ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Tuproq qoplamining strukturasi va sho'rlanish darajasining relyef elementlari bilan bog'liqligi o'rganish

Аннотация

Ushbu maqolada Tuproq qoplamining strukturasi va sho'rlanish darajasining relyef elementlari bilan bog'liqligi o'rganish haqida qanday chora-tadbirlar olib borish haqida ma'lumotlar keltirilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

Tuproq qoplamining strukturasi va sho'rlanish darajasining relyef

elementlari bilan bog'liqligi o'rganish

Tajiyev Qudrat Qadirberganovich

Urganch davlat universiteti dotsenti, PhD

O'tamurotova Xayriniso Bekchan qizi

Urganch davlat universiteti talabasi

Annotasiya: Ushbu maqolada Tuproq qoplamining strukturasi va sho'rlanish darajasining relyef elementlari bilan bog'liqligi o'rganish haqida qanday chora-tadbirlar olib borish haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Tuproq qoplami, laboratoriya sharoitida, qobiq, yotqiziq, kimyoviy va biologik tarkibi.

Tuproq qoplami yer yuzidagi biogen qobiqdan tashkil topgan alohida mahsulot bo‘lib, u quruqlik va suv havzalarini o‘rab olgan. Tog‘ jinslarining (litosferaning) yer yuzasidagi qismi tirik jonivorlar, atmosfera va gidrosfera omillari ta'sirida o‘zgarib, tuproq qoplamini hosil qiladi. Tuproq qoplami o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi, tirik jonivorlarning yashashi biomahsulotning shakllanishi hamda planetadagi geofizik va biogeokimyoviy jarayonda faol ishtirok etadi. Akademik V.I.Vernadskiy tuproqni yer kurrasining foydali va unumdor zontidir deb ataydi. Tuproq qoplami yuqorida aytib o‘tilganidek, yer qobig‘ining tarkibiy qismidagi, litosferadagi geofizik o‘zgarishlar, atmosfera, gidrosfera va biosferaning o‘zaro munosabatidan vujudga kelgan mahsulotdir. Tuproq qoplami yer ustki nurash qobig‘ining, ya'ni litosferani tashkil qilgan magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslarining mexanik, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarining ta'siri natijasida nurashidan iqlimiy sharoit, relyef, o‘simlik va tirik jonivorlar, vaqt, ona jins hamda inson faoliyatining ta'siri natijasida hosil bo‘lgan tabiiy tanadir. U g‘ovakligi, donadorligi, oziqa moddalar bilan tahminlanganligi, ya'ni unumdorligi bilan ajralib turadi. Tuproq unumdorlik darajasi bilan tog‘ jinslari va ularning qayta ishlangan mahsulotidan tamomila farq qiladi. Tuproq qoplamining shakllanishi, genetik kelib chiqishi, fizik-mexanik hususiyatlari, kimyoviy, mineralogik va biologik tarkibi, planetamizda jug‘rofiy tarqalishi, unumdorligi va uni tabiiy ofatlardan himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanadi. Planetamizda tarqalgan tuproq qoplamini qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositasi va biosferaning tarkibiy qismi sifatida har taraflama o‘rganishdan iboratdir. Tuproq qoplamini o‘rganish usullari. Tuproqshunoslikda ham barcha tabiat fanlaridagidek, tuproq qoplami, uning jug‘rofiy tarqalishi, xossa va xususiyatlari, mineralogik, kimyoviy va biologik tarkibi dala, kuzatuv, laboratoriya sharoitida har taraflama o‘rganiladi. H.Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 8 ishlarini amalga oshirishda hozirgi zamon kosmik, elektronika, kompyuter kabi jihozlardan bevosita samarali foydalaniladi. Hozirgi davrda tuproq qoplamini kompleks ravishda o‘rganish uchun barcha ilmiy-tadqiqot institutlari, tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralari mavjud bo‘lgan universitet va institutlarda ilmiy va amaliy ishlarni bajarish uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va tahminlangan. Tuproq qoplamini dala, kuzatuv va laboratoriya sharoitida o‘rganish uslublari hozirgi paytda mukammal ishlab chiqilgan. Tabiatda tuproq qoplamining yuza qismidan to uni hosil qiluvchi yotqiziq yoki tog‘ jinslarigacha (ona jinsi) V.V.Dokuchayev ishlab chiqqan profil usuli bilan, genetik kelib chiqishi, morfologik tuzilishi, tuproq hosil bo‘lishi jarayoni chuqurligigacha o‘rganiladi. Morfologik usul, ya'ni V.V.Dokuchayev ishlab chiqqan tuproq profil tuzilishi, dala va laboratoriya sharoitida diagnostika tafsilotlari makro, mezo va mikromorfologik usul bilan oddiy ko‘z, binokulyar lupalar va elektron mikroskop yordamida o‘rganiladi. Solishtirma jug‘rofiy usul, turli geografik sharoitda hosil bo‘lgan tuproqlarning genezisi, tuzilishi, xossa va xususiyatlari, tarqalishi va foydalanishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar tahlilidan iboratdir. Solishtirma-tarixiy usullar. Tuproq qoplamining o‘tmishdagi holati, hozirgi paytdagi o‘zgarishlari - "Paleotuproqshunoslik" fanining asosini tashkil qiladi. Tuproqning xossalari, tarkibi, unumdorligi va jamiyatda foydalanilishi tahlil qilinadi. Tuproq qoplamining genetikgeografik tahlili asosida kichik maydondan yerlarning umumiy xususiyatlariga binoan kalit usuli bilan asosiy yer maydonlarini kam sarmoya va resurs tejamkorlik usullari bilan aniqlash imkoniyatini yaratib beradi. Monolit usuli yordamida tuproq qoplamining genetik qatlamlari tuzilishini saqlagan holda monolitlar olinib, laboratoriya sharoitida, tuproq fizik jarayonlarini modellashtirish asosida suv va tuzlar harakati, ionlar almashinuvi aniqlanadi. Lizimetrlar usuli yordamida tuproq qoplami dala va laboratoriya sharoitida, tuproq qoplami orqali tik yo‘nalishda singib o‘tadigan suv, tuzlar va oziqa moddalar miqdori mavsumiy ravishda aniqlanadi. Tuproq rejim kuzatuvlari, kinetik jarayonlarni namlik, harorat, tuzlar va oziqa miqdorini mavsumiy, oylar, fasl, yillar va o‘simlik vegetatsiyasi davridagi o‘zgarish parametrlari aniqlanadi.V.R.Vilyams chimli tuproqlar hosil bo‘lishi nazariyasini ishlab chiqdi. O‘zining ilmiy faoliyatida tuproqda gumus va gumus moddalarining hosil bo‘lishi, uning kimyoviy tarkibini mavsumiy ravishda o‘zgarishini lizimetrlarda aniqladi. Dehqonchilikda organik moddalarining H.Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 17 tuproq donadorligi, fizik xossalarini yaxshilashda va unumdorlik darajasini oshirishdagi rolini aniqlashda salmoqli ahamiyat bahsh etgan olimlardandir U tuproq hosil bo‘lish jarayonida va genetik qatlamlar shakllanishida o‘simlik va mikroorganizmlarning faolligi katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib berdi. Tuproq qoplamining shakllanishi va unumdorligini oshirishda biofil moddalarning kichik biologik doirada aylanishining ahamiyatini belgilab berib, har bir geologik davrda o‘ziga xos bir necha marta tuproq hosil bo‘lishida biologik jarayonlar takrorlanib turishini isbotlab berdi. Gumusning tarkibiy qismini o‘rganib, o‘ziga xos organik moddalar hosil bo‘lishi va ularni tuproq paydo bo‘lish jarayonidagi rolini ko‘rsatib berdi. Chimli, podzol va botqoq tuproqlarning hosil bo‘lishi jarayonlarini nazariy jihatdan isbotladi. Tuproq unumdorligini oshirishda dukkakli o‘simliklar va o‘tlarning rolini hamda o‘t-dalali almashlab ekishni tavsiya etdi. V.R.Vilyams o‘tloqchilik fanining rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shgan olimlardan hisoblanadi.

Xulosa

Hozirgi kunda respublikamiz tuproqlarining bonitirovkasi "Yergeodez-kadastr" Davlat Qo‘mitasiga qarashli Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va muntazam tekshirib boriladi. Bonitirovka darajasiga tuproqning asosiy xossalari (gumus, oziqa elementlar miqdori, muhit, suvfizik xususiyatlari) olinib, eng unumdor qora tuproqlar 100 ga teng qilib belgilangan. Bu ko‘rsatkichga, yillar davomida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan o‘rtacha hosil qo‘shilar edi. Ikkinchi usulga binoan, tuproq turining xossa va xususiyatlari, kimyoviy tarkibi hisobga olinib, yetishtirilgan hosil e'tiborga olinmaydi.Shuning uchun, asosiy dolzarb masalalardan biri, jamoa, shirkat, fermer xo‘jaligi tuproq xaritalari, agrokimyoviy xaritanomalarni qaytadan tuzib, tuproq boniteti, narxini, yer kadastrini yangi sharoitga moslab ishlab chiqishdir. Dastavval tuproqlarning agronomik xususiyatlari, hududiy sharoiti, meliorativ holatini hisobga olgan holda, agroishlab chiqarish tizimini tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Tuproqni agro ishlab chiqarish guruhlashda ikki xil usul mavjud bo‘lib, birinchisida tuproqlarning suv fizik, issiqlik xususiyatlari, kimyoviy tarkibining bir -biriga yaqinligi, o‘xshashlik qobiliyati, meliorativ va yuvilishga qarshi chora-tadbirlarning umumiyligi bilan ajratish. Bu tadbir barcha qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun umumiydir.

Foydalanilgan adabiyotlar 1 Abdullayev X.A. O‘zbekiston tuproqlari. -T.: TashGU nashriyoti, 1973. 2. Abdullayev X.A., Tursunov L.T. Tuproqshunoslik asoslari. -T.: TashGU nashriyoti,, 1975. 3. Boboxo‘jayev I.P., Uzoqov P.U. Tuproqshunoslik. –T.: “Mehnat” nashriyoti. 1995. 511 b. 4. Ковда В.А., Розанов Б.Г. Почвоведение. 1,2 часть. -М.: Изд-во “Высшая школа”, 1988. 367 с. (2-том 399 с.) 5. Кауричев И.С. Почвоведение. Изд-во “Колос”, -М.: 1982. 718 с. 6. Ковда В.А. Основы учения о почвах. 1,2 т. -М.: Изд-во “Наука”, 1972. 446 с (2- том 467 с.) 7. Кононова М.М. Органическое вещество почвы. -М.: Изд-во “Наука”, 1963. 8. Крупенников И.А. История почвоведения. -М.: Изд-во “Высшая школа”. 1987. 9. Pankov M.A. Tuproqshunoslik, -T.: “O‘qituvchi” nashriyoti, 1965. 10.Почвы Узбекской ССР. 1 т. Т.:Изд-во “ФАН”, 1949. 337 с. 11.Почвы Узбекистана. Т.: Изд-во :ФАН”, 1975. 221 с. 12.Tursunov L.T. Tuproq fizikasi. –T.: “FAN” nashriyoti, 1988. 13.Tursunov L., Xonazarov A., Faxrutdinova M., Komilova D. O‘zbekiston tog‘ tuproqlari. –T.: “Turon-Iqbol” nashriyoti. 2009. 231 b.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.