Kirish: ushbu maqola voyaga yetmaganlar mehnatini himoya qilish masalasini milliy va xalqaro nuqtai nazardan tahlil qiladi. Xorijiy tajribalar, jumladan Yevropa, Shimoliy Amerika va Yaponiya misollarida bolalarni ishga jalb qilishning minimal yoshini belgilash, xavfli ish turlarini cheklash va monitoring tizimlarini rivojlantirish orqali samarali himoya mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston sharoitida milliy qonunchilik XMT konvensiyalari bilan uyg‘unlashgan bo‘lsa-da, amaliyotdagi muammolar, xususan qishloq joylarida bolalarni ekspluatatsion mehnatdan himoya qilish va ijtimoiy yordam tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi aniqlanadi. Maqsad: voyaga yetmaganlar mehnatini nazariy-metodologik asoslarini aniqlash hamda uning pedagogik imkoniyatlarini xalqaro va mahalliy ilmiy asoslar bilan asoslashdan iborat. Materiallar va metodlar: tadqiqotda pedagogik, psixologik, falsafiy va madaniy adabiyotlar tahlili, qiyosiy-tahliliy yondashuv, tizimli umumlashtirish hamda madaniyatlararo tahlil metodlaridan foydalanildi. Xalqaro va respublika miqyosidagi me'yoriy hujjatlar o'rganildi. Muhokama va natijalar: tadqiqod natijalari bolalarni ekspluatatsion mehnatdan himoya qilish va milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha kompleks va integratsiyalashgan yondashuv talab etiladi. Bu yondashuv normativ-huquqiy, ijtimoiyiqtisodiy va ta’limiy omillarni birlashtirgan holda amalga oshirilishi lozim ekanligini ko'rsatdi. Xulosa: voyaga yetmaganlar mehnati jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etadi va alohida yondashuvni talab etadi. Ushbu jarayon jamiyatda daxldorlik hissini oshirishga, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish, monitoring tizimini kuchaytirish va ijtimoiy dasturlarni rivojlantirish orqali voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishning samarali strategiyalarini aniqlashga xizmat qiladi
Introduction: this article analyzes the protection of child labor from both national and international perspectives. It examines foreign experiences, including examples from Europe, North America, and Japan, where the minimum working age is established, hazardous work is restricted, and monitoring systems are developed. In Uzbekistan, national legislation aligns with ILO conventions; however, practical issues are identified, including the protection of children from exploitative labor in rural areas and the insufficient development of social support systems. Aim: to identify the theoretical and methodological foundations of juvenile labor and to substantiate its pedagogical possibilities with international and local scientific foundations. Materials and Methods: literature analysis, comparative-analytical approach, systematic generalization, and cross-cultural analysis were employed. International normative documents and national educational standards were examined. Discussion and Results: the study results show that children are protected from exploitative labor. A comprehensive and integrated approach is required to protect and adapt national legislation to standarts. This approach should be implemented by combining regulatory , socio-economic and educational factors . Conclusion: child labor is important in society and requires a special approach. This process will help to increase the sense of community involvement, align national legislation with international standarts, strengthen monitoring systems , and identify effective strategies for protecting the rights of minors through the development of social programs.