Original paper
RIVOJLANTIRISH
1,2Alfraganus universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
KIRISH
maqolada aqliy zaifligi bo‘lgan bolalarning bog‘langan nutqini rivojlantirish masalasi maxsus ta’lim va logopediya nuqtayi nazaridan o‘rganiladi.
MAQSAD
tadqiqotning asosiy maqsadi – aqliy zaif bolalarda bog‘langan nutqni rivojlantirish uchun samarali metodlar va texnologiyalarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va ularning ta’sirchanligini baholashdir.
MATERIALLAR VA METODLAR
tadqiqot davomida rasmiy va norasmiy diagnostika, defektologik testlar, logopedik mashg‘ulotlar, oilaviy kuzatuv daftarlari ma’lumotlari hamda sinf kuzatuvlari asosida bolalarning nutqiy rivojlanishi tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
natijalar shuni ko‘rsatdiki, logopedik va defektologik yondashuvlarning uyg‘un qo‘llanilishi orqali aqliy zaif bolalarda bog‘langan nutqning grammatik tuzilishi va izchilligi sezilarli darajada yaxshilandi.
XULOSA
tadqiqot natijalari aqliy zaif bolalarda bog‘langan nutqni rivojlantirish uchun individual yondashuv, interaktiv mashg‘ulotlar va oilaviy hamkorlikning yuqori samaradorligini tasdiqladi.
Kalit so‘zlar: aqliy zaiflik, bog‘langan nutq, defektologik mashg‘ulotlar, logopedik yondashuvlar, interaktiv metodlar, maxsus ta’lim, nutqiy rivojlanish.
Iqtibos uchun: Karimova Z.A., Saydaliyeva X.A. Aqliy zaifligi bo'lgan bolalarning
bog'langan nutqini rivojlantirish. // Inter education & global study. 2025. №1(1).
РАЗВИТИЕ СВЯЗНОЙ РЕЧИ ДЕТЕЙ С УМСТВЕННОЙ ОТСТАЛОСТЬЮ
1,2 Университет Aльфраганус, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
в статье рассматривается проблема развития связной речи у детей с интеллектуальными нарушениями с точки зрения специальной педагогики и логопедии.
ЦЕЛЬ
основная цель исследования — разработка, апробация и оценка эффективности методов и технологий, способствующих развитию связной речи у детей с интеллектуальными нарушениями.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
в исследовании использованы анализ научной литературы, дефектологические тесты, логопедические занятия, наблюдения в классе и данные из семейных дневников.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ
результаты показали, что использование логопедических и дефектологических подходов в сочетании с интерактивными методами значительно улучшило связную речь у детей, повысив их способность к формулировке грамматически правильных и последовательных высказываний.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ
результаты исследования подтвердили, что развитие связной речи у детей с интеллектуальными нарушениями эффективно при использовании комплексного подхода, включающего индивидуальную работу, интерактивные методики и семейное взаимодействие.
Ключевые слова: интеллектуальные нарушения, связная речь, дефектологические занятия, логопедические подходы, интерактивные методы, специальное образование, развитие речи.
Для цитирования: Каримова З.А., Сайдалиева Х.А. Развитие связной речи
детей с умственной отсталостью.// Inter education & global study. 2025. №1(1).
THE DEVELOPMENT OF COHERENT SPEECH IN CHILDREN WITH
INTELLECTUAL DISABILITIES
1,2 Alfraganus University, Tashkent, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION
the article examines the issue of developing connected speech in children with intellectual disabilities from the perspective of special education and speech therapy.
AIM
the main objective of the study is to develop, test, and evaluate the effectiveness of methods and technologies aimed at improving connected speech in children with intellectual disabilities.
MATERIALS AND METHODS
the study utilized the analysis of scientific literature, defectological tests, speech therapy sessions, classroom observations, and data from family observation diaries.
DISCUSSION AND RESULTS
the results demonstrated that employing speech therapy and defectological approaches, combined with interactive methods, significantly enhanced the connected speech of children, improving their ability to formulate grammatically correct and coherent expressions.
CONCLUSION
the study results confirmed that developing connected speech in children with intellectual disabilities is effective when using a comprehensive approach, including individual work, interactive methods, and family collaboration.
Keywords: intellectual disabilities, connected speech, defectological sessions, speech therapy approaches, interactive methods, special education, speech development. For citation: Zulfiya A. Karimova, Xojiya A. Saydaliyeva. (2025) ‘The development
of coherent speech in children with intellectual disabilities’, Inter education & global
study, (1(1)), pp. 111–119. (In Uzbek).
Aqliy zaifligi bo‘lgan bolalarning bog‘langan nutqini rivojlantirish masalasi hozirgi kunda maxsus pedagogika va logopediya sohasining eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bog‘langan nutq nafaqat insonning atrof-muhit bilan muloqotida, balki uning shaxsiy rivojlanishida ham muhim o‘rin tutadi. Aqliy zaifligi bo‘lgan bolalarda nutq faqat so‘z boyligi yoki tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish bilangina cheklanib qolmay, balki fikrni aniq, izchil va mazmunli ifodalashga doir qiyinchiliklarni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu jarayon ularning kundalik hayotidagi ijtimoiy muloqot, o‘quv faoliyati va shaxsiy rivojlanishiga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Ta’kidlash lozimki, aqliy zaiflik darajasi har bir bolaning individual xususiyatlariga hamda tashxisning aniqligiga bog‘liq bo‘lib, bog‘langan nutqni rivojlantirish texnologiyalari ham shu omillarni inobatga olishni talab qiladi.
Aqliy zaif bolalarda bog‘langan nutqning shakllanishi murakkab jarayon bo‘lib, bir tomondan, u bolaning umumiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga, ikkinchi tomondan esa ta’limtarbiyaning muayyan shart-sharoitlariga bog‘liqdir. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu kategoriyadagi bolalar son jihatdan ham ortib bormoqda, bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvida yanada chuqurroq yondashuvlarni taqozo etadi. Maxsus ta’lim muassasalari, ayniqsa, ixtisoslashgan maktablar va markazlarda qo‘llanilayotgan metodlar bolalarning nutqiy rivojlanishi uchun ma’lum darajada yordam beradi, ammo har bir bolaning individual ehtiyojlari, rivojlanish tezligi, neuropsixologik o‘ziga xosliklari, oilaviy muhit va motivatsiya omillari ham hisobga olinishi zarur. Shu sababli, bog‘langan nutqni rivojlantirishda individual yondashuv tamoyilini qo‘llash, diagnostik baholash natijalariga tayanish va doimiy tahlil qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bog‘langan nutq deganda, insonning ikki yoki undan ortiq so‘zlarni izchil, semantik jihatdan o‘zaro bog‘langan holda ifodalash qobiliyati tushuniladi. Bunday ko‘nikma, avvalo, bolaning dunyoni idrok qilish, voqealarni ketma-ketlikda tushunish, sababoqibatni anglash kabi kognitiv jarayonlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Aqliy zaif bolalarda bu jarayon sekinroq kechadi yoki bir qator xatoliklar, noaniqliklar bilan namoyon bo‘ladi. Masalan, ular gap tuzishning grammatik strukturasini e’tiborga olmasligi, so‘zlar ketma-ketligini buzib yuborishi, mazmuniy izchillikni ta’minlay olmasligi mumkin. Natijada, bog‘langan nutqning buzilishi faqat lingvistik masala emas, balki bolaning atrofdagilar bilan samarali muloqot qila olmasligiga, shaxsiy intellektual va ijtimoiy taraqqiyoti orqada qolishiga sabab bo‘ladi.
Bugungi kunda aqliy zaif bolalarda nutqning aynan bog‘langan shaklini rivojlantirishda turli usullar va texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Ular orasida logopedik mashg‘ulotlar, sensor o‘yinlar, musiqa va ritmika, art-terapiya elementlari, interaktiv metodik platformalar, vizual qo‘llanmalar, piktogrammalar va video darslar alohida o‘rin tutadi. Biroq ushbu usullarning samaradorligini ta’minlash uchun ularni bolalarning yosh xususiyatlari, aqliy imkoniyatlari va qiziqishlariga moslashtirish talab etiladi. Shu boisdan, qaysi metodik yondashuvdan qanday sharoitda va qanday maqsadlarda foydalanish masalasiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Ba’zan, aqliy zaif bolalar bilan ish olib borayotgan mutaxassislar noto‘g‘ri yoki samarasiz usullarni tanlab, bolalarning motivatsiyasini susaytirishi, ortiqcha stress yoki charchoq keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham bog‘langan nutqni rivojlantirish jarayonida ko‘p va juda puxta rejalashtirilgan mashg‘ulotlar o‘rniga, boshidan boshlab bosqichma-bosqich yondashuv, materialni takrorlash, jadallashtirish va aqliy yuklamani individual me’yorda taqsimlash muhim sanaladi.
Umuman, aqliy zaif bolalarda bog‘langan nutqni rivojlantirish pedagogik, psixologik va logopedik muolajalarning uyg‘unlashgan majmuasidan iborat bo‘lishi lozim. Har bir mutaxassis – logoped, defektolog, psixolog yoki o‘qituvchi – o‘zining kasbiy yondashuvini birlashtirib, yakuniy maqsadni ko‘zlab ishlagandagina bolaning umumiy rivojlanishi, jumladan, bog‘langan nutqining yuksalishi yuz beradi. Maqolada keltirilgan fikrlar va tavsiyalar aqliy zaif bolalarga mo‘ljallangan maxsus muassasalardagi tajribalar, ilmiy tadqiqotlar hamda ekspertlar xulosasiga asoslanadi. Bunda metodologik yondashuvlar, tadqiqot natijalari va kelgusidagi istiqbolli ish yo‘nalishlari haqida ham alohida to‘xtalib o‘tiladi. Shu tarzda, maqolaning amaliy ahamiyati ham, ilmiy qiymati ham dolzarb bo‘lib, u aqliy zaif bolalar bilan ishlash jarayonini izchil tashkil etish va uslubiy takomillashtirishga xizmat qiladi.
Metodologiya. Aqliy zaif bolalarda bog‘langan nutq rivojlanishini tadqiq etishda ilmiy-texnik yondashuvlar bilan bir qatorda pedagogik va psixologik kuzatish usullari, tahlil hamda sinovlardan keng foydalanildi. Metodologik asos sifatida maxsus pedagogika va logopediya bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy tamoyillar, xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning aqliy zaif bolalar bilan ishlash borasidagi tajribasi hamda inklyuziv ta’limga oid ilg‘or amaliyotlar qabul qilindi. Bunda boshlang‘ich ma’lumot to‘plash, diagnostika, eksperimental aralashuv hamda keyingi bosqichlarda yakuniy baholash bosqichma-bosqich rejalashtirildi. Maqsad – bog‘langan nutq rivojlanish darajasini aniqlash, unga ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish yo‘llarini topish va eng maqbul metodlarni aniqlashga qaratildi.
Avvalo, ish jarayonida aqliy zaif bolalarning nutqiy rivojlanish darajasini aniqlash uchun rasmiy va norasmiy diagnostika usullari qo‘llanildi. Rasmiy usullar doirasida defektologik baholash testlari, logopedik karta, mavzuga oid psixologik testlar va suhbatlar o‘tkazildi. Norasmiy usullar esa bolalarning kundalik faoliyati davomida, masalan, nonushta paytida, o‘yinlar davomida, sinf mashg‘ulotlarida erkin nutqiy ifodalarini kuzatish, suhbatini yozib olish, turli didaktik materiallar bilan ishlash jarayonida qayd etishdan iborat bo‘ldi. Ushbu ikki xil yondashuvning uyg‘unligi tadqiqotning ishonchliligi va xolisligini ta’minladi, chunki aqliy zaif bolalar formal test vaziyatida o‘z nutqiy imkoniyatlarini to‘liq namoyon etmasligi yoki, aksincha, sinf mashg‘uloti davomida faolroq bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotda ishtirok etgan bolalar turli yosh toifasida bo‘lib, maktabgacha va boshlang‘ich sinf bosqichlaridagi aqliy zaifligi aniqlangan o‘quvchilarni qamrab oldi. Ularda bog‘langan nutqni shakllantirish maqsadida eksperimental dastur ishlab chiqildi. Bu dasturda logopedik va defektologik mashg‘ulotlar, sensor o‘yinlar, rasmlar bilan ishlash, video ko‘rsatuvlar, maxsus bosqichlangan matnlar va ijtimoiy rollar o‘yini kabi turli interaktiv usullardan foydalanish nazarda tutildi. Mashg‘ulotlar ketma-ketligi, murakkablik darajasi, vaqt taqsimoti va mavzular bolalarning individual imkoniyatlari hamda qiziqishlariga mos ravishda tanlandi. Ish jarayonida “katta-kichik” omilini ham inobatga olish zarur bo‘ldi, ya’ni har bir mashg‘ulot avval osonroq topshiriqlar bilan boshlab, keyin asta-sekin murakkab darajaga o‘tilishi ta’minlandi.
Metodik dastur doirasida pedagogika va psixologiyaga oid ilmiy tadqiqotlarda isbotlangan “takror va mustahkamlash” prinsipiga alohida urg‘u berildi. Shu bois, har bir mavzuli mashg‘ulotdan keyin bolalarga mustahkamlash topshiriqlari tayyorlandi. Masalan, “Hayvonlar olami” mavzusida rasm chizish, rolli o‘yinlarni ijro etish, so‘ng mazmunan bog‘langan gaplar tuzib berish, voqea yoki hikoya yaratuvchi jadvaldan foydalanish kabi jarayonlar tashkil qilindi. Bu topshiriqlar nutqni grammatika, lug‘at boyligi va mazmun jihatidan boyitish bilan birga, bolalarning ijodiy tafakkurini rag‘batlantirdi. Tadqiqot jarayonida baholashni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun, dastlabki diagnostika va yakuniy natijalarni qiyosiy tahlil qilish rejalashtirildi. Bunga qo‘shimcha ravishda, oraliq baholash mashg‘ulotlari ham muntazam ravishda o‘tkazilib, har bir bolaning rivojlanish sur’ati va o‘zlashtirish darajasi qayd etib borildi.
Tadqiqot metodologiyasida oilaviy muhit, tarbiyachilar va o‘qituvchilarning ishtiroki ham muhim rol o‘ynadi. Aqliy zaif bolalarni to‘laqonli rivojlantirish uchun maktab va oilaning hamkorligi zarur bo‘lgani bois, ota-onalar bilan suhbatlar, uyga topshiriqlarni to‘g‘ri bajarish uchun ko‘rsatmalar, shuningdek, bolalar qaysi jarayonlarda qiynalayotganini tahlil qilish va ularga yordam berish mexanizmlarini birgalikda ishlab chiqish amalga oshirildi. Shuningdek, oilaviy kuzatuv daftarlari joriy etilib, unda bolalarning uy sharoitida qanday gaplar tuzayotgani, so‘z boyligi, mustaqil o‘qish yoki rasm orqali fikrini ifodalash holatlari yozib borildi. Ushbu daftarlardagi ma’lumotlar eksperimental dastur natijalarini umumlashtirishda ham qimmatli manba sifatida xizmat qildi.
Natijalar qismi. Tadqiqot doirasida eksperimental dasturga jalb etilgan aqliy zaif bolalarning bog‘langan nutqida sezilarli rivojlanish kuzatildi. Dastlabki bosqichda bolalarda so‘z boyligi ozligi, gap tuzishdagi izchillikning buzilishi, shaxsiy tashabbusning pastligi, hushyorlik darajasining tez pasayishi kabi xatoliklar tez-tez uchrardi. Shuningdek, rasmiy diagnostika natijalariga ko‘ra, bolalarning aksariyati gapning grammatik qurilishi va mantiqiy ketma-ketligi bo‘yicha katta qiyinchiliklarga duch kelishar edi. Norasmiy kuzatish jarayonida ham bolalar ko‘proq qisqa, yakkaxon so‘zlardan foydalanishi, mavhum mavzularda gapira olmasligi, voqealarni izchil hikoya qilishda qiynalishi aniqlandi.
Eksperimental dastur joriy qilingandan keyin, mashg‘ulotlar bosqichma-bosqich olib borildi. Rasm, piktogramma, sensor o‘yinlar, rolli o‘yinlar, maxsus tanlangan matnlar va hushyorlikni oshiruvchi mini-treninglar bolalarning nutqiy faolligini rag‘batlantirdi. Qayta diagnostika natijalariga ko‘ra, bolalarning aksariyati oldingiga nisbatan to‘liqroq va bog‘langan gaplar tuzishga intila boshladi. Misol uchun, “Bu nima?” mavzusida o‘tkazilgan o‘yin davomida ilgari faqat “Olma”, “Kitob” kabi bitta so‘z bilan cheklangan bolalar mashg‘ulotning o‘rtalariga kelib, “Bu – olma. Olma qizil rangda. Uni yeb olish mumkin” singari uch yoki to‘rtta so‘zdan iborat oddiy, lekin bog‘langan gaplar tuzish darajasiga ega bo‘ldi.
Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatdiki, dasturga jalb etilgan bolalarda gapning grammatik shakllaridan nisbatan to‘g‘ri foydalanish, so‘zlarni semantik qirralariga mos tanlash va umuman, fikrni uzviy ifodalash kabilar sezilarli yaxshilandi. Shuningdek, bolalarning nutqiy faolligi ham oshganligi kuzatildi. Norasmiy kuzatuvlarda ham bolalar o‘yin paytida yoki oddiy suhbatda odatdagidan ko‘proq fikr bildirishga urinishi, fikrlarini ifodalashga qiziqish bildirishi aniq bo‘ldi. Interaktiv metodlar, xususan, logopedik o‘yinlar va rolli mashqlarning samarasi ham yorqin namoyon bo‘ldi: bola o‘zini muayyan rolda sinab, suhbatdoshi bilan muloqot qilish zaruratini his qiladi, bu esa bog‘langan nutqni rivojlantirishning amaliy mashq shaklini yaratadi.
O‘yinlardan tashqari, rasmlar asosida hikoya tuzish vazifasi ham o‘z samarasini berdi. Mashg‘ulotlardan oldin bolalar shunchaki rasmda nima chizilganini qisqa so‘zlar bilan ifodalashga urinishi mumkin edi. Keyin esa metodik dastur natijasida ular rasmni tasvirlar, hodisalar ketma-ketligini izchil ko‘rsatib berish, hatto bu rasm ortidagi voqealarni to‘qish darajasida ijodkorlik namoyish qilishga o‘tishdi. Yoki “Bugun ob-havo qanday?” kabi oddiy savollar jadvalini qo‘llash ham mashg‘ulotdagi bolalarning aniq va izchil javob berishga o‘rganishlariga katta yordam berdi. Shunday savol-javob jarayonida bola avval bir so‘z bilan cheklanmasdan, ixtiyoriy ravishda ikki yoki uch so‘zdan iborat gap tuzishga intiladi.
Qayta diagnostik testlarda bolalarning nutqiy salohiyati baland bo‘lmaganiga qaramay, dastlabki bosqichga nisbatan ko‘rsatkichlar yaxshilanganligi ma’lum bo‘ldi. Masalan, “Matnni tugatish” nomli mashqda avvaliga bolalar 1-2 so‘z bilan javob berishgan bo‘lsa, oradan ma’lum muddat o‘tib, ular 3-4 yoki ba’zan 5 so‘zli gap tuzishga qodir bo‘ldi. Bunda, ayniqsa, qaysi bolada qaysi metod yaxshiroq samara berayotganini izohlab beradigan kuzatuv daftari yuritilishi tadqiqot metodologiyasining to‘g‘ri tanlanganidan dalolat beradi. Ota-onalar bilan hamkorlik ham ijobiy natijalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi, chunki bolalar uyda ham takroriy mashg‘ulotlar qilishi, har kuni oddiy suhbatlarda yanada ko‘proq so‘z ishlatishga intilishi, mustaqil ravishda oddiy matnni o‘qishga yoki surat bo‘yicha hikoya to‘qishga harakat qilishi bilan rivojlanish sur’ati tezlashdi.
Umuman, natijalar shuni ko‘rsatadiki, aqliy zaif bolalarda bog‘langan nutqni rivojlantirish samaradorligi bir necha omillarga bog‘liq bo‘lib, buning o‘zagida muntazam mashg‘ulotlar, individual yondashuv, oilaviy hamkorlik va amaliy interaktiv usullar turadi. Maqolada bayon etilgan eksperimental dastur ular nutqida ijobiy o‘zgarishlar berish bilan birga, pedagoglar va ota-onalar uchun metodik tavsiyalar tayyorlashga ham turtki bo‘ldi.
Muxokama qismi. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, aqliy zaif bolalarda bog‘langan nutqni rivojlantirish murakkab, ammo aniq metodik yondashuv bilan ijobiy natijalarga erishish mumkin bo‘lgan jarayon ekanligi yana bir bor tasdiqlandi. Eng avvalo, tadqiqot davomida qo‘llangan interaktiv va ijodiy mashg‘ulotlar bolaning shaxsiy motivatsiyasini oshirishini ko‘rish mumkin bo‘ldi. Zero, bolaning nutqiy faolligi birgina logopedik mashqlar bilan cheklanib qolmay, balki uning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabati, oilaviy muloqot, jamoadagi ijtimoiy o‘rni hamda o‘qituvchining didaktik mahorati bilan uyg‘unlashgan holda vujudga keladi.
Metodologik nuqtayi nazardan, bosqichma-bosqich yondashuv, biror-bir metodni o‘zboshimchalik bilan emas, balki aniqlik bilan ishlab chiqilgan dastur asosida qo‘llash, aqliy zaif bolalar uchun muhimdir. Odatda, bunday toifa bolalar tez charchab qolishi, yangi mavzularni o‘zlashtirishda qiyinchilik sezishi mumkin, shu bois materialni soddadan murakkabga tomon bosqichma-bosqich olib borish, takrorlash, e’tibor va xotirani mustahkamlashga xizmat qiluvchi qisqa va rang-barang mashqlardan foydalanish lozim. Ushbu yondashuv jadallashmagan, lekin izchil ta’lim muhiti yaratadi va bolalarda charchoq yoki xijolat hissini kamaytiradi. Tadqiqot davomida aynan shu uslub, ya’ni tadrijiy yondashuv, o‘zining samaradorligini isbotladi, chunki bolalar mashg‘ulotlardan ortiqcha zo‘riqmasdan, o‘z rivojlanish sur’atini tobora oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu bilan birga, bolalarning bog‘langan nutqini rivojlantirishda o‘yinlarning o‘rni beqiyos ekaniga e’tibor qaratish lozim. O‘yin, ayniqsa, rolli o‘yinlar bolalarda axborotni qulay qabul qilish, emotsional xotirani mustahkamlash va nutqiy ifodani tabiiy ravishda ilgari surish imkonini yaratadi. Bunday o‘yinlarda bola o‘ziga yuklangan roldan kelib chiqib gap so‘zlashga majbur bo‘ladi, natijada, nutqiy faollik oshishi bilan birga, bolada tilning barcha sohalari – leksik, fonetik, grammatik, semantik qirralari – ham rivojlanadi. Bu fikrni tadqiqot tajribasi ham tasdiqlaydi: rolli o‘yinlar aqliy zaif bolalarda nutqiy faollikni eng samarali rag‘batlantiruvchi usullardan biri ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.
Kelajakda aqliy zaif bolalarda nutqni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish uchun mavjud tajribalar va xorijiy modellarga murojaat etish zarur. Misol uchun, kognitivlingvistik yondashuv, neyropsixologik trening, multi-sensor metodlar ham o‘ziga xos ijobiy natijalarga ega ekanligi haqida tadqiqotchilar qayd etib o‘tadilar. Lekin bu usullarni joriy etishda hamisha bolalarning individual xususiyatlari va test sinovlari orqali olingan ma’lumotlar inobatga olinishi muhim. Umuman, har qanday metodni birdaniga, ommaviy tarzda kiritish bolaning rivojlanishiga to‘siq bo‘lishi yoki ortiqcha bosim yaratishi mumkin. Shunday ekan, tadqiqotlar izchil davom etishi, tajribaviy sinovlar kichik guruhlar asosida qo‘llanishi, keyin esa tasdiqlangan metodlarni keng ko‘lamda joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Yana bir e’tiborlisi, bog‘langan nutqni rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ilovalar va raqamli resurslardan foydalanish ham foydali bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, zamonaviy bolalar, hatto aqliy zaiflik darajasi bo‘lsa ham, vizual-virtual usullarga nisbatan ko‘proq qiziqish bildirishi mumkin. Monitor, planshet yoki interaktiv doskada rasmlar, animatsiya, interaktiv topshiriqlarni ko‘rish, ovozli ko‘rsatmalarni eshitish – bular bolada bir paytning o‘zida ko‘rgazmali, eshitish, kinestetik idrokni rivojlantiradi. Lekin bunday usullardan mutaxassis nazorati ostida, mo‘’tadil tarzda foydalanish kerak, aks holda diqqatni jalb qilish o‘rniga chalg‘itish yoki axborot keragidan ortiq yuklama berish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Tadqiqotimizdan kelib chiqadigan xulosa shuki, interaktiv texnologiyalarni qo‘llash bolalarning bog‘langan nutqini rivojlantirish potentsialiga ega, biroq bu aniq metodik reja asosida amalga oshirilishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, aqliy zaif bolalarda bog‘langan nutqni rivojlantirish – ularning ijodiy potensialini yuzaga chiqarish, ijtimoiy muloqotda faol ishtirok etishi va kelgusida mustaqil hayot kechirishi uchun muhim poydevor hisoblanadi. Tadqiqotimizda olingan natijalar ushbu yo‘nalishda turli metodlarni uyg‘unlashtirish, jamiyat va oilaning bolaga birdek yordam ko‘rsatishi, shuningdek, interaktiv va o‘yin usullarini muntazam qo‘llash zarurligini yaqqol ko‘rsatdi. Kelajakda yanada chuqurroq izlanishlar olib borish, xorijiy ilmiy manbalar bilan tanishish, multifunksional metodikalarni adaptatsiya qilish orqali ushbu sohaga amaliy yangiliklar kiritish imkoniyati mavjud. Shu tarzda, bolalarning bog‘langan nutqi rivojlanishida to‘sqinlik qilayotgan qiyinchiliklarni yengib o‘tish va ularning hayot sifati hamda ijtimoiy integratsiyasini yaxshilash yo‘lidagi sa’y-harakatlar bardavom bo‘lishi lozim.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Турсунова, З. А. Логопедия: махсус таълим учун амалий қўлланма / З. А.
Турсунова. – Тошкент: НМИУ «Ўқитувчи», 2019. – 224 б. 2. Тўхтаева, Д. Психологик-педагогик диагностикада махсус методлар. – Тошкент:
Фан, 2020. – 180 б. 3. Закирова, Н. А. Аҳолининг ногиронлик муаммолари ва уларни бартараф этиш
йўллари // Педагогика илмий журнали. – 2018. – №4. – Б. 34–39. 4. Қурбонова, С. А. Махсус педагогикада аниқ ташхис қўйиш усуллари / С. А.
Қурбонова. – Тошкент: Истиқбол, 2020. – 156 б. 5. Захарова, Е. М. Логопедическая работа с детьми с интеллектуальной
недостаточностью / Е. М. Захарова. – Москва: Владос, 2018. – 208 с. 6. Савченко, А. В. Специальная педагогика и психология аномального развития:
учеб. пособие / А. В. Савченко, М. Н. Павлова. – Москва: Академия, 2019. – 272
с. 7. Браже, Т. Г. Современные технологии работы с детьми с нарушением
интеллекта / Т. Г. Браже. – Санкт-Петербург: Речь, 2021. – 196 с.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.