ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

XORAZM MILLIY TABIAT BOG‘I HUDUDLARIDAGI FLORA VA FAUNASIDAGI O’ZGARISHLAR

Аннотация

Xorazm milliy tabiat bog‘i flora va faunasida olib borilayotgan ilmiy ishlar, o’zgarishlar to’g’risida  ma’lumotlar berilgan. 


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

UDK: 574.38

FAUNASIDAGI O’ZGARISHLAR

Z.P.Rajabov, A.X. Atajanov , A.Q. Qlichev,M.A.Matyoqubov,

Xorazm milliy tabiat bog‘i ilmiy xodimlari,

xorazmmilliybog@mail.ru

Annotatsiya: Xorazm milliy tabiat bog‘i flora va faunasida olib borilayotgan ilmiy ishlar, o’zgarishlar to’g’risida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Flora, fauna, ekotizim, cho’l, “Qizil kitob” .

Annotation: Information is provided on scientific work and changes in the flora and fauna of the Khorezm National Nature Park.

Keywords. Flora, fauna, ecosystem, desert, "Red Book".

Xorazm viloyati hududi tuproq-o‘simlik qoplami bo‘yicha cho‘l hududiga kirib, tabiiy o‘simlik qoplami paydo bo‘lganligi, yopiq o‘simliklar paydo bo‘lishiga yo‘l ochib berganligi bilan ifodalanadi. Turli-tuman efemer va efemersimonlar ichida ko‘proq cho‘l juzg‘uni keng tarqalgan. Shuvoq, semizo‘t, gipsli yuqori qatlamlarga yaqin joylashgan yеrlarda - qoraboyalish, sho‘rhok tuproqlarda - buyurg‘un, keyreuk uchraydi. Qum aralashgan sur ko‘ng‘ir tuproqlarda ba’zan sumbul (ferula) uchraydi.

Cho‘l qumdan iborat Xorazm milliy tabiat bog’ning Xiva va Tuproqqal’a hududlarida o‘simlik qoplami juda siyrak joylashgan edi. Bu еrlarda asosan sho‘rsevar buta va daraxtsimon o‘simlik turlaridan: quyonsuyak, iloq uchraydi, surilib borayotgan qumlarda ko‘proq julgun, oq saksovul va qandim o‘sgan. Bugungi kunda bu hududldrimizda efemer va efemeroidlarga, boshqa cho’l o’simliklariga juda boy hisoblanadi. Urganch, Xonqa va Yangibozor hududlarimizda buta-daraxtlar va sho‘rsevar o‘simliklardan to‘rong‘i, jiyda, suv toil, o‘tsimon o‘simliklardan yantoq, salomalaykum, ajriqlarni uchratish mumkin.

Xorazm milliy tabiat bog’ining muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida saksovulzorlar, to‘qaylar, taqirlar o‘simliklari mavjud.

Xorazm milliy tabiat bog’i, hududi o‘simlik turlariga boy bo‘lib, olimlarimizning, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 2500 turdan ortiq o‘simlik uchraydi. Hozirgi kungacha o’simliklarning 245 turi aniqlanib tur tarkibi shakllantirildi. Hududlarimiz cho‘l va to‘qay o‘rmonzorlaridan tashkil topgani bois unlik ko‘p o‘simlik turlariga boy emas. Hudud ko‘p qismi cho‘l mintaqasiga mansub bo‘lib, bu еrlarda eng ko‘p tarqalgan o‘simlik turlari: Qora saksovul (Haloxylon aphyllum (Minkw.) Iljim), oq saksovul (Haloxylon persicum Bge.), Cherkez (Salsola richteri Kar. ex Litv.), qandim turlari (Calligonum), qo‘ng‘irbosh (Poa bulbosa), mayinshuvoq (Artemisia), karrak (Cousinia resinosa), andiz (Inula grandis), shirach (Eremurus olgae), yovvoyi piyoz (Allium suvorovii) va boshqalar hisoblanadi. Bu mintaqadagi o‘simliklarning ko‘pchiligi efemerlar bo‘lib, qo‘rg‘oqchil faslda kurib qoladi qurg‘oqchilik faslda qurib qoladi. 2024 yilga qaraganda 2025 yil boshlanishidan xavo xarorati biroz sezilarli darajada farq qiladi. Bahorda yog‘ingarchilik ancha yaxshi bo‘ldi. Shu sababli qumlarda, cho’llarda qismidagi barhanliklaridagi o’tlarning aprel oyida ham yamyashil bo’lib turganligi kuzatildi. Bu esa o‘simlik va xayvonot dunyosiga ancha qulayliklar tug’dirdi.

Urganch tumani bo‘limi еr maydoni 197,5 gektarni tashkil etadi. hududda o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash va qayta ko‘paytirish, dorivor o‘simliklarni yеtishtirish, tabiiy ekosistemani saqlab qolish bo‘yicha izlanishlar olib boriladi. Xududda “Qizil kitob”ga kiritilgan va boshqa turdagi har – xil simliklarini chopib olinishini oldini olish, aholi va chegaradosh еrdan foydalanuvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, hududagi o‘simlik dunyosini va xayvonot dunyosini saqlab qolinishiga erishilmoqda.

2020 - 2024 yillarda tabiat bog‘i xodimlari tomonidan ushbu hududda hayvonot dunyosi buyicha ilmiy izlanishlar olib borilib, utkazilgan monitoringlarda 34 turdagi xayvonot turlari aniqlangan. Jumladan; burgut, oqdumli suv burguti, qirg‘iy, qarg‘a, olaqarg‘a, ko‘k g‘oz, bulbul, vishildoq oqqush, Buxoro chittaki, ko‘l chag‘alayi, sor, fifi, kvakva, kichik chig‘irchiq, yovvoyi o‘rdak, ko‘k qarqara, katta oq qarqara, to‘qay mushugi, ko‘k kaptar, qishloq qaldirg’ochi, qiziloyoq, dala chumchug‘i, Buxoro chittagi, chiyabo‘ri, tulki, yovvoyi to‘ng‘iz, tipratikan, ko‘katarg‘oq, katta qorabuzov, Amudaryo katta kurakburuni, Amudaryo kichik kurakburuni, orol mo‘ylovli balig‘i, cho‘rtansifat oqqayroq, turkiston mo‘ylovli balig‘i uchratiladi.

Joriy yillarda tabiat bog‘i xodimlari tomonidan ushbu hududda O‘simlik dunyosi buyicha utkazilgan ilmiy izlanishlarda, 28 turdagi butalar va yarim butalar, torong‘il daraxtlari va xar xil turdagi o‘simliklarini urganildi.

Jumladan; qushjida, ingichkabargjiyda, turkman jiydasi, to‘rong‘il, yovvoyi shakarkamish, oddiy qamish, erkak qamish, qizilmiya, sho‘r bo‘yon, terak, suv toli, echki tol, jumg‘ol tol, xar xil bargli terak, yantoq, oqbosh, yulg‘un, tuzg‘oq, Amudaryo tuyatovoni, ilonpechak, ituzum, sho‘ra, ilonpechak, sigirquyruq, suv o‘ti, oddiy pechak, moychechak, qirqbo‘g‘imlar uchraydi.

Xorazm milliy tabiat bog‘ini Xonqa hududi 45,0 ga bo’lib ilmiy xodimlari tomonidan hududdagi o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash va qayta ko‘paytirish, dorivor o‘simliklarni yеtishtirish, tabiiy ekosistemani saqlab qolish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yillarda tabiat bog‘i xodimlari tomonidan ushbu hududda ilmiy izlanishlar olib borilib, quyidagi xayvonot turlari aniqlandi; burgut, qirg‘iy, qarg‘a, lochin, suv tovug‘i, mayna, olaqarg‘a, ko‘k g‘oz, ko‘k qarg‘a, bulbul, qirg‘oq qaldirg‘ochi, boyo‘g‘li, oddiy tentakkush, oddiy kakku, sasiqpapshak, qoraboshli baliqchi, qo‘l baliqchisi, qumri, musicha.

Maxalliy ukki, ko‘rshapalak, kvakva, kichik chig‘irchiq, yovvoyi o‘rdak, ko‘k qarqara, katta oq qarqara, ko‘k kaptar, qiziloyoq, dala chumchug‘i, ko‘l baqasi, tor kaltakesakcha, suv iloni, Amudaryo katta kurakburuni, Amudaryo kichik kurakburuni, orol mo‘ylovli balig‘i, cho‘rtansifat oqqayroq, Turkiston mo‘ylovli balig‘i kabi xayvonot dunyosi vakillari aniqlandi.

Ushbu hududda o‘simlik dunyosi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilib, butalar va yarim butalar, torong‘il daraxtlari va xar xil turdagi o‘simliklar:

to’rong’il, yovvoyi shakarkamish,oddiy qamish, erkak qamish, yantoq, oqbosh, yulg‘un kuzatildi.

Xorazm milliy tabiat bog‘ining Xiva bo‘limi 1 ming 163 gektarni tashkil etadi. Joriy yillarda tabiat bog‘i xodimlari tomonidan ushbu hududda Xayvonot dunyosi bo’icha ilmiy izlanishlar olib borilib, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash va qayta bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu hududda O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan 21 ta xayvonot turlari aniqlandi.

Jumladan; o‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi, bo‘z echkamar, olako‘zan, qum mushugi, qorakuloq, jayron, qum bo‘g‘ma iloni, shcherbak qalqonli gekkonchasi, xentog‘ to‘garakboshi, molchanov to‘garakboshi, qorsak,uzun ignatikanli tipratikan, kichik qo‘shoyoq, sariqsassiqko‘zan, uzun dumli suvburgut, cho‘lbo‘ktargisi, cho‘l burguti, g‘ajir, yo‘rg‘a tuvaloq, burgut, oqbovurlar uchraydi. Hududda o‘simlik dunyosi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilib, 4 yillik ilmiy izlanishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan 30 turdagi o‘simliklar aniqlanib, ularning ba’zilaridan gerbariy va o‘simliklar urug‘larini yig‘ib olindi.

Jumladan; mattey qandimi, paleskiy qandimi, mayin tukli qandim, nozik qandim, zokirov kandimi, momiq zo‘rcha, raven piyozi, manzarali piyoz, saxro piyozi, yashil gulli shirach, oq gulli shirach, merqulovich baliqko‘zi, xiva sho‘ragi, vedenskiy bozulbangi, orol flomoidesi, kindikchali karrak, vedenskiy oligoxetasi, bunge takasoqoli, qumchil yurineya, qadaxsimon sutlama, uch tishli sutlama, qudryashev sutlamasi, ippolit gulsafsari, turkiston dipkaydiysi, shu’lali zirako‘t, odilov astragali, to‘mtoq gulyonbargchali baliqko‘z, qanoti tukli baliqko‘zlar uchratiladi. Noyob o‘simliklarni aniqlash bo‘yicha ilmiy ishlarimiz davom qilmoqda. Yillik iqlim o‘zgarishi, yog‘ingarchilikning o‘simliklarni to‘liq aniqlash uchun еtarli bo‘lishi xar 3 - 4 yilda bir marta to‘g‘ri keladi. Tabiat bog‘i ilmiy xodimlari tomonidan tabiat bog‘ining Tuproqqal’a tumanidan ajratilgan 19538.8 gektar hududda o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash va qayta bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. tabiat bog‘ining hududlarini nazorat qilish, saksavul va boshqa cho‘l o‘simliklarini chopib olinishini oldini olish, aholi va chegaradosh еrdan foydalanuvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, hududagi o‘simlik dunyosini va xayvonot dunyosini saqlab qolinishiga erishildi.

Hayvonot dunyosi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilib, 2020 yilgacha Tuproqqala xududida keyingi 50-60 yil mobaynida yo‘k bo‘lib ketgan, O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan 21 ta xayvonot turlari aniqlandi.

O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi, bo‘z echkamar, olako‘zan, qum mushugi, qorakuloq, jayron, qum bo‘g‘ma iloni, shcherbak qalqonli gekkonchasi, xentog‘ to‘garakboshi, molchanov to‘garakboshi, qorsak, uzun ignatikanli tipratikan, kichik qo‘shoyoq, sariqsassiqko‘zan, uzun dumli suvburgut, cho‘lbo‘ktargisi, cho‘l burguti, g‘ajir, yo‘rg‘a tuvaloq, burgut, oqbavurlar uchraydi. Hududlardagi xayvonot dunyosi turlari to‘liq o‘rganilmagan. Bu boradagi izlanishlar davom qilmoqda.

2020 yilgacha Tuproqqala xududida keyingi 50-60 yil mobaynida hududlar insonlar tamonidan, butalar va yarim butalar, saksavul va boshqa cho‘l o‘simliklarini chopib olinishib, aholining chorva mollari tamonidan o‘simliklar ayniqsa dorivor o‘simliklar yo‘q bo‘lib ketgan. To’rt yillik ilmiy izlanishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan 30 ta o‘simlik aniqlanib, ularning ba’zilaridan gerbariy va o‘simliklar urug‘larini yig‘ib olindi. Jumladan: mattey qandimi, Zokirov qandimi, paleskiy qandimi, mayin tukli qandim, nozik qandim, momiq zo‘rcha, raven piyozi, manzarali piyoz, saxro piyozi, yashil gulli shirach, oq gulli shirach, merqulovich baliqko‘zi, Xiva sho‘ragi, vedenskiy bozulbangi, amudaryo oqto‘shasi, orol flomoidesi. kindikchali karrak, vedenskiy oligoxetasi, bunge takasoqoli, qumchil yurineya, qadaxsimon sutlama, uch tishli sutlama, qudryashev sutlamasi, ippolit gulsafsari, turkiston dipkaydiysi, shu’lali zirako‘t, odilov astragali, to‘mtoq gulyonbargchali baliqko‘z, qanoti tukli baliqko‘z uchraydi.

Noyob o‘simliklarni aniqlash bo‘yicha ilmiy ishlarimiz davom qilmoqda. Yillik iqlim o‘zgarishi, yog‘ingarchilikning o‘simliklarni to‘liq aniqlash uchun еtarli bo‘lishi xar 3-4 yilda bir marta to‘g‘ri keladi.

Ilmiy izlanishlarimizga ko‘ra, hududda 30 dan ziyod dorivor o‘simliklar aniqlandi. O‘tgan 2023 yilning baxorida yog‘ingarchilik kam bo‘lganligi sababli ularning ko‘pchiligi unib chiqmadi. Ilmiy xodimlar tomonidan bu еrda o‘sadigan dorivor o‘simliklardan tibbiyotda foydalanish va shu hisobiga aholini qo‘shimcha ish bilan ta’minlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.

O‘simliklarning ko‘pchiligida 2025 yilda fevral oyining uchinchi o‘nkunligi iliq davrning boshlanganligi va bahorgi iqlimiy ko‘rsatgichlarning 2023-2024 yillardagi ko‘rsatgichlardan nisbatan o‘simlik dunyosi vegitatsiya ertaroq boshlanganligi hamda fenofazalarning yog‘ingarchilik miqdoriga bog‘liq ravishda 2025-yil fenologik jarayon ko‘rsatkichlarini kechroq tugashidan dalolat bermoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati :

1. Xorazm milliy tabiat bog’i ilmiy hodimlari tomonidan olib borilgan monitoring

natijalari.

2. Mardonova L., Xurramov F. //O’zbekiston Respublikasida umurtqali

xayvonlarning davlat hisobi va monitoringini yuritish bo’yicha uslubiy qo’llanma.

/Toshkent MATRIX nashriyoti, 2021 y

3. R. Egamberdiev, Sh.Qodirov, S.Davletov. // Quyi Amudaryo Ekologiyasi /

Xorazm Ma’mun akademiyasi 2013 y

4. V.P.Lim, N.V.Marmazinskaya “Xongul O‘zbekistonda” Chinor EHK

5. Сборник статей ВИИИ международной научной конференции «Современные

направления в науке и технологий. 18-19 ноябр 2016.

6. “O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Qizilqum davlat qo‘riqxonasini tashkil

etish va rivojlantirish loyihasi”. O‘rmon loyiha DUK Toshkent 2018.

7. Xorazm milliy tabiat bog’iTabiat monitoringini yuritish kitoblari va ilmiy

hisobotlari.

8. Абдуназаров Б.Б., Вашетко Э.В. ва бошқ. Редкие и исчезающие виды

животных Узбекистана. Информ. Бюллетен. Ташкент. Чинор ЭНК.1996.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.