ushbu maqolada pedagogik faoliyatda uchraydigan emotsional zo‘riqish holatlari va ularni yengishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik modelning nazariy asoslari yoritilgan. Emotsional zo‘riqishning pedagog shaxsiga ta’siri, uning kasbiy motivatsiyasi, hissiy barqarorligi va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqasi tahlil qilinadi. Maqolada o‘qituvchilarning stress holatlarini aniqlash, ularni baholash va profilaktik choralar ko‘rishga yo‘naltirilgan tizimli yondashuvlar bayon etiladi. Xususan, psixologik yordam, kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi va o‘z-o‘zini boshqarish strategiyalari asosida shakllantirilgan modelning pedagog amaliyotiga ta’siri ilmiy asosda o‘rganilgan. Mazkur tadqiqot natijalari asosida emotsional zo‘riqishni kamaytirish bo‘yicha aniq takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola psixologlar, pedagoglar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va kasbiy rivojlanish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga egadir.
в статье рассматриваются теоретические основы социально- психологической модели преодоления эмоционального стресса в педагогической деятельности. Анализируется влияние эмоционального стресса на личность педагога, его профессиональную мотивацию, эмоциональную устойчивость и взаимодействие с социальной средой. В статье описываются системные подходы, направленные на выявление, оценку и проведение профилактических мероприятий по стрессу педагогов. В частности, научно изучается влияние модели, сформированной на основе психологической помощи, развития коммуникативных компетенций, системы социальной поддержки и стратегий самоуправления на педагогическую практику. По результатам данного исследования разработаны конкретные предложения и практические рекомендации по снижению эмоционального стресса. Статья имеет практическое значение для психологов, учителей, преподавателей высших учебных заведений и специалистов, занимающихся профессиональным развитием.