Zamonaviy fudbolchilar tayyorlashning zamonaviy tizimi.
Doston Rustam O’g’li
Termiz davlat pedagogika instituti. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari
nazariyasi va metodikasi yo’nalishi 2-kurs magistranti
Annotatsiya: ushbu maqola zamonaviy fudbol mashg’ulotlarini tashkil etishga bag’ishlangan bo’lib, muallif texnik-taktik tayyorgarlik mashg’ulotlarini samarali tashkil etish masalalarini yoritgan. Soha mutaxassislarining sikrlari asosida o’tkazilgan so’rovnomalar maqola saviyasini yanada oshirgan.
Kalit so’zlar: model, ijtimoiy-pedagogik muammo, texnik mahorat, interfaol, fudbolchi organizmi, antrpometriya.
Texnik tayyorgarlik logik jihatdan ko‘pyillik jarayonni tuzilishini o‘zida tasavvur qiladi, u aniq maqsad, vazifaga, shuningdek ularni amalga oshirish uchun o‘quv yondashishni to‘liq majmuasi yo‘liga ega bo‘ladi. Futbolchilarni o‘rgatishni ko‘p yillik jarayonini tuzilishi va mazmuni har yili o‘zgarishi shart, bu esa sportni takomillashtirishni va yoshiga qarab rivojlanishi tibbiy qonuniyatlarga logik jihatdan ob’ektiv aks etadi. Mashg‘ulotlar jarayonini boshqarish va tashkil etishi qo‘yilgan vazifalarga qat’iy ravishda to‘g‘ri kelishi shart.
Texnik tayyorgarlik darajasi o‘sishi bilan o‘rgatish vaqtida katta individuallashtirilgan tomonga o‘zgaradi, modomiki hozirgi texnik mahorat har doim individual bo‘lib qoladi. Shuning uchun texnika maktabini yaratishi bilan murabbiy o‘quvchiga mashqni xar xil variantlarda bajarishni davom ettirishi kerak. Ulardan qanchalik ko‘proq maqsadga muvofiqligini tanlab olinadi. Har bir yosh futbolchini mahoratini takomillashtirishida uning kuchli tomonlarini namoyon qilish kerak va yorqin individualligini yaratish uchun ularni yo‘naltirilginligini rivojlantiradi. Futbolda yuqori darajada o‘rgatishga erishish juda qiyin va murakkabdir, uni eng avvalo o‘yinni o‘ziga xos xususiyatiga va uni ko‘pchilik komponentlarini o‘zaro bog‘liqligini turlitumanligidan iborat bo‘ladi. Ana shunday ko‘p yillik ish natijasi – katta istiqbolga ega bo‘lgan futbolchi, u bizni o‘zining texnikasi va albatta nostandart o‘yinlari bilan xursand yoki lol qoldirishi kerak. Ko‘p yillik mashg‘ulotni ma’lum ob’ektiv qonuniyatlarga asoslanganlikka bo‘ysinadigan, ma’lum rivojlanish yo‘liga ega bo‘lgan, qachonki reja asosida rejalashtirilgan jarayonga ega bo‘lgan, yagona o‘quv-mashg‘ulot jarayoni sifatida qarash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshqa sport turlarining tajribasini ko‘rsatishicha tayyorlash davrini qisqartirish uchun va texnika elementlarini ko‘proq sifatli o‘rgatishda yangi o‘quv yoki uslubiy prinsip kerak, uni asosi esa sistemali yondashish hisoblanadi. Ob’ektlarni va jarayonlarni o‘rganishda metodologik yo‘nalish sifatida sistemali yondashish hozirgi vaqtda sportda borgan sari ko‘proq ommalashib bormoqda. Uni namoyon bo‘lishi ilm va fanni va amaliy faoliyatda rivojini shuningdek bog‘liqligidadir.
Yosh futbolchilarning texnik tayyorlashda sistemali yondashish tasodif emas. U texnik tayyorgarlikdagi yetilgan muammolarni xal etish zaruriyatini va olti yillik o‘rgatish jarayonida ma’lum uslubiy yordam bilan boshqara olishini yaratishini aytib turadi. Sistemali tizim yagona dinamik tuzilish tayyorlashni barcha elementlarini hisobga olish muvofiqlashtirishni nazarda tutadi, qaerda xar bir element sistemali sifatga ega bo‘ladi, bu esa u yoki bu texnik usulni takomillashtirish darajasi va dinamikasini ko‘rishga imkoniyat beradi. Futbolda mashg‘ulot qilish yuqori darajadagi murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun murabbiyga mashg‘ulot tizimidagi barcha murakkab mexanizmni qismlarga ajratish juda ham muhimdir.
Shunday qilib, futbolda texnik usullarga o‘rgatishni boshlang‘ich davrida takrorlash soni va ularni varianti birinchi o‘ringa suriladi, bu esa xarakatlantiruvchi xarakatni barcha xilma-xilligini qamrab olishga imkoniyat beradi, nihoyat yakuniy bosqichida esa o‘yin sharoitlarini mustaxkamlashish roli oshib boradi. Shuni tan olish kerakki, futbol vaqt o’tkan sayin yanada atletik sport turiga aylanib, o’z jozibasini mustahkamlab kelyapti.yetakchi futbol yulduzlarining ijrosidagi mahorat passaygani yo’q.murabbiylarning taktik g’oyalari orasidagi ziddiyatlar yanada qiziqarli,kengroq bo’lib bormoqda.Marokash,Fransiya,Osiyo davlatlari, Urugvay terma jamolari ishtirokidagi o’yinlar buning yorqin dalilidir.
Xozirgi kunda xar bir yangi futbol bo’yicha jahon chempionati boshlanishidan oldin shunday savollar berilishi tabiiy-qanday yangiliklar bo’ladi? chemionatda qatnashadigan jamoalar ijrosida taktik yangiliklar bo’ladimi?
Endi globallashuv davri boshlandi, uning o’ziga xos jixatlaridan biri-boshqa mamlakatlar fuqarolari, masalan, Germaniya, Angliya, Fransiya, Ispaniya terma jamoalari xamda klublari tarkibiga kiritilib, ularga moslashib ketish tendensiyasi xisoblanadi.
Kelajak futbolini kimlarning o’yin uslubi belgilaydi degan savol tashlanganda,qayt etish lozimki ilgarilari bo’lganidek sof xolatdagi o’ziga xos texniktaktik ijrochilarni endi ko’ra olmaymiz.Avvagi jahon chempionatlarida faqat milliy birinchiliklarda qatnashgan futbolchilargina terma jamoalar tarkibida o’ynar edilar.Masalan Agliya va Germaniya terma jamoasi uchun ko’plab qora tanli o’yinchilarni maydonga tushishlarini tasavvur qilib bo’lmas edi.Fikrimcha Lotin Amerikasiga xos o’yin usullari chiroyliroqmi yoki evropacha uslub chiroyliroqmi degan baxslashuvlar zamoni o’tib ketdi.Xatto Braziliyadek terma jamoa ham o’z o’yin uslubi va yo’sinini yo’qota boshladi.Agar shu tendensiya davom etsa “eski dunyo” xar xil o’yin uslublari orasidagi chegaralarni yo’qotib yuboradi.lekin shu bilan birga ,shuni yodda tutish kerakki jamoalar boshqa ko’ra bir-biridan farq qilishi mumkin,masalan:
-to’pga egalik qilib turgan jamoaning pressing qilish taktikasining mavjudligiga qarab;
-o’yinni yuksak darajada uyushtira olishi, tezligi, shiddati, to’p bilan muomila qila olish texnikasining tejamkorligiga qarab;
-xarakatlar kordinatsiyasi, ritmi va tuzilishining yuqoriligiga, alohida hamda jamoaviy taktik xarakatlarning uyg’unligiga qarab;
-o’yinning yaxshi tashkil etilishi, to’pga egalik qilmayotgan o’yinchilarning sust, dinamikadan xoli faolyatlariga, tavakkalchilikni yoqtirmaydigan, faol, tezkor xarakatlarsiz to’pni tutib turishga asoslangan o’yinning olib borilishiga qarab;
-to’pni oldiga katta masofaga uzatishlardan foydalanib, oddiy taktik xarakalarni takrorlashining mavjudligiga qarab;
-boshqarish qiyin bo’lgan, vaziyatga qarab olib boriladigan, texnik-taktik amallarda nuqsonlarni juda ko’pbo’lgan o’yinga qarab.
Jahon chempionatining nimchorak final o’yinlaridan boshlab uchrashuvlarni taxlil qilish natijasida shunday xulosa qilish mumkin: 16 ta terma jamoaning deyarli xech biri maydonning raqiblarga tegishli yarmida pressing taktikasini qo’llashga urunmadi. To’pni guruh bo’lib olib qo’yishdan foydalanilgan vaziyatlar juda oz miqdorda. Mudofa taktikasida maydon o’rtasidagi zonali-individual nazorat, birinchi zonada esa birga bir shaxsiy ta’qib ustuvorlik qildi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Mirziyoev Shavkat Miromonovich. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. / Sh. M. Mirziyoev. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. -592 b.
2. Иванков Ч.T.теоретическое осново методики физического воспитания. M.: 2020.
3. портных И.И. спортивние игры и методика их преподования. из.2. М.: Физкултура и спорт, 2016.
4. Nurimov R.I Futbol darslik 2015 y
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.