Xudoyberdi To‘ xtaboyev asarlarining bolalar adabiyotidagi o‘rni
Bo‘ riyeva Dilnoza Abdulhamid qizi
Termiz davlat Pedagogika instituti
Boshlang'ich ta'lim fakulteti Boshlang‘ich ta‘lim yo‘ nalishi
21-08-guruh talabasi
Ilmiy rahbar: Muminova Umida Qarshiyevna
Annotatsiya. Bolalar adabiyotida ijod qilish, qalam tebratish murakkabligi bilan ajralib turadi. Shunday bo‘ lsa-da o‘ zbek bolalar adabiyotida serqirra ijod namunalarini yaratgan bir qancha adiblar mavjud. Masalan, Xudoyberdi To‘ xtaboyev, Anvar Obidjon, Tursunboy Adashboyev va boshqalar. Yuqoridagi shoirlarimizdan Xudoyberdi To‘ xtaboyevning asarlari ko‘ plab bolajonlar bilan bir qatorda kattalarga ham yod bo‘ lgan. Shuning uchun Xudoyberdi To‘ xtaboyev katta-yu kichik bolalarning sevimli adibidir.
Kalit so‘zlar: ijod, o‘ smirlar, tarbiya, ruhiy olam, bolalar adabiyoti, go‘ zallik, serqirra, ma’naviy tarbiya, iste’dod, vujudi, mahorat.
Adib bolalar adabiyotida qalam tebratishni, bolalarcha bo‘lishni, bolalar dunyosiga o‘ tishni butun vujudi ila his qilganligini yozuvchining quyidagi tarjimayi holidan ko‘ rishimiz mumkin. "Ruhiy dunyosi pok bo‘lgan, tarbiyaga quloq soladigan, savob va gunohni bilishga intiladigan, ruhi go‘ zallikka talpinayotgan bolalar dunyosida ishlasam qanday bo‘lar ekan deb o‘ ylay boshladim va qaror ham qabul qildim, bolalar, o‘smirlar dunyosiga paqqos o‘ tib kettim",- deya ta’kidlagan yozuvchi. Darhaqiqat, adib mana necha yillardirki yozuvchilik iste’dodini bolalar va o‘smirlarning ma’naviy tarbiyasiga bag‘ishlab kelyapti. Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning o‘ziga xos tabiati xususiyatlari ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalar-bop yo‘ sinda mahorat bilan tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, Xudoyberdi To‘ xtaboyev o‘ zbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Adibning asarlari bir nechta tillarga tarjima qilingan. Ayniqsa yozuvchining "Sariq devni minib" yumoristik-sarguzasht qissasi bolalar hayotidan olingan. "Sariq devni minib" asari 24 ta tilga tarjima qilingan hamda Italyan yozuvchisi Janni Rodari tahsiniga sazovor bo‘lgan. Adibning eng katta shuhrat qozongan asari "Sariq devni minib" asari hisoblanadi. Bu asarning bolalar uchun ahamiyatli bo‘ lgan tomoni shundaki, o‘ qish, ilm cho‘ qqilarini egallash va insonning o‘ z orzusi ezgu niyatiga erishish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergan zamonamizda yashashga qaramay dangasalik yolqovlik qilgan hayotda yengil-yelpi yashashga yo‘l axtargan va adashgan bolalar - Hoshimjonlar kulgi ostiga olinadi. Hoshimjon dehqon oilasidan, sho‘xligi olamni buzadigan bir bola.U hayotdagi ko‘ p narsalarga mehnatsiz, qiyinchiliklarsiz oson yo‘l bilan erishgisi keladi. Mehnatsiz va ilmsiz ham kishi istagan narsaga erisha olishi, katta obro‘ orttirishi mumkin, deb o‘ylaydi. O‘z fikrida qat’iy turgan Hoshimjon muddaosini amalga oshirish uchun buvisi aytib bergan ertakdagi sehrli qalpoqchani izlashga tushadi, uzoq izlanishlardan keyin istagan ishini hech qanday mashaqqatsiz bajarishga yordam beradigan sehrli qalpoqchani tashlandiq molxona oxuridan topib oladi. Endi u o‘zini orzulariga batamom erishadiganday his etadi. "Ortiqcha" fanlarni dars jadvalidan chiqarishni rad etgan direktor, har hil vazifalar berib,mashhur odam bo‘ la olish, ko‘ krak to‘ la nishonlar bilan shon-shuhrat ,katta obro‘ ga ega bo‘ lish mumkinligini ko‘ rsatib quymoqchi bo‘ ladi;shu maqsadda sehrli qalpoqcha bilan safarga chiqadi. Shunday qilib uning sarguzashtlari boshlandi. Ammo, sehrli qalpoqcha muhoyyo etgan imkoniyatlar har safar kutilmagan ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelaveradi. Hoshimjonning endi baxti kulay deb turganida ishning pachavasi chiqib qolaveradi. U davlat xo‘jaligida agranom bo‘ lib ham, shoirlik qilib ham, qurilishda muhandislik qilib ham, qo‘ g‘irchoq teatrida artistlik qilib ham ko‘ radi, mashhur sayohatchi sifatida butun dunyoni kezmoqchi ham bo‘ ladi, lekin hamma yerda ilmning, tajribasining yo‘ qligi ishning pachavasini chiqaraveradi. Hoshimjon qayerga bormasin qanday ish qilmasin, pirovardida sharmanda-yu sharmisor bo‘ladi. Uning agranomik va muhandislik "faoliyati" jinoyatga olib keladi, qamalishiga sal qoladi, shoir bo‘laman deb rasvo bo‘ ladi, "ulug‘ artist" teatridan quviladi.
Qissada Hoshimjon o‘z sayohati davomida qanchadan qancha ajoyibotlar guvohi bo‘ lib, qiziq, kulgili sarguzashtlarni boshidan kechiradi. U o‘qimay, mehnat qilmay, o‘z ustida ishlamay juda ko‘p narsalarga erishmoqchi bo‘ lib, lekin amalda u hech narsaga erisha olmaydi, chunki unga ilmsizligi pand beradi. Yozuvchi Hoshimjon obrazini butun qirralari bilan ochishga erishgan. Bolalarga xos o‘ yinqaroqlik ham, soddalik, beg‘uborlik ham, g‘ururlilik, to‘g‘riso‘zlik, shumlik bir oz maqtonchoqlik, hatto o‘rnida yolg‘onni do‘ndirib yuboradigan ham, o‘zini boshqalardan ajratib ko‘rsatishga intilish odatlari, bolalarga taqlidchilik, dovyurak, epchil va ruhiy tetiklik, xafachilik va tushkinlikdan yiroqlik ham Hoshimjon xarakteriga mos xususiyatlardan. Asarni o‘qigan har bir yosh kitobxon o‘zini Hoshimjonni o‘rniga taqqoslay boshlaydi. Men ishonamanki Hoshimjonni o‘rniga o‘zini qo‘ygan kitobxon Hoshimjon bilimli bo‘lmaganligi tufayli, sehrli qalpoqchani sehriga ishonib el oldida uyalib qolganini albatta anglab yetadi. Sehrli qolpoqchasiz qo‘ lidan hech bir ish kelmasligini biladi. Ularda men "shu asarni o‘qib qanday xulosaga keldim?" degan savol orqali Hoshimjonga o‘xshab yalqov bo‘lmaslikni, o‘g'ir mehnatdan qochib hech bir orzuistaklarga erishib bo‘lmasligini aytadi.
Xulosa qilib aytganda bu asarda orzu-xavasga eltadigan chinakam yo‘l-halol mehnat, yaxshi xulq-odob va qunt bilan o‘qish ekanligi ta’kidlanadi. Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Sariq devni minib "asarining davomi "Sariq devning o‘limi sarguzasht romani asosida ham Hoshimjon sarguzashtlari yotadi. Roman uch qism (O‘rtoq polkovnik","Sariq devni quvib","Sariq devni o‘limi yoki olam guliston bo‘lgani") dan iborat."Sariq devning o‘limi" romanida ham sehrli qalpoqcha yana madadga keladi, ajab-g‘aroyib karomatlar ko‘rsatadi. Endilikda Hoshimjon hayotida ma’suliyatli davr boshlanadi. Tabiatan ziyrak fahm-farosatli Hoshimjon katta bir operatsiyada qatnashib, uning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta'minlaydi. Sehrli qalpoqcha Hoshimjonga jiddiy masalalarda-o‘g'ri, muttaham, tekinxo‘rlarni fosh etishda yordam beradi. Endilikda Hoshimjon aynan avvalgi o‘yinqaroq Hoshimjon emas, balki, to‘qqiz yillik maktabni bitirib, ulg‘ayib, birmuncha quyilib, esi kirib, oqqorani tanib qolgan yigitcha. Endi u o‘z hayoti taqdiri, jamiyatga foyda yetkazadigan odam bo‘lib yetishi haqida jiddiy o‘ylaydi, biror kasb egallash haqida bosh qotiradi. Boshida sartarosh bo‘ladi. "Bilasizku, bir ishga and qilsam, uni oxiriga yetkazmaguncha qo‘ymaydigan odatim bor. Jonimni qiynab bo‘lsa ham maqsadimga erishaman",-deb shu kasb orqali odamlarga xizmat qilishga bel bog‘laydi. Keyin militsiya maktabiga kirib o‘qiydi, uni bitirgandan keyin militsionerlikka ishga o‘tadi. Kitobdagi barcha voqea-hodisalar, sarguzashtlar Hoshimjonning Ana shu militsionerlik nuqtasidan boshlanadi, barcha gap-so‘zlar qahramonning shu kasb-kori bilan bog'liq holda davom etadi. Romanda yaxshilik, ezgulik ramzi sifatida militsiya polkovnigi Salimjon, uning madadkori Hoshimjon, yomonlik, eskilik ramzi tarzida Odil battol gavdalanadi. Ular o‘rtasida tinimsiz shiddatli kurash ketadi. Odil nihoyatda makkor-u Salimjon boshiga juda ko‘p og'ir savdolar solgan,uyiga o‘t qo‘ygan,uning yakka-yu yolg‘iz farzandining qo‘liga to‘pponcha tutqazgan, jinoyatga yetaklagan. Asar pirovardida butun umri davomida xalqqa, yaxshi odamlarga zarar yetkazish bilan shug'ullangan Odil battol va uning hamtovoqlari qonuniy mag'lubiyatga uchraydi, haqiqat, adolat, ezgulik g‘olib chiqadi, Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘z romanida yulg‘ichlarga, qalloblarga qarshi kurashda butun xalq bir kishiday bo‘lib birlashsa, bu ishni butunlay o‘z qo‘liga olsa, Odil battollarga qiron keladi, ulardan nom-nishon ham qolmaydi, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi.
"Sariq devni minib "qissasi,"Sariq devning o‘limi" romanining eng yaxshi xususiyati tilning shiradorligi va o‘ynoqiligidadir. Adib bosh qahramon Hoshimjonning tiliga alohida ahamiyat qaratgan. Bu til nozik qochirimlarga boyligi va jonliligi, shu bilan birga bolalar tiliga mos holda soddaligi bilan ajralib turadi. Hoshimjonning harakteri uning so‘zlaridan bilinib turadi. Fantastik-sarguzasht janr bolalar adabiyotining eng qiziqarli janrlaridan biridir. Bunday asarlar bolalarning ongi va psixologiyasiga juda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarni o‘qishga, ilm olishga hamda jamiyatimizda faol o‘quvchilarni tarbiyalashga yordam beradi. "Xudoyberdi To‘xtaboyev ijod qila boshlaganidan beri,-deb yozadi A.Rasulov,-zamon, tuzum, mafkura, adabiy-estetik qarash o‘zgardi, lekin yozuvchi salkam ellik yillik ijodi davomida qanday roman, qissa yozgan bo‘lsa, ularga bo‘lgan qiziqish susaymadi, chunki yozuvchi hamisha tirik insonni, o‘z "men"i, yo‘l-yo‘siniga ega odamni tasvirlagan edi.
Darhaqiqat, olim to‘g‘ri ta’kidlaganidek Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodida o‘zgacha bir olam bor. Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlaridagi bola qalbi, bola tili kitobxonlarni o‘ziga tortadi. Albatta, kitoblarni kino tarzida ishlagani ham bolalarni Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodiga qiziqishni oshirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlarining o‘rni o‘zbek va jahon adabiyotida beqiyosdir. Ishonamanki, Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlarini o‘qimagan, kinolarini ko‘rmagan inson bo‘lmasa kerak. Adibning asarlarini o‘qigan har bir kitobxon o‘ziga yetarlicha ma’naviy ozuqa oladi desak adashmagan bo‘lamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.O.Safarov,R.Barakayev,B.Jamilova "Bolalar adabiyoti"(o‘ qituvchi nashriyoti matbaa ijodiy uyi,Buxoro ,2019)
2.Jumaboyev. M.Bolalar adabiyoti. Darslik.T.,"O‘ qituvchi ",2002
3.Jumaboyev. M.Bolalar adabiyoti. Darslik. T.,"O‘ qituvchi ",2011
4. Ruzikulovna, S. D. (2021). The Importance of Personal Value Approach Methodology in Primary School Literacy Classes. JournalNX, 7(11), 78-82.
5.SHABBAZOVA, D. (2023). A PERSONAL VALUE APPROACH MODEL
FOR ELEMENTARY LITERACY INSTRUCTION. World Bulletin of Social Sciences, 22, 1-4.
6. Zarnigor, B., & Ruzikulovna, S. D. (2019). Views Of The Great Thinkers Of The East About Education And Perfection Of Human. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
7. Шаббазова, Д. Р. (2018). ВОСПИТАНИЕ ТРУДОВОЙ АКТИВНОСТИ
ПРИУЧЕНИЕ К ТВОРЧЕСТВУ. Гуманитарный трактат, (25), 99-102.
8.Gulnoza Ochildieva, & Muminova Umida Karshievna. (2023). METHODS
AND MEANS OF FORMING A POSITIVE ATTITUDE OF STUDENTS TO THE
ENVIRONMENT IN THE EXTRACURRICULAR PROCESS. European Scholar
Journal,4(3),106-108.Retriev from https://scholarzest. com/index. php/esj/article/view/3302
9.Hasanova Gulbahor Davlatmamatovna, & Muminova Umida Karshievna.
(2023). STUDYING THE SOCIAL, EDUCATIONAL AND EDUCATIONAL
SIGNIFICANCE OF SCIENTIFIC AND POPULAR ARTICLES IN PRIMARY
SCHOOL TEXTBOOKS. Open Access Repository, 4(03), 46–52.
10.2023-03-13 Issue Vol. 1 No. 2 (2023): “TRENDS OF MODERN SCIENCE
AND PRACTICE”
11.Linguistic Views Of Mahmud Kashgari Qarshiyevna@gmail.co (Primary Contact) Termiz State Pedagogical Institute, Theory of Primary Education, teacher of the department
12. Qarshiyevna, M. U. (2023). Lexical-Grammatical Characteristics of the Noun in Ancient Turkish Language. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(1), 389-394.
13. Muminova, U. (2023). “MAHBUB UL-QULUB” ASARIDAGI MA’NO
KENGAYISHIGA UCHRAGAN SO‘ ZLAR XUSUSIDA. Interpretation and researches, 2(1).
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.