orcid: 0009-0000-0120-4011
CHIQISH
Termez davlat universiteti o’qituvchisi
hojiqulovaferuza@gmail.com
Termez davlat universiteti talabasi
Annotatsiya
Maqolada yalpi hududiy mahsulot hajmi haqida bo‘lib, Yalpi hududiy mahsulot (YaHM) – iqtisodiy o‘sishning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, mamlakat yoki mintaqaning umumiy ishlab chiqarish hajmini o‘lchashda ishlatiladi. Asosiy kapitalga investitsiyalar esa iqtisodiy o‘sishning barqaror va davomiy bo‘lishini ta’minlaydigan, iqtisodiyotning rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi muhim omil hisoblanadi. Ushbu modelning maqsadi Surxondaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulotga asosiy kapitalga investitsiyalarning ta’sirini o‘rganish va ularni analitik tarzda baholashdir.
Kalit so‘zlar: Yalpi hududiy mahsulot, asosiy kapitalga investitsiyalar, iqtisodiy o‘sish, regressiya tahlili, statistika tahlili, mahalliy iqtisodiyot.
РАЗРАБОТКА МОДЕЛИ ОЦЕНКИ ВЛИЯНИЯ ИНВЕСТИЦИЙ В
ОСНОВНОЙ КАПИТАЛ НА ВАЛОВЫЙ РЕГИОНАЛЬНЫЙ ПРОДУКТ
Hojiqulova Feruza Dona qizi ;
Преподаватель Термезского государственного университета
Abdusattorov sunnatjon ravshanovich;
Студент Термезского государственного университета
Абстрактный
В статье речь идет об объеме валового регионального продукта (ВВП) является основным показателем экономического роста и используется для измерения общего объема производства страны или региона. Инвестиции в основной капитал являются важным фактором, обеспечивающим стабильный и непрерывный экономический рост и способствующим развитию экономики. Целью данной модели является изучение влияния инвестиций в основной капитал на валовой региональный продукт Сурхандарьинской области и их аналитическая оценка.
Ключевые слова: Валовый региональный продукт, инвестиции в основной капитал, экономический рост, регрессионный анализ, статистический анализ, местная экономика.
STATISTICAL ANALYSIS OF THE VOLUME OF INVESTMENTS IN
INDUSTRIAL ENTERPRISES OF SURKHANDARYA REGION
Teacher at Termez State University
Student at Termez State University
Abstract
The article is about the volume of gross regional product. Gross regional product (GRP) is a key indicator of economic growth and is used to measure the total production volume of a country or region. Investments in fixed capital are an important factor that ensures stable and sustainable economic growth and contributes to the development of the economy. The purpose of this model is to study the impact of investments in fixed capital on gross regional product in Surkhandarya region and to assess them analytically.
Key words: Gross regional product, fixed capital investment, economic growth, regression analysis, statistical analysis, local economy.
Kirish
Jahonda mintaqalar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, hududlar o‘rtasidagi nomutanosiblikni qisqartirish, ularning mavjud ishlab chiqarish omillari samaradorligini oshirish, hududlarda jalb etilgan investitsiyalarni optimal tartibga solish hamda hudud va sohalar kesimida samarali taqsimlash yuzasidan qator maqsadli ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
O‘zbekistonda mintaqalar iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash, ular o‘rtasidagi nomutanosiblikni qisqartirish, bunda ularning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, jalb etilayotgan investitsiyalar ko‘lamini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini kengaytirish, hududlararo investitsiya loyihalarini amalga oshirish, kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish orqali investitsiyalarni optimal tartibga solish va taqsimlashga hamda mintaqaviy investitsiya siyosatini samarali yuritishga e’tibor qaratilmoqda. Hududlarda investitsiyalar ko‘lamini oshirish, ulardan samarali foydalanish masalalari o‘zbek olimlari xususan, B.E. Turayev, N.R. Rajabov, T.D. Maxmudovlarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan.
Tadqiqot metodologiyasi
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Surxondaryo viloyati Yalpi hududiy mahsulotiga investitsiya va ularning iqtisodiy ta’sirini statistik tahlil qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Tahlil va natijalar muhokamasi
Hududiy sanoat tarmog‘i tomonidan yaratilayotgan mahsulot hajmini ishlab chiqarish funktsiyasining yuqori cho‘qqisi, yaʼni natijaviy omil sifatida belgilab olgan holda, unga taʼsir etuvchi omil sifatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya hajmi ko‘rsatkichi tanlanib, statistik ma’lumotlar yig‘ilib quyidagi jadvalda akslandi(1-jadval).
1-jadval
Surxondaryo viloyati yalpi hududiy mahsuloti va asosiy kapitalga investitsiyalar
hajmi (mlrd.so‘m)1 Yillar Yalpi hududiy mahsulot
(mlrd.so‘m) (YaHM)=Y
Asosiy kapitalga
investitsiyalar(mlrd.so‘m) (AKI)=x1
2010 3 394,7 655,3
2011 5 217,1 802,9 1 Surxondaryo viloyati statistika ma’lumotlari.
2012 6 436,4 980,3
2013 7 436,4 1 371,0
2014 9 213,2 1 509,1
2015 11 114,4 1 843,6
2016 12 179,6 2 142,4
2017 16 354,4 3 551,0
2018 21 229,4 7 240,6
2019 25 473,1 11 835,1
2020 27 571,6 9 923,0
2021 33 591,1 12 037,8
2022 39 201,8 11 507,3
2023 46 999,2 17 56,0
Yuqoridagi ma’lumotlarga asosan, Surxondaryo viloyatining Yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) va Asosiy kapitalga investitsiyalar (AKI) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qilamiz. Buning uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilish foydali hisoblanadi. Yalpi hududiy mahsulotning asosiy kapitalga investitsiyalar bilan qanday bog‘liqligini tahlil qilish uchun regresiya tahlili yordamida o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi munosabatni aniqlash lozim. Bu model AKI (asosiy kapitalga investitsiyalar) ning YaHM (yig‘ilgan mahsulot) ga ta’sirini ko‘rsatadi. Tahlilni qilish uchun uni to‘plangan ma’lumotlardan foydalanib, regressiya natijasini tekshirib ko‘ramiz(2-rasm).
ВЫВОД
ИТОГОВ
Регрессио
нная статист
ика
Множест венный R 0,971621 R-квадрат 0,944047
Нормиро
ванный R-квадрат
0,939385
Стандарт
ная
ошибка
3388,036
Наблюде
ния 14 Дисперси
онный
анализ
df SS MS F Значим
ость F Регрессия 1 2,32E+0
232407
202,46
7,0944
E-09
Остаток 12 1,38E+0
114787
86,5
Итого 13 2,46E+0
Коэффиц
иенты
Станда
ртная
ошибка
t-
статис
тика
P-
Значен
ие
Нижни
е 95%
Верх
ние
95%
Ниж
ние
95,0
%
Верх
ние
95,0
%
Yпересечен
ие
4972,282 1336,41
3,72061
0,0029
23577
2060,4
87075
7884,
2060,
7884,
x1 2,348983 0,16508
14,2290
7,0944
E-09
1,9892
98187
2,708
1,989
2,708
2-rasm.Regressiya natijasi2
Ushbu rasmni tahlil qiladigan bo‘lsak, Fisher va student mezoni ahamiyatli ekanligini ko‘rish mumkin, ammo bu holatni modelga solib tekshirib, modelini ishlab chiqishimiz lozim(3-jadval)
3-jadval
Surxondaryo viloyati yalpi hududiy mahsulotiga asosiy kapitalga
investitsiyalar hajmi ta’siri modeli3
Model 1: OLS, using observations 1-14
Dependent variable: y
Coefficient Std. Error t-ratio p-value
const 4972.28 1336.41 3.721 0.0029 ***
x1 2.34898 0.165083 14.23 <0.0001 ***
Mean dependent var 18958.03 S.D. dependent var 13761.21
Sum squared resid 1.38e+08 S.E. of regression 3388.036
R-squared 0.944047 Adjusted R-squared 0.939385
F(1, 12) 202.4672 P-value(F) 7.09e-09
Log-likelihood −132.5782 Akaike criterion 269.1563
Schwarz criterion 270.4344 Hannan-Quinn 269.0380
3-jadvalni tahlil qiladigan bo‘lsak, AKI koeffitsiyenti uchun standard error juda kichik (0.165), bu modelning aniq va ishonchli ekanligini ifodalaydi. t-statistika qiymati yuqori bo‘lgan sayin, o‘zgaruvchining ahamiyati yuqori bo‘ladi. AKI uchun t-statistika juda yuqori (14.23), bu AKI ning YaHMga ta’siri statistik jihatdan muhimligini ko‘rsatadi. p-Value juda kichik, bu AKI va konstanta uchun koeffitsiyentlarning statistik jihatdan ahamiyatli ekanligini bildiradi. Agar p-value 0.05 dan kichik bo‘lsa, koeffitsiyent ahamiyatli hisoblanadi. Bu yerda barcha p-value qiymatlari juda kichik, shuning uchun model ishonchli. F-statistika katta qiymatga ega, bu modelning umumiy 2 Muallif ishlanmasi. 3 Muallif ishlanmasi. ahamiyatli ekanligini bildiradi. F-test umumiy modelni tekshiradi, va agar p-value juda kichik bo‘lsa (bu yerda 7.09e-09), model ishonchli hisoblanadi. R-squared qiymati 0.944 yoki 94.4% bo‘lishi, bu modelning YaHMni tushuntirishda 94.4% muvaffaqiyatli ekanligini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, model YaHMning o‘zgarishining 94.4% qismini AKI orqali tushuntiradi. Bu qiymatlardan kelib chiqib, uning lineer regressiya modelini ishlab chiqamiz:
YaHM=β0+β1*AKI+ε (1)
YaHM=4972,282+2,35*AKI (2)
Regressiya modelidan ko‘rinib turibdiki, asosiy kapitalga investitsiyalar YaHMning o‘sishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Ya’ni, AKI ning 1 milliard so‘mga oshishi YaHMni 2.35 milliard so‘mga oshiradi prognoz qiymatlarini keltiramiz(4-jadval):
4-jadval
Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining 3-xil ko‘rinishda prognoz natijalari4
Yillar 1-ssenariy(Prognoz) 2-ssenariy(Pessimistik
prognoz)
3-ssenariy(Optimistik
prognoz)
2025 22 560,1 15 336,5 29 783,7
2026 24 867,6 14 973,9 34 761,4
2027 27 175,2 14 523,2 39 827,2
2028 29 482,8 13 949,7 45 015,8
2029 31 790,3 13 242,5 50 338,1
Ushbu prognozlar Surxondaryo viloyatining yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) uchun 2025-2029 yillar uchun uch xil ssenariy (1-ssenariy, 2-ssenariy, 3-ssenariy) ifodalanib, ko‘rsatilgan. Har bir ssenariy, turli iqtisodiy sharoitlar va farazlar asosida YaHMning o‘sish prognozini taqdim etadi. Keling, har bir ssenariyni tahlil qilaylik:
1-ssenariy (Prognoz). Bu ssenariy odatda o‘rtacha iqtisodiy sharoitlar va normal o‘sish sur’ati hisobga olingan prognozdir. 2025 yilda YaHM 22,560.1 milliard so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Keyingi yillarda YaHMning o‘sishi davom etadi, 2026 yilda 4 Muallif ishlanmasi. 24,867.6 milliard so‘m, 2027 yilda 27,175.2 milliard so‘m, 2028 yilda 29,482.8 milliard so‘m va 2029 yilda 31,790.3 milliard so‘mga yetadi. Bu ssenariyda o‘sish sur’ati yaxshi va barqaror bo‘lib, viloyat iqtisodiyotining o‘rtacha va barqaror rivojlanishini ko‘rsatadi. YaHMning yillik o‘sish sur’ati boshlanishda taxminan 9% va keyin 7-8% atrofida davom etadi.
2-ssenariy (Pessimistik prognoz). Bu ssenariy, iqtisodiy tushkunlik yoki resurslarning cheklanishi kabi pessimistik sharoitlar asosida qurilganligini ko‘rsatadi. 2025 yilda YaHM 15,336.5 milliard so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Keyingi yillarda YaHMning o‘sishi juda sekin bo‘ladi, 2026 yilda 14,973.9 milliard so‘m, 2027 yilda 14,523.2 milliard so‘m, 2028 yilda 13,949.7 milliard so‘m va 2029 yilda 13,242.5 milliard so‘mga tushadi. Pessimistik ssenariyda YaHMning yillik o‘sish sur’ati kamayadi. Bu, iqtisodiy inqiroz, bozor talabining pasayishi yoki cheklovlar va resurslar kamayishiga sabab bo‘lishidir. YaHMning pasayishi, iqtisodiy muammolar va investitsiyalar yetishmovchiligi bilan bog‘liqdir.
3-ssenariy (Optimistik prognoz). Bu ssenariy, yuqori iqtisodiy o‘sish va yaxshi investitsiya muhiti sharoitida, viloyatning iqtisodiy o‘sishining eng yuqori variantini ko‘rsatadi. 2025 yilda YaHM 29,783.7 milliard so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Keyingi yillarda YaHMning o‘sishi tezroq va yuqori bo‘ladi, 2026 yilda 34,761.4 milliard so‘m, 2027 yilda 39,827.2 milliard so‘m, 2028 yilda 45,015.8 milliard so‘m va 2029 yilda 50,338.1 milliard so‘mga yetadi. Optimistik ssenariyda YaHMning yillik o‘sish sur’ati juda yuqori, 2025 yildan boshlab o‘sish taxminan 31% atrofida bo‘ladi va keyingi yillarda o‘sish sur’ati sezilarli darajada oshadi. Bu ssenariy, yuqori investitsiyalar, iqtisodiy barqarorlik va ishlab chiqarishning tez rivojlanishini anglatadi. Ushbu holatni ko‘rinishini 2-rasmda shakllantirdik. 2-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining 3-xil ko‘rinishda prognoz natijalari ko‘rinishi5
Xulosa va takliflar
Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, har bir ssenariy o‘zining alohida iqtisodiy muhitini va sharoitlarini ko‘rsatadi. Rivojlanishning optimal ssenariysi 1-ssenariy bo‘lib, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va investitsiyalarni rag‘batlantirishga e’tibor qaratish kerak. Pessimistik ssenariydan qochish va optimistik ssenariyga erishish uchun samarali iqtisodiy siyosat va resurslarni to‘g‘ri boshqarish zarur ekanligini ifodalaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.B.E. Turayev. Surxondaryo viloyati qurilish materiallari sanoati ko‘rsatkichlarini ekonometrik modellashtirish. “Mintaqani innovatsion va investitsion rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish” respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Urganch davlat universiteti. Urganch, 2022-yil. 84-89 betlar. 2.T.D.Maxmudov. Mintaqa iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb etishning optimal tartibga solish mexanizmini takomillashtirish(Surxondaryo viloyati misolida). Monografiya. Termiz. 2024 yil. 134-bet. 3.N.R. Rajabov Hudud investitsion salohiyatidan samarali foydalanish //“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy electron jurnali. № 3, may-iyun, 2019 yil. 4.https://www.surxonstat.uz/uz/rasmiy-statistika/macro-indicators-2. 5 Muallif ishlanmasi.
0,0 10 000,0 20 000,0 30 000,0 40 000,0 50 000,0 60 000,0
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 2025 2026 2027 2028 2029
x1 1-ssenariy(Prognoz) 2-ssenariy(Pessimistik prognoz) 3-ssenariy(Optimistik prognoz)
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.