ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

UZLUKSIZ MA'NAVIY TARBIYA KONSEPSIYASI ASOSIDA TALABA YOSHLARNI MA'NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK- PSIXOLOGIK TEXNOLOGIYASI.

Аннотация

Bugungi globallashuv jarayonida dunyoning har qarich yerida inson ongi va tafakkuri uchun jiddiy kurash ketayotgani ayni haqiqatdir. Birda yovuz, birda madaniy ko‘rinishdagi bu kurash har birimizdan atrofga teran nazar tashlash, jahonda kechayotgan turfa jarayonlarni aql va tafakkur bilan sarhisob etishga undaydi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

PSIXOLOGIK TEXNOLOGIYASI.

Toshpoʻlatova Mavjuda Mamatqulovna

Psixologiya kafedrasi. Pedagogika va psixologiya mutaxasisligi 1-kurs

magistranti

Annotatsiya: Bugungi globallashuv jarayonida dunyoning har qarich yerida inson ongi va tafakkuri uchun jiddiy kurash ketayotgani ayni haqiqatdir. Birda yovuz, birda madaniy ko‘rinishdagi bu kurash har birimizdan atrofga teran nazar tashlash, jahonda kechayotgan turfa jarayonlarni aql va tafakkur bilan sarhisob etishga undaydi.

Kalit so’zlar: Ma’naviy-axloqiy fazilat, mafkura, o‘z-o‘zini anglash, interfaol dasturlar.

Talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi hamda yetuk mutaxassis bo‘lib ona Vatanga xizmat qilishi uchun ular oldiga bir qancha talablar qo‘yiladi: o‘zo‘ziga talabchan bo‘lish; o‘z-o‘zini nazorat qilish; o‘zgalarni hurmat qilish; doimo kamtarlik yo‘lini tutish; o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lishi; iboli-hayoli bo‘lish; halol va adolatparvar bo‘lish; samimiy va beg‘araz bo‘lish; o‘zgalar mehnatini qadrlay bilish; kasbiy va ma’naviy bilimlarni egallab borish; o‘z manfaatlarini Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘rish; kamolotga erishishga intilish; barcha axloq qoidalariga bo‘ysunish; malakali mutaxassis bo‘lishga astoydil intilish.

Ma’lumiki, Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori , 2020-yil 25-dekabrdagi O‘zbekiston Yoshlari forumida hamda 2020-yil 29-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasi da hamda joriy yilning 19- yanvar kuni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda vazirliklar, qator davlat va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashga chorlaydi.

Davlatimiz rahbarining “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni, ruhi ma’naviyatdir”, degan so‘zlari mohiyatidagi uyg‘onish nafasi Hazrat Navoiy da’vatlariga mohiyatan uyg‘un bo‘lib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga azm-u shijoat bilan kirishgan xalqimiz uchun tarbiya, yaxshi xulq, aql-idrok, bilim, ma’naviyat naqadar tengsiz qudrat va ruhiy manba ekanligini yana bir bor anglatdi. Demak, yuksak ma’naviyat bilan jamiyat hayotining tanasi bo‘lgan iqtisodiyot vujudiga jon, ruh kiradi, unga tiriklik, tengsiz yaratuvchi qudrat baxsh etiladi.

Negaki ma’naviyat va ma’rifat barcha zamonlarda tengsiz qudrat, baxt-saodat, tinchlik, bunyodkorlik, hamjihatlik mezoni, ruhiy poklanish va qalbni yuksaltiruvchi ne’mat bo‘lib kelgan. Chunki u millatni, xalqni, demakki, insonlarni yuksak fazilatlar, kamolotga yo‘llovchi axloqiy mezonlar asosida yashashga, xudbinlik, g‘aflat asiriga aylanmay hamisha yaxshilik yo‘lida bedor bo‘lishga, bu olamni obod qilishga, go‘zallikka burkashga chorlagan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy holati qoniqarli deb bo‘lmaydi. Ya’ni bizning targ‘ibot-tashviqot ishlarimiz ko‘pincha tor doirada qolib ketayotganligi, hayotning keng qatlamlariga kirib borolmayotganligi, tajribasiz ayrim yoshlaming ongiga yetib bormayotganligining naqadar xavfli ekanligiga maxsus to‘xtalish mumkin. Buning uchun milliy tarbiyani yuksaltirishda ham davlat bosh islohotchi bo‘lishini e’tirof etib, maktablar, litsey va kollejlarda bevosita ma’naviyat masalalari bilan shug‘ullanadigan mutasaddi mutaxassislar lavozimlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘yish, barcha ta’lim muassasalarida bolalarimizni ongini yuksaltiruvchi, ulami ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qiladigan turli tashkilot va to‘garaklar tuzish lozimdir.

Ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish uchun ijtimoiy gumanitar fanlar hamkorligida pedagogika va psixologiya fanlarig'a: oila mafkurasi va uni shakllantirish mfixanizimini ishlab chiqish, o‘quvchi yoshlar ma’naviyatini shakllantirishning kompleks dasturini ishlab chiqish, milliy dasturga ma ’ naviy-mafkuraviy tarbiya yuzasidan qo‘shimchalar kiritish, o‘quvchi yoshlami milliy g‘oya, mafkura, o‘z-o‘zini anglash, qadriyatlar ruhida shakllantiruvchi milliy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqish, milliy mafkuraviy kurashning ilmiy-amaliy tizimlarini yaratish, xalqimizning barcha qatlamlari xususiyatlarini aks ettiruychi va qamrab oluvchi targ‘ibot-tashviqot mexanizmlarini ishlab chiqish, milliy ma’naviy g‘oyaning yangi ilmiy falsafiy ta’limini yaratish, kengashlar faoliyatini uslubiy ta’minlashlari kerak bo‘ladi.

Milliy tarbiyaning nazariyasi, uslubiyati va o‘quvchi yoshlar birlashmalari tizimini, ma’naviyat bilan shug‘ullanuvchi mutasaddr lavozim professiogrammalarni, o‘quvchi yoshlar uyushmalari hamda ulaming tizimi va faoliyati mazmunining shakllarini ishlab chiqish kabi dolzarb amaliy vazifalaming yechimini topishni yuklaydi. Barkamol avlodni voyaga yetkazishda diniy aqidaparstlikning tarixiy ildizlari, zamonaviy holati va unga qarshi kurashning nazariy asoslariga ham ko‘p bog‘liqdir. Odamlarimiz tafakkurida og‘ir kurash kechayotganidan ogoh bo‘lish lozimligi, vaziyat - tarixiy xotira va milliy o‘zlikni anglash va bu orqali barcha ma’rifiy mamlakatlarda bo‘lganidek, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashishning falsafiy, tarixiy asoslarini yaratishni, inson huquqlari milliy harakat dasturini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Bu esa falsafa, tarix, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik, sotsiolo-giya va boshqa fanlarda yangi dunyo qarash va yangi tafakkur shakllanish xususiyatlarini o‘rganib, natijalarini hayotga tezroq tatbiq qilishni, milliy o‘zlikni anglash jaryonini tahlil qilish, g‘oyaviy kurash strategiyasi va texnikasi, usul 'va shakllarini ishlab chiqishni taqozo qiladi.

Endilikda, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda ta’kidlanganidek, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni jaholat soyasidan asrash, tinimsiz chiranib yotgan ma’naviy tahdidlardan himoya qilish uchun tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi talablar asosida yo‘lga qo‘yish, bu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligini mustahkamlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘taradi.

Mamlakatni demokratik asoslarda qayta qurish va jamiyatda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish - ko‘p qirrali jarayondir. Bunda ta’lim-tarbiya tizimlarining o‘mi, ahamiyati, shubhasiz, juda katta. 0 ‘zining kundalik tirikchilik tashvishlaridan ortmay qolgan, milliy-tarixiy qadriyatlaridan, urf-odatlari va qadimiy an’analaridan deyarli begonalashgan, tor ixtisoslik doirasida fikr yuritish va faoliyat ko‘rsatishdan chiqa olmagan, erkin va ijodiy fikr yuritishdan mahrum etilgan «sovet kishisi»ning ongi va dunyoqarashini o‘zgartirish, qalbiga, ruhiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar nurini singdirish, uning bugungi taraqqiy etayotgan madaniy olam, erkin va ilg‘or fikrlovchi insonlar darajasida faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda ta’lim-tarbiya tizimlari oldida katta va keng miqyosli vazifalar turibdi. Bu, avvalo, yangi davr talablariga to‘la javob beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlami tayyorlashdir. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim-tarbiya sohasida nazarda tutilayotgan tadbirlaming g‘oyaviy-nazariy asoslari milliy mustaqillik g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liq. Yoshlarga mustaqil ravishda bilim olish va olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini hosil qilish hamda axloq va odobini yaxshilash sirlarini, ularga yoshligidan o‘rgatilib borilishi joiz bo‘lgani bilan ularda bilimlami haqiqiy egallash va ularni muayyan hayotiy sharoitlarda qo‘llash zaruriyati talabalik davrida pay do bo‘ladi. Talabalik davrigacha yosh odamni ota-onasi, maktab o‘qituvchilari, qarindosh-urug‘i, mahalla-ko‘y nazorat qilib borsa, talaba bo‘lganidan key in kompleks sabablariga binoan bu nazorat keskin pasayib ketadi. Shuning uchun bu holatni, avvalam bor, talabaning o‘zi anglab yetishi shart, shundan keyin boshqaruv nazariyasini asosiy tamoyili, tushuncha va qoidalami egallagan holda o‘zini-o‘zi boshqarib o‘zini - tarbiyalay boshlash kerak.

Mavjud muammolarni hal etish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ma’naviyma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida Vatanimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha yagona tizim yaratish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishni talab etadi. Bu borada nafaqat respublikamiz, balki jahon ta’lim tizimida yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash mexanizmi, yoshlarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishning amaliy pedagogik tizimi, o‘qitish modellari texnologik taraqqiyot g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirilgan interfaol dasturlar ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni

ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya

berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ-3907 qarori // https://lex.uz/docs/-3864155.

2. Farsaxonova D.R. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini ma’naviy-

axloqiy tarbiyalash metodikasi // Ta’lim, fan va innovatsiya. 2019, – №1. – B.

77-81.

3. Azarov Yu.P. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1991. – 67

b.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.