KIRISH: mazkur maqolada zamonaviy vokal ta’limidagi asosiy tamoyillar haqida so‘z ketadi.Talabada xonandalikni shakllantirish, uni mahorat va badiiy jihatdan uyg‘unlashtirish bilan bir qatorda musiqiy tafakkur, sahnaviy madaniyat, psixologik barqarorlik va ijodiy fikrlashni tarbiyalash masalalari tahlil qilingan. MATERIALLAR VA METODLAR: vokal ta’limining samaradorligi o‘qituvchining pedagogik mahorati, individual yondashuv, ovoz salomatligini saqlash, innovatsion texnologiyalardan foydalanish va ijodiy hamkorlik muhitiga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Shu bilan birga, xonandalarni tayyorlashda badiiy va texnik rivojlanishning uyg‘unligi masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. MAQSAD: talabaning badiiy-ijodiy rivojlanishi tizimida zamonaviy vokal ta’limi tamoyillari, ularning professional ijrochini shakllantirishdagi o‘rni, xususiyatlari, mantiqiy ahamiyatlarining nazariy asoslarini tadqiq qilish. MUHOKAMA VA NATIJALAR: XXI asrda vokal ta’limi san’at sohasi doirasidan chiqib, inson shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi ijodiy-pedagogik jarayonga aylandi.Zamonaviy jamiyatda xonanda nafaqat chiroyli ovoz sohibi, balki san’at orqali hissiy va ma’naviy qadriyatlarni ifoda eta oladigan ijodkor shaxs sifatida shakllanishi zarur.Shu nuqtai nazardan, vokal ta’limi faqat ovozni qo‘yish, inson ovozini tabiiy va erkin rivojlantirish orqali xonandalikni shakllantirish, mahorat va badiiy jihatdan uni uyg‘unlashtirish bilan bir qatorda talabada hissiy tafakkur, sahnaviy madaniyat, psixologik barqarorlik va ijodiy fikrlash kabi sifatlarni tarkib toptirishni ham qamrab oladi. O‘qituvchi talabalarda qiziqish uyg‘otishi, ularni faol o‘rganishga, ko‘proq mashq qilishga, professional xonandalarni tinglashga rag‘batlantirishi kerak. Har bir yosh xonandaning individual “sahnaviy obraz” yaratishga yordam berish, o‘quv muhitini shunday tashkil etishi kerakki, u talaba motivatsiyasi va vokal-ijrochilik malakalarini rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. XULOSA: 1.so‘nggi vaqtlarda ta’lim tamoyillarining sonini kengaytirish, ularni guruhlarga ajratish tendensiyasi kuzatilmoqda.Bu jamiyatdagi, texnologiyalardagi o‘zgarishlar va mutaxassislar tayyorgarligiga bo‘lgan talablar bilan bog‘lik. Biroq bu holat har doim ham еtarlicha ilmiy asoslanmagan. Ayniqsa, vokal ta’limi tamoyillari muammosi hanuzgacha ko‘p jihatdan bahsli masala bo‘lib qolmoqda. Ularni tadqiq etish bugungi kunda ta’lim tizimi uchun juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. 2.Zamonaviy vokal ta’limi — bu ovoz bilan ishlashning mexanik jarayoni emas, balki shaxsning ijodiy, hissiy va intellektual rivojlanish tizimidir.Vokal ta’limi nafaqat xonandalarni, balki his etuvchi, fikrlay oladigan va ijodiy qadriyatlar yaratadigan insonlarni tarbiyalaydi. 3.Har bir tamoyil qanchalik aniq va ravshan belgilansa, vokal ta’limning xususiy masalalari ham shunchalik oydin va aniq hal etiladi.
INTRODUCTION: this article examines the main principles of modern vocal education. It analyzes the issues of developing students’ singing skills, their harmonious integration with professional mastery and artistic expressiveness, as well as the development of emotional thinking, stage culture, psychological stability, and a creative approach. MATERIALS AND METHODS: the effectiveness of vocal education depends on the teacher’s pedagogical mastery, an individual approach, maintaining vocal health, the use of innovative technologies, and the creation of a collaborative creative environment. At the same time, special attention is paid to the harmonious combination of general and specific principles of vocal education, as well as to the unity of artistic and technical development methods in the process of training singers. OBJECTIVE: to study the theoretical foundations of the principles of modern vocal education within the system of students’ artistic and creative development, their role in shaping a professional performer, as well as their specific and logical aspects. CONCLUSION: 1. in recent years, there has been a tendency to expand the number of educational principles and to classify them into groups. This is связано with changes in society, technology, and the requirements for specialist training. However, this phenomenon is not always sufficiently scientifically substantiated. In particular, the issue of the principles of vocal education remains largely debatable. Their study currently has significant theoretical and practical importance for the education system. 2. Modern vocal education is not a mechanical process of working with the voice, but a system of creative, emotional, and intellectual development of the individual. Vocal education develops not only singers, but also individuals capable of feeling, thinking, and creating artistic values. The more clearly and precisely each principle is defined, the more effectively and accurately the specific tasks of vocal education are addressed.