ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

YANGI O‘ZBEKISTONDA KEKSA AVLODNI IJTIMOIY QO‘LLABQUVVATLASH MEXANIZMINING TAKOMILLASHUVI

Аннотация

Ushbu maqolada so‘nggi yillarda mamlakatimizda keksa avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va ularni  har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mexanizmining yanada takomillashuvi borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Maqolada shuningdek, nuroniylar hayotiy tajribasidan unumli foydalanib, o‘tkazilgan madaniy ma’rifiy tadbirlar natijasida ko’plab yoshlarning sog‘lom turmush tarziga qaytishi, talaygina oilalar ajrimining oldi olinishiga hamda  notinch oilalarning yarashtirilishiga erishilganligi haqidagi ishlar haqida so’z yuritilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

YANGI O‘ZBEKISTONDA KEKSA AVLODNI IJTIMOIY QO‘LLAB-

QUVVATLASH MEXANIZMINING TAKOMILLASHUVI

Yormatov Faxriddin Joylovovich.

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

dotsenti , tarix fanlari nomzodi, faxriddinyormatov73@gmail.com

Аnnotatsiya: Ushbu maqolada so‘nggi yillarda mamlakatimizda keksa avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mexanizmining yanada takomillashuvi borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Maqolada shuningdek, nuroniylar hayotiy tajribasidan unumli foydalanib, o‘tkazilgan madaniy ma’rifiy tadbirlar natijasida ko’plab yoshlarning sog‘lom turmush tarziga qaytishi, talaygina oilalar ajrimining oldi olinishiga hamda notinch oilalarning yarashtirilishiga erishilganligi haqidagi ishlar haqida so’z yuritilgan.

Kalit so’zlar: Keksa avlod, tizim, yangi O‘zbekiston, ijtimoiy qo‘llabquvvatlash, faxriylar, mexanizm, ijtimoiy himoya, piru-badavlat, otaxon va onaxonlarimiz.

Аннотация: В данной статье представлена информация о проделанной за последние годы в нашей стране работе по социальной поддержке старшего поколения, эффективной организации оздоровительной работы и дальнейшему совершенствованию механизма их всесторонней поддержки. В статье также говорилось о работе, направленной на то, чтобы в результате проведенных культурно-просветительских мероприятий с использованием жизненного опыта благообразных людей многие молодые люди вернулись к здоровому образу жизни, было достигнуто предотвращение разделения семей и примирение неблагополучных семей.

Ключевые слова: Старшее поколение, система, Новый Узбекистан, социальная поддержка, ветераны, механизм, социальная защита, богатые, отцы и матери.

Abstract: This article provides information about the work carried out in recent years in our country regarding social support of the elderly, effective organization of their health care, and further improvement of the mechanism of their comprehensive support. The article also talks about how many young people returned to a healthy way of life as a result of cultural and educational events, using the life experience of the enlightened ones, and how to prevent the separation of families and to reconcile troubled families.

Keywords: The elderly, system, new Uzbekistan, social support, veterans, mechanism, social protection, wealth, our fathers and mothers.

Bugungi kunda globallashuv jarayonlarida dunyo aholisining umri uzayishi hamda keksa yoshdagilarning miqdori ortishi kuzatilmoqda. BMT ma'lumotlariga ko'ra, 1950 yilda dunyoda 60 va undan katta yoshdagi taxminan 200 million kishi bo'lsa, 1975 yilga kelib ularning soni 550 millionga etdi. 2025 yilga borib 60 yoshdan oshganlar soni 1 milliard 100 million kishiga yetishi kutilmoqda. 1950 yil bilan solishtirganda ularning soni 5 baravardan ko'proq oshadi, sayyoramiz aholisi esa atigi 3 baravar ko'payadi [1].

Ayni paytda, katta yoshdagi aholining eng tez o‘sayotgan qatlami eng keksa yoshdagi guruh, ya’ni 80 va undan yuqori yoshdagi shaxslar hisoblanadi. 2050 yilgacha bo‘lgan davrda 80 yoshdagi aholining soni to‘rt martaga ko‘payib, 395 millionga yetadi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham keksa avlodni ijtimoiy qo‘llabquvvatlash, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Chunki xalqimiz mentalitetida o’ziga xos bo’lgan shunday insoniylik qadryatlar borki, bu qadryatlar ming-ming yillardan buyon o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

Nuroniylarni hurmat qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish jamiyatimizning o‘ziga xos yuksak ma’naviy va madaniy belgisiga aylangan.

Yaqindagina qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46- moddasida ham “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas” [2] , deb bayon etilishi aholini ijtimoiy himoya qilish qonuniy asosga ega ekanligidan dalolat beradi.

2020 yil davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida keksalar, jumladan, yolgʻiz keksalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yaxlit va taʼsirchan tizim yaratish zarurligi, bu toifa uchun ajratilayotgan ijtimoiy toʻlovlar miqdorini qayta koʻrib chiqish kerakligini alohida taʼkidlagan boʻlsa, joriy yil “Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni koʻra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi gʻayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, koʻzlagan marralarga albatta yetamiz. Nuroniy otaxon va onaxonlarimizni har tomonlama qoʻllabquvvatlashimiz ham qarz, ham farzdir” [3], degan qatʼiy chorlovlari bilan ularga boʻlgan yuksak ehtiromini namoyon etdi.

Shuningdek, respublika “Nuroniy” jamgʻarmasining moliyaviy imkoniyatlari yanada kengaytirilishi, buning uchun ushbu jamgʻarmaga byudjetdan 100 milliard soʻm ajratilishi, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 16 mingdan ziyod keksalarga yordam berish, toʻlovlar miqdorini oshirish, koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar koʻlamini kengaytirish vazifalari ham belgilab berildi.

Oʻzbekiston aholisining qariyb oʻndan birinigina tashkil etayotgan keksa avlod vakillarining har biri nafaqat moddiy, balki maʼnan, ruhan ham qoʻllab-quvvatlanishga munosibdir. Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, 2020-yil soʻngida yurtimizda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 million 824 mingni tashkil etgan boʻlsa, ularning 2 849 118 nafari yoshga doir pensiya oluvchilar, 402 nafari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, 15 nafari esa mehnat fronti faxriylaridir.

2020 yil mazkur oylik ilk bor mamlakatimiz boʻylab yuksak saviyada tashkil etilib, unga jami 56 ming 228 nafardan ortiq keksalar qamrab olindi. Ularning 10 151 nafari kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylar ekani esa tadbirning ahamiyatini yanada oshirdi [4].

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Inson qadrini ulug’lash haqida “ Inson qadrini ulug’lash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir.

Muhtaram urush va mehnat faxriylarini, aziz ayollarimiz hamda yoshlarimizni qo’llab-quvvatlash, ko’makka muhtoj insonlarga g’amxo’rlik ko’rsatishga alohida e’tibor beramiz” [5] deya alohida takidladilar.

2022 yil 28 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” [6]gi farmoniga muvofiq 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilandi.

Bunda 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Maʼlumot uchun: 2022 yilda mamlakatimizda istiqomat qilgan 35,5 milliondan ortiq aholining 3 million 162 ming nafarini (8,9 foiz) keksa avlod vakillari tashkil etdi. Ulardan 221 nafari ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, 9965 nafari mehnat fronti ishtirokchilari, 22 745 nafari esa oʼzgalar parvarishiga muhtoj yolgʼiz keksalardir. ogʼir turmush sharoitida yashayotgan, kam taʼminlangan 32 862 nafar keksalarning roʼyxatlari shakllantirilib, ularga shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib, dori vositalari, protez-ortopediya moslamalarini olib berish hamda jarrohlik amaliyotining xarajatlarini davlat tomonidan qoplash yoʼlga qoʼyildi. “Hech kim mehr-eʼtibordan chetda qolmasin” shiori ostida 22 745 nafar oʼzgalar parvarishiga muhtoj boʼlgan yakka-yolgʼiz va yolgʼiz yashovchi keksalarning 3565 nafariga doridarmon vositalari, 8266 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari, 3785 nafariga moddiy yordam berildi, 168 nafarining uy-joylari taʼmirlandi. Oʼzgalarning parvarishiga muhtoj boʼlgan yolgʼiz keksalar va yolgʼiz yashovchi keksalarni maʼnaviy-ruhiy hamda psixologik qoʼllab-quvvatlash maqsadida 11 965 nafar oliy taʼlim muassasalari talabalari, 1457 nafar malakali psixologlar, 6 458 nafar koʼngilli faol yoshlardan iborat volontyorlik guruhlari tashkil etildi. Bugunga qadar 17 218 nafar oʼzgalar parvarishiga muhtoj keksalarga 18 423 yosh volontyor yigit va qizlar biriktirildi.

221 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va 9 016 nafar front ortida mehnat qilgan faxriylarga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari hamda pensiyalari va nafaqalari yetkazib berildi, 27 nafar yolgʼiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joylari taʼmirlandi. Shuningdek, 100 yoshdan oshgan 516 nafar nuroniylar, 22 745 nafar yakka yolgʼiz keksalar holidan xabar olindi. Shaxsan Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlangan “Bir nuroniy oʼn yoshga masʼul” loyihasini amalga oshirish maqsadida oʼtgan davr mobaynida mahallalarda hayotiy va katta amaliy tajribaga ega boʼlgan 16 224 nafar obroʼ-eʼtiborli nuroniylar va ziyolilar 154 218 nafar ishsiz, tarbiyasi ogʼip va muammoli yoshlarga biriktirildi. Natijada, nuroniylar tomonidan 470 nafar yoshlarning oʼqishlarini tiklashda, 27 667 nafarining ishga joylashishlarida koʼmaklashildi, 211 mingdan ortiq tarbiyasi ogʼir yoshlarning toʼgʼri yoʼlga tushib olishlariga erishildi, 1 465 ta ajralib ketish oldida turgan yosh oilalar yarashtirildi.

Yoshlar uchun 4 196 ta mahallada nuroniy otaxon va onaxonlar rahbarlik qilib kelayotgan 4 294 ta turli yoʼnalishdagi toʼgaraklar faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Bugungi kunda jami 44 815 nafar yoshlarni qamrab olgan toʼgaraklar faoliyatiga 4 635 nafar nuroniy otaxon va onaxonlar rahbarlik qilib kelishmoqda. Shu jumladan, ushbu toʼgaraklarga “Bir nuroniy oʼn yoshga masʼul” tamoyili asosida nuroniylarga biriktirilgan muammoli, ishsiz va tarbiyasi ogʼir yoshlar ham jalb etildi.

Jumladan, 2022 yilda 965 ming nafar nuroniy bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 23 ming nafar nuroniy dori-darmon va oziq-ovqat bilan ta’minlandi, 21 mingdan ortiq nuroniylar sanatoriylarda sog‘lomlashtirildi, 19 ming nafari reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlandi, 118 ming nafar nuroniylarga boshqa turdagi moddiy yordamlar ko‘rsatildi, 221 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yakka yolg‘iz keksalarning uy-joylari ta’mirlab berildi, 1 milliondan ortiq nuroniylar uchun mamlakatimiz bo‘ylab sayohatlar tashkil etildi.

Nuroniylar hayotiy tajribasidan unumli foydalanib, o‘tkazilgan madaniy ma’rifiy tadbirlar natijasida 155 mingga yaqin profilaktik hisobda turgan yoshlarning sog‘lom turmush tarziga qaytishiga, 22 mingdan ortiq oilalar ajrimining oldi olinishiga hamda 3 mingdan ortiq notinch oilalarning yarashtirilishiga erishildi [7]. 2023 yil 11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 92-sonli qarori” ning e’lon qilinishi bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. .qarorga ko‘ra O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llabquvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining faoliyatini jadallashtirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlari etib qo‘yidagilar belgilandi.

a) yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik, shukronalik, mehnatsevarlik, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash uchun «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyilini joriy etish orqali nuroniylarning katta hayotiy tajribasidan keng va samarali foydalanilishini tashkil etish;

b) vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, korxona va tashkilotlardagi Faxriylar kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

v) Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, urush orti mehnat faxriylari va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yakka-yolg‘iz nuroniylar hamda “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar holidan doimiy xabar olish tizimini tashkil qilish va ijtimoiy himoya dasturlari

g) nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida «Nuroniylar maskani» majmualarida va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;

d) keksalarga tizimli ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib borish;

ye) fuqarolar yig‘inlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

j) tadbirkorlikka va ijtimoiy foydali mehnatga jalb etilgan boy hayotiy va kasbiy malakaga ega bo‘lgan faxriylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.

Xulosa sifatida shuni alohida takidlash kerakki, Yangi O‘zbekistonda yoshi ulug’ piru-badavlat otaxon va onaxonlarimizning huquq va manfaatlarini taminlash hamda keksa avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmining takomillashuvi natijasida ijobiy ishlar bajarilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.wiarts.ru Yurisprudensiya

2. https://lex.uz/uz/docs/-6445145

3. https://president.uz/uz/lists/view/4057

4. Ijtimoiy hayot 14 Aprel 2021

5.Yangi O’zbekiston gazetasi. 2022 yil 1.01.

6.Yangi O’zbekiston gazetasi. 2022.29.01

7. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2023 y., 07/23/92/0137-son)

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.