiladi. Kollaboratsion ta’limning samaradorligi o‘quv muhiti va sinf iqlimiga ham bevosita bog‘liqdir. O‘quv jarayonida qulay psixologik muhitni yaratish ham hamkorlikdagi faoliyat samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. O‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonch, hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlash muhiti shakllanganida jamoaviy ishlash jarayoni yanada faol va mazmunli kechadi. Ilmiy kuzatishlar natijalariga ko‘ra, ana shunday sharoitda bolalar xato qilishdan cho‘chimay, o‘z fikr va qarashlarini erkin bayon eta oladilar. Bu holat esa ularda mustaqil fikrlash, erkin mushohada yuritish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi6.

Boshlang‘ich ta’limda kollaboratsion yondashuvni joriy etishda ta’lim mazmunining fanlararo integratsiyasi ham muhim omil hisoblanadi. Masalan, ona tili, o‘qish savodxonligi, matematika va atrof-muhit fanlarida birgalikda bajariladigan loyiha va topshiriqlar o‘quvchilarning bilimlarni turli kontekstlarda qo‘llashiga, muammolarni kompleks tahlil qilishiga va fanlararo bog‘liqlikni anglashiga yordam beradi. Bu esa mustaqil fikrlashning yanada chuqur va barqaror shakllanishiga xizmat qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi ham kollaboratsion ta’limning yangi imkoniyatlarini yaratmoqda. Raqamli platformalar, interaktiv doskalar, onlayn muhokama maydonlari va ta’limiy ilovalar o‘quvchilarning birgalikda ishlash jarayonini yanada samarali tashkil etish, natijalarni vizual tarzda taqdim etish va fikr almashuvni kengaytirish imkonini beradi. Zamonaviy ilmiy izlanishlarda elektron va raqamli texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan jamoaviy ta’lim faoliyati o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishi hamda o‘quv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda7.

Kollaboratsion yondashuvni amaliyotga joriy etishda o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchilar hamkorlikka asoslangan darslarni rejalashtirish, samarali topshiriqlar ishlab chiqish, guruh ishini boshqarish va baholash mezonlarini aniqlash bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. Malaka oshirish kurslari va metodik seminarlar orqali 6 Ишмухамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновaцион технологиялар. – Тошкент: Истеъдод, 2017. – 180 б. 7 Nurullayeva Sh. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish metodikasi: ped. fan. nomz. ... diss. – Toshkent, 2007. – 180 b. o‘qituvchilarning ushbu yo‘nalishdagi kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish kollaborativ ta’limning sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi. Kollaboratsion faoliyat natijalarini baholashda formatif (jarayon davomida baholash) va summativ (yakuniy baholash) yondashuvlarning uyg‘unligi tavsiya etiladi. Jarayon davomida o‘quvchilarning guruhdagi faolligi, muloqot madaniyati, fikrini asoslash darajasi va muammolarni hal etishdagi ishtiroki baholanadi. Yakuniy baholashda esa o‘quvchilar tomonidan yaratilgan mahsulotlar, taqdimotlar, yozma ishlar yoki loyiha natijalari tahlil qilinadi. Bunday kompleks baholash tizimi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash kompetensiyasini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xalqaro tajribaga murojaat qilinganda, ko‘plab rivojlangan ta’lim tizimlarida boshlang‘ich bosqichdayoq kollaborativ o‘qitish metodlari keng qo‘llanilayotgani kuzatiladi. Masalan, PISA va PIRLS tadqiqotlari natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning matnni tushunish, tahlil qilish va muammolarni hal etish ko‘nikmalari ko‘p hollarda sinfdagi hamkorlik muhiti va muloqot darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Ushbu tajribalar kollaborativ yondashuvning mustaqil fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi8. Umuman olganda, o‘quvchilarni kollaboratsion ishlashga yo‘naltirishning kengaytirilgan modeli nafaqat o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, balki ularni ijtimoiy hayotga moslashgan, o‘z fikrini asoslab bera oladigan, jamoada ishlash madaniyatiga ega bo‘lgan shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur yondashuvning izchil va tizimli joriy etilishi boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishning muhim sharti sifatida namoyon bo‘ladi.

Xulosa. Boshlang‘ich sinflarda kollaborativ ta’lim texnologiyalarini qo‘llash o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, kommunikativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim omil ekanligi isbotlangan. Kichik guruhlarda tashkil etilgan hamkorlik faoliyati, fasilitator o‘qituvchi va ochiq turdagi topshiriqlar birgalikda ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlari natijalari ham ushbu yondashuvning samaradorligini tasdiqlaydi. Shundan kelib chiqib, kollaborativ ta’lim metodlarini boshlang‘ich ta’lim amaliyotiga izchil joriy etish o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy tafakkurni shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. 8 Кларин М.В. Инновaционные модели обучения. – Москва: Наука, 1995. – 223 с.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ибрагимов Х.И., Юлдашев У.А. Педагогик психология. – Тошкент: Fan va texnologiya, 2019. – 320 б.

2. Ишмухамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълимда инновaцион технологиялар. – Тошкент: Истеъдод, 2017. – 180 б.

3. Жумаев Р. Бошланғич таълимда мустақил фикрлашни ривожлантириш методикаси. – Тошкент: Tafakkur, 2022. – 174 б.

4. Кларин М.В. Инновaционные модели обучения. – Москва: Наука, 1995. – 223 с.

5. Nishonova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik asoslari: psixol. fan. dokt. ... diss. – Toshkent, 2005. – 391 b.

6. Nurullayeva Sh. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish metodikasi: ped. fan. nomz. ... diss. – Toshkent, 2007. – 180 b.

7. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006. – 260 b.

8. Выготский Л.С. Педагогическая психология. – Москва: Педагогика, 1991. – 480 с.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.