ZAMONAVIY INNOVATSION TAʼLIM
Abdisalomova Sanobar Nurali qizi
“Fizika va astronomiya, qo’shimcha matematika” ta’lim yo’nalishi talabasi,
NavDPI
Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), prof.v.b. D.I.Kamalova
Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy innovatsion ta’limning tutgan o’rni va ahamiyati bayon etilgan. Ta’limda innovatsion texnologiyalarni o’rganishni tartibga solish va uni to’g’ri yo’nalishga yo’naltirishning ijobiy tomonlari aks ettirilgan.
Kalit so’zlar: ta’lim, zamonaviy ta’lim, innovatsiya, ilm-fan, texnika.
Bugungi shiddatli davr har bir insondan bolalik chog’idan boshlab qunt bilan o’qib, ilm va hunar o’rganishni talab etmoqda. Zamonaviy mutaxassislarning asosiy g’oyalaridan biri pedagogika fanlari ta’lim ishlarini olib borishda yangi usullarini o’rganish zarur. Ushbu maqolada maktablarda ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalardan foydalanish to’g’risida fikr va mulahazalar qilinadi. Ta’limning boshqa sohalari qatori ona tili ta’limiga ham alohida o’rin ajratilgan.
Ona tili o’quvchini mustaqil fikrlashga, mulohazalarni og’zaki va yozma ravishda to’liq bayon qilishga o’rgatadi. O’quvchining savodxonlik darajasinig, uning hayotda tutgan o’rni ona tilidan hosil qilingan bilim va malakalari asosida quriladi. Ma’lumki har bir milliy til o’ziga moddiy olamni, ruhiy olamni, qayg’u-alamlariyu shodliklarini ham o’rinda tugal ifodalaydi. Insonda har bir narsaga nisbatan o’z munosabatini bildirish imkoniyati bor va bu imkoniyat har gal tilning muayyan shakllari orqali yuzaga chiqariladi.
Maktabgacha ta’lim mutaxassislari ta’lim tizimida innovatsion g’oyalarni yaratish va joriy etish zamonaviy bolalar bog’chasini rivojlantirish uchun zaruriy shartdir degan fikrga kelganlar. O’quv jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etish psixofizik yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, maktabgacha tarbiyachilar tomonidan har doim ijobiy seziladi, ular faoliyatni osongina o’rganadilar. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shtatlardagi innovatsion texnologiyalari nafaqat mumkin, balki ehtiyoji hamdir. Biroq, shuni yodda tutish kerak pedagogik texnologiyalar maktabgacha bolalarning o’quv jarayonida qo’llanilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda innovatsion texnologiyalarning ijtimoiy, iqtisodiy ekologik samaradorligini oshirish va milliy iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlashdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanishini ta’minlab bera oladigan davlat siyosatini amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi uchun murakkab, ayni vaqtda dolzarb va yechilishi murakkab bo’lgan masalalardan hisoblanadi. Ta’limda innovatsion texnologiyalarni o’rganishni tartibga solish va uni to’g’ri yo’nalishga yo’naltirish imkonini beradi. Odamlar har doim noma’lum va yangi narsalardan qo’rqib ketishgan, ular har qanday o’zgarishlarga salbiy munosabatda bo’lishgan.
Mamlakatimizning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini yanada jadallashtirish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda ta’lim tizimining o’rni beqiyosdir. Dunyoda yuz berayotgan ta’lim tizimida ro’y berayotgan ta’limning internatsionallashuvi, talabalarning xalqaro mobilligi, ta’lim tizimining tez o’zgaruvchanligi kabi global tendensiyalari qatoriga ta’lim sifatini oshirish masalasi ham alohida ahamiyat kasb etib kelmoqda.
O’qitish va ishlab chiqarish amaliyotining rolini oshirish va asosiy akademik fanlar (shu jumladan fizika) o’quvchini o’rganilayotgan materialini tizimlashtirish va tuzishning yangi usullari va uslublarini izlashga undaydi.Har qanday sohaga taalluqli jumladan bo’lajak pedagogik mutaxassislarni kasbiy psixologik puxta va chuqur bilimli, kasbiy mahorati yuqoriligini rivojlantirish alohida o’rin tutadi.
Bugungi zamonaviy ta’lim tizimining asosiy usullaridan biri bu, shubhasiz yangicha, yangi innovatsion texnologiyalardir. Ushbu pedagogik texnologiyalar orqali dars jarayonlarining olib borilishi yoki tashkil etilishi o’quvchilarning ham erkin ham yangicha fikrlashlari uchun katta yo’l ochib berish uchun xizmat qiladi.
Ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarishning bugungi yuksak taraqqiyoti o’z-o’zidan yangi ijtimoiy talablarni kun tartibiga qo’ymoqda. Mazkur ijtimoiy talablar qatorida jamiyat qolaversa, uning negizida sohalarni rivojini harakatga keltiruvchi kuch malakali kadrlarni tayyorlash ana shu maqsadga yo’naltirilgan tizimni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Malakali kadrlarni tayyorlashga bo’lgan ehtiyoj ishlab chiqarish korxonalari paydo bo’lgan sanoat sohasi rivojining ilk bosqichlarida yuzaga kelgan bo’lsada, hanuzgacha o’z dolzarbligini yo’qotmay kelmoqda. Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta’lim oldiga muhim va ahamiyatli vazifalarni qo’ydi. Bu vazifalarni amalga oshirilishida pedagogiklardan o’z kasbiga ma’suliyat bilan yondashishi talab qilinadi.
Innovatsion texnologiyalar – pedagogik jarayon hamda o’qituvchisi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to’liq foydalaniladi.
Pedagogik yangilik – pedagogik faoliyatida ilgari ta’lim jarayonida noma’lum bo’lgan o’zgarishlarni kiritish orqali ta’lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantiruvchi vositadir.
Innovatsion investitsiyalar – texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga qaratilgan investitsiyalarga aytiladi. Innovatsion loyihalarni ro’yobga chiqarishni o’ziga xos xususiyati shundaki, texnologiyalarni foyda keltiradigan raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqish uchun birinchi navbatda ularni patentlash, jumladan, xorijiy mamlakatlarga patentlash, shuningdek mahsulotlarni va texnologiyalarni sertifikatlashtirishni o’tkazish uchun boshlang’ich sarf xarajatlar talab etiladi.
Innovatsiya deyildimi maqsadga erishish aniq bo’lishi kerak. Buning uchun maqsadga erishish strategiyasini shakllantirish va qabul qilingan rivojlantirish strategiyasini realizatsiya qilish bo’yicha rejaviy tadbirlar dasturi tayyorlanadi. Shuning uchun innovatsion faoliyat amalga oshirilayotganda jamoaga aniq vazifalarni bo’lib berilishi kerak. Innovatsiyalarning maqsadlari xilma-xilligi bir-biri bilan bog’liq va birbiriga qarama-qarshi bo’lmasligi kerak. Innovatsion faoliyat maqsadi boshqaruv jarayonini aniq vaqt oralig’ida shakllantirishdan iboratdir. Tashkilot yoki faoliyat maqsadlari ma’lum vaqt oralig’ida o’zining aniq yo’nalishga ega bo’lishi kerak. Shunday qilib, tashkilot maqsadi bir tomondan jarayonini baholashi va prognozi natijasi bo’lsa, ikkinchi tomondan rejalashtirilgan innovatsion tadbirlarga chegara bo’lib xizmat qiladi. Shu ikki funksiyaga amal qilishi uchun innovatsiya maqsadini shakllantirish bir qancha talablarga javob berishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4884 son qarori. Toshkent. 6-noyabr. 2020.
2. Камалов И.Р., Камалова Д.И. “Астрономия фанини ўқитишда инновацион педагогик технологияларни қўллаш” электрон ўқув қўлланмаси учун ЭҲМ дастур. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги ҳузуридаги Интеллектуал мулк агентлиги. №DGU 06406. 15.05.2019.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.