--⊱⊱ 475 ⊰⊰--
TARBIYASIDAGI AHAMIYATI
Narzullayeva Shaxlo Baxrmovna
Toshkent shahar Shayxontohur tumani 21-
DMTT Oʻqituvchi logoped
Sarshayeva Raushan Joldasbayevna
Toshkent shahar Yashnobod tumani 161-
DMTT Oʻqituvchi Logoped
Annotatsiya
Maqolada xalq ogʻzaki janrlari, alla, matal, maqol, xalq qoʻshiqlari asosida bolani tarbiyalashning pedagogik jihatlari tahlil qilib berilgan.
Kalit soʻzlar: Folklor, Alla, Xalq qoʻshiqlari, Afsona, Ertak, Doston
THE IMPORTANCE OF FOLK FOLK GENRES IN THE EDUCATION OF PRESCHOOL
CHILDREN
Annotation
The article analyzes the pedagogical aspects of raising a child based on folk oral genres, alla, matal, proverb, folk songs.
Keywords: Folklore, Alla, Folk songs, Legend, Fairy tale, Doston
Folklor hamma zamonlarda ham ijod sarchashmasi hisoblanib keladi. Shuning uchun ham insoniyat alla, qoʻshiqlar, afsonalar, ertak va dostonlarda oʻzining yuksak orzu umidlari, zavq-shavqiyu kurashlarini ifodalagan. Xalq ogʻzaki ijodi oʻzining mazmunan rang-barangligi, yuksak gʻoyalar bilan yoʻgʻrilganligi bilan yozma adabiyotdan ajralib turadi.
Bolalar folklori, koʻpincha, kattalar tomonidan ijod qilinadi, baʼzi hollarda bolalar oʻz oʻyinchoqlari asosida oʻzlari ham alla, qoʻshiq va ovunmachoqlar toʻqiydilar. Bularning hammasi bir boʻlib, faqat yaxshi tarbiyani targʻib qiladi. Bolalar xalq ogʻzaki ijodining pedagogika bilan bogʻlanishi alladan boshlanadi.
ALLA-QOʻSHIQLAR
Alladir hayotda sevimli qoʻshiq,
Onalar kuylaydi yurakdan joʻshib.
Bolasin umriga umrlar tilar,
Allaga dildagi niyatin qoʻshib.
Bu qanday sinoat, men bilolmadim,
Taʼriflga soʻzlar topa olmadim Allalar eshitib, oʻsib-ulgʻaydim,
Dard cheksam, allani tinglab sogʻaydim!
Bu hammaning gapi, hammaning dil soʻzi, hammaning allaga, onaga iqrornomasi, taʼzimi. Yoshi ulugʻmi, kichikmi, alla eshitgan, alla ogʻushida, taʼsirida oʻsgan, ulgʻaygan, esini tanigan, kamol topgan, inson boʻlgan.
Alla xalq ogʻzaki ijodining eng oliy namunasi hisoblanadi. Allada onaning oʻyi, xayoli, ezgu
--⊱⊱ 476 ⊰⊰-- niyati, porloq kelajak uchun intilishi, kurashi oʻz ifodasini topgan boʻladi. Alla millat tanlamaydi, uning matnini tushunmasa-da, ohangi-kuyini eshitgan har bir inson bosh chayqaydi, beshik kabi ohista tebra- nadi, orom oladi, oʻzini-oʻzi taniydi, xayoli bolaligiga ketadi, hayotda yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklarini tuzatib olishga intiladi. Eʼtibor bering:
Tol beshikni tebratib,
Ona aytar qoʻshigʻin. Qoʻshiq bilan tebratar Dunyoning tol beshigin.
Bu beshikda ulgʻayar Necha ming, millionlar.
Ona mehri ziyosi Yuraklarga yoʻl olar.
Bu beshikda tinglashar Mayin-mayin allalar.
Uchib oʻtgan yel bilan Olam boʻylab taralar.
Tol beshikni tebratib,
Ona aytar qoʻshigʻin.
Qoʻshiq bilan tebratar
Dunyoning tol beshigin.
Alla qadimiy xalq qoʻshigʻi. Alla va beshik hamohang yuradi. Bu haqda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino: Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qoʻllamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat boʻlib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badan tarbiyasiga va ruhi bilan musiqaga boʻlgan isteʼdodi hosil qilinadi, deb alla va beshikning norasida kamolotida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlagan. Buni dildan his qilgan ona chaqalogʻini oʻzi suyib, eʼzozlab, har narsadan yuqori qoʻyib, alla aytadi:
Sen bogʻimning bahori,
Sen umrimning nahori,
Sen qalbimning ohori,
Onajoni shunqori, alla-yo, alla.
Odatda, onaning orzu-armonlari bir talay boʻladi. Dilidagi ezgu niyatlarini allaga qoʻshib joʻshib kuylaydi. Bola, birinchi navbatda, sogʻlom fikrli el-yurt oʻgʻloni boʻlib kamol topishi kerak. Mana bu allada shu gʻoya yaqqol koʻzga tashlanib turadi:
Onasining erkasi,
Uxlab qolsin, alla-yo.
Boʻlsin inson sarasi,
Obroʻ olsin, alla-yo, alla.
Xalq qoʻshiqlarida rasm-rusumlar rang-barang. Hammasi oʻrinli, hammasi zarur. Masalan, qizaloqning sochini ilk bor yuvib-taraganda sochning uzunligi, qalinligi, koʻrsa-koʻrgu- dekligi, katta-kichikning havasini keltiradigan darajada koʻrkamligi obdan maqtaladi. Ayrim qoʻshiqlarda sochning taʼrifi oy-u quyosh bilan bogʻlab kuylanadi. Baquvvat sochning uzunligi choʻzsa oy va quyoshga ham yetib borishi quvnoq misralarda ifodalanadi:
Kunda — tutam.
Senga — kuyov,
Menga — palov.
Shu zaylda beshik qoʻshiqlari kenja avlod kamolotida oʻziga xos tarbiya rolini oʻtaydi. Kichkintoylar ota-onalaridan, bobo- momolaridan chiroyli, taʼsirli alla, qoʻshiqlar tinglab tillari biyron, oʻktam, ziyrak boʻlib ulgʻayar ekanlar endilikda oʻz- lari ham hayot yoʻllarida qoʻshiq toʻqib, qoʻshiq qanotida oʻsib-ulgʻayishga harakat qiladilar.
Bolalarning aytishuv — “Oq terakmi, koʻk terak” qoʻshiqlari ham hamma zamonlarda katta
--⊱⊱ 477 ⊰⊰-- shuhrat qozonib kelgan. Bu qoʻshiqda, koʻpincha, oʻziga xos obroʻ-eʼtiborga muyassar boʻlgan bolalar tilga olinadi. Ularning ibratomuz jihatlari bolalar oʻrtasida taʼkidlanishi qoʻshiqning yanada jozibali chiqishini taʼminlaydi. Ayniqsa, bu aytishuv qoʻshigʻi bugungi kun, bugungi bolalar toʻgʻrisida boʻlsa, yanada ajoyib boʻlishini quyidagi parchadan bilish mumkin:
Oq terakmi, koʻk terak, Koʻm-koʻk, koʻm-koʻk, koʻk terak,
Bizdan sizga kim kerak? Bizdan sizga kim kerak?
Erkin qoʻzichoq kerak! Oʻzi aʼlo oʻqiydi,
Ola-bula kapalak, Tartibli ham odobli.
Orqa sochim jamalak. Hammani sevar,
Oq terakmi, koʻk terak, Tikishda chevar,
Bizdan sizga kim kerak? Barchadan chaqqon,
Xayri qizaloq kerak, Hammaga yoqqan
Oppoq-oppoq oq kurak. Goʻzal Ozoda kerak!
Bu kabi aytishuv qoʻshiqlari bolalarni mehnatkash, odob- axloqli, oʻqimishli boʻlib kamol topishga daʼvat etaveradi. Bun- day qoʻshiqlar qanotida oʻsgan har bir bola sogʻlom fikrli, elsevar boʻlishiga hech shubha yoʻq.
Bolalar xalq ogʻzaki ijodida maqollar yetakchi oʻrinda turadi. Xalq yaratgan gʻoyat ixcham, chuqur va tugal maʼnoli gaplar maqol deb yuritiladi. Maqol xalqning, bir necha avlodlarning aqlu farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir. Maqollarda hayotning achchiq-chuchugini tatib koʻrgan, turmushdagi hodisalarga aql koʻzi bilan qaraydigan, sof vijdonli, oliyjanob, mehnatkash kishining biror voqea-hodisadan, biror kishidan yoki biror ishdan chiqargan xulosasi bayon qilinadi. Bu xulosa biror kishi uchun (koʻproq bolalar uchun) yoʻl koʻrsatuvchi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Maqollar xalqning aql-idroki, ijtimoiy-tarixiy tajribasi, kurashi hamda mehnatining badiiy ifodasi sifatida yaratilib kelinmoqda.
Maqollar chuqur maʼnoni ifoda eta bilishi, ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq ogʻzaki ijodining boshqa janrlaridan farq qiladi. Ularda mehnatkash xalqning orzu-umidlari, oʻzaro munosabatlari, vatanparvarlik, insonparvarlik xislatlari, oʻy- fikrlari oʻziga xos shaklda aks etgan boʻladi. Shu sababdan ular bolalarni toʻgʻri, mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va loʻnda bayon etishga oʻrgatadi, ularning badiiy didini oshiradi, tarixiy hodisalarning mohiyatini yaxshiroq, chuqurroq payqab olishga yordam beradi. Bundan tashqari, maqollar ona tilining eng nozik badiiy xususiyatlarini bilishga va soʻz boyligini ham oshirishga koʻmaklashuvchi bir vosita sifatida xizmat qiladi. Kuzatishlarimizdan shunday xulosaga keldikki, deyarli barcha maqollarda, birinchi navbatda, bola tarbiyasi — odob yotar ekan. Eʼtibor bering:
“Avval salom, baʼdaz kalom”, “Avval oʻyla, keyin soʻy- la”, “Bola aziz — odobi undan aziz”, “Inson odobi bilan, osmon oftobi bilan”, “Odob bozorda sotilmas”, “Odobning boshi til”, “Otang bolasi boʻlma, odam bolasi boʻl”, “Yaxshi xulq kishining husni”, “Ustozingga tik qarasang, toʻzasan, hurmat qilsang, asta-sekin oʻzasan”, “Toʻgʻri oʻzar, egri toʻ- zar”. Bunday iboratomuz maqollar roʻyxatini yana davom ettirish mumkin. Bola toʻgʻrisoʻz, odobli, aqlli boʻlib kamol topmogʻi lozim. Ana shunday bola bor ovoz bilan:
Ong koʻzimiz ochamiz,
Tong koʻzimiz ochamiz.
Boqamiz keng olamga,
Barchaga teng olamga! — deydigan boʻladi. Ularning harakat, intilish, kurashlarida yuqoridagi maqollarning oʻrni, albatta, katta boʻladi.
Bola kamolotida, birinchi navbatda, salom-alik turadi. Salom-alikni oʻrgangan, uni kanda
--⊱⊱ 478 ⊰⊰-- qilmaydigan har bir bolaning ishi yurishadi, omadi chopaveradi. Axir xalq: “Yaxshi gapga ilon inidan chiqadi”, deb bejiz aytmagan. Har qanday holatda ham salom oʻrni boʻladi. Salom-alikni dillariga jo qilib olgan bolalar hech qachon kam boʻlmaydilar.
Koʻplab ertaklarimizda uchraydigan odamzod dushmanlari — devlar, jinlar, yalmogʻiz kampirlar, ajdarlar huzuriga odamzod borib salom berganida ham ular „Gar saloming boʻlmaganda ikki yamlab bir yutardim“, deydilar.
Inson hamisha biror qarorga kelishi, fikr bildirishi, gapirishi uchun dilidagi soʻzini nechogʻlik toʻgʻri-notoʻgʻri ekanligining magʻzini chaqib, soʻngra aytishi lozim. Aksincha boʻl-sa, oʻylamaynetmay, ogʻziga kelgan gapni aytsa, doʻstlari, muallimlari, odamlar oʻrtasida izza boʻlib qolishi hech gap emas:
Oʻylamasdan soʻzlash qanday?
Menimcha, bu mumkin emas.
Odam oʻylab soʻzlaydi,
Oʻylamasang soʻz unmas.
Oʻylamasdan soʻzlagan soʻz
Odamni qilar xafa.
Yoʻq, bugina emas, quruq valdirayveradigan bola, “Quruq soʻz quloqqa yoqmas” deganlaridek, oʻzini-oʻzi hijolat qiladi, el oʻrtasida uyatga qoladi:
Soʻzi lop-lop, havoyi,
Soʻzining yoʻq magʻiz-moyi.
Shunday bola soʻzin el
Degan puchak, quruq yel
Yoqmas degan quloqqa,
Bormas degan uzoqqa.
Mehnatkash xalq toʻgʻri soʻzlaydiganlarni, oʻrnida gapiradiganlarni bogʻbonga va u parvarish qiladigan daraxtga ham qiyoslashadi:
Egri shoxni bogʻbon ham
Kesib tashlar koʻrgan dam.
Shu sabab toʻgʻri oʻzar,
Egri esa ozar, toʻzar.
Bunday gʻoya bir qator ertaklarda, rivoyatlarda ham ilgari surilgan. Luqmoni Hakim bilan bogʻliq “Sukunatning xosiyati” rivoyati necha asrlardan beri kenja avlod tarbiyasida muhim oʻrin egallab keladi:
Luqmoni Hakim dunyoga kelganidan buyon bunday ustaxonaga kirmagan, bunday kiyimlarning tayyorlanishini koʻrmagan ekan. Shu boisdan bunday zirhli kiyimlar qanday kiyimlar ekanligini, uni kimlar kiyishini soʻramoqchi boʻlibdi. Ammo ustozi: “Avval oʻyla, keyin soʻyla”, “Sabr qil — sabrning tagi oltin”, deb oʻrgatgan ekan. Shunga amal qilib, sabr qilibdi. Kiyimning tayyor boʻlishini kutib turibdi. Hazrati Dovud kiyimni tayyorlab, kiyib olibdi-da, shodlanib, Luqmoni Hakimga shunday debdi:
Luqmoni Hakim, mana, koʻrdingizmi, men sovuq temirdan qanday issiq kiyim tayyorladim. Buni kiyib, bemalol jangga kirib, bosqinchi dushmanning dodini berish mumkin.
Bu gapni eshitgan Luqmoni Hakim: “Sukut qanday buyuk aqllilikdir. Ustozimning aytganini qilib, sukut saqladim- da, qoʻpol xatodan saqlandim”, debdi ichida.
Har bir bola ilmli, uquvli, kasb-hunarli boʻlib kamol topishi lozim. Agar inson bunday xususiyatlarga ega boʻlsa, birinchi navbatda, oʻzi hayotda qiynalmay, oʻzgalarga muhtoj boʻlmay
--⊱⊱ 479 ⊰⊰-- umr kechiradi. Ikkinchidan, bunday zotlar oʻz oilasini ham qiynalmay boqadi, ona-Vataniga koʻmak beradi. Xalq bu haqda bejizga mana bunday maqollarni toʻqimagan:
Bilim — kuchda,
Kuch — bilimda.
Davlat tugar, bilim tugamas.
Ilm — aql bulogʻi,
Aql — yashash chirogʻi.
Ilmlining soʻzi — oʻq,
Ilmsizning soʻzi yoʻq
Xulosa qilganda xalq ogʻzaki ijodi janrlari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni nafaqat bogʻchada balki, oilada, ota-ona davrasida tarbiyalash metodikasi qoʻllanilsa maqsadga muvofiq boʻlar edi. Bu borada ota-onalar uchun ham xalq ogʻzaki ijodining sodda koʻrinishidagi uslubiy koʻrsatmalarini va qoʻllanmalarini tayyorlash zarurdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Yusuf Xos Hojib. Qutadgʻu bilik. –T.: Yulduzcha. 1990.
2. Kaykovus. Qobusnoma. –T.: Sharq matbaa konserni. 2009.
3. Oʻzbek xalq maqollari. –T.: Sharq. 2005.
4. Yoʻldoshev J.Gʻ. Taʼlim yangilanish yoʻlida. –T.: Oʻqituvchi, 2000.–224 b. 30.
5. F.Qodirova, SH.Toshpoʻlatova, M.Aʼzamova. “Maktabgacha pedagogika”.- T., “Maʼnaviyat”. 2013 y. 86-88 b.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.