ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

TIBBIY TAYYORGARLIK SIFATINI OSHIRISH VOSITASI SIFATIDA IMMERSIV TA’LIM MUHITLARI.

Аннотация

maqolada immersiv ta’lim muhitlarining didaktik salohiyati va ularning tibbiy tayyorgarlik sifatiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Xalqaro tadqiqotlar tahlili asosida virtual va to‘ldirilgan reallik texnologiyalarini tibbiy biologik yo‘nalish talabalarini o‘qitishda qo‘llashning nazariy va metodologik asoslari ochib beriladi. Immersiv o‘qitishning talabalar bilimi, amaliy ko‘nikmalari va o‘quv motivatsiyasi darajasiga ijobiy ta’sirini tasdiqlovchi pedagogik tajriba natijalari taqdim etiladi. Immersiv texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali integratsiyalash shartlari, jumladan rubrikalar asosidagi mezonli baholash, debrifing va bo‘lajak mutaxassislarning moslashuvchan ko‘nikmalarini rivojlantirish asoslanadi.


в статье рассматривается дидактический потенциал иммерсивных образовательных сред и их влияние на качество медицинской подготовки. На основе анализа международных исследований раскрываются теоретические и методологические основания применения технологий виртуальной и дополненной реальности в обучении студентов медико-биологических направлений. Представлены результаты педагогического эксперимента, подтверждающие положительное влияние иммерсивного обучения на уровень знаний, практических умений и учебной мотивации обучающихся. Обоснованы условия эффективной интеграции иммерсивных технологий в образовательный процесс, включая критериальное оценивание на основе рубрик, дебрифинг и развитие гибких навыков будущих специалистов.

Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

TA’LIM MUHITLARI.

Namazova Munavvar Oltibekovna, tibbiy biologik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.

Annotatsiya

KIRISH

maqolada immersiv ta’lim muhitlarining didaktik salohiyati va ularning tibbiy tayyorgarlik sifatiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Xalqaro tadqiqotlar tahlili asosida virtual va to‘ldirilgan reallik texnologiyalarini tibbiy biologik yo‘nalish talabalarini o‘qitishda qo‘llashning nazariy va metodologik asoslari ochib beriladi. Immersiv o‘qitishning talabalar bilimi, amaliy ko‘nikmalari va o‘quv motivatsiyasi darajasiga ijobiy ta’sirini tasdiqlovchi pedagogik tajriba natijalari taqdim etiladi. Immersiv texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali integratsiyalash shartlari, jumladan rubrikalar asosidagi mezonli baholash, debrifing va bo‘lajak mutaxassislarning moslashuvchan ko‘nikmalarini rivojlantirish asoslanadi.

MAQSAD

immersiv ta’lim muhitlarining nazariy-didaktik potentsialini tizimlashtirish hamda ularning tibbiy-biologik fanlarni o‘qitish samaradorligi va tayyorgarlik sifatiga ta’sirini empirik asoslashdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR

tadqiqotda tizimli, kompetensiyaviy va faoliyatli yondashuvlar, Scopus hamda Web of Science bazalaridagi manbalar tahlili (C. Dede, G. Makransky, B. Issenberg va boshqalar), shuningdek Toshkent Kimyo xalqaro universitetida anatomiya va fiziologiya modullari bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik tajriba hamda rubrikalarga asoslangan mezonli baholash metodlaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

tajriba guruhida immersiv virtual laboratoriyalarni qo‘llash bilimlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha 15% ga oshirgani, manipulyatsiya algoritmlarini xatosiz bajarish, o‘quv motivatsiyasi hamda kasbiy o‘ziga ishonchni sezilarli darajada kuchaytirgani aniqlandi. Shuningdek, samaradorlikning asosiy shartlari sifatida kognitiv yuklamani boshqarish, debrifing (refleksiya) va moslashuvchan ko‘nikmalarni (soft skills) rivojlantirish asoslab berildi.

XULOSA

immersiv muhitlar xavfsiz amaliyot va obyektiv qayta aloqani ta’minlovchi ilmiy asoslangan didaktik tizim bo‘lib, to‘g‘ri pedagogik dizayn va mezonli baholash bilan birgalikda tibbiy tayyorgarlik sifatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘taradi.

Kalit so‘zlar: immersiv ta’lim muhiti, virtual reallik, tibbiy ta’lim, simulyatsion o‘qitish, tayyorgarlik sifati, mezonli baholash, debrifing, kasbiy kompetentlik.

ИММЕРСИВНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ СРЕДЫ КАК СРЕДСТВО ПОВЫШЕНИЯ

КАЧЕСТВА МЕДИЦИНСКОЙ ПОДГОТОВКИ.

Намазова Мунаввар Олтибековна, преподаватель кафедры медико-иологических дисциплин, Ташкентский Международный Университет Кимё.

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

в статье рассматривается дидактический потенциал иммерсивных образовательных сред и их влияние на качество медицинской подготовки. На основе анализа международных исследований раскрываются теоретические и методологические основания применения технологий виртуальной и дополненной реальности в обучении студентов медико-биологических направлений. Представлены результаты педагогического эксперимента, подтверждающие положительное влияние иммерсивного обучения на уровень знаний, практических умений и учебной мотивации обучающихся. Обоснованы условия эффективной интеграции иммерсивных технологий в образовательный процесс, включая критериальное оценивание на основе рубрик, дебрифинг и развитие гибких навыков будущих специалистов.

ЦЕЛЬ

систематизация теоретико-дидактического потенциала иммерсивных образовательных сред и эмпирическое обоснование их влияния на качество подготовки и эффективность обучения студентов медико-биологических дисциплин.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

в рамках системного, компетентностного и деятельностного подходов проведен анализ международных исследований из баз Scopus и Web of Science (C. Dede, G. Makransky, B. Issenberg и др.), а также педагогический эксперимент по модулям анатомии и физиологии в Ташкентском Международном Университете Кимё с применением критериального оценивания на основе рубрик.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

использование иммерсивных виртуальных лабораторий в экспериментальной группе обеспечило рост успеваемости в среднем на 15% по сравнению с контрольной группой, продемонстрировало точное выполнение алгоритмов манипуляций, а также повышение учебной мотивации и профессиональной уверенности. Обоснована ключевая роль управления когнитивной нагрузкой, дебрифинга (рефлексии) и развития гибких навыков (soft skills).

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

иммерсивная среда является научно обоснованным дидактическим средством, создающим условия для безопасной практики и объективной обратной связи, что при правильном педагогическом дизайне существенно повышает качество медицинской подготовки.

Ключевые слова: иммерсивная образовательная среда, виртуальная реальность, медицинское образование, симуляционное обучение, качество подготовки, критериальное оценивание, дебрифинг, профессиональная компетентность.

IMMERSIVE EDUCATIONAL ENVIRONMENTS AS A MEANS OF IMPROVING THE

QUALITY OF MEDICAL TRAINING.

Namazova Munavvar Oltibekovna, Lecturer at the Department of Medical and Biological Disciplines, Kimyo International University in Tashkent.

Annotation

INTRODUCTION

the article examines the didactic potential of immersive educational environments and their impact on the quality of medical training. Based on the analysis of international studies, the theoretical and methodological foundations of applying virtual and augmented reality technologies in teaching students of medical and biological fields are revealed. The results of a pedagogical experiment confirming the positive influence of immersive learning on students’ knowledge, practical skills and learning motivation are presented. The conditions for effective integration of immersive technologies into the educational process are substantiated, including rubric based criteria assessment, debriefing and the development of future specialists’ soft skills.

AIM

to systematize the theoretical and didactic potential of immersive educational environments and empirically substantiate their impact on learning efficacy and training quality in biomedical disciplines.

MATERIALS AND METHODS

grounded in systemic, competency-based, and activity-based frameworks, the study analyzed international research from Scopus and Web of Science (C. Dede, G. Makransky, B. Issenberg, et al.) and conducted a pedagogical experiment in anatomy and physiology modules at Kimyo International University in Tashkent, utilizing rubric-based criteria assessment.

DISCUSSION AND RESULTS

implementing immersive virtual laboratories in the experimental group yielded an average 15% increase in academic performance over the control group, superior procedural skill execution, and heightened learning motivation and professional confidence. The findings underscore cognitive load management, postsimulation debriefing, and soft skills development as critical conditions for success.

CONCLUSION

Immersive environments serve as a scientifically grounded didactic tool offering safe practice and objective feedback; combined with sound pedagogical design, they significantly advance the quality of medical education.

Keywords: immersive educational environment, virtual reality, medical education, simulationbased training, quality of training, criteriabased assessment, debriefing, professional competence.

Zamonaviy tibbiy ta’limning ustuvor vazifasi bemor xavfsizligini ta’minlashga qodir, klinik fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni yuksak darajada egallagan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. An’anaviy auditoriya mashg‘ulotlari nazariy bilimlarni shakllantirsa ham, murakkab klinik vaziyatlarda qaror qabul qilish tajribasini yetarli darajada ta’minlay olmaydi. Shu sababli xalqaro pedagogikada immersiv ta’lim muhitlari, ya’ni virtual, to‘ldirilgan va aralash reallik texnologiyalariga asoslangan didaktik tizimlar tibbiy tayyorgarlik sifatini oshirishning istiqbolli vositasi sifatida talqin etilmoqda [1, b. 66]. Mazkur ishning maqsadi immersiv muhitlarning nazariy asoslarini tizimlashtirish va ularning tibbiy biologik fanlarni o‘qitishdagi samaradorligini empirik jihatdan asoslashdan iborat. Demak, muammoning dolzarbligi ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan talablar bilan an’anaviy didaktik vositalar imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatdan kelib chiqadi va immersiv texnologiyalarni ilmiy asoslangan tarzda joriy etishni taqozo qiladi.

Immersiv ta’lim muhiti deganda talabani autentik kasbiy vaziyatga kognitiv va sensor jihatdan chuqur jalb etuvchi raqamli muhit tushuniladi. C. Dede immersiyani diqqatni mujassamlashtirish, vaziyatli o‘rganish va hodisani turli nuqtai nazardan tahlil qilishni rag‘batlantiruvchi omil sifatida asoslagan [1, b. 67]. Konstruktivistik yondashuvga ko‘ra bilim faol faoliyat jarayonida quriladi, immersiv muhit esa xatolar bemorga zarar yetkazmaydigan xavfsiz faoliyat makonini yaratadi.

G. Makransky va G. Petersen ishlab chiqqan CAMIL modeli immersiv o‘rganish samarasini ishtirok hissi va agentlik orqali tushuntiradi hamda kognitiv yuklamani maqsadli boshqarish zaruratini ko‘rsatadi [6, b. 940]. Shunday qilib, immersiv muhitlar tasodifiy texnologik yangilik emas, balki tajribaviy o‘rganish va konstruktivizm tamoyillariga tayanuvchi didaktik tizimdir. Ularning samarasi texnik vositaning o‘zi bilan emas, pedagogik loyihalash sifati bilan belgilanadi.

Xalqaro meta tahlillar immersiv va simulyatsion o‘qitishning samaradorligini izchil tasdiqlaydi. B. Issenberg va hammualliflarning BEME sharhida samarali simulyatsiyaning yetakchi shartlari sifatida qayta aloqa, takroriy mashq va qiyinlik darajasining bosqichma bosqich oshirilishi ajratilgan [2, b. 10]. D. Cook boshchiligidagi meta tahlil texnologik simulyatsiyaning bilim, ko‘nikma va xulq natijalariga yirik ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan [3, b. 985]. B. Kyaw va hammualliflar virtual reallik tibbiyot talabalarining bilimi va amaliy mahoratini an’anaviy usullarga nisbatan sezilarli oshirishini aniqlagan [4, b. 9]. J.

Pottle immersiv muhitlarni klinik ta’limni transformatsiya qiluvchi omil sifatida baholaydi [5, b. 181]. Ayni paytda J. Radianti va hammualliflar ko‘plab ishlanmalarda o‘rganish nazariyalari bilan bog‘liqlik zaifligini qayd etadi [7, b. 14], B. Barteit esa uskunalarning turli avlodlari samarasi bir xil emasligini ko‘rsatadi [8, b. 7]. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, ijobiy natijalar metodik jihatdan puxta loyihalangan muhitlarda qayd etiladi. Bu esa baholash tizimini, ya’ni dastlabki diagnostics, jarayonli assessment va yakuniy evaluation bosqichlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishni talab qiladi.

Tadqiqot metodologiyasi tizimli, kompetensiyaviy va faoliyatli yondashuvlarga tayanadi. Nazariy bosqichda Scopus va Web of Science bazalaridagi manbalar qiyosiy tahlil qilindi. Empirik bosqichda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining tibbiy biologik yo‘nalish talabalari ishtirokida pedagogik tajriba o‘tkazildi: tajriba guruhida anatomiya va fiziologiya modullari immersiv virtual laboratoriyalar yordamida, nazorat guruhida an’anaviy shaklda o‘qitildi. Natijalar performance based assessment tamoyilida, ya’ni standartlashtirilgan klinik vaziyatlarni bajarish orqali, mezonlari aniq rubrics asosida baholandi; bilimlar darajasi test diagnostikasi bilan, motivatsiya so‘rovnoma bilan o‘lchandi. Bunday dizayn natijalarning ishonchliligini va takrorlanuvchanligini ta’minlaydi, chunki baholash mezonlari oldindan e’lon qilinadi va subyektivlik kamayadi.

Tajriba yakunida guruhlar o‘rtasida statistik jihatdan ishonchli farq qayd etildi. Tajriba guruhida bilimlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha o‘n besh foizga yuqori bo‘ldi, amaliy ko‘nikmalarni rubrikalar bo‘yicha baholashda esa ustunlik yanada yaqqol namoyon bo‘ldi: talabalar manipulyatsiya algoritmini to‘liq va xatosiz bajarish bo‘yicha sezilarli yuqori ball to‘pladi. Shuningdek, tajriba guruhida o‘quv motivatsiyasi va kasbiy o‘ziga ishonch darajasining o‘sishi kuzatildi, bu CAMIL modelidagi ishtirok hissi mexanizmiga muvofiq keladi [6, b. 945]. Olingan ma’lumotlar xalqaro meta tahlillar xulosalari bilan hamohangdir [3, b. 985; 4, b. 9]. Demak, immersiv muhit nafaqat bilimlar hajmini, balki ularni amaliy vaziyatga ko‘chirish sifatini ham oshiradi.

Natijalar talqinida bir nechta metodik shartni ta’kidlash lozim. Birinchidan, immersiv muhitning ortiqcha sensor boyligi kognitiv yuklamani oshirib, o‘rganishga to‘sqinlik qilishi mumkin, shu bois ssenariylar didaktik maqsadga qat’iy bo‘ysundirilishi kerak [6, b. 949]. Ikkinchidan, samaraning muhim qismi mashg‘ulotdan keyingi debrifing jarayonida shakllanadi: aynan refleksiya tajribani tizimli bilimga aylantiradi [2, b. 12]. Uchinchidan, immersiv ssenariylar jamoaviy muloqot, klinik qaror qabul qilish va empatiya kabi soft skills, kengroq ma’noda transferable skills rivojiga xizmat qiladi, bu esa baholashda faqat test diagnostikasi bilan cheklanmaslikni taqozo etadi. Shunday qilib, immersiv texnologiya o‘qituvchini almashtirmaydi, balki uning metodik rolini kuchaytiradi. Samaradorlik texnik infratuzilma, pedagogik dizayn va mezonli baholashning uyg‘unligiga bog‘liq.

O‘tkazilgan nazariy va empirik tahlil immersiv ta’lim muhitlarini tibbiy tayyorgarlik sifatini oshirishning ilmiy asoslangan vositasi sifatida baholashga imkon beradi. Ular xavfsiz amaliyot, takroriy mashq va obyektiv qayta aloqa imkoniyatini yaratib, bilim, ko‘nikma va motivatsiyaning yaxlit o‘sishini ta’minlaydi. Texnologiyani joriy etishda pedagogik loyihalash, rubrikalar asosidagi mezonli baholash, debrifing va o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi hal qiluvchi shartlar hisoblanadi. Istiqboldagi tadqiqotlar immersiv o‘qitishning uzoq muddatli ta’sirini va uni milliy ta’lim standartlariga integratsiyalash mexanizmlarini o‘rganishga yo‘naltirilishi maqsadga muvofiqdir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Dede C. Immersive interfaces for engagement and learning // Science. 2009. Vol. 323,

No. 5910. P. 66-69. 2. Issenberg S.B., McGaghie W.C., Petrusa E.R., Gordon D.L., Scalese R.J. Features and

uses of high fidelity medical simulations that lead to effective learning: a BEME

systematic review // Medical Teacher. 2005. Vol. 27, No. 1. P. 10-28. 3. Cook D.A., Hatala R., Brydges R., Zendejas B., Szostek J.H., Wang A.T., Erwin P.J.,

Hamstra S.J. Technology enhanced simulation for health professions education: a

systematic review and meta-analysis // JAMA. 2011. Vol. 306, No. 9. P. 978-988. 4. Kyaw B.M., Saxena N., Posadzki P., Vseteckova J., Nikolaou C.K., George P.P.,

Divakar U., Masiello I., Kononowicz A.A., Zary N., Tudor Car L. Virtual reality for health

professions education: systematic review and meta analysis by the Digital Health

Education collaboration // Journal of Medical Internet Research. 2019. Vol. 21, No. 1.

e12959. 5. Pottle J. Virtual reality and the transformation of medical education // Future Healthcare

Journal. 2019. Vol. 6, No. 3. P. 181-185. 6. Makransky G., Petersen G.B. The Cognitive Affective Model of Immersive Learning

(CAMIL): a theoretical research-based model of learning in immersive virtual reality //

Educational Psychology Review. 2021. Vol. 33, No. 3. P. 937-958. 7. Radianti J., Majchrzak T.A., Fromm J., Wohlgenannt I. A systematic review of immersive

virtual reality applications for higher education: design elements, lessons learned, and

research agenda // Computers & Education. 2020. Vol. 147. Article 103778. 8. Barteit S., Lanfermann L., Bärnighausen T., Neuhann F., Beiersmann C. Augmented,

mixed, and virtual reality-based head-mounted devices for medical education:

systematic review // JMIR Serious Games. 2021. Vol. 9, No. 3. e29080.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.