ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Tijorat banklari foydasi va rentabellik ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar tahlilini takomillashtirish (Agrobank ATB) misolida

Аннотация

Bu maqolada tijorat banklarining foydasi va rentabellik ko‘rsatgichlari tahlil qilingan. Bank xizmatlari juda ham xilma xildir va doimo har xil yangiliklar bilan to‘ldirib boriladi. Bankka komission daromad keltiruvchi asosiy xizmatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob kassa xizmatlari, plastik kartochkalar bilan operatsiyalar, bank kafolatlarini berish, mijozlarning valyuta shartnomalaridagi bank xizmatlari, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi brokerlik xizmatlar va boshqalar. Ko‘pgina chet davlatlarida ko‘pchilik banklar hisob-kitob, kassa va boshqa xizmatlarini mijozlarga tekinga ko‘rsatishardi. Foiz marjasining pasayishi natijasida, ya’ni, resurslarni jalb qilish va joylashtirishning o‘rtacha qiymatlari orasidagi farq tufayli banklar bunday amaliyotdan voz kechishlariga to‘g‘ri keldi. Hozirgi paytda banklar umumiy daromadlari hajmida komission daromadlarning o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

Tijorat banklari foydasi va rentabellik ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar

tahlilini takomillashtirish (Agrobank ATB) misolida

Olimova Dilrabo Abdisalomovna

Bank Moliya akademiyasi

Mutaxasisligi MBA Banking 22-12/2 guruh

Annotatsiya: Bu maqolada tijorat banklarining foydasi va rentabellik ko‘rsatgichlari tahlil qilingan. Bank xizmatlari juda ham xilma xildir va doimo har xil yangiliklar bilan to‘ldirib boriladi. Bankka komission daromad keltiruvchi asosiy xizmatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: yuridik va jismoniy shaxslarning hisobkitob kassa xizmatlari, plastik kartochkalar bilan operatsiyalar, bank kafolatlarini berish, mijozlarning valyuta shartnomalaridagi bank xizmatlari, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi brokerlik xizmatlar va boshqalar. Ko‘pgina chet davlatlarida ko‘pchilik banklar hisob-kitob, kassa va boshqa xizmatlarini mijozlarga tekinga ko‘rsatishardi. Foiz marjasining pasayishi natijasida, ya’ni, resurslarni jalb qilish va joylashtirishning o‘rtacha qiymatlari orasidagi farq tufayli banklar bunday amaliyotdan voz kechishlariga to‘g‘ri keldi. Hozirgi paytda banklar umumiy daromadlari hajmida komission daromadlarning o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.

Ka’lit so‘zlar: bank, foyda, rentabellik, ko‘rsatgich, mukofot, yuridik, Tijorat bank.

KIRISH

Oxirgi yillarda rivojlangan davlatlarda katta ahamiyatga ega bo‘lib, borayotgan nokredit xarakterdagi mijozlarga bank xizmatini ko‘rsatish daromad manbasining muhimligi bo‘yicha ikkinchi hisoblanadi. Odatda bu daromadlarni komission daromad deyiladi. Xizmatlarga to‘lov, komission mukofot ko‘rinishida olinadi. Komission mukofot hamma qilinadigan operatsiya yoki shartnoma summasidan foiz ko‘rinishida o‘rnatiladi. Bank xizmatlari juda ham xilma xildir va doimo har xil yangiliklar bilan to‘ldirib boriladi. Bankka komission daromad keltiruvchi asosiy xizmatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob kassa xizmatlari, plastik kartochkalar bilan operatsiyalar, bank kafolatlarini berish, mijozlarning valyuta shartnomalaridagi bank xizmatlari, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi brokerlik xizmatlar va boshqalar. Ko‘pgina chet davlatlarida ko‘pchilik banklar hisobkitob, kassa va boshqa xizmatlarini mijozlarga tekinga ko‘rsatishardi. Foiz marjasining pasayishi natijasida, ya’ni, resurslarni jalb qilish va joylashtirishning o‘rtacha qiymatlari orasidagi farq tufayli banklar bunday amaliyotdan voz kechishlariga to‘g‘ri keldi. Hozirgi paytda banklar umumiy daromadlari hajmida komission daromadlarning o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu faqatgina foiz marjasi darajasining qisqargani va moliya bozoridagi daromadlaridan tashqari, komission daromadlarining foizli daromadlarga nisbatan barqarorligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari bank chet el valyutasidagi vositalarni qayta baholash orqali ham daromad olishi mumkin. Tijorat banki darom adi m anbalari tuzilishi. Daromad manbai - bizneslam ing yigindisidan olinadi Ssuda biznesi, Diskont - biznesi, saqlash bilan bog‘liq biznes. qimmatbaho qog‘ozlar bilan bog‘liq biznes. Bank kafolati faoliyati bilan bog‘liq biznes jamg‘armalar jalb qilish va jam g‘armachilik topshirig'iga ko‘ra bajaradigan operatsiyalari

- Mukofot

- raqam berish;

- raqamni yuritish.

- katiy mukofot (pulda);

- muomaladan mukofot (foyda);

- raqamdan kuchirma berish;

- raqamni ochish;

- raqamdan vaqt pul berish (hisob-kitob xarakteri asosida).

- Korrespondent munosabatlardan keladigan daromad.

- Bankning noananaviy xizmatlaridan keladigan daromadlar - lizing,

- axborot, maslahat, mijozlar, o‘qitish va boshqalar.

- Lizing to‘lovlari, foiz to‘lovlari, mukofot xizmat uchun,

Balans qiym atining bozor bahosini ochishi natijasida olinadigan daromad. Shunday qilib bank daromadi bo‘linadi. Foizli daromad Mukofot shaklidagi daromad. boshqa daromad (olib sotarlik xizmati) qimmatbaho qog‘ozlar qayta baholash, jarima olish diskont daromadi. Foiz daromadi mukofot bilan qo‘shilib ketishi mumkin. Kredit to‘lovi va mukofot obligatsiyani tarqatish va m aslahat xizm atlari uchun mukofot. Maslahatga olinadigan daromad kelishuv bajarilgandan so‘ng olinadi. Ssuda foizi - qiym atni vaqtinchalik berish asosida olinadigan baho. Barcha turdagi ssudalar, veksellami hisobga olish, oddiy va murakkab foizlar. Komissiya - bankovskie operatsiya bo‘yicha mukofot kom issiya - topshiriq - lotincha. Kerakli foyda va xizm atlar tannarxidan foyda olish. Daromadlar Kreditni berishdan olinadigan foiz. Qim m atbaho qog'ozlar bilan operatsiyalardan olinadigan Chet el valutasi va boshqa valuta qiym atliklari daromadi, Olingan dividentlar. Banklarga tashkilotlaridan olinadigan daromad. Jarima, neustoykalar Boshqa daromad. Agar chet el valyutasi kursining oshishi, shu valyutadagi nominallashtirilgan bank aktivlari oshiradi va aksincha, chet el valyutasi kursining pasayishi, shu valyutada nominallashgan aktivlarning tushishiga olib keladi. Valyuta kursining katta tebranishi va bankning valyuta bozoridagi yuqori aktivligi sharoitida, bu daromadlar bankning operatsion daromadlari tarkibida muhim hissaga ega bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha faoliyatdan daromadlar bank daromadlari tarkibida unchalik katta ulushga ega emas. Ular o‘z ichiga nobank xarakterdagi xizmatlar ko‘rsatishdan, korxona va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishdan, ijaraga berish va binoni realizatsiya qilishdan va boshqalardan daromadlar oladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bank yordamchi bo‘limlarning tijorat faoliyatidan qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Masalan, agar bank shaxsiy reklama xizmatiga ega bo‘lsa, o‘z mijozlariga reklama xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, boshqa xizmatlar ham faqatgina bank faoliyatini ta’minlashga emas, balki mijozlarga pullik xizmat ko‘rsatishlari ham mumkin. Bular yuridik, xabarlar, telekommunikatsiya, marketing, auditor, transport va boshqa xizmatlar bo‘lishi mumkin. Bank asosiy va qo‘shimcha faoliyat daromadlaridan tashqari, boshqa daromadlar kategoriyasiga kiruvchi boshqa daromadlar ham oshishi mumkin. Ular: – jarima, penyalar, mijozlardan olinadigan jarimalar, – ortiqcha tushumlarning kassaga tushushi; – zaxira summasini qayta tiklash; – hisobot yilida tushgan yoki aniqlangan o‘tgan yilgi daromadlar; – daromadga soliq ortiqcha to‘laganligi uchun budjetdan mablag‘ qaytarish va boshqalar. Bu daromadlar mohiyatan tasodifi y yoki bankning hisobot davrida «Ishlab topilmagan» daromadlari hisoblanadi. Ular odatda kelasi davrga daromad rejasi tuzilganda hisobga olinmaydi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan daromad turlarini jadval ko‘rinishida quyidagicha ifodalash mumkin:

Ssuda operatsiyasi: 1) kredit berganlik uchun foizlar, 2) Veksellar bo‘yicha foizli daromad, 3) O‘tgan yilgi kredit operatsiyalari bo‘yicha daromad.

Diskont operatsiyasi: Faktoring va forfeyting operatsiyalari bo‘yicha diskont daromad

Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiya: 1) Uzoq muddatli majburiyatlarga qo‘yilmalardan daromad, 2) qimmatli qog‘ozlarni qayta sotishdan daromad, 3) Qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar,

Kafillik faoliyati: berilgan kafolatlar bo‘yicha olingan komissiyalar;

Depozit operatsiyalari va mijoz topshirig‘i bo‘yicha operatsiyalar: Kassa operatsiyasi, inkassatsiyasi operatsiyasi, hisob kitob operatsiyasidan olingan komissiya.

Valyuta operatsiyasi: chet el valyutasida bo‘lgan operatsiya bo‘yicha daromad;

forvard, fyuchers, svop, optsion operatsiyalarini o‘tkazishdan daromadlar;

Bank faoliyatining boshqa yo‘nalishi: mulkni ijaraga berishdan daromad, lizing operatsiyalaridan daromad, axborot xizmatlaridan daromad, jarima, penyalar va boshqalar

Tijorat banklari daromadlarini tahlil qilishda dastavval ularning tarkibi va dinamikasi o‘rganiladi.

Xulosa. Bu o‘z navbatida bank daromadlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash imkoniyatini beradi. Ushbu holat o‘z navbatida yuqori daromad keltiruvchi xizmatlarini yanada kengaytirish lozimligini aniqlash imkoniyatlarini ham beradi.

Agrobank daromadlari tarkibi va tahlili ko‘rsatgichlari

Taxminiy jadvali № Olingan

O‘tgan yil Joriy yil O‘zgarish

qoldig‘i

mln.

so‘m

Salmog‘i

%

qoldig‘i

mln.

so‘m

Salmog‘i

%

mln.

so‘m

ulushi

% 1 Kreditlardan

2170 15 1785 13 -157 -1.3 2 Agrobank

hisobvaraqlar

bo‘yicha

daromadi

0 0 0 0 0 0 3 Davlat

obligatsiyalaridan

5.5 0.05 5.5 0.05 0 0,00 4 Qimmatli

qog‘ozlarga

qilingan

investitsiyalardan

20,7 0,2 26,5 0,2 5,8 28,0 5 Sotib olingan

debitorlik

qarzlari-faktring

operatsiyasidan

3,6 0,03 1,8 0,01 -1.8 -50.0 6 Lizingdan olingan

29,0 2,5 39,0 3,2 97,3 33,2

Jami foizli

569,0 47,7 554,2 46,1 -47,1 -2,6 7 Vositachilik va

boshqa

xizmatlardan

568 4,7 579 4.8 11 1,9 8 Valyuta

operatsiyalaridan

ko‘rilgan foyda

54 4,5 68 5,6 13 2,5 9 Boshqa

operatsiyalardan

21 0,2 23 0,2 2 9,5

Jami foizsiz

624 5.2 649 5.3 24 3.9

Jami

1193,8 100 1204 100 101,3 0,8

Agrobank o‘tgan yilda 1193,8 mln. so‘m daromad olgan. Uning 624,0 mln. so‘mi, ya’ni 5,3 foizini foizsiz daromadlar va 569,4 mln. so‘mini, ya’ni 4,7 foizi foizli daromadlar tashkil etgan. Joriy 2011-yilda oldingi yilga nisbatan olingan jami daromad 1204 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Ushbu yilda bankning daromadlari 101,3 mln. so‘m, ya’ni 0,8 foizga o‘sgan. Foizli daromadlarning asosiy qismini berilgan kreditlar uchun olingan foiz daromadlari tashkil etgan bo‘lsa foizsiz daromadlar asosan vositachilik va boshqa xizmatlardan kelib tushgan. Joriy yilda foizli daromadlarning 147,7 mln. so‘m (2,6%)ga, kreditlardan olingan daromadlarning 249 mln.so‘m (4,6%) ga kamayib ketganligi ushbu bankning kredit siyosatida jiddiy kamchiliklar mavjudligini bildiradi. Bundan tashqari, ushbu holatga bankning foiz siyosati ham ta’sir etishi mumkin. Markaziy va boshqa banklardagi, hisobvaraqlar bo‘yicha daromadlarning yo‘qligi, ushbu bank tomonidan boshqa banklarga daromad olish maqsadida depozit mablag‘lari qo‘yilmaganligini bildiradi. Davlat obligatsiyalari va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarga qilingan investitsiyalaridan olgan daromadlari juda kam ulushni tashkil etadi. Bu holat, 85 bank aktivlarida qimmatbaho qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarning juda oz miqdorni tashkil etishi bilan izohlanadi. Keyingi davrda bankning li zing operatsiyalari va ulardan olingan daromadlar miqdorining oshib borishi kuzatiladi. Ushbu operatsiyalardan bankning joriy yilda olgan daromadlari, o‘tgan yilga nisbatan 33,2 foizga oshgan. Foizsiz daromadlarning asosiy qismi ko‘rsatilgan xizmatlardan kelib tushgan bo‘lib, uning asosiy qismini esa mijozlarga hisob-kitoblarda vositachilik evaziga hosil bo‘lgan. Xulosa qilib aytganda, bank kelgusi davrda o‘zining kredit va foiz siyosatini tubdan qayta ko‘rib chiqishi, ko‘proq daromad keltiradigan faktoring va lizing operatsiyalarini kengaytirishi va investitsion siyosatiga ham o‘zgartirishlar kiritishi lozim bo‘ladi. Shuni alohida qayd etib o‘tishimiz lozimki, banklarining faoliyati nihoyatda keng qamrovli va xilma xildir. So‘nggi vaqtlarda bank ishiga kiritilayotgan muhim yangiliklardan biri kredit kartochkalarini qo‘llash, ishbilarmonlar fi rmalarga zamonaviy xalqaro andozalar asosidagi buxgalteriya xizmatlarini ko‘rsatish, faktoring operatsiyalari, ijarani moliyalashtirish, yevro-dollar bozoridagi operatsiyalarda ishtirok etish favqulotda holatlarda pul hujjatlarini inkassatsiyalash uchun abonent yashiklari tizimidan foydalanish va boshqalar. Dunyo miqyosda tan olinayotgan eng ilg‘or va zamonaviy bank texnologiyalarini O‘zbekiston bank tizimiga qo‘llash, bu o‘z-o‘zidan bank daromadlarining ko‘lamini kengaytirib bormoqda. Bank daromadining mohiyati va boshqa moliyaviy institutlaridan farqlanib turuvchi xususiyati – bank pul resurslarini tashkil etib va ularni yuqori daromadli bank portfellarini yaratish layoqati bilan xususiyatlanadi. Bank resurslarini tashkil qilish imkoniyatlari iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ular moslashuvchan kredit tizimini amalga oshirmoqda, qaysiki iqtisodiyotni barqaror rivojlanishiga zarur shartsharoitlarni yaratib bermoqda.

Foydalangan adabiyotlar.

1. I.R.Toymuhamedov – Bank ishi – 2005 – 123 – 124

2. T.M. Karaliyev. O.B. Sattarov, I.F.Sayfidinnov – Bank faoliyati tahlili – Toshkent 2016

3. Dr TP Mbehle - The role of the Business Analyst in influencing the performance project synergies: A case study of Standard Bank South Africa Head Office – September – 2017

4. https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/?arFilter_DATE_ACTIVE_FROM_ 1=&arFilter_DATE_ACTIVE_FROM_2=&arFilter_ff%5BSECTION_ID%5D=3504 &year=2023&month=12&set_filter=&set_filter=Y (bank informatsiyasi tahlili)

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.