tinglash tushunish ko’nikmasi — ingliz tilini xorijiy til sifatida o’qitishda juda muhim, ammo kam o’rganilgan ko‘nikma bo‘lib, ayniqsa, Mamlakatimizdek chet tili o’qitishda hanuz an’anaviy usullar ustunlik qiladigan hududlarda bu masala dolzarbdir. Ushbu tadqiqot 10-sinf o‘quvchilarining tinglab tushunish ko‘nikmalariga kinofilmlardan foydalangan holda dars o‘tishning samaraliligini o‘rganadi. Tadqiqotda eksperimental yondashuv qo‘llanildi: nazorat guruhi davlat tomonidan belgilangan darslik asosida ta’lim olgan bo‘lsa, tajriba guruhi maxsus tuzilgan mashqlar kompleksi va kinofilm fragmentlari vositasida o‘qitildi. Natijalari shuni ko‘rsatdiki, kinofilmlar yordamida o‘quvchilar tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishdilar va filmlar nafaqat autentik til muhiti bilan ta’minladi, balki subtitrlar va madaniy kontekst orqali o‘quvchilarning tinglashni tushunishi va darslarga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. Ushbu natijalar shuni anglatadiki, kinofilmlarni chet tilini o’qitish jarayoniga integratsiya qilish sinfdagi nazariy o‘qitish va real hayotdagi muloqot o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishning samarali vositasi bo‘lishi mumkin.
навык понимания на слух является важным, но недостаточно изученным аспектом в обучении английскому языку как иностранному, особенно в таких странах, как наша, где до сих пор преобладают традиционные методы преподавания. Данное исследование направлено на изучение эффективности использования фильмов для развития навыков аудирования у учеников 10-го класса. В исследовании был применён экспериментальный подход: контрольная группа обучалась по государственному учебнику, а экспериментальная группа проходила обучение с использованием специально разработанного комплекса упражнений и фрагментов фильмов. Результаты показали, что учащиеся, обучавшиеся с помощью фильмов, достигли значительных успехов в развитии навыков аудирования. Фильмы не только предоставили аутентичную языковую среду, но и способствовали лучшему пониманию и повышению интереса к урокам через субтитры и культурный контекст. Эти результаты свидетельствуют о том, что интеграция фильмов в процесс преподавания иностранного языка может стать эффективным способом преодоления разрыва между теоретическим обучением в классе и реальным общением.
Pedagogika fanlariGeoaxborot tizimlariLoyihalash metodikasiRaqamli texnologiyalar
Bayimbet Iskandarov
Mazkur maqolada uch o‘lchamli geovizualizatsiya, fazoviy munosabat va dalillash masalasi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga geoaxborot tizimlarini loyihalashni o‘qitish uchun tekshiriladigan pedagogik yechimni asoslashdan iborat. Adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, o‘quv …
Pedagogika fanlariLearning analyticsStudent engagementTeacher education
Akbarova Sevarakhon Khusanboy qizi
This article examines methodological perspectives on using learning analytics to monitor and support student engagement in teacher education. The central problem is that traditional assessment and attendance-based control systems do not adequately reveal future teachers’ behavioural, cognitive, emotional, social and pr…
Pedagogika fanlariIjodkorlikIjodkorlik ko‘nikmasiBo‘lajak pedagog
Madiyev Otamurod Bobomurodovich
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagogning kasbiy faoliyatida ijodkorlikning namoyon bo‘lish shakllari — dars loyihalash, muammoli vaziyatni hal qilish, metod tanlash, ta’limiy topshiriq yaratish hamda refleksiya va baholash jarayonlari misolida tahlil qilingan. Ijodkorlik statik xususiyat emas, balki faoliyatning turli bosqi…
Pedagogika fanlariIngliz xalq ertaklariBo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilariLingvistik kompetensiya
Djabbarova Feruza Azamovna
Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik va madaniy kompetensiyalarini ingliz xalq ertaklari orqali rivojlantirish metodikasi taklif etiladi. Ertaklarning til ko‘nikmalarini shakllantirish, matn mazmunini talqin qilish va madaniyatlararo qiyoslashdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Me…
Pedagogika fanlariDzyudoTalabalarUmumiy jismoniy tayyorgarlik
Azimov Laziz Ahrorovich
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida dzyudo to‘garagida shug‘ullanuvchi talabalarning tayyorgarligini pedagogik testlash va baholash asosida tashkil etish masalasi yoritilgan. To‘garakka turli darajadagi jismoniy tayyorgarlik bilan keladigan talabalarning tayyorgarligini xolis aniqlash va nazorat qilish uchun ishonchli …