ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

TRANSFORMATION OF FINANCIAL STATEMENTS TO IFRS: FORMATION OF ACCOUNTING POLICIES, COMPARISON WITH NATIONAL STANDARDS, AND INTERNATIONAL EXPERIENCE

Аннотация

This article examines the main stages of transforming financial statements in accordance with International Financial Reporting Standards (IFRS). In particular, it analyzes the formation of accounting policies based on IFRS requirements, comparison with national accounting standards, identification of key differences, and their adjustments during the transformation process. Additionally, the application and practical experience of IFRS in European countries are discussed. The findings of the study contribute to improving the harmonization and transparency of financial reporting at the international level.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

MOLIYAVIY HISOBOTLARNI MHXSGA TRANSFORMATSIYA QILISH

HISOB SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH, MILLIY STANDARTLAR BILAN

TAQQOSLASH VA XALQARO TAJRIBA

Sharapova Shoxsanam

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

ORCID: 0009-0009-8545-3140

shoxsanam2305@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada moliyaviy hisobotlarni xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS)ga transformatsiya qilish jarayonining asosiy bosqichlari yoritilgan. Xususan, MHXS talablari asosida hisob siyosatini shakllantirish, milliy buxgalteriya hisobi standartlari (BHMS) bilan taqqoslash, mavjud farqlarni aniqlash va ularni transformatsiya jarayonida tuzatish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, Yevropa davlatlarida xalqaro standartlarning qo‘llanilishi va amaliy tajribasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari moliyaviy hisobotlarni xalqaro darajada uyg‘unlashtirish va ularning shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar. Moliyaviy hisobot, MHXS, BHMS, transformatsiya, hisob siyosati, xalqaro standartlar, taqqoslash, moliyaviy tahlil, Yevropa tajribasi, shaffoflik.

NATIONAL STANDARDS, AND INTERNATIONAL EXPERIENCE

Sharapova Shoxsanam

Kimyo International University in Tashkent

Abstract. This article examines the main stages of transforming financial statements in accordance with International Financial Reporting Standards (IFRS). In particular, it analyzes the formation of accounting policies based on IFRS requirements, comparison with national accounting standards, identification of key differences, and their adjustments during the transformation process. Additionally, the application and practical experience of IFRS in European countries are discussed. The findings of the study contribute to improving the harmonization and transparency of financial reporting at the international level.

Keywords. Financial reporting, IFRS, national accounting standards, transformation, accounting policy, international standards, comparison, financial analysis, European experience, transparency.

Kirish.

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi, xalqaro kapital bozorlarining rivojlanishi hamda investitsion muhitning takomillashuvi korxonalarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro talablarga muvofiq tayyorlash zaruratini kuchaytirmoqda. Shu munosabat bilan Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS) dunyoning ko‘plab mamlakatlarida moliyaviy axborotlarning shaffofligi, taqqoslanuvchanligi va ishonchliligini ta’minlovchi asosiy me’yoriy baza sifatida e’tirof etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida ham iqtisodiyotning jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuvi, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida MHXSni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ–4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bilan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar uchun MHXS asosida moliyaviy hisobotlarni yuritish va taqdim etish vazifalari belgilab berilgan1.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishning huquqiy asoslarini belgilab, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga MHXSni qo‘llash imkoniyatini yaratib bergan2. Mazkur qonun talablariga muvofiq, moliyaviy hisobot foydalanuvchilarga ishonchli va xolis axborot taqdim etishi lozim.

MHXSga o‘tish jarayoni korxonalardan nafaqat moliyaviy hisobot shakllarini o‘zgartirishni, balki hisob siyosatini xalqaro standartlar talablariga mos ravishda qayta 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ–4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha 2 O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ–404-son, 2016-yil 13-aprel. shakllantirishni ham talab etadi. Chunki hisob siyosati moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladigan ko‘rsatkichlarning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi hamda korxonaning moliyaviy holati va faoliyati natijalarini haqqoniy ifodalashga xizmat qiladi.

Bugungi kunda milliy buxgalteriya hisobi standartlari bilan MHXS o‘rtasidagi ayrim tafovutlar moliyaviy hisobotlarni transformatsiya qilish jarayonida qo‘shimcha uslubiy yondashuvlarni talab qilmoqda. Shu sababli hisob siyosatini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganish, milliy va xalqaro standartlarni taqqoslash hamda ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Mazkur tadqiqotning maqsadi moliyaviy hisobotlarni MHXSga transformatsiya qilish jarayonida hisob siyosatini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish, milliy standartlar bilan taqqoslash hamda xalqaro tajribani tahlil qilishdan iborat.

Adabiyotlar sharhi.

Moliyaviy hisobotlarni Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS) asosida tayyorlash va transformatsiya qilish masalalari ko‘plab xorijiy olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Xususan, Aleksander va Nobes MHXSning moliyaviy hisobotlar sifatini oshirishdagi ahamiyatini tahlil qilib, xalqaro standartlar moliyaviy axborotlarning taqqoslanuvchanligi va shaffofligini ta’minlashini ta’kidlaydilar (Alexander & Nobes, 2020). Mualliflarning fikricha, MHXSni qo‘llash investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun qaror qabul qilish sifatini yaxshilaydi.

Epstein va Jermakowicz MHXSga o‘tish jarayonining amaliy jihatlarini o‘rganib, transformatsiya jarayonida hisob siyosatini qayta shakllantirish muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etadilar (Epstein & Jermakowicz, 2021). Ularning tadqiqotlariga ko‘ra, korxonalar MHXS talablariga moslashishda aktivlar va majburiyatlarni baholash, daromadlarni tan olish hamda moliyaviy instrumentlarni hisobga olish bo‘yicha qator qiyinchiliklarga duch keladilar.

Walton, Haller va Raffournier xalqaro va milliy hisob standartlari o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilib, hisob siyosatining MHXSga mos ravishda ishlab chiqilishi transformatsiya jarayonining muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omillardan biri ekanligini ta’kidlaydilar (Walton et al., 2019). Ularning fikricha, hisob siyosati korxonaning moliyaviy natijalari va moliyaviy holatini aks ettirishda muhim vosita

Hisob siyosatini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari IAS 8 “Accounting Policies, Changes in Accounting Estimates and Errors” standartida bayon etilgan bo‘lib, unda korxonalarning hisob usullarini izchil qo‘llashi hamda ulardagi o‘zgarishlarni ochiqlashi talab etiladi (IASB, 2024). Mazkur talablar MHXSga transformatsiya qilish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.

Rossiyalik olimlar Paliy va Shneydman MHXSni milliy hisob tizimlariga integratsiya qilish masalalarini tadqiq qilib, xalqaro standartlarni joriy etish faqat hisobot shakllarini o‘zgartirish bilan cheklanmasdan, balki butun hisob metodologiyasini takomillashtirishni talab qilishini qayd etadilar (Paliy, 2018; Shneydman, 2019).

O‘zbekistonlik olimlar Xasanov, Rizaqulov va G‘ulomovlarning ilmiy ishlarida esa MHXSni milliy amaliyotga joriy etishning tashkiliy va metodik jihatlari o‘rganilgan (Hasanov, 2021; Rizaqulov, 2022; G‘ulomov, 2023). Ular milliy buxgalteriya hisobi standartlari va MHXS o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilib, korxonalarning hisob siyosatini xalqaro talablarga moslashtirish zarurligini asoslab berganlar.

Ball tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda MHXSning investorlar uchun afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinib, uning axborot sifati va shaffoflikni oshirishdagi roli ko‘rsatib berilgan (Ball, 2006). Muallif IFRSni joriy etish kapital bozorlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Biroq, ayrim hollarda standartlarning murakkabligi ularni qo‘llashni qiyinlashtirishi mumkin.

Daske va boshqalar IFRSni qabul qilish iqtisodiy natijalarga turlicha ta’sir qilishini va bu mamlakatning institutsional rivojlanish darajasiga bog‘liqligini aniqlaganlar (Daske et al., 2008). Ularning tadqiqotlari IFRSni joriy etishdan maksimal foyda olish uchun kuchli iqtisodiy muhit va samarali nazorat tizimi zarurligini ko‘rsatadi.

Zeghal va Mhedhbi rivojlanayotgan davlatlarda IFRSni qabul qilishga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganib, iqtisodiy ochiqlik, ta’lim darajasi va xalqaro integratsiya muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydilar (Zeghal & Mhedhbi, 2006). Ularning fikricha, ushbu omillar MHXSni muvaffaqiyatli joriy etishning asosiy shartlaridan hisoblanadi.

O‘zbekiston sharoitida MHXSga o‘tish jarayoni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlanayotgan bo‘lib, normativ-huquqiy baza bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 2021). Shunga qaramay, amaliyotda malakali kadrlar tayyorlash, axborot tizimlarini moslashtirish va transformatsiya xarajatlari bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda. Shu bois MHXS bo‘yicha o‘quv dasturlarini rivojlantirish va xalqaro tajribani o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur tadqiqotda moliyaviy hisobotlarni MHXSga transformatsiya qilish, hisob siyosatini shakllantirish hamda BHMS va MHXS o‘rtasidagi farqlarni aniqlash masalalari kompleks yondashuv asosida o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida tahlil, taqqoslash, umumlashtirish va tizimli yondashuv usullaridan foydalanildi. Shuningdek, xalqaro standartlar, milliy normativ-huquqiy hujjatlar hamda xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy ishlari tahlil qilindi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

1. Hisob siyosatini MHXS asosida shakllantirish.

Hisob siyosati korxonaning moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishda qo‘llaydigan tamoyillar, usullar, qoidalar va amaliyotlar majmui hisoblanadi. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (MHXS) o‘tish jarayonida hisob siyosatini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi, chunki aynan hisob siyosati korxonaning moliyaviy natijalari va moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborotlarning ishonchliligi hamda taqqoslanuvchanligini ta’minlaydi.

MHXSda hisob siyosatini shakllantirishning asosiy talablari IAS 8 “Accounting Policies, Changes in Accounting Estimates and Errors” standartida belgilangan. Mazkur standartga ko‘ra, korxona moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda MHXS talablariga mos keladigan hisob usullarini tanlashi va ularni bir hisobot davridan boshqasiga izchil qo‘llashi lozim3.

Hisob siyosatini shakllantirishda korxona faoliyatining xususiyatlari, tarmoq yo‘nalishi, xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni hamda moliyaviy hisobot foydalanuvchilarining axborot ehtiyojlari inobatga olinadi. Agar ma’lum bir operatsiya bo‘yicha MHXSda aniq talab mavjud bo‘lsa, korxona aynan shu standart talablarini qo‘llashi kerak. Standartlarda bevosita tartibga solinmagan masalalar bo‘yicha esa 3 IAS 8 Accounting Policies, Changes in Accounting Estimates and Errors. IFRS Foundation, 2024. rahbariyat professional mulohazadan foydalanib, iqtisodiy mazmunni to‘liq aks ettiradigan usulni tanlaydi4.

Epstein va Jermakowiczning ta’kidlashicha, MHXSga muvaffaqiyatli o‘tishning asosiy shartlaridan biri korxona hisob siyosatini xalqaro standartlar talablariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqishdan iboratdir (Epstein & Jermakowicz, 2021). Mualliflarning fikriga ko‘ra, hisob siyosati MHXSga transformatsiya qilish jarayonining metodologik asosi hisoblanadi.

Nobes va Parker hisob siyosatini moliyaviy hisobotlarning sifati va taqqoslanuvchanligini ta’minlovchi muhim vosita sifatida baholaydilar (Nobes & Parker, 2020). Ularning fikricha, turli mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan korxonalarning moliyaviy hisobotlari o‘rtasidagi farqlarni kamaytirishda yagona hisob siyosatining ahamiyati katta.

MHXS asosida hisob siyosatini shakllantirish jarayonida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi:

Jadval 1.1 MHXS asosida hisob siyosatining asosiy elementlari.

Hisob obyekti Hisob siyosatida belgilanadigan masalalar Asosiy vositalar Baholash modeli (dastlabki qiymat yoki qayta baholash

modeli), amortizatsiya usuli Nomoddiy aktivlar Amortizatsiya muddati, baholash tartibi Zaxiralar FIFO yoki o‘rtacha tortilgan qiymat usuli Daromadlar Daromadlarni tan olish mezonlari Moliyaviy instrumentlar

Tasniflash va baholash usullari Rezervlar Ehtimoliy majburiyatlarni e’tirof etish tartibi 4 IFRS Foundation. Conceptual Framework for Financial Reporting. London, 2024.

Manba: IAS 2, IAS 16, IAS 38, IFRS 9 va IFRS 15 standartlari asosida muallif tomonidan tuzildi.

Hisob siyosatini shakllantirishda MHXSning asosiy sifat tavsiflari ham hisobga olinadi. Moliyaviy axborot foydali bo‘lishi uchun u dolzarb (relevant) va haqqoniy aks ettirilgan (faithful representation) bo‘lishi kerak5. Shu sababli korxona tanlaydigan hisob usullari iqtisodiy hodisalarning mazmunini to‘liq aks ettirishi lozim.

Ballning tadqiqotlariga ko‘ra, MHXS talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hisob siyosati moliyaviy hisobotlarning shaffofligini oshirib, investorlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar sifatini yaxshilaydi (Ball, 2006). Natijada korxonalarning investitsion jozibadorligi ortadi va moliyalashtirish imkoniyatlari kengayadi.

O‘zbekiston amaliyotida MHXSga o‘tish jarayonida hisob siyosatini qayta ishlab chiqish zarurati yuzaga kelmoqda. Chunki milliy buxgalteriya hisobi standartlarida qo‘llanilgan ayrim yondashuvlar MHXS talablaridan farq qiladi. Xususan, aktivlarni baholash, moliyaviy instrumentlarni hisobga olish hamda daromadlarni tan olish tartiblarida sezilarli tafovutlar mavjud. Shu sababli MHXSga transformatsiya qilish jarayonida hisob siyosatini xalqaro standartlar talablariga moslashtirish muhim vazifa

Shunday qilib, hisob siyosati MHXS asosida moliyaviy hisobotlarni tayyorlashning eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, uning to‘g‘ri shakllantirilishi moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi, shaffofligi va xalqaro miqyosda taqqoslanuvchanligini ta’minlaydi.

2. BHMS va MHXS o‘rtasidagi farqlar va ularni tuzatish.

Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi va xalqaro moliyaviy munosabatlarning kengayishi natijasida moliyaviy hisobotlarning xalqaro talablarga mosligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilayotgan Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS) hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS) o‘rtasidagi farqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalasi dolzarb hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlarni MHXSga transformatsiya 5 IFRS Foundation. Conceptual Framework for Financial Reporting. London, 2024. qilish jarayonida aynan ushbu farqlarni aniqlash va tegishli tuzatishlarni kiritish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

BHMS va MHXSning umumiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holati va faoliyati natijalari to‘g‘risida foydalanuvchilarga ishonchli axborot taqdim etishdan iborat bo‘lsa-da, ularning metodologik yondashuvlarida sezilarli tafovutlar mavjud. BHMS ko‘proq milliy qonunchilik talablariga asoslangan bo‘lsa, MHXS investorlar va boshqa manfaatdor tomonlarning axborot ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan tamoyillarga asoslanadi.

Asosiy farqlardan biri aktivlar va majburiyatlarni baholash bilan bog‘liq. BHMSda ko‘plab aktivlar tarixiy qiymatda hisobga olinadi, MHXSda esa ayrim hollarda adolatli qiymatdan foydalanish talab etiladi. Natijada moliyaviy hisobotlarni transformatsiya qilish jarayonida aktivlarning balans qiymatini qayta ko‘rib chiqish va adolatli qiymat bo‘yicha tuzatishlar kiritish zarurati yuzaga keladi.

Daromadlarni tan olish masalasida ham farqlar mavjud. MHXSda daromad iqtisodiy manfaatlarning korxonaga kelib tushishi ehtimoli va majburiyatlarning bajarilish darajasidan kelib chiqib tan olinadi. BHMSda esa ayrim hollarda daromadlarni e’tirof etish tartibi soddaroq shaklda belgilangan. Shu sababli transformatsiya jarayonida daromad va xarajatlarni qayta hisoblashga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin.

Asosiy vositalar hisobida ham muhim tafovutlar kuzatiladi. MHXS korxonalarga qayta baholash modelidan foydalanish imkoniyatini beradi, BHMS amaliyotida esa ko‘pincha dastlabki qiymat modeli ustunlik qiladi. Bu holat asosiy vositalarning balans qiymati va amortizatsiya summalarida farqlarni keltirib chiqaradi. Mazkur tafovutlarni bartaraf etish uchun transformatsiya jarayonida qo‘shimcha hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

Moliyaviy instrumentlarni hisobga olish MHXSda eng murakkab yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Xususan, moliyaviy aktivlarni tasniflash, kutilayotgan kredit zararlarini e’tirof etish va adolatli qiymatda baholash bo‘yicha talablar BHMSga nisbatan ancha keng qamrovli hisoblanadi. Shu sababli milliy standartlar asosida tayyorlangan hisobotlarni MHXSga moslashtirishda ushbu sohada sezilarli tuzatishlar kiritiladi.

Zaxiralar hisobida ham ayrim farqlar mavjud. MHXS zaxiralarni tannarx va sof sotish qiymatidan eng kichigi bo‘yicha baholashni talab qiladi. Agar zaxiralarning qiymati kamaygan bo‘lsa, tegishli qiymat pasayishi xarajat sifatida tan olinadi. Transformatsiya jarayonida zaxiralarning haqiqiy qiymatini aniqlash va zarur hollarda qiymat pasayishi bo‘yicha tuzatishlar kiritish talab etiladi.

BHMS va MHXS o‘rtasidagi farqlarni bartaraf etish transformatsion tuzatishlar orqali amalga oshiriladi. Ushbu tuzatishlar moliyaviy hisobotning barcha elementlariga, jumladan aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Natijada milliy standartlar asosida tayyorlangan hisobot xalqaro standartlar talablariga moslashtiriladi va xalqaro foydalanuvchilar uchun tushunarli hamda taqqoslanuvchan shaklga keltiriladi.

Shunday qilib, BHMS va MHXS o‘rtasidagi farqlar nafaqat hisob usullarida, balki moliyaviy axborotni shakllantirish tamoyillarida ham namoyon bo‘ladi. Ushbu farqlarni o‘z vaqtida aniqlash va tegishli transformatsion tuzatishlarni amalga oshirish moliyaviy hisobotlarning sifati, shaffofligi va xalqaro talablarga mosligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Xulosa.

Moliyaviy hisobotlarni MHXSga transformatsiya qilish bugungi kunda korxonalarning xalqaro moliya bozorlariga integratsiyalashuvi, investitsion jozibadorligini oshirishi hamda moliyaviy axborotlarning shaffofligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Transformatsiya jarayoni nafaqat moliyaviy hisobot shakllarini xalqaro standartlarga moslashtirishni, balki korxonaning hisob siyosatini qayta ko‘rib chiqish va MHXS talablari asosida shakllantirishni ham nazarda tutadi.

Tadqiqot davomida hisob siyosati MHXS asosida moliyaviy hisobotlarni tayyorlashning muhim elementi ekanligi aniqlandi. Hisob siyosatini to‘g‘ri shakllantirish moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladigan ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va taqqoslanuvchanligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, MHXS talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hisob siyosati korxona faoliyati natijalarini haqqoniy aks ettirish hamda manfaatdor foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, BHMS va MHXS o‘rtasida aktivlar va majburiyatlarni baholash, daromadlarni tan olish, asosiy vositalar hisobi, moliyaviy instrumentlar va zaxiralarni hisobga olish bo‘yicha muhim farqlar mavjudligi aniqlandi. Ushbu tafovutlar moliyaviy hisobotlarni MHXSga transformatsiya qilish jarayonida tegishli tuzatishlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltiradi. Transformatsion tuzatishlar natijasida moliyaviy hisobotlarning xalqaro talablarga muvofiqligi ta’minlanadi.

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, MHXSni samarali qo‘llash moliyaviy hisobotlar sifatini oshiradi, investorlar ishonchini mustahkamlaydi va korxonalarning raqobatbardoshligini kuchaytiradi. O‘zbekiston Respublikasida ham MHXSga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar milliy buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro talablarga yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.

Umuman olganda, moliyaviy hisobotlarni MHXSga transformatsiya qilish, hisob siyosatini xalqaro standartlar asosida shakllantirish hamda BHMS va MHXS o‘rtasidagi farqlarni bartaraf etish korxonalarning moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish, investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu sababli MHXS talablarini amaliyotga keng joriy etish va transformatsiya jarayonlarini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘RQ–404-son, 2016-yil 13-aprel.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ–4611-son

“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha

3. Alexander D., Nobes C. Financial Accounting: An International Introduction. –

8th ed. – Harlow: Pearson Education, 2020. – 512 p.

4. Ball R. International Financial Reporting Standards (IFRS): Pros and Cons for

Investors // Accounting and Business Research. – 2006. – Vol. 36 (Supplement

1). – P. 5–27.

5. Daske H., Hail L., Leuz C., Verdi R. Mandatory IFRS Reporting Around the

World: Early Evidence on the Economic Consequences // Journal of Accounting

Research. – 2008. – Vol. 46. – No. 5. – P. 1085–1142.

6. Epstein B.J., Jermakowicz E.K. IFRS: Interpretation and Application of

International Financial Reporting Standards. – New York: John Wiley & Sons,

2021. – 1350 p.

7. G‘ulomov D.E. Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish. –

Toshkent: Iqtisodiyot, 2023. – 286 b.

8. IAS 1. Presentation of Financial Statements. – London: IFRS Foundation, 2024.

9. IAS 8. Accounting Policies, Changes in Accounting Estimates and Errors. –

London: IFRS Foundation, 2024.

10. IFRS 1. First-time Adoption of International Financial Reporting Standards. –

London: IFRS Foundation, 2024.

11. IFRS Foundation. Conceptual Framework for Financial Reporting. – London:

IFRS Foundation, 2024.

12. Nobes C., Parker R. Comparative International Accounting. – 14th ed. – Harlow:

Pearson Education Limited, 2020. – 640 p.

13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Buxgalteriya hisobi milliy

standartlari to‘plami. – Toshkent, 2024.

14. Rizaqulov A.A. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asoslari. – Toshkent:

Moliya, 2022. – 318 b.

15. Walton P., Haller A., Raffournier B. International Accounting. – 4th ed. –

London: Cengage Learning, 2019. – 816 p.

16. Zeghal D., Mhedhbi K. An Analysis of the Factors Affecting the Adoption of

International Accounting Standards by Developing Countries // The

International Journal of Accounting. – 2006. – Vol. 41. – No. 4. – P. 373–386.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.