ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

TURKISTON JADID NAMOYONDASI BEHBUDIYNING YOSHLAR MA’NAVIY TARBIYASIGA DOIR MA’RIFIY G‘OYALARI

Аннотация

Maqola jadidlarning boy ma’naviy merosini o‘rganish masalasiga qaratilgan. Ma’rifatparvar Behbudiyning tarbiya, ta’lim, ilm, bilimga doir o‘gitlarining hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganligi ochib beriladi. Yoshlar ma’naviy tarbiyasining dasturulmali sifatida qo‘llanilishi tavsiya etiladi.  


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

MA’NAVIY TARBIYASIGA DOIR MA’RIFIY G‘OYALARI

Tursunova Olmos Fayziyevna O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi dotsenti

Annotatsiya. Maqola jadidlarning boy ma’naviy merosini o‘rganish masalasiga qaratilgan. Ma’rifatparvar Behbudiyning tarbiya, ta’lim, ilm, bilimga doir o‘gitlarining hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganligi ochib beriladi. Yoshlar ma’naviy tarbiyasining dasturulmali sifatida qo‘llanilishi tavsiya etiladi.

Kalit so‘zlar: Behbudiy, yoshlar, ma’naviyat, ilm, ma’rifat, bilim, tarbiya

Аннотация. Статья посвящена изучению богатого духовного наследия джадидов. Раскрывается, что наставления просветителя Бехбуди о воспитании, образовании, науке и знаниях не утратили своей актуальности и в наши дни. Рекомендуется использовать их в качестве руководства для духовного воспитания молодежи.

Ключевые слова: Бехбуди, молодежь, духовность, наука, просвещение, знание, воспитание.

Abstract. This article focuses on studying the rich spiritual heritage of the Jadids. It reveals that the teachings of the enlightener Behbudiy on upbringing, education, science, and knowledge have not lost their relevance even today. It is recommended to use these teachings as a guide for the spiritual education of youth.

Key words: Behbudiy, youth, spirituality, science, enlightenment, knowledge, upbringing

Yurtimizda buyuk jadidlarning ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Umuman, biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi» [1].

Albatta, bugungi tinch va erkin hayotning qadrini, yoshlar ma’naviy tarbiyasini, ilmga, bilimga bo‘lgan e’tiborni bizni Behbudiy hikmatlarida ko‘ramiz. Behbudiy o‘zining asosiy diqqatini aynan ilm, tarbiya, ta’limga qaratadi. U ta’kidlaganidek, “Har zamonni(ng) ilmi, hikmati va parvarishi boshqadir. Modomiki, har bola, ya’ni har kimni(ng) zamoni, otasi zamonidan boshqa bo‘lsa va har otag‘a o‘z farzandini kelar zamon uchun va kelar zamonig‘a muvofiq suvratda tarbiya va ta’lim etmog‘i lozim bo‘lsa, biz na uchun kelar zamon emas, balki hozirgi va bu kungi zamon va soatimizdagi ilm va fanlarni bolalarimizg‘a o‘rgatmaymiz”[1].

Shu g‘oyalari asosida yoshlarga o‘gitlar, pand-nasihatlar qiladi. Hamda bugungi kunning asosiy prinsipi bo‘lgan, o‘zining natijasini beradigan eng zo‘r investitsiya bu farzand ilmiga, ta’limiga yo‘naltirilgan investitsiyadir degan tamoyil Behbudiyning qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. “Ey muhtaram yoshlar! Aziz birodarlar, o‘g‘il to‘ylarig‘a sarf qilaturgon aqchalaringizni mana shul zamoni yo‘lig‘a sarf etingiz, sizdan o‘g‘lingizg‘a mol meros qolmasin, balki, albatta, ilm va tarbiya meros qolsin” [1].

Behbudiy asarlarida milliy uyg‘onish, millatning o‘zligini anglash jarayoni mazkur chaqiriqning ruhi va mazmunini tashkil qiladi. Uning hikmatlari birgina adabiyot, tarix doirasida qolgani yo‘q, ijtimoiy turmushning barcha qatlamlarini qamrab oldi, hatto uning tarixga kirgan g‘oyalarining ham mafkurasi milliy uyg‘onishga, uning samarasi bo‘lmish mustaqillik uchun kurashga kelib bog‘landi. Jumladan uning, “Ey g‘ayratlik yoshlar! Nifoq va bir-birig‘a dushmanlikni tashlangiz. Xudo haqqi, arvohi anbiyo hurmati va bu kunlarda qornini to‘yg‘izolmayturgon yetim va bevalar haqqi, bir-biringiz ila ittifoq etub, jamiyatlar barpo qilib, xoliq Xudoning nafig‘a, din va millat yo‘lig‘a xizmat etingiz. Millat va xalq sizdan xizmat va yaxshilik talab etudur, nafsoniyat va g‘urur emas” [1].

Behbudiy fikricha, ma’rifat uchun b irgina maktab kifoya qilmasdi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo‘lmoq kerak edi. Zero, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda u o‘z qabohatini ham, malohatini ham ko‘ra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni jamiyat a’zolaridan quyidagilarni so‘rashga undaydi: “Yoshlardan himmat va g‘ayrat, boylardan shafqat va marhamat kerak” [1].

Bugun biz yuzma-yuz bo‘lib turgan milliy g‘oya, ma’naviyat, milliy mafkura masalalari bilan bundan yuz yil oldin jadidlarimiz tomonidan ham kun tartibiga qo‘yilgan va qizg‘in muhokama qilingan masala bo‘lgan. Buni Behbudiyning fikrlaridan ham uqib, anglab olish mumkin: “Makotib – taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning durdonasidir” [1].

Albatta, yoshlarimizni mamlakat, yurt ravnaqi va kelajagi yo‘lida birlashtirish, qalblarni uyg‘otish, dunyo xaritasida har tomonlama taraqqiy etgan Yangi O‘zbekistonni barpo etishni ko‘zlagan ma’naviyat, milliy g‘urur g‘oyasining ildizi aslida ma’rifatparvar jadidlar faoliyatiga borib taqaladi: “Ey g‘ayratlik yoshlar! Nifoq va bir-birig‘a dushmanlikni tashlangiz. Xudo haqqi, arvohi anbiyo hurmati va bu kunlarda qornini to‘yg‘izolmayturgon yetim va bevalar haqqi, bir-biringiz ila ittifoq etub, jamiyatlar barpo qilib, xoliq Xudoning nafig‘a, din va millat yo‘lig‘a xizmat etingiz. Millat va xalq sizdan xizmat va yaxshilik talab etudur, nafsoniyat va g‘urur emas” [1].

Mamlakatimiz yoshlarga kelajak binokorlari sifatida qarar ekan, bu yo‘lda bizga buyuk tariximiz – murabbiy, ajdodlarimizning ibratli hayoti, faoliyati va ma’naviy merosi, ayniqsa bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan hikmatli gaplari dasturulamaldir: “Muhtaram yoshlar! Zamon siznikidir, qarilar zamoni o‘tgan. Siz kiromg‘a bobasirat bo‘lib, o‘n daf’a o‘lchab, bir daf’a kesingiz” [1].

Behbudiy xulosasiga ko‘ra, millat ozod bo‘lib, o‘zining mustaqil davlatini o‘rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo‘lmaydi, deydi. Uning quyidagi mulohazalarini uchratamiz: “Fanning ibtidoiy ta’limini ko‘rmagan kishiga o‘rta va oliy qismini madrasalarg‘a kirgizib ta’lim bermakdin foyda chiqmaydur” [1].

Behbudiy milliy g‘oya bilan ish tutilsa, millatning jonlanishiga, ma’rifatli avlod shakllanib hayotning go‘zallashishiga ishonadi. Bugina emas, uni hayot-mamot masalasi deb biladi. Millatning milliy, diniy, insoniy huquqlarini muhofaza qilishda birinchi vosita deb hisoblaydi: “Ulamo tarbiyaxonasi maktab va madrasalardur, agarda o‘shal maktab va madrasa muallim va mudarrislari olim bo‘lsa va shogirdlarig‘a ko‘ngli ilan ta’lim bersa, albatta, ilm hosil qilur. Agarda muallimni o‘zi hozirgi aksar maktabdor va mudarrislardek kamhavsala yoinki kamilm bo‘lsa, yoinki ilmi bo‘lub turub, usuli tahsildan xabarsiz bo‘lsa, ani(ng) shogirdlari nodon qolur” [1].

Behbudiy qalbini o‘rtagan eng katta dard – erk va ma’rifat bo‘lgan. Uning qarashlarida ma’rifiy ruh, iztirob to‘la fikr-mulohazalar bugungi yoshlarimizni befarq qoldirmaydi. Jumladan, Yurt, Vatan tuyg‘usi ifodasi uni bugun yoshlarga haddan tashqari yaqin qilib qo‘yadi: “Zamoncha ilmi diniy va zamoniy kerak”, deydi ustoz. [1].

Ilm – hunar g‘ayrat va mehnat bilan qo‘lga kiradi. Ilmga, ma’rifatga ehtiyoj, ilmfanni egallash g‘oyasi millatning ko‘pchiligi tomonidan anglanishi kerak. Haqiqatdan ham, Behbudiyning olib borgan barcha ishlari shunga xizmat qildi. Shu tariqa har bir g‘oyaning milliy g‘oyaga aylanishi, Behbudiyning fikricha quyidagi shartni taqozo etadi: “Yer yuzidagi barcha millatlar o‘z bolalarining ibtidoiy tarbiyasig‘a va maktablarning har jihatdan intizom va akmalig‘a ko‘b ahamiyat berub, bolalarini milliy va diniy ruhda kamol suvratda yetushdurarlar. Aning uchundirki, o‘zga millatlar diniy va milliy hissiyotg‘a molik bo‘lub, har ishda diyonat va millatni muqaddam tutarlar. Va, luzumi kelganda, bu yo‘lda mol va jonlarini fido qilmoqg‘a hozir turarlar” [1].

Behbudiy istiqlol haqida fikr yuritar ekan, har qanday zo‘ravonlikni rad etadi. Uningcha, zo‘ravonlik g‘ayriaxloqiy, binobarin, g‘ayriinsoniydir. Umuman, mustaqillik uchun kurash olib borgan jadidlar, jumladan Behbudiy kelajak haqida fikr yuritar ekan, istiqlolga erishish borasida quyidagi yo‘ldan borishni tavsiya etadi: “Ilmsizlik va tarbiyayi diniya va axloqi milliyadin bebahralikni(ng) oxiri dinsizlik va rasman tarki din etmoqqa majbur bo‘lur [1].

Behbudiy ilmiy ishlarining aksariyati ilm, kasb, til o‘rganish va ma’rifatli bo‘lishga chaqiriqlar to‘g‘risida edi. Behbudiy millat kelajagi, mamlakat taraqqiyoti va eng muhimi uning mustaqilligi, erki uchun qilgan mehnat va xizmatlarini yoshlarga yetkazib berish bugungi kunnning dolzarb vazifasidir. Shu o‘rinda uning: “Ilm mushtarakdur. Bilgannikidir” [1] degan prinsipi kun tartibidagi birinchi masaladir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu nuqtayi nazardan Behbudiy istiqlol, ozodlik, erkinlik uchun qilgan xizmatlari, uning milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishdagi hissasi beqiyosdir.

Har bir millat taraqqiy topmog‘i uchun jahon ilm-fani yangiliklaridan, umuminsoniy g‘oyalardan foydalanishi kerak. Lekin muhim sharti shundaki, bu fikrg‘oyalar millatning yuragi va ongidan o‘tmog‘i, milliylashishi zarur. Shundagina u millat yo‘lida xizmat qila oladi. Hammamizga ma’lumki, hozirgi globallashuv jarayonlari kechayotgan bir paytda “ommaviy madaniyat” istar-istamasakda yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasiga ta’sir etmoqda. Shu o‘rinda ustozning fikrlari o‘ta dolzarblik kasb etadi: “Bizlarni xonavayron, bachagiryon va bevatan va bandi qilgan tarbiyasizlik va jaholatdur: bevatanlik, darbadarlik, asorat, farq-u zalolat va xorliklar hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi natijasidir” [1]. Mana shu jaholatdan esa qutulishning bir yo‘li, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “jaholatga qarshi o‘n ma’rifat bilan kurashmog‘imiz darkor”ligi dolzarbligicha qoladi. Albatta bu boradagi mas’uliyat ziyolilar zimmasiga tushadi. Chunki millat ehtiyojini qalban anglovchi va oldinga boshlovchi ziyoli sinfidir. Buning uchun esa, o‘sha ziyolining o‘zi milliy axloq va tarbiya egasi bo‘lmog‘i kerak. Behbudiyning “Har millat va din ahlining boshchi va hodiysi ulamodurlar”, degan fikri o‘rinlidir [1].

Behbudiy ona yurtini unda yashab turgan barcha qon-qarindosh millatlarning birligi, hamkorligi bilangina saqlab qolish mumkinligini teran anglaydi. U millatning, ma’rifatning haqiqiy ma’naviy otasi edi. U butun vujudi bilan birlikka chorlaydi: “Har bir millat, eng avval makotibi ibtidoiyasini zamoncha isloh etub, ko‘paytirmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirib, madaniyatdan foydalanmas” [1].

Xulosa o‘rnida, Behbudiyning boy ma’naviy merosi hozirgi kunda yoshlar tarbiyasiningyorqin yulduzi desak, mubolag‘a qilmaymiz. Zero, tafakkurimiz taraqqiyoti tarixida mohiyati va mazmuniga ko‘ra tamoman yangi bo‘lgan Behbudiyning milliy tarbiyasining roli va o‘rni alohida. Behbudiy hikmatlarida ko‘tarilgan g‘oyalar mutlaqo yangi va aksariyat mavjud tuzumga zid bo‘lgani bilan ajralib turadi. Albatta, bu fikrlar Vatan va millat manfaati nuqtayi nazaridan yondoshgandagina, mohiyatini har bir yosh to‘g‘ri anglagan bo‘ladi. Zero, “Ilmsiz millat, qavm asir va zaif qolur. Ilmsiz davlatni foydasi yo‘q, ilmsiz dunyodorni hayoti yo‘q”dir [1].

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jadidlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Toshkent. Yoshlar. 2022. 156 b.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.