ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

XX ASRNING SO‘NGI CHORAGI DRAMALARINING YANGI TALQINI

Аннотация

Dramaturgiya sohasi murakkab sohalardan bo‘lib, klassik, zamonaviy va, umuman, postmodernning uch bosqichidan tashqari yana modernizm va realizm ham bu yo‘nalishda o‘z o‘rniga egadir.  Ushbu maqolada xitoy adabiyotining XX asr so‘ngi choragi rivojlangan postmodernizm (后现代主义), hamda bu davrda yaratilgan dramaturglar asarlari xususida ma'lumotlar keltirilgan. Postmodernizm bilan taqqoslaganda, klassikadan modernizmgacha bo‘lgan uch xil yo‘nalishning  bir biriga yaqin jihati ham bor, ya'ni ularning barchasi estetik izchillikka intiladi yoki anchagina sof estetik zavq berish xususiyatiga ega.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

XX ASRNING SO‘NGI CHORAGI DRAMALARINING YANGI TALQINI

Komilova Shaxnoza Turabudinovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Xitoyshunoslik oliy maktabi, katta o‘qituvchisi

shahnoz7779@gmail.com

Annotatsiya. Dramaturgiya sohasi murakkab sohalardan bo‘lib, klassik, zamonaviy va, umuman, postmodernning uch bosqichidan tashqari yana modernizm va realizm ham bu yo‘nalishda o‘z o‘rniga egadir. Ushbu maqolada xitoy adabiyotining XX asr so‘ngi choragi rivojlangan postmodernizm ( 后 现 代 主 义 ), hamda bu davrda yaratilgan dramaturglar asarlari xususida ma'lumotlar keltirilgan. Postmodernizm bilan taqqoslaganda, klassikadan modernizmgacha bo‘lgan uch xil yo‘nalishning bir biriga yaqin jihati ham bor, ya'ni ularning barchasi estetik izchillikka intiladi yoki anchagina sof estetik zavq berish xususiyatiga ega.

Kalit so‘zlar: “postmodernizm” (“ 后 现 代 主 义 ), (“ 现 代 ”), “realizm” , “modernizm”, “zamonaviy”, “eksperimental drama”

A new interpretation of the dramas of the last quarter of the 20th century

Annotation. The field of dramaturgy is from Complex fields, and apart from the three stages of classical, modern and, in general, postmodern, modernism and realism also have their place in this direction. This article covers the postmodernism(后现代主义) of Chinese literature that developed in the 90s of the 20th century, as well as the works of playwrights created during this period. Compared to postmodernism, there is also an aspect close to one of the three different directions, from classical to modernism, that is, they all strive for aesthetic consistency or have the characteristic of giving a lot of pure aesthetic pleasure.

Key words: "postmodernism" ("hòuxiàndàizhǔyì"), ("xiàndài"), "realism", "modernism", "modern", "experimental drama"

Postmodernistik drama 1990-yillarda Xitoy dramasi sahnasida juda katta obro‘- e’tibor qozondi. Shu bilan bir qatorda dramaturgiya doiralarida postmodern dramalarning paydo bo‘lishining ham sabablari ko‘p edi. Shubhasizki, “postmodernizm” (“后现代主 义 hòuxiàndài zhǔyì”) – so‘zi asli lotin tilidan tarjima qilingan, lekin bu umumiy tushuncha bo‘lib, uning asl kelib chiqish joyini aniq aytish qiyin. Tarixda “Zamonaviy” (“现代”) so‘zining ma’nosi XVIII asr o‘rtalarida Fransiyada shakllangan deb hisoblasak bo‘ladi, biroq teatrga birmuncha kechroq kirib keldi, XIX asrga kelibgina Shimoliy Yevropalik Ibsen, Setrinlimburgga qadar ular zamonaviy dramalar deb hisoblangan, ularda o‘rta sinf vakillarining ijtimoiy muammoli dramalarini yozish boshlangan. Bundan tashqari, “realizm” ham, “modernizm” ham “zamonaviy” sanoat mahsuli bo‘lib, ular 1960-1970-yillarda boshlangan “postmodern” dramadan farq qiladi. 1

Shuni tushunish kerakki, dramaturglarning shaxsiyatiga alohida e’tibor berish bilan bir qatorda, modernizmning turli g‘oyalari noan’anaviy bo‘lgani uchun doimiy ravishda turli xil bannerlar ostida raqobatlashmoqda va hatto bir necha yil ichida Grotovskiyning "Qashshoqlik dramasi", "Pan-drama", "Parallel" (“貧困戲劇”、“泛戲劇”、“平行戲劇 ”) va boshqa shu kabi asar nomlarini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi.

Dramaturgiya sohasi murakkab sohalardan bo‘lib, klassik, zamonaviy va, umuman, postmodernning uch bosqichidan tashqari yana modernizm va realizm ham bu yo‘nalishda o‘z o‘rniga egadir. Postmodernizm bilan taqqoslaganda, klassikadan modernizmgacha bo‘lgan uch xil yo‘nalishning bir biriga yaqin jihati ham bor, ya’ni ularning barchasi estetik izchillikka intiladi yoki anchagina sof estetik zavq berish xususiyatiga ega. Bu, ayniqsa, Metrlinkning “Ko‘rlar” (特林克的“盲人们”), Bekketning “Godoni kutish” (贝 克特的 “等待戈多”) va Grotovskiyning “Qashshoqlik” (还有格洛托夫斯基的贫困戏 剧) kabi dramalarida modernizm ruhi juda keskin tasvirlangan bo‘lib, ularning barchasi badiiy mavhumlik va minimalizm bilan bir qatorda, barcha o‘tkinchi hoy - havas, narsalardan voz kechish va diqqatni kuchli jamlash haqida bir necha bor ta’kidlangan.2

1 中国现代文学史 1917—2010(精编版)/朱栋霖主编.北京:北京大学, 2011. 2 話劇:表演藝術. 胡星亮,文學博士,安徽大學特聘教授、博士生導師。

Albatta, bundan ham muhimi, bu postmodern dramaning an’analarga qarshi isyon ko‘tarishi, uni buzib tashlash xususiyati borligida edi. Yangi avlod xitoy dramaturglarining isyonkor, eksperimental, innovatsion va postmodern dramasi o‘z kuzatuvchilarini jalb qiladi. Ularning izlanishlari “eksperimental drama” deb ataladi. Bu davrning ko‘zga ko‘ringan dramaturglaridan biri Meng Jinghui shunday dedi:

Men Jingxui shunday dedi: “Menimcha, bu tushuncha bizning hozirgi istaklarimizni yanada mosroq aks ettiradi, demak, biz nafaqat sizdan farq qilamiz, biz yaratgan dramalar sizning mumtoz dramalaringizdan farq qiladi, biz o‘zimizning maxsus kuchli dramalarimizni yaratmoqchimiz.”3

Ana shu noan’anaviy ruhiyat ularni o‘sha paytdagi dramaturgiyasining holatidan norozi ekanligini, “o‘zlarining ayniqsa kuchli dramaturgiyasini” yaratish, eksperimentlarini o‘tkazishni xohlayotganliklarini ochiq da’vo qilishiga sabab bo‘ldi. An’anaviy dramalarga qarshi chiqish va yangilarini yaratish xitoylik postmodern dramaturglarning shioriga aylandi. Natijada, 1990-yillarda Xitoy teatr sahnasida ketmaket Mou Sanning 4 “Qurbaqa” (“ 蛙 ”), “Teatr ustaxonasi” (“ 戏 剧 车 间 ”), Meng Jinghuining “Xunxu ijodiy jamoasi” (“鸿鹄创作集体”) kabi va boshqa asarlar paydo bo‘la boshlandi. Pesalar orasida Meng Jinghuining “Si Fan” (“思凡”, 1992), “Men XXX ni sevaman” (“我愛×××”,1994), “Oshiq karkidon” (“戀愛的犀牛” 1999), Mou Sanning “Boshqa qirg‘oq” (“ 彼 岸 »1993), Lin Chaohuaning “Gamlet” (“ 哈 姆 雷 特 ”1990), “Godotni kutayotgan uch opa-singil” (“三姊妹•等待戈多”1998), Xuan Jisu va Men Jingxuyning “Anarxistning tasodifiy o‘limi” (“一個無政府主義者的意外死亡” 1998) va boshqalar o‘sha paytning eng mashhur asarlariga aylandi5. Ushbu pesalardan shuni ko‘rish mumkinki, 1990 yillardagi Xitoy postmodern dramaturgiyasining asosiy tendensiyalari nuqtai nazaridan 1995 yilgacha an’analarni buzish va mumtoz dramalarga 3孟京辉:《对着凶险继续向前进》,见《做戏——戏剧人说》,第 79 页,北京,文化艺术出版社,2003。 (МенгЖингҳуи: "Хавфли хавф-хатарлар олдида олдинга силжишда давом этинг", қаранг: "Ўйин - Драма халқ нутқи", 79-бет, Пекин, Маданият ва санъат нашриёти, 2003 йил.) 4Моу Сан, 牟森等-театр продюсери, режиссёр, теледастурчи, режиссёр, драмарг. 1963 йилда туғилган. 1980 йилда Пекин университетининг Хитой бўлимига ўқишга қабул қилинди. Қурбақа экспериментал театр жамоасини яратди. Zhongo веб-сайтининг бош директори.1980-йилларда саҳна асарлари "Синф таркиби" (《课堂作文》1984), "Иркуцк ҳикояси" (《伊尔库茨克的故事》1985), "Коркидон" (《犀牛》1987) ваҳоказо. 5 中国现代文学史 1917—2010(精编版)/朱栋霖主编.北京:北京大学, 2011. qarshi isyon ko‘tarishga moyil bo‘lgan, 1996 yildan keyin esa asosan ommaviy madaniyat va so‘l siyosatning ta’sirida qolgan. 1990 yillarning birinchi yarmidagi Xitoy postmodern dramalari asosan Chi San va Meng Jinghui dramalari bilan ifodalangan. "An’anaviy narsalar sarqit, yangi narsa ajoyib", bu ularning isyonkorona munosabati edi. Teatrda spektakl estetik shaklning tartibli tamoyillari orqali ifodalangan an’anaviy san’at asari bo‘lmay qoladi, u birinchi navbatda harakat, hodisa yoki jarayonni ko‘rsatishdir. Bu esa aynan postmodern drama tomonidan ta’kidlangan perseptual to‘g‘ridan-to‘g‘rilik, ssenariy o‘rniga improvizatsiya yoki jamoaviy ijoddan foydalanadigan "teatr o‘ziga xosligi" dir. Mou San shunday dedi: "Men ssenariy yozishda boshqa usuldan foydalandim va mening repetitsiya jarayonim aslida ssenariy yaratish jarayonidir." Tomoshabinlar his qilishlarini istagan narsa - bu drama orqali yetkazilgan syujet emas, balki "sahnada jonli jarayon ijro etilmoqda" degan tasavvurdir. Mou Sanning “Nol fayl” asari shoir Yu Jianning shu nomdagi uzun she’rini bevosita spektaklga aylantirgan asardir. U ikki aktyor tomonidan tomoshabinlarga oddiy va sodda tarzda aytib beriladi.

Bu davrning ko‘zga ko‘ringan dramaturgalirdan biri Guo She Xan- 过 士 行 yaratilayotgan dramalar xususida shunday fikrni bildirib o‘tadi.

“G‘arb faylasuflari va rassomlari har doim “insonlar” atrofida ko‘p mehnat qilishgan, biz esa har doim ko‘proq moddiylashgan ijtimoiy o‘zgarish va mahsuldorlikka e’tibor qaratganmiz. Xitoy dramasida bu boradagi ayrim muammolar aks ettirilgan, ya’ni u ko‘proq “dunyo” bilan qiziqgan va ushbu dunyodagi “insonlar” ning shaxsiy histuyg‘ularini e’tiborsiz qoldiradi. 6。

Yana shuni ta’kidlab o‘tadiki, “ Xitoy dramalari muammoga duch kelmoqda. Bu muammo chet el dramalarida yo‘q, ya’ni Xitoyda senzura tizim mavjud. Senzura tizimi dramaturglarni muayyan mavzularga qo‘l urishga bermaydi.

Taniqli dramaturg biri Lin Jaoxua xam shunday izoh bergan edi: “Zamonaviy xitoy dramaturgiyasida ajoyib dramaturg bor. Bu Guo Shi Sing. Menimcha, biz Guo Shi Xanging ijodiga yetarlicha e’tibor bermadik”7.

Dramaturglarning realistik his-tuyg‘ularni ifoda etish va badiiy g‘oyalarni yetkazishning asosiy usullaridan biri sifatida qadriyat yo‘nalishi va ekspresiv texnikasida 过士行:中国戏剧最缺的就是精神.由 財新網 發表于

資訊. 2016 7著名剧作家过士行:我对话剧环境挺灰心的(图)2014 年 05 月 03 日 yangi o‘zgarishlarni kiritadi. Guo Shi Sing va Li Liui bu yo‘nalishning asosiy vakillari. Ulardan biri ma’naviy olamni o‘rganishga e’tibor bersa, ikkinchisi majoziy olamdagi haqiqat haqida so‘zlaydi va ular birgalikda dramada “haqiqatga aralashish” (“干预现实 ”)ning yangi yo‘llarini izlaydilar.

Shuni xam ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, bu davr kelib Xitoy dramaturgisida materik jixatdan Xitoy, Tayvan, Gonkong va Makao kabi to‘rtta mintaqa dramalari mavjud. Bu mintaqalarni millati, tili va madaniyati birlashtirib turadi Albatta, ularda til, fikrlash usullari va madaniy kelib chiqishi kabi umumiy xususiyatlarga xam ega. Ammo 1950 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan yarim asr davomida zamonaviy Xitoy dramasining madaniy xususiyatlari haqida alohida gapirganda, biz asosan materik Xitoy va Tayvan dramalarini misol qilib olamiz, chunki bu maxsus davrda ular ko‘proq vakillik qilishadi va muammoni chuqur darajada tushuntirishlari mumkin8.

XX asrning birinchi davri katta qismida dramaturgiya madaniyati butunlay siyosatga bo‘ysundi, dramaturgiyaning siyosiy instrumentalligi san’at estetikasini bosib oldi, uning “insonshunoslik” yo‘nalishi esa o‘z o‘rnini “siyosiy” yo‘nalishga bo‘shatib bergan edi. Aynan shu tariqa “maqtov” (“歌颂 ”剧) dramalar (partiya, hukumat va rahbarlarni maqtash), “antikommunistik” (“反共抗俄” “fǎngòng kàng é”) dramlar, “sinfiy kurash” dramalari (“阶级斗争”剧. “jiējí dòuzhēng” jù), “revizionizmga qarshi kurash va oldini olish” dramalari (“ 反 修 防 修 ” 剧 “fǎn xiū fáng xiū” jù,), “siyosiy muvaffaqiyatlar” dramalari (“ 政 绩 工 程 ” 剧 “zhèngjì gōngchéng” jù) va boshqalar. Bunday “siyosiy targ‘ibot” dramalari, “siyosiy nasihat” dramalari ham ma’lum bir davr va doirada ma’lum ijobiy ahamiyatga ega bo‘lsa-da, inqilobiy xarakatlaridan boshlab realizmni ancha soddalashtirib, qashshoqlashtirib yuborgan edi.

Keyingi davrlarda yaratilgan pesalar bu turdagi pesalardan farqli ravishda inson erkinligi, shaxs erkiniligi masalalariga e’tibor qaratila boshlanadi. Taniqli xitoy yovuchilaridan biri Xu Shi “Vatan” pesasi orqali shaxsiy erkinlikni qurbon qilganlarga qarata javob berishga xarakat qiladi, u shunday deb ta’kidlab xam o‘tadi: “Shaxsiy erkinligingiz uchun kurashish – mamlakat ozodligi uchun kurashishdir!( “争你们个人的 8 董 健. 关于中国当代戏剧史的几个问题. 自由,便是为国家争自由!”)9. Shu bilan birga taniqli dramaturglaridan biri Dong Jian “Zamonaviy xitoy dramaturgiyasi tarixiga oid bir nechta savollar” nomli maqolasida shunday deydi: “Oltin asr” dan keyingi yillarda dramaturgiya rivojlanishda biroz suslashdi. Bu XX asrning ikkinchi yarmi so‘ngi 10 yilliklariga to‘g‘ri keladi. (1990 年至 2000 年,这是 20 世纪的最后 10 年,可“黄金时代”过后的平庸年代) 10. 1980 yillardagi ma’naviy an’analardan voz kechilmadi, sahnada hali ham juda yaxshi pesalar namoyish etildi. Masalan, “Shang Yang” (Yao Yuan) dramasi, garchi rejissyor (Chen Sinyi) unga “tomoshabozlik” bezaklarini yuklagan bo‘lsa-da, baribir ajoyib g‘oya va san’atga ega noyob asardir. Ta’kidlash joizki, boshqa ajoyib dramalar qatoriga “Qizil bayroq” (Li Longyun), “Bekorchilar trilogiyasi” (Guo Shi Sin: “Qushchi”, “Baliqchi”, “Shaxmatchi”), “Hayot va o‘lim dalasi” (Tyan Tinsin), “Go‘zal vaqt” (Chjao Yaomin) va boshqalar” kiradi. ,

Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, ushbu asarlarning barchasi zamonaviylik bilan muloqot olib boradi, qayta tiklangan tarixiy rasmlar va epizodlar orqali biz zamonaviylikni badiiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyatlarini kuzatamiz. Shuningdek, mamlakat o‘tmishini ta’kidlash uchun yangi estetik mezonlarni ishlab chiqish, shuningdek tarixning mohiyatini sifat jihatidan yangi pozitsiyalardan tushunish muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. 中国现代文学史 1917—2010(精编版)/朱栋霖主编.北京:北京大学, 2011. 2. 話劇:表演藝術. 胡星亮,文學博士,安徽大學特聘教授、博士生導師. 2011 3. 董 健. 关于中国当代戏剧史的几个问题. 2010 4. 过士行

:中国戏剧最缺的就是精神.由 財新網 發表于資訊. 2016 9 董 健. 关于中国当代戏剧史的几个问题. 10 董 健. 关于中国当代戏剧史的几个问题.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.