ushbu maqolada geografiyada topologik tadqiqotlarning mazmuni, mohiyati va amaliy ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan. Topologik yondashuv geografik fazodagi obyektlar va hududiy tizimlarning masofadan qat'i nazar, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar, uzluksizlik, chegaralanganlik va markaz–periferiya munosabatlari orqali o‘rganilishini ko‘rsatadi. Maqolada topologiyaning geografik tarmoqlarni modellashtirish, transport-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish, landshaft va geotizimlar tuzilishini aniqlash, ekologik jarayonlar va gidrologik tizimlardagi bog‘lanishlarni tushuntirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, topologik yondashuvning urbanizatsiya, kartografiya, shaharsozlik, migratsiya oqimlari va geologik jarayonlarni tahlil qilishdagi samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijasida topologik metodlarning geografik tizimlarni chuqur anglash, murakkab fazoviy jarayonlarni soddalashtirilgan model orqali tushuntirish va hududiy tahlilning ilmiy asoslarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekani aniqlangan.
the article discusses the role of topology in modeling geographic networks, optimizing transport and communication systems, identifying landscape and geotzem structures, and explaining ecological processes and hydrological links. The effectiveness of the topological approach in analyzing urbanization, cartography, urban planning, migration flows, and geological processes is also demonstrated. The results indicate that topological methods are crucial for a deep understanding of geographic systems, simplifying complex spatial processes through models, and strengthening the scientific basis of territorial analysis.